Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

Uchinchi 

bobda 

qishloq 


xo’jalik  tarmoqlarini  investitsiyalashni 

takomillashtirish  istiqbollariga bag’ishlanib unda, qishloq xo’jalik tarmoqlariga 

investitsiyani  jalb  etish  bilan  bog’liq  muammolar  va  ularni  hal  etish  yullari, 

qishloq xo’jalik tarmoqlarini investitsiyalarni jalb etish istiqbollari urin olgan. 



Xulosa qismida keltirilgan ma’lumotlar asosida umumiy xulosa va takliflar 

keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



I-BOB. 



QISHLOQ 

XO’JALIGI 

TARMOQLARINI 

RIVOJLANISHIDA 

INVESTITSIYALARNI 

JALB 

ETISHNING 

NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI  

 

1.1. 

Qishloq  xo’jaligi  tarmoqlarida  investitsiyalarni  jalb  etishning 

nazariy asoslari  

 

Investitsiya  siyosati  har  qanday  davlatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  unda 



ishlab chiqarishni kengaytirishning eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. Shunday 

ekan,  milliy  iqgisodiyotni  har  tomonlama  rivojlantirish  faol  investitsiya 

siyosatini  yurgizishni  talab  qiladi.  Bu  o’z  navbatida,  respublikada  chuqur 

tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirishni  ta’minlaydi.  Milliy  iqtisodiyot 

sohalariga  tashqi  va  ichki  investitsiyalar  oqimini  faollashtirish  iqtisodiy 

yuksalishning  yangi  bosqichini  boshlab  beradigan  asosiy  omil  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

«Vatanimizning  kelajagi,  uning  jahon  iqgisodiy  aloqalari  tizimidagi  o’rni 

investitsiyalarga bog’liq bo’lib turibdi»,  deb bejiz ta’kidlamagan edilar. Shunga 

ko’ra,  iqgisodiyotni  faol  rivojlantirish  keng  miqyosdagi  investitsiyalarni  talab 

qiladi. 

Demak,  investitsiyalar  har  qanday  iqtisodiyotni  harakatga  keltiruvchi  va 

uning  taraqqiyotini  ta’minlovchi  kuch  ekan,  barcha  imkoniyatlarimizni  ishga 

solib  iqtisodiyotimizga  yo’naltiriladigan  investitsiyalar  hajmini  oshirishimiz 

lozim. 

Shu bois investitsiya faoliyati to’g’risida so’z yuritishdan avval bu sohaga 

oid  ba’zi  bir  atamalar  (investitsiya,  kapital  qo’yilma,  xorijiy  investitsiya) 

mohiyatini  aniqlab  olishimiz  zarur  bo’ladi.  Misol  uchun,  sobiq  sovet  yillarida 

«investitsiya»  va  «kapital  qo’yilmalar»  tushunchalari  bir  xil  mazmunda  talqin 

qilinib  kelinardi. Bunday  hollarda kapital qo’yilmalar  deganda asosiy  fondlarni 

vujudga  keltirish  va  takror  ishlab  chiqarish,  mavjud  quvvatlarni  ta’mirlash  va 

ularni  kengaytirishga  mablag’lar  solish  deb  tushunilardi.  Bu  unchalik  to’g’ri 




 

10 


emas, chunki mablag’lar aylanma aktivlarga ham, nomoddiy aktivlarning ayrim 

turlariga ham, turli moliyaviy vositalarga ham solinadi. 

Hozirga  qadar  «investitsiya»  tushunchasi  mohiyatini  iqtisodchi  olimlar 

turlicha  talqin  qilib  keladilar.  Ayrim  iqtisodchilar  uni  «tadbirkorlik  faoliyatiga 

daromad  olish  maqsadida  safarbar  etilgan  barcha  turdagi  boylik»  deb 

tushunsalar,  ayrimlari  lotincha  «invest»  so’zining  aynan  tarjimasi  «solish» 

degan  ma’noni  bildirishidan  kelib  chiqqan  holda  «kapital  solish»  bilan  birday 

qilib ta’riflaydilar. 

Xususan,  Nobel  mukofotining  iqgisodiyot  bo’yicha  laureati  bo’lgan  U. 

F.Sharpning 

eng 

ommabop 


hisoblangan 

«Investitsiya»  darsligida  - 

«Investitsiyalar  kelgusida  (ehtimol  nomuayyan)  qiymatlik  olish  maqsadida 

hozirgi  vaqtda  muayyan  qiymatlikdan  voz  kechishdir»

1

,  -  deb  ta’riflanadi. 



«Investitsiyalash»  atamasining  ma’nosini  bu  qo’llanma  muallifi  quyidagicha 

sharxlaydi:  «Kelajakda  foyda  olish  uchun  bugun  puldan  ajralishdir»  va 

hisoblaydilarki, yo real yoki moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin». 

Shved  iqtisodchi  olimi  Klas  Eklund  fikricha,  «investitsiya  -  bu  kelajakda 

kuproq  iste’mol  qilish  sharoitiga  ega  bo’lish  uchun  ertangi  kunga  qoldirilgan 

narsa.  Uning  bir  qismi  hozirda  ishlatilmasdan  zaxiraga  qoldiriladigan  iste’mol 

buyumlari  bo’lib,  boshqa  qismi  esa  bu  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga 

yo’naltirilgan  resurslardir».  Bu  iqtisodchi  olim  investitsiyalarning  mohiyatini 

soddaroq  talqin  qilgan  bo’lib,  u  «kapital  qo’yilmalarga»  berilgan  ta’rifga 

ko’proq mos tushadi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligini o’rni ahamiyatli ekanligini 

ko’rish  mumkin  shu  bilan  birga  tarmoqni  yanada  rivojlantirish  uchun  albatta 

ichki  va  xorijiy  investitsiyalarni  yanada  kengroq  jalb  etish  masalasi  iqtisodchi 

olimlar  tomonidan  qishloq  xo’jaligini  investitsiyalash  samaradorligini  oshirish 

masalasi  tadqiq  qilingan  va  tegishli  xulosalar,  tavsiyalar  shakllantirilgan. 

Masalan, 

A.Emelyanov 

qishloq 


xo’jaligiga  sarflangan  investitsiyalar 

samaradorligiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  asosiy  omil  sifatida  baholar  o’rtasidagi 

nomutanosiblikni  ko’rsatadi.  Uning  fikriga  ko’ra,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari 



 

11 


baholarining  o’sish  sur’atini  qishloq  xo’jaligi  ehtiyojlari  uchun  berilayotgan 

resurslar  baholarining  o’sish  sur’atidan  sezilarli  darajada  orqada  qolayotganligi 

investitsiyalash  uchun  zarur  bo’lgan  mablag’larni  jamg’arish  imkonini 

bermayapti,

3

 degan edi. 



Prof.  A.Vaxabovning  xulosasiga  ko’ra,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini 

qayta  ishlashga  ixtisoslashgan  kichik  biznes  sub’ektlariga  berilgan  investitsion 

kreditlarning foiz stavkalarini davlat mablag’lari hisobidan bonifikatsiya qilishni 

joriy  qilish  lozim.  Buning  natijasida  kichik  biznes  sub’ektlarining  investitsion 

kreditlarni  qaytarish  imkoniyati  oshadi,  investitsion  kreditlar  berayotgan 

banklarning faoliyatidagi kredit riski darajasi pasayadi. 

E.Shodmonov  qishloq  xo’jaligi  korxonalarining  moliyaviy  holatini 

beqarorligi,  investitsion  xarajatlarni  moliyalashtirish  manbalaridan  foydalanish 

imkoniyatining  cheklanganligi  sharoitida  lizing  asosida  investitsiyalarni 

moliyalashtirish  amaliyotini  kuchaytirish,  davlat  buyurtmasidan  ortiqcha  g’alla 

va  paxtani  fyuchers  shartnomalari  orqali  sotishni  joriy  qilishning  maqsadga 

muvofiqligini asoslab bergan.  

A.Boymuratovning fikriga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari 

tomonidan  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilariga  tijorat  banklari  tomonidan 

beriladigan  kreditlar  foiz  stavkasining  kamida  25  foizini  Davlat  byudjetining 

mablag’lari hisobidan subsidiyalashni joriy qilish lozim

4

.  


Davlat  tomonidan  foizlarni  subsidiyalash,  fikrimizcha,  qishloq  xo’jaligi 

korxonalari quyidagi shartlarni bajarsagina amalga oshirilishi lozim: 

 

hosildorlik 



darajasi 

o’rtacha  hosildorlik  darajasidan  kam 

bo’lmasligi; 

 



muddati 

o’tgan 


qarzdorlikning 

umumiy 


debitor-kreditor 

majburiyatlaridagi salmog’i 30 foizdan oshmasligi; 

                                                 

3

 Emelyanov A. Strukturnaya perestroyka: tseli i rezultati//Ekonomist. – Moskva, 2008. - №2. - S. 88. 



4

 

Boymuratov  A.J.  “Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  tijorat  banklari  tomonidan  kreditlash  amaliyotini 



takomillashtirish yo’nalishlari” mavzusida i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis. avtoreferati. – BMA, 

2008. – 22 b. 

 



 

12 


 

ma’lum  bir  qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  etishtirishdagi  umumiy 



xarajatlar  qilingan  joriy  xarajatlarining  o’rtacha  darajasidan  ortib  ketmasligi 

kerak; 


 

qishloq xo’jaligi korxonasining kredit bo’yicha foiz stavkalarini o’z 



vaqtida to’lab borishi talab etiladi. 

Mazkur talablarning bajarilishi ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashni 

ta’minlaydi. 

Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida: 

 

davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligi oshadi; 



 

tijorat  banklarining  qishloq  xo’jaligini  kreditlashdan  bo’lgan 



manfaatdorligini oshiradi; 

 



ishlab  chiqaruvchilarni  bevosita  subsidiyalash  uslubiga  nisbatan 

ko’proq qishloq xo’jaligi sub’ektlarining kredit ehtiyojini qanoatlantiradi. 

Bir  necha  yillardan  buyon  iqtisodiy  nazariya  darslik  va  adabiyotlarida 

iqtisodchi  olimlar  tomonidan  “investitsiya”  kategoriyasi  bilan  “kapital 

qo’yilmalar”  atamasi  ma’no  jihatdan  bir  xil  deb,  talqin  qilib  kelingan.  Bozor 

iqtisodiyoti  davriga  kelib  “investitsiya”  atamasi  keng  qo’llanila  boshladi. 

Investitsiya  kapital  qo’yilmalarga  qaraganda  kengroq  mazmunga  ega.  Chunki 

kapital  qo’yilmalar  deyilganda  asosiy  fondlarga  sarf  qilinadigan  mablag’lar 

tushuniladi. Investitsiya mablag’larini esa innovatsion va ijtimoiy yo’nalishlarga 

ham sarflanadi. 

“Investitsiya”  atamasi  o’zbek  tilida  “qo’yish”,  “joylashtirish”,  “sarf 

qilish”ni  anglatib,  iqtisodiy  jihatdan  kapitalni,  pulni  joylashtirishga  to’g’ri 

keladi. 

Bugungi  kunda  investitsiya  keng  qamrovli  tushuncha  bo’lib,  turli 

ob’ektlarga,  ijtimoiy  –  iqtisodiy  loyihalarni  moliyalashtirish  uchun  iqtisodiy 

foyda  va  ijtimoiy  samara  olishni  ko’zlab,  mamlakat  ichkarisida  yoki  boshqa 

xorijiy davlatga kiritiladigan o’zoq muddatli kapital qo’yilmadir. 

O’zbekiston  Respublikasining  1998  yil  24  dekabrda  qabul  qilingan 

“Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunda  “investitsiyalar  –  iqtisodiy  va 



 

13 


boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda 

ularga doir huquqlar”

5

 deb ta’rif beriladi. 



J.Keyns  “Bandlik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyasi”  kitobida 

“Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo bo’lgan kapital qo’yilma 

qiymatining  joriy  o’sishidir.  Bu  o’sha  davrdagi  foydaning  iste’mol  uchun 

ishlatilmagan qismi hisoblanadi”

6

 deb ta’rif beradi.  



O’zbekistonlik  iqtisodchi  olim  D.G’.G’ozibekov  investitsiyani  daromad 

(foyda)  yoki  ijtimoiy  samara  keltiradigan  va  tadbirkorlik,  ishbilarmonlikning 

davlat  tomonidan  ta’qiqlanmagan  faoliyatlariga  jalb  qilinadigan  (sarflanadigan) 

barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar

7

, deb ta’riflaydi. 



Qishloq xo’jaligidagi investitsiyalar to’g’risida S.R.Umarov shunday ta’rif 

beradi:  “Investitsiya  –  bu  kelajakda  foyda  yoki  ijtimoiy  samara  olish  uchun 

investor  tomonidan  qishloq  xo’jaligi  tarmoqlarini  rivojlantirish  maqsadida 

ma’lum bir muddatga sarflangan barcha turdagi moddiy – texnik va intellektual 

boyliklardir”.

8

 



Yuqoridagi  fikrlarni  tahlil  qilib,  umumlashtirib,  investitsiyani  iqtisodiy 

kategoriya  sifatidagi  mohiyatini  ochib  berish  uchun  hamda  uning  qishloq 

xo’jaligidagi ahamiyatini to’liq yoritib berish maqsadida quyidagi ta’rifni berish 

mumkin: 


Investitsiya  –  qishloq  xo’jaligida  faoliyat  yuritadigan  barcha  toifadagi 

xo’jaliklarga pul, shuningdek mulkiy va nomulkiy huquqlar ko’rinishida foyda 

va ijtimoiy samara olishni ko’zlab investor tomonidan sarmoyalashdir. 

Investitsiya  mohiyatini aks ettiruvchi ushbu ta’rifga binoan, investitsiyalar 

qishloq  xo’jaligining  barcha  tarmoqlariga,  xususan,  qishloq  xo’jaligiga  ishlab 

chiqarish  vositalari  va  mineral  o’g’itlar,  kimyoviy  vositalar  etkazib  beradigan 

sanoat korxonalari; qishloq xo’jaligining o’zidagi qishloq va dehqon xo’jaliklari, 

                                                 

5

 

O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni O’zbekistonning yangi qonunlari. – 



Toshkent: Adolat, 1999. – B. 13  

6

 Keyns Dj. M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg : per. s angl. -M: Gelios ARV, 1999. -352 c. 



7

 Gozibekov D.G. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari.-T: Moliya, 2003. -332 b. 

8

  Umarov  S.R.  Qishloq  xo’jaligiga  investitsiyalarni  jalb  etish  va  ulardan  samarali  foydalanish  :  i.f.n...  diss. 



avtoreferati: BMA -T., 2008. -22 b. 

 



 

14 


agrofirmalar  hamda  qishloq  xo’jaligining  boshqa  tarmoq  bo’g’inlari;  qishloq 

xo’jaligidagi  mahsulotlarni  qayta  ishlashdan  sotishgacha  vazifalarni  bajaruvchi 

korxonalar;  qishloq  infratuzilmasiga  xizmat  qiluvchi  tarmoq  korxonalariga 

kiritilib,  ularning  iqtisodiy  barqaror  faoliyat  yuritishini  ta’minlab,  mamlakat 

YaIMni  o’sishiga  xizmat  qiladi.  Investitsiyalash  yo’naltirilishiga  ko’ra, 

moliyaviy yoki nomoliyaviy ko’rinishda bo’lishi mumkin. 

Moliyaviy  investitsiyalarga  pul,  qimmatbaho  qog’ozlar,  zayomlar,  yuridik 

shaxslarning ustav kapitaldagi ulushlari kiradi. Qishloq xo’jalik korxonasi yoki 

qishloq  xo’jaligining  ustav  fondini  shakllantirish  uchun  qo’yiladigan 

boshlang’ich  mablag’,  ular  faoliyatini  rivojlantirish  va  kengaytirish  maqsadida 

emissiya  qilingan  qimmatbaho  qog’ozlarni  sotish  orqali  tushadigan  mablag’  va 

boshqalar  moliyaviy  investitsiyalar  hisobidan  shakllantiriladi.  Nomoliyaviy 

aktivlarga  kiritiladigan  investitsiyalar  –  asosiy  kapitalga  sarflanadigan  kapital 

qo’yilmalar  bo’lib,  ular  asosiy  vositalarni  sotib  olish,  ularni  ta’mirlash, 

nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, nou – xou, er va boshqa ob’ektlardan 

foydalanish  huquqlari,  mualliflik  huquqlari)ni  sotib  olish,  xom  –  ashyo 

zahiralarini 

yaratish 

va 

boshqalarga 



sarflanadi. 

Amaliyotda 

bunday 

investitsiyalar  real  investitsiyalar  deb  atalib,  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  davrida 

qishloq tarmoqni moliyalashtirishda ular ayniqsa ahamiyatlidir.   

Yuqorida 

ta’kidlanganidek,  qishloq  xo’jaligidagi  investitsiyalarni 

moliyalashtirish  va  kreditlash  masalalarining  nazariy  va  amaliy  jihatlari 

o’zbekistonlik 

iqtisodchi 

olimlardan 

A.Boymuratov, 

E.Shodmonov, 

A.Avliyaqulovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan. 

A.Boymuratov  qishloq  xo’jaligida  faoliyat  ko’rsatayotgan  tadbirkorlik 

sub’ektlarini  kreditlashni  takomillashtirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  quyidagi 

muammolarni aniqlagan

9



                                                 

9

 



Boymuratov  A.J.  “Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  tijorat  banklari  tomonidan  kreditlash  amaliyotini 

takomillashtirish yo’nalishlari” mavzusida i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis. avtoreferati. – BMA, 

2008. – 22 b. 

 



 

15 


tijorat 


banklarining 

qishloq 


xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilarini 

kreditlashdan  manfaatdorligini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  zaruriy  shart-

sharoitlarning to’liq shakllantirilmaganligi; 

–  qishloq  xo’jalik  korxonalarining  balansida  yuqori  likvidli  garov 

ob’ektlarining etishmasligi; 

–  tijorat  banklari  resurs  bazasining  barqarorlik  darajasini  oshirish 

muammosining mavjudligi; 

– tijorat banklarida uzoq muddatli kredit resurslarining etarli emasligi; 

– davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini 

etishtiruvchilarga  Fond  mablag’lari  hisobidan  beriladigan  kreditlarning 

kreditlarga bo’lgan real talabga mos emasligi; 

–  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilarini  kreditlashning  me’yoriy-

huquqiy asoslarining takomillashmaganligi va boshqalar. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling