Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

Tovar 

aylanmasi  

xarak-

teris- 

tikasi 

 

 


326 

 

Sotish kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‘z maqsadinigina 



o‘ylaydigan (belgilaydigan) uning ayrim a’zolari o‘rtasidagi mojarolar-

ning oldini olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) 

paydo bo‘ldi. VMT bir yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat, 

yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. 

Bunday holda kanal a’zolaridan biri qolgan boshqa sheriklariga nisbatan 

ustunlikka ega bo‘ladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud 

ularning hamkorligini ta’minlaydigan ustunlikka ega bo‘ladi. 

Shartnoma asosida VMTning shartnoma munosabatlari bilan bog‘-

langan mustaqil firmalardan iborat. 

Shartnoma asosidagi VMTning uch turi farqlanadi: 

1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‘ngilli 

birlashmalari. 

2. Chakana sotuvchilar shirkati. 

3. Shartnoma asosida VMTning uch axborotli imtiyoz huquqiga ega 

bo‘lgan tashkiloti. 

Tovar harakatini tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi 

birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul 

bilan o‘z xaridoriga yetkazish, ikkinchidan, tovarning xaridori bilan 

uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi shart”. Tovar 

harakatini rejalashtirishda korxona tanlagan tovar sotish uslublariga 

asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin: 

- tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zining 

iste’molchisi bilan bog‘lanishi; 

- tovarlarni mustaqil vositachi (firmalar) orqali sotish; 

- aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti 

sarmoyalari qatnashishi orqali. 

Firma tovar harakatini “Marketing — miks” jarayonida rejalash-

tirishda quyidagilarga ahamiyat beradi: 

- sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash; 

- tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor 

segmentlariga mosini tanlash

- tovar harakati bo‘g‘inlari va umumiy masofani topish; 

- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni 

aniqlash; 

- tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish

- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inni topish; 

- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini 

bog‘lab bir - birini to‘ldirishni ko‘zda tutish. 




327 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling