Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Marketing-Menejment 

Strategik marketing-

menejment 

Taktik marketing-

menejment 

-Marketing muhiti tahlili 

-Marketing –miks instrumentini 

strategik rejalashtirish 

-Marketing tizimining rivojlanish 

strategiyasi 

-O‘zaro ta’sir va  muvofiqlashtirish 

strategiyasi 

-Motivatsiya strategiyasi 

-Strategik nazorat 

-Bozorni o‘rganish 

-Marketing –miks operativ 

tadbirlarni rivojlantirish 

-Marketing faoliyatini tashkil qilish 

-Bozordagi harakat taktikasi 

-Motivatsiya taktikasi 

-Nazorat 

-Audit 


 

Firmani boshqarishning marketing siyosati 

Marketing sohasida strategik 

qarorlarni boshqarish 

Marketing sohasida taktik 

qarorlarni boshqarish 




52 

 

ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi 



kerak. 

2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar 

kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, 

xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.  

Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning 

yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning mala-

kasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari. 

Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:  

- marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, 

tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va 

boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida; 

- marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari 

bo‘yicha bajarish tarzida;  

- marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha 

ijro etish shaklida. 

Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan 

iborat. 

1-qarorning tayyorlanishi (marketolog). 

2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).  

Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va 

murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, 

qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar 

tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq-

bul yechim varianti qabul qilinadi. 

Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud: 

−  ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; 

−  qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. 

Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni 

talab etadi: 

−  nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)? 

−  resurslarning sarf -xarajati qancha? 

−  qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak? 

−  kim bajarishi kerak? 

−  qaysi muddatda bajarish kerak? 

−  kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ? 

−  qayerda bajarish kerak? 




53 

 

−  qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, 



texnik). 

Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni 

nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik, 

egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga 

modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash-

tirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr – 

mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining 

sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish 

kerak: 

−  qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish; 

−  iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish; 

−  qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash; 

−  funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni 

belgilash usullarini qo‘llash; 

−  sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini 

qo‘llash; 

−  qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash; 

−  qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash; 

−  qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish

−  yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; 

−  qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘bat-

lantirishni yo‘lga qo‘yish. 

Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va 

eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari-

ni solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: 

−  Vaqt. 

−  Obyekt sifati. 

−  Ishlab chiqarish va sotish hajmi. 

−  Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi. 

−  Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli. 

−  Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga. 

−  Inflatsiya darajasiga. 

−  Tavakkalchilik va noaniqlik. 

Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda 

quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak: 

−  Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak. 




54 

 

−   Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech 



qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim 

variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni 

korrektirovka qilinadi. 

−  Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini 

ta’minlashi zarur. 

−  Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini 

ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling