Marketingni boshqarish (marketing-menejment) — firma (kompaniya,
korxona) oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish,
hayotga joriy etish va nazorat qilish bosqichlarini o‘z ichiga olgan, uch
qismdan iborat bo‘lgan jarayon.
Marketing budjeti — bozorlarni (konyunkturaviy, o‘rta va uzoq
muddatli) tadqiq etishga, tovarlarning raqobat qobiliyatini ta’minlashga,
xaridorlar bilan axborotli aloqa (reklama, sotishni rag‘batlantirish, ko‘r-
gazma va yarmarkalarda ishtirok etish va hokazo), tovar harakatlanishi
va sotish tarmoqlarini tashkil etishga ketadigan xarajatlar. Marketing
budjeti — muayyan davrda, odatda, bir yilda kompaniya marketing
faoliyati uchun mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar taqsimotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |