Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Savdoni rag‘batlantirish – marketing kompaniyasining asosiy 

unsuri bo‘lib, iste’molchilarni va vositachilar tomonidan alohida tovar 

yoki xizmat xaridini tezlashtirish yoki kengaytirishga chaqiruvchi, 

undovchi usullar kompleksi hisoblanadi. Agar reklama tovarni sotib 

olish uchun sabab bo‘lsa, savdo rag‘bati uni taqdirlaydi. Savdoni 

rag‘batlantirishga iste’molchilarni rag‘batlantirish, namunalarni, kupon-

larni tarqatish, qiymatning bir qismini qaytarishga (narxni arzonroq 

qilishga), taklif narxini pasaytirish, bonuslar, yutuqlar, doimiy xaridor-

larga sovg‘alar, bepul tatib ko‘rish, kafolatlar, filmlarga bog‘lanib qolish 

va boshqa kross rag‘batlantirishlar, savdo joyidagi ekspozitsiyalar, 

namoyishlar va sotuvchilarni rag‘batlantirish (narxlarni pasaytirish, 

reklama o‘tkazish va tovarlarni foydali joylashtirish uchun 

kompensatsiyalar, bepul tovarlar) va ishdagi sheriklar  hamda savdo 

xizmatini rag‘batlantirish (ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va konferen-

siyalar, savdo vakillari orasida tanlovlar, maxsus reklama) kabilar kiradi. 

Sotishni rag‘batlantirish,  deganda mahsulotning sotilishiga undov-

chi qisqa muddatli tadbirlar tushuniladi. Agar reklamaning chaqirig‘i: 

«Bizning mahsulotni sotib oling» bo‘lsa, sotishni rag‘batlantirishning 

chaqirig‘i esa: «Uni hoziroq sotib oling» dan iboratdir. 

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar marketing xarajatlarida reklama 

xarajatlari birinchi o‘rinda tursa, ikkinchi o‘rinda sotishni rag‘batlanti-

rish bilan bog‘liq xarajatlar turadi. Keyingi yillarda esa sotishni 

rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarning tobora ortib borishi kuzatil-

moqda. 


Xaridorlarni rag‘batlantirish asosan xaridorlarning ko‘proq miqdor-

dagi tovar sotib olishlariga qaratiladi. Xaridorlarni rag‘batlantirishning 




331 

 

quyidagi usullari qo‘llaniladi: kuponlardan foydalanish, pasaytirilgan 



narx bilan sotish, tovar narxining ma’lum bir qismini qaytarib berish, 

mukofotlar berish, lotoreya, konkurs va o‘yinlar o‘tkazish, tovar 

namunalarini bepul berish, tovar namunalarini bepul sinab ko‘rish va 

boshqalar. 

Sotuvchilarni rag‘batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo 

bilan shug‘ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma 

berish), ma’lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid 

qilayotgan tovar ma’lum bir me’yordan oshsa), mukofotlar berish va 

boshqalar tushuniladi. 

O‘n yil oldin savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha reklamalarga va 

tadbirlarga qilingan xarajatlar nisbati taxminan 60:40 ni tashkil etgan 

edi. Bugun ko‘pgina qadoqlangan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan 

kompaniyalarda savdoni rag‘batlantirish uchun marketing 

kommunikatsiyalarining 70% to‘g‘ri keladi (bunda savdo qiluvchilarni 

rag‘batlantirish uchun taxminan 50 %, iste’molchilarni rag‘batlantirish 

uchun taxminan 20 % sarflanadi). Keyingi 20 yil davomida savdoni 

rag‘batlantirish ulushi ko‘tarilishdagi xarajatlarning umumiy hajmida 

doimiy ravishda ortib bormoqda. Ayniqsa, iste’mol bozoridagi bunday 

tez o‘sishga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Ta’minotchi 

kompaniyalar rahbarlari savdoni rag‘batlantirishni sotishning eng 

samarali vositalaridan biri sifatida anglaydilar, yanada ko‘proq 

menejerlar rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish malakasini egalla-

moqdalar, tovarlar bo‘yicha menejerlar joriy savdoning o‘sib borayotgan 

talablari bosimi ostida qolmoqdalar. Bundan tashqari savdo marka 

(belgi)lari soni ortdi. Iste’molchilar ko‘pchilik tovarlarga bir-biriga 

o‘xshash sifatida qaraydi va  ustuvor holda tovarning narxiga yo‘nala-

dilar, savdo tashkilotlari yanada ko‘proq imtiyozli shart-sharoitlar talab 

qiladilar, savdoni rag‘batlantirishdan ko‘pincha raqobatchilar foydalana-

dilar. Reklama samaradorligi xarajatlarning ortishi, OAVlarning reklama 

bilan to‘lib-toshgani va qonunchilikdagi cheklashlar tufayli pasayadi. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling