Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Muammoli vaziyat Ushbu vaziyatda qanday savdo (o‘tkazish) marketing tizimi ko‘r- satilgan? 1. “Gloriya jins” – shahar hayot tazi yo‘nalishida urfdagi jinsi kiyimlarni yaratuvchi kompaniya o‘z faoliyatini (tarixini) 80-yillardan yuritib kelmoqda. Step by step (2005) marketing agentligining tadqiot- lari ma’lumotlariga ko‘ra bozorning ommaviy segmentiga mo‘ljallangan “Gloriya jins” (bitta buyumining narxi 40-50 doll.dan yuqori emas) Rossiya bolalar kiyimi bozorining 32% ni egallaydi. “Gloriya jins”ning aylanmasi 2002 – yilda 70 mln. doll.dan yuqori, 2003 – yilda – 95 mln.doll.ni, 2004 – yilda – 127 mln.doll.ni, 2005 – yilda 135 mln.doll.ni tashkil etdi. 2006 –yilda esa korxona aylanmasi 164 mln.doll.ga o‘sdi. MDH hududida “Gloriya jins” kiyimlari sotiladigan o‘n mingta savdo do‘konlari ishlamoqda. “Gloriya jins” firmaning chakana tarmog‘ini faol rivojlantiradi. Bugun Rossiyaning 60 ta shaharlarida deyarli 300 ta do‘kon ishlaydi. Shundan 70 dan ortig‘i xususiy, 220 tasi hamkorlik do‘konlaridir. Yaqin kelajakda korporatsiyaning firma do‘konlari 600 taga o‘sadi. Kompaniya hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishning ajoyib dasturini tayyorladi va uni realizatsiya qilmoqda. Bu dastur doirasida o‘zining turli shaharlardagi hamkorlariga tashkiliy, axborot, merchendayzing, konsalting qo‘llab–quvvatlashlarni amalga oshiradi. “Gloriya jins” hamkorlik chakana do‘konlarining o‘zini qoplashi 4 oydan 16 oygachani tashkil etadi. Hatto bir–biridan bir kilometr uzoqlikda ochilgan “Gloriya jins” do‘konlari ham foyda keltiradi. “Gloriya jins” vaziyatida qanday savdo marketing tizimi ko‘rsatil- gan? Uning samardorligini baholang. 2. Yaqin oradagi restoranda qandolat mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiladigan nonvoyxona egasini ulgurji savdo qiluvchi, deb atash mumkinmi? 4. Shartnomaning bir bandi buzilganligi natijasida diler va ishlab chiqaruvchi orasida chiqqan bahsni kim hal qila oladi? 5. Firmangiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samarali sotish uchun savdoning qaysi turidan foydalanadi? Sababini tushuntiring. |
ma'muriyatiga murojaat qiling