Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Marketing xizmati
Bozorni tadqiq qilish
Bahoning shakllanishi
Reklama 90
shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridor- larning belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda bo‘lishidan qat’iy nazar ishlash uchun javob beradi. Marketing xizmati tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi belgilangan talablarga javob berishi kerak: -alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari; -huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik, uyushqoqlik, muntazamlik, moslashuv hamda ularni firmaning uzoq muddatli strategiyasiga mosligi. -Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni sotish hajmiga mos kelishi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun marketing keng ko‘lamda zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar hajmini hisobga olish ham juda muhim. Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Firma, korxona, assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida tuzilgan bo‘lishini, kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi berilgan alohida tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi kerakligini bildiradi. Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi, avvalo, tashkiliy tuzilmani bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash, iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan yondashishni qo‘llashi, ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi. Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada strategik boshqaruvning markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodim- larini strategik masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt chegarasida mablag‘lar bilan ta’minlanishi doirasida rentabellikni ta’minlash va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan iborat. Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha mar- ketingning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: - sotish hajmi; - o‘sish sur’ati; - bozordagi ulush; 91
- rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga nisbati, butun sarmoyaga nisbatan foydaning me’yori, foydaning hissadorlik sarmoyaga munosabati va h.k. larda aks ettirilishi mumkin; - sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni aktivlarning umumiy miqdoriga nisbati. Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan aniqlanadigan talabning to‘lov qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini bashorat qilishga mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz tajribasi ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bunday xizmat qoidaga ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli xil bo‘linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy vazifalari birlashtirib shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxonaning marketing xizmati birga emas, balki bir necha bo‘linmalar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatda barcha marketing vazifalari- ni aniq muvofiqlashtirish kerak. 4.2-jadval Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling