Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

INVESTITSIYALASHNING 

ZAMONAVIY 

HOLATI  VA  RIVOJLANISH    DARAJASINING 

TAXLILI 

 

2.1. 

Qishloq 

xo’jalik 

tarmoqlariga 

jalb 


qilingan 

investitsiyalarning tarkibi va dinamikasi taxlili 



 

2.2. 


Qishloq 

xo’jalik 

tarmoqlariga 

jalb 


qilingan 

investitsiyalarni  lizing  kompaniyalari  va  tijorat  banklari 

tomonidan moliyalashtirish taxlili 

 

III- 

BOB. 

QISHLOQ 

XO’JALIK 

TARMOQLARINI 

INVESTITSIYALASHNI  TAKOMILLASHTIRISH  

ISTIQBOLLARI 

 

3.1. 

Qishloq  xo’jalik  tarmoqlariga  investitsiyani  jalb  etish 

bilan bog’liq muammolar va ularni hal etish yullari 



 

3.2. 

Qishloq  xo’jalik  tarmoqlarini  investitsiyalarni  jalb  etish 

istiqbollari 



 

XULOSA ……………………………………………………….....  

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………   

 

 

 

 


 



KIRISh 



Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusining  dolzarbligi.  Mustaqillikka  erishgan 

jahondagi  ko’plab  mamlakatlar  o’zining  iqtisodiy  poydevorini  asosiy  qishloq 

xo’jaligini  tiklashdan  boshlagan.  Hozirgi  kunda  ham  jahonning  100  dan  ortiq 

rivojlanayotgan  mamlakatlarning  iqtisodida  qishloq  xo’jaligining  ahamiyati  va 

uning  ulushi  kattadir.  O’zbekiston  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  etishtirish 

miqdori  bo’yicha  Osiyoda  etakchi  o’rinlarda,  hatto  ba’zi  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlari etishtirish bo’yicha  dunyoda birinchilar qatorida turadi. 

O’zbekiston  o’z  mustaqilligiga  erishganidan  keyin,  birinchi  navbatda 

qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki, mamlakatimiz 

aholisining asosiy qismi (60% atrofida) ham, iqtisodiy salohiyatning katta ulushi 

ham asosan qishloqdadir. 

Mamlakatimizda 

bozor 

iqtisodiyotini 



erkinlashtirish 

va 


mulkiy 

munosabatlarining  yangi  tizimiga  o’tish,  qishloq  xo’jaligi  sektorida  muhim  va 

dolzarb  vazifalarni  amalga  oshirishni  taqozo  etadi.  Qishloq  xo’jaligi  sektorida 

mulkiy    munosabatlarning  muhim  yo’nalishi  bevosita  dehqon  va  fermer 

xo’jaliklarini  tashkil  etish,  ularning  yangi  ichki  mahsulotdagi  salmog’ini,  ish 

unumi hamda samaradorligini oshirishdan iborat. 

Mamlakatimizda  aholi  va  mehnat  resurslari  har  yili  yuksak  natijalar  bilan 

o’sib  bormoqda.  Shu  sababli,  qishloq  joylarda  tarmoqlari  bo’yicha  zamonaviy 

texnologiyaga  ega  bo’lgan  kichik  korxonalar  ochish  va  ish  joylarini  tashkil 

qilish  eng  muhim  vazifadir.  Hozir  qishloq  xo’jaligida  barcha  ijtimoiy  ishlab 

chiqarish hodimlarining 1/3 qismidan ko’prog’i band.  

Yuqorilardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  qishloq  xo’jaligini 

yuksaltirishda katta ishlar amalga oshirildi. Ammo bu sohadagi qishloq  xo’jalik 

tarmoqlarini  moliyalashtirish,  mexanizmini  takomillashtirish  eng  dolzarb 

masalalardan biridir.    

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni 

2013  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014  yilga 

mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga 




 

bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida  “Biz oddiy bir 



haqiqatni  doimo  esda  tutishimiz  darkor.  Ya’ni,  sarmoyasiz  taraqqiyot  yo’q, 

ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va 

texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.  

2013 yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 

13  milliard  dollar  qiymatidagi  kapital  qo’yilmalar  o’zlashtirildi,  bu  2012  yilga 

nisbatan  11,3  foizga  ko’pdir.  O’zlashtirilgan  kapital  qo’yilmalar  umumiy 

hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar 

va aholining shaxsiy mablag’lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.  

Jalb  etilayotgan  investitsiyalarning  asosiy  qismi  –  70  foizdan  ortig’i, 

birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo’naltirildi, eng yangi 

zamonaviy  uskunalar  xarid  qilishga  sarflangan  investitsiyalar  ulushi  esa  qariyb 

40 foizni tashkil etdi

1

“ degan edilar. 



Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, shu jumladan, to’g’ri xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  etish  O’zbekiston  hukumati  iqtisodiy  siyosatining  ustuvor 

yo’nalishlaridan  biri  bo’lib  qolmoqda.  Xususan,  umumiy  qiymati  24  mlrd. 

AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib 

borilmoqda

2

.  Xorijiy  investitsiyalar  mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatining 



yuksalishiga, muhim ijtimoiy masalalarning echimini topishga xizmat qiladi. 

2010  yil  29  dekabrdagi  “O’zbekiston  Respublikasining  2011  yilgi 

Investitsiya  dasturi  to’g’risida”gi  PQ-1455-sonli  qarori  asosida  Qishloq  va  suv 

ho’jaligi  vazirligi  tomonidan  9  ta  loyiha  bo’yicha  ishlar  amalga  oshirilishi 

ko’zda tutilgan. Hukumat kafolati bilan 2012 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 

ushbu 9 ta loyihaning rejalashtirilgan qiymati 102.3 mln AQSh dollarini tashkil 

etadi.  2012  yil  yanvar-mart  oylari  uchun  17,01  mln  AQSh  dollari  miqdoridagi 

                                                 

1

  2014  yil  yuqori  o’sish  sur’atlari  bilan  rivojlanish,  barcha  mavjud  imkoniyatlarni  safarbar 



etish,  o’zini  oqlagan  islohotlar  strategiyasini  izchil  davom  ettirish  yili  bo’ladi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2013  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari va  2014  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 

yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasi.  /Xalq  so’zi. 

2014 yil 18-yanvar/ 

2

  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy  –  iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf 



etishning yo’llari va choralari. – Toshkent: O’zbekiston, 2009. – B. 56. 


 

mablag’ni  jalb  etish  rejalashtirilgan  bo’lib,  amalda  17.03  mln  AQSh  dollarini 



yoki rejaga nisbatan 100 % ni tashkil etdi, shu jumladan: 

    1.  Jahon  Banki  mablag’lari  hisobidan,  ya’ni  “O’zbekistonning  drenaj 

loyihasi.  Janubiy  Qoraqalpog’istondan  drenaj  o’tkazish”  loyihasi.  Loyihaning 

umumiy  qiymati  74,55  mln.  AQSh  dollarini  tashkil  etib,  undan  O’zbekiston 

Hukumatining ulushi 14,55 mln. AQSh dollarini va 60,0 mln. AQSh dollari esa 

XTTB (MBRR)ning qarzi (zayom) mablag’larini tashkil etadi. Bular jumlasidan 

Xalqaro  tiklanish  va taraqqiyot  banki qarzi  (zayomi)  35,0  mln.  AQSh  dollarini 

va  25,0  mln.  AQSh  dollari  Xalqaro  Taraqqiyot  Uyushmasi  (MAR)  ning  qarzi 

(krediti)ni tashkil etadi.  

2012  yilda  5,36  mln.  AQSh  dollari  miqdoridagi  mablag’ni  jalb  etish 

rejalashtirilgan.    2012  yil  yanvar-mart  oylari  uchun  0,940  mln.  AQSh  dollari 

miqdoridagi  mablag’ni  jalb  etish  rejalashtirilgan  bo’lib,  amalda  0,940  mln. 

AQSh dollarini yoki rejaga nisbatan 100% ni tashkil etgan. 

Shuningdek, qishloq xujaliklariga investitsiyalar kiritishni kuchaytirishning 

zarurligi  Prezidentimizning  ma’ruzasida  alohida  ta’kidlandi.  Ayniqsa,  erning 

meliorativ 

holatini 

yaxshilash 

dasturini 

amalga 


oshirish 

jarayoniga 

investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish va ushbu yo’nalishga 130 mlrd. so’m 

miqdorida  mablag’  ajratish  masalasi  davrning  dolzarb  masalasi  sifatida  e’tirof 

etildi.  Bu  kabi  investitsion  loyixalarni  amalga  oshirish  hamda  ularni  ijobiy  hal 

etish  masalasi,  Respublikamizda  qishloq  xo’jaliklarini  investitsiyalashni 

takomillashtirish  borasida  qator  muammolarning  mavjudligi  va  ularni  hal 

qilishga  qaratilgan  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalarni  ishlab  chiqishning 

zarurligi mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling