Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


  Qishloq  xo’jaligi  tarmoqlarida  investitsiyalarni  jalb  qilishning


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

 

1.2.  Qishloq  xo’jaligi  tarmoqlarida  investitsiyalarni  jalb  qilishning 

huquqiy asoslari  

 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlatning  bosh  islohotchi  sifatidagi  rolidan 



kelib  chiqib,  qishloq  xo’jaligining  har  bir  tarmog’i  huquqiy  jihatdan  himoya 

etiladi.  Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  bosqichida  investitsiya  faoliyati, 

investorlarning manfaatlari, qulay investitsiya muhitini yaratish qonuniy kuchga 

tayanadi. Bu borada quyidagi huquqiy normativ aktlarni asosiy qonun xujjatlari 

sifatida e’tirof etish mumkin: 

- 24.12.1998 

yilda 

qabul 


qilingan 

O’zbekiston  Respublikasining 

“Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi №719-I Qonuni; 

- 30.04.1998  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  “Chet  el 

investitsiyalari to’g’risida”gi №609-I Qonuni; 

- 30.04.1998 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik 

investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish  choralari 

to’g’risida”gi №611-I Qonuni; 




 

16 


- 14.04.1999  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  “Lizing 

to’g’risida”gi Qonuni; 

- 06.05.1993  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta 

to’g’risida”gi Qonuni; 

Bulardan “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonun ayniqsa ahamiyatlidir. 

Mazkur Qonun 28 ta moddadan iborat bo’lib, ularga O’zR 12.12.2003 yil 568 – 

II son,  O’zR 10.10.2006 yil O’RQ – 59 – son, O’zR 31.12.2008 yil O’RQ – 197 

– son Qonunlariga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Qonunga binoan (7 

– modda) investitsiya faoliyatida quyidagi sub’ektlar ishtirok etadi: 

- investorlar; 

- buyurtmachilar (mablag’ kirituvchilar); 

- kreditorlar; 

- sotib oluvchilar; 

- investitsiya faoliyati ishtirokchilari vazifasini bajaruvchilar. 

Investorlar – bu yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lib, investitsiya faoliyati 

ob’ektlariga  o’z  mablag’larini,  jalb  qilingan  mablag’larini  yoki  zayomlarini, 

ularga  doir  huquqlarni  kiritadi  va  mulkiy  boyliklarni  tasarruf  etish  yuzasidan 

moliyaviy qarorlarni qabul qiladilar.  

Qonunning 8–moddasiga ko’ra investorlar quyidagi huquqlarga egadirlar: 

Investor  investitsiyalash  maqsadi,  yo’nalishi,  turi  va  hajmini  mustaqil 

ravishda  belgilaydi,  buni  amalga  oshirish  uchun  shartnoma  asosida,  qoida 

tariqasida  tanlov  (tender)  savdosini  o’tkazish  yo’li  bilan  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.  

- Investor  investitsiya  ob’ektlariga  va  ularning  natijalariga  egalik  qiladi, 

ulardan foydalanadi, ularni tasarruf etadi, shuningdek, reinvestitsiya qiladi. 

- Investitsiya  ob’ektlariga  va  ularning  natijalariga  egalik  qilish,  ulardan 

foydalanish,  ularni  tasarruf  etish  huquqini  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi mumkin. 




 

17 


- Investor  o’ziga  zarur  bo’lgan  mol  –  mulkni  yuridik  va  jismoniy 

shaxslardan o’zaro kelishuv asosida belgilanadigan narx va shartlarda, hajmi va 

nomenklaturasini cheklanmagan tarzda olishga haqli. 

- Investor  qonun  hujjatlarida  ko’zda  tutilgan  boshqa  huquqlarga  ham  ega 

bo’lishi mumkin. 

Amaliyotda  investorlarni  investitsiya  maqsadi  va  yo’nalishini  belgilashda 

xo’jaligining  serdaromadliligi,  ya’ni  bevosita  olinadigan  foyda  qiziqtiradi. 

Sanoat,  aloqa,  transport,  qurilish  kabi  xalq  xo’jaligi  tarmoqlaridagi  investitsiya 

muhitining  jozibadorligi  investorlarni  o’ziga  osonroq  jalb  etsa,  qishloq 

xo’jaligida bu biroz qiyinroq kechadi. Chunki qishloq xo’jaligida mavso’miylik, 

ishlab chiqarish davrining uzoqligi, tabiiy shart – sharoitlar kabi omillar xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektning  yakuniy  natijasiga bevosita  bog’liqdir. Qishloq xo’jaligi 

sub’ektlarini investitsiyalashda investor  tomonidan  o’tkaziladigan  tender,  ya’ni 

tanlov  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy  ko’rsatkichlari  yoki  biznes 

rejasi parametrlariga tayanadi.  

Investor  mazkur  Qonunning  9–moddasiga  ko’ra  quyidagi  majburiyatlarni 

bajarishi kerak: 

- investitsiya  loyihalarida  sanitariya  –  gigiena,  radiatsiya,  ekologiya, 

arxitektura – shaharsozlikka oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida 

ekspertiza xulosasini olishi; 

- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; 

- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi; 

- shartnoma  bajarilmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarilmasligi  tufayli 

investitsiya faoliyati ishtirokchisiga etkazilgan zararni qoplashi; 

- mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  davlat  boshqaruvi  organlarining 

o’z  vakolatlari doirasida qo’yiladigan talablarini bajarishi shart. 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling