Strategik marketing - mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini
mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor
yaratishning sistematik siyosatini o‘tkazish orqali o‘rta bozor
ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan uzoq muddatli aktiv marketing
jarayoni.
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) — bir jismoniy va yuridik
shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik
shaxslar tovarlari va xizmatlaridan farqlashga xizmat qiladigan timsollar
va ramzlar bo‘lib, ular qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Tovar siyosati -tadbirkorlik maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan
strategiya va tadbirlar yig‘indisi.
Tovar sifati — mahsulot (xizmat)ning belgilangan yoki nazarda
tutiladigan talablarni uning belgilangan vazifasiga muvofiq
qanoatlantirishini belgilab beruvchi xossalari va xarakteristikasi
yig‘indisi. Mahsulotning uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish,
iste’mol qilish muayyan shartlariga nisbatan bir yoki bir necha konkret
xarakteristikasini o‘zida ifoda etuvchi sifat ko‘satkichlari bilan
tavsiflanadi. Tovar sifatiga oid talablar — obyektiv va subyektiv
omillarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
Tovar o‘rami (ingl. packaging) — muhofaza tarasi yoki idishida
mahsulotni qadoqlash texnologiyasi yordamida uning ichidagi tovar
reklama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |