Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

10.2. Narxni shakllantirish 

 

Narxning shakllanish nazariyasi asoslarini mikroiqtisodiyot fani  

tariflab beradi. U akademik fan bo‘lib, uning ko‘pgina tushunchalari, 

asoslari, modellari haqiqiy ko‘rsatkichlarida aks etmaydi yoki 

amaliyotda qo‘llanilishi qiyin (ko‘pgina hollarda bu modellardan 

foydalanib ham bo‘lmaydi). Shu sababli mikroiqtisodiy nazariyani 

amaliyotda qo‘llashda cheklovlar mavjud. Bu fanning asosiy ko‘rsatma-

lariga tayangan holda tashkilot ma’lum vaqt ichida amalga oshirilishi 

shart bo‘lgan maqsadlari uchun narx bo‘yicha o‘z harakatlarini ishlab 

chiqadi. 

Baho siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 

xarajatlar, talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, 

narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari. Umuman olganda narx 

maqsadlari uch sohaga nisbatan qo‘llaniladi: 

- tovar aylanmasi hajmini aniqlash; 

- maksimal foyda olish; 

- raqobat sohalari. 

Narxlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning 

orasida ta’kidlash kerakki, birinchi o‘rinda korxonaning o‘z faoliyati 

bilan bog‘liq omillar turadi. Korxona uchun narx uning tushumi, 

foydasi, hayot tarzi manbasi hisoblanadi, u korxona strukturasiga, savdo 

hajmi va uning bozordagi ulushiga, imijiga ta’sir o‘tkazadi.  

Korxonalar o‘z tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir 

etuvchi tashqi omillarni chuqur tahlil qilishlari zarur. Jahon tajribasida 

iste’molchilarni xaridiga qarab turli bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi. 

1. Ishlab chiqaruvchi. So‘ralgan narxni xarajatlarning to‘liq, qisman 

hisobiga mos kelishi. 



250 

 

2. Iste’molchilar. Narx darajasining potensial sotib oluvchilar 



nuqtayi nazaridan maqbulligi. 

3. Raqobatchilar. Raqobatchilar tomonidan so‘ralgani bo‘yicha 

sotilgan narxlar darajasi. 

Narx darajasi korxona iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Savdo 

hajmini o‘zgartirmagan holda narxlarni 1% ga oshirish “Coca Cola”ning 

daromadini 6,4% ga, “Nestle”ni 17% ga, “Philips”ni 28,7% ga oshirgan 

bo‘lar edi. 

Korxona uchun narx vosita ham bo‘lib, narxning yordamida  u            

ma’lum maqsadga erishishga va o‘ziga raqobatda ustuvorlikni 

ta’minlashga urinadi. Shuning uchun narxni shakllantiruvchi ichki 

omillarishlab chiqarish xarajatlari va muomala, firmaning marketing va 

narxga oid maqsadlari, shuningdek, korxonaning tovar siyosati 

(assortimentning kengligi, tovar hayotiylik davrining bosqichlari, tovar 

marketingi, qadoqlash), savdo siyosati va stimullash sohasidagi siyosat 

hisoblanadi. Xarajatlarni baholash, keyin esa ularni pasaytirish yo‘llarini 

qidirish har qanday aqlli tadbirkor uchun majburiy mashg‘ulot, chunki 

narxlarning quyi chegarasini shakllantiruvchi xarajatlar narxga oid 

raqobat sharoitida muvaffaqiyatni belgilaydi. 

Mahsulotning xususiyatlari esa aksincha mahsulotning naflilik 

determinantlarini shakllantiradi. Bu ko‘pgina bozor tadqiqotlarida 

mahsulotning asosiy bozordagi mag‘lubiyati narx naflilik omilining bir-

biriga to‘g‘ri kelmasligida namoyon bo‘ladi. 

Firmalar ko‘p hollarda keng assortimentli mahsulotlar ishlab 

chiqaradilar. Ular bir-birlari bilan talab, xarajatlar yoki birgalikda ikki 

omil bo‘yicha bog‘liqdir. Quyidagi omillar ushbu mahsulot turiga har xil 

narxni shakllantirishga, bozorni segmentlashtirishga, korxona foydasini 

saqlab qolishga va ko‘paytirishga yordam beradi. 

Mahsulotlarning bir-birini to‘ldirishi va bir-birini almashtirirish 

qobiliyati mahsulotlarning ichki xususiyatlarini rivojlantirgan holda 

mahsulotlar differensiatsiyasi, qadoqlashdagi farqlar, reklama, mahsu-

lotlar sotishdan keyingi xizmat darajasi bilan belgilanadi. 

Marketingning quyidagi elementlari mahsulotlarning bozordagi 

mavqeyini egallashi uchun sharoit yaratadi, bular mahsulotlarni bozorga 

yo‘naltirish va taqsimlash vositalaridir. Ular narx siyosati bilan 

chambarchas bog‘liq. 

Sotish hajmining o‘zgarishiga (yoki umuman ta’siri yo‘q) mahsulot 

narxining pasayishi boshqa marketing vositalarining ko‘magisiz juda 



251 

 

sezilarsiz darajada ta’sir etadi. Narxning pasayishi talab hajmiga ta’sir 



etishi uchun kommunikativ vositalar orqali masalan, reklama orqali 

ushbu pasayishni xaridorlar ongiga yetkazish muhim hisoblanadi.  

Yangi mahsulotni bozorda tez tarqalishi uchun ishlab chiqaruvchi 

mahsulotni chegirmalar, kuponlar, tekin tarqatiladigan namunalar 

yordamida amalga oshiradi. Bunda barcha pasaytirilgan narxlar odatdagi 

narxlar bilan solishtirilganda chegirmalar bilan bog‘liq bo‘lishi 

kuzatiladi.  

 

Ishlab chiqaruvchining narx siyosati sotish kanallari bilan 



chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda ishlab chiqaruvchining narxi 

savdo ustamasi yordamida shakllanadi, ular barcha qilingan xarajatlarni 

qoplab foyda olishni ta’minlashi lozim bo‘ladi va yana talabning 

elastikligiga ham bog‘liq. Mahsulot harakatining har bir ishtirokchisi 

narxning shakllanishida muhim vazifani egallashni xohlaydi. Agar 

ishlab chiqaruvchi sotish kanallari ustidan hukmronlik qilsa, unda 

narxning shakllanishida va savdo chegirmalarida ko‘proq imkoniyatlari 

bo‘ladi. Sotish kanallari ko‘p bo‘lgan holatda ulgurji narxlarni 

pasaytirish siyosati ishlab chiqaruvchi uchun katta muammo bo‘ladi. 

Ayrim savdo firmalari xaridor uchun belgilab qo‘yilgan chakana narxni 

pasaytiradilar, boshqalar esa korxonadan rasmiy ravishda narxlarni 

pasaytirishni taklif qilishadi. Shunday qilib dallollar narxni ishlab 

chiqaruvchidan xaridorga yetib borishdagi asosiy omil qilib 

ko‘rsatishgan. Agar ishlab chiqaruvchi mahsulotning ko‘p qismini yirik 

savdo firmalari orqali ularga chegirmalar qilib  sotsa, uning raqiblari esa 

kichik firmalari orqali yuqori bo‘lmagan chegirmalar berib savdoni 

amalga oshirsa, u holda unda boshqa xarakterga ega muammolar paydo 

bo‘ladi.  

Kichik savdogarlar yuqorida belgilangan sabablarga ko‘ra 

mahsulotlarni normal darajadan past bo‘lgan narxlarda sotadilar va shu 

bilan yirik savdogarlarga muammolar tug‘diradilar. Agar ishlab 

chiqaruvchi chakana narxlarda chegirmalar qilsalar ular sotish 

kanallaridan mahrum bo‘lishlari mumkin. Dallollarga optimal chegirma-

lar bergan ishlab chiqaruvchi g‘alaba qozonadi.  

Mahsulotni tarqatish kanallari nafliligi narx o‘sishi va pasayishiga, 

demak, mahsulotning sotilishiga ham bog‘liq, agar misol uchun qimmat 

bo‘lmagan mahsulotni xususiyati betakror bo‘lgan juda qimmat 

mahsulot kanaliga yo‘naltirsak, yangi mahsulot yuqori talabga ega 




252 

 

bo‘lmaydi. Bunday kanal yangi mahsulotning xususiyatlarini ko‘rsatadi, 



lekin narxga qaramasdan yuqori sotuvni ta’minlab bermaydi.  

Arzon mahsulotlar arzon kanallar yordamida tarqatilishi, yuqori 

sifatli mahsulotlar esa yuqori sifatni qabul qilishini kuchaytiruvchi 

(yuqori malakali xodimlar, konsultatsiyalar, atrof-muhit va b.q.) va 

yuqori narxni ta’minlovchi kanallar yordamida tarqatilishi lozim. 

Mahsulotni tarqatish kanallari uning nafliligini o‘sishiga ta’sir 

ko‘rsatadi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ularni nazorat qilishni 

xohlaydilar va shu bilan sotish va narx siyosatiga ta’sir ko‘rsatadilar. 

Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari narxini vositachilarga qarab 

qat’iy belgilab qo‘ya olmaydilar, vositachilar mahsulotlar qiymatini 

istagan vaqtda past yoki yuqori narxlarni belgilanishiga sabab bo‘lishi 

mumkin. Vositachilikning narx bo‘yicha qabul qiladigan qarorlariga 

ta’sir o‘tkazish uchun dallollar bilan o‘rtadagi aloqaning ishlab 

chiqaruvchilar boshqarishlari lozim. Ular bilan o‘rtadagi aloqani yaxshi-

lanishi, xarajat va foyda orasidagi to‘g‘ri taqsimlanish narx bilan bog‘liq 

kafolatlarga yoki narxlarni oshirish bo‘yicha alohida kelishuvlarga 

bog‘liq. 

Ishlab chiqaruvchi narx bo‘yicha katta vakolatga quydagi hollarda 

ega bo‘lishi mumkin: agar u to‘g‘ridan to‘g‘ri tarqatish kanallaridan 

foydalansa, mahsulotlarni past narxlarda sotuvchi chakana savdo 

do‘konlari yordamida savdoni minimallashtirsa, mahsulotlar narxini 

oldindan belgilab qo‘ysa, o‘z chakana savdo do‘konlarini ochsa, sotish 

kanallari ishtirokchilariga foyda olishni ta’minlab bersa, mashhur 

bo‘luvchi savdo markalarini yaratsa.  

Ayrim hollarda chakana savdo qiluvchilar markaga qarshi savdo 

qiladilar, buga mahsulotga yuqori narx belgilab uning sotilishini ushlab 

turadilar va shu orqali boshqa marka mahsulotini ko‘p miqdorda 

sotilishiga erishadilar. Boshqa marketing vositalaridan farqli ravishda 

narx quyidagi fazilatlarga ega: 

Narxning o‘zgarishi ko‘p hollarda sotish hajmiga va bozordagi 

ulushga kuchli ta’sir qiladi. An’anaviy iste’mol mahsulotlariga narx 

bo‘yicha talabning elastikligi 10-20 % gacha reklama bo‘yicha talabning 

elastikligidan yuqori, ya’ni narxning 10 % ga o‘zgarishiga nisbatan 10-

20 barobar ko‘p ta’sir o‘tkazadi. Sanoat mahsulotlarida farq bundan ham 

yuqori. 

Faol mahsulot va kommunikativ siyosat uzoq vaqt davomida 

amalga oshiriladi, lekin narx bo‘yicha aksiyalarni tashkillashtirish ko‘p 



253 

 

vaqt talab qilmaydi. Uzoq va mustahkam raqobat ustunligiga faqat narx 



bo‘yicha qilingan tadbirlar orqali erishish juda qiyin masala. Xarajatlar 

bo‘yicha qat’iy va uzoq davom etuvchi, raqobatchilar erisha olmaydigan 

ustunlikka ega bo‘lish zarur. 

Ayrim bozorlarda talab boshqa marketing vositalariga qaraganda 

narx siyosatiga tezroq ta’sir ko‘rsatadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan 

tadbirlar sotish va bozordagi ulushga vaqtdan kechikish bilan ta’sir 

qiladi. Shunday qilib reklamaning ijobiy ta’siri faqat bir necha oydan 

keyin seziladi. Sotishga narxning o‘zgarishi esa, aksincha, uning bir 

necha soatdan keyin (yoqilg‘i shaxobchasi) yoki bir necha kundan keyin 

sezdiradi. 

Narxning tariflangan o‘ziga xos xususiyatlari marketing-miks 

vositasi sifatida sotishni, bozordagi ulushni, foydani boshqaradi. Lekin 

narx siyosati o‘z ichiga tavakkalchilik unsurlarini oladi. Misol uchun, 

xaridorlar va raqobatchilarning narxga doir tadbirlarga bo‘lgan qarashni 

noto‘g‘ri tahlil qilish korxona uchun og‘ir oqibatlarni keltirishi mumkin. 

Ko‘plab korxona rahbarlari foyda olishning asosiy manbayi xarajatlar va 

sotish hajmida, deb bilishadi, shuning uchun ularga alohida e’tibor 

beriladi. Shunday korxonalar rahbariyati borki, ular narxni foyda olish 

uchun kurashda uchinchi omil sifatida qarashmaydi, ular narx o‘sishini 

birinchi o‘ringa ko‘tarishadi, uni boshqarish kerak, deb hisoblashadi va 

unda katta salohiyat yashirilganligini tan olishadi. Ularning fikricha, 

narx tizimi ustidan qilingan nazoratga pand berish kerak emas. Ko‘rinib 

turibdiki, narxning o‘sishi sotish hajmining o‘sishi va xarajatlarni 

kamaytirishga qaratilganda ko‘proq foydaning o‘sishiga olib keladi. Olib 

borilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, harakatlarni narxning 

o‘sishiga yoki narx darajasini himoya qilishga qaratish maqsadga 

muvofiqdir. Bu xarajatlarni qoplash past darajadagi hollarda juda 

muhimdir. Bu holatda sotish hajmining o‘sishi foydaning ko‘payishiga 

olib kelmaydi. Bunday vaziyatlarda harakatlar xarajatlarni kamaytirish 

yoki narxlarni oshirishga qaratilishi lozim. Asosan narxning o‘sishi 

sotish hajmining pasayishiga olib keladi. Foydaning o‘sishida juda katta 

firmalar narxlarning ahamiyati kuchliligiga qaramasdan narxni 

shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormaydilar. Korxonalarning 

ko‘p qismi narx shakllanishiga bo‘lgan e’tiborning sustligini quyidagi 

iboralar bilan izohlaydilar: “Narxlarni bozor tartibga soladi” yoki “biz 

raqobatchilar narxlari bilan hisoblashishga majburmiz”. Yuqorida 

keltirilgan misol ma’lumotlariga qarab narxlarni shakllantirishga e’tibor 



254 

 

muhimligini ko‘ramiz. Albatta bu ma’lumotlar yig‘ish, ijobiy fikrlash, 



tajriba qilish bo‘yicha katta harakatlar talab qiladi. Lekin hech bir 

ko‘rsatkich foydani narxni 1-2 % oshirish kabi tez oshira olmaydi. Shu 

qatorda foydaning kamayishiga narxning 1-2 % ga pasayishi kabi hech 

bir ko‘rsatkich bunday kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.  

Narxlashtirish firmaning bozorda aniq ulushga erishishi, ko‘zda 

tutilgan foydani olishi va umuman tovarning qaysi hayotiylik bosqichida 

qanday siyosat yurgizib, raqobatchilar xatti-harakatiga javob topishi 

demakdir. Hozir firmalar menejerlarning fikricha narx siyosatini to‘g‘ri 

tanlash yangi tovarni bozorga kiritish, tabaqalash, sotish xarajatlari va 

boshqa omillardan ham muhimroq hisoblanadi. Chunki keyingi vaqtda 

bank tizimi, transport vositalari va iqtisodiyotning boshqa sohalariga 

ko‘proq erkinlik berish narx raqobatini kuchaytirmoqda.  

Narx siyosati naxlarning ba’zis (dastlabki) darajasi haqida qaror 

qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Narx siyosati marketing kompleksining 

tarkibiy qismi sifatida marketing yondashuvi asosida ishlab chiqiladi. 

Marketingga oid narx strategiyalarida hozircha narxlarni xarajat 

uslublari bo‘yicha belgilashdan keng foydalanilmoqda, lekin yagona va 

asosiy qiymatli yondashuv sifatida yashab kelmoqda. Tovarning sotilish 

narxini belgilashda marketingga oid yondashuv narxning klassik 

nazariyasidan shu bilan farqlanadiki, so‘raladigan narx mahsulotning 

oqilona kalkulyatsiyasi hisoblanmaydi, bozor tavsifining ba’zi “optimal” 

tengligini qidirib topishga asoslanadi va bu qidirish xarajatlar hisobi, 

iste’molchi tomonidan tovar qiymatini baholanish tahlili, korxona 

faoliyat yuritayotgan real voqelikni aks ettiruvchi tavakkal (risk) omil-

larini va boshqa unsurlarini hisobga olgan holda raqobat muhiti bilan 

kuzatiladi.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling