O‘sish bosqichi xususiyatlari — ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la
quvvat), kam tannarx (texnologiya mukammal egallangan), realizatsiya
o‘sadi, sifat oshgan.
Qilinishi kerak - agressiv marketing (tovar xususiyatlarini tanish-
tirish), tovarni zamonaviylashtirish (mukammallashtirish), ommaviy
sotish (realizatsiya tarmoqlari orqali) kerak.
3. Yetuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda tako-
millashgan texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi.
Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan
tovarlarning zaxiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi
kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar tovarlarni
ko‘proq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib,
tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar
sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi.
Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tar-
moqda faqat mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi.
Marketing xizmati tovarning hayotiylik davrini uzaytirish, sotish hamda
foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tovar, bozor va
marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |