Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

 

 

 

 

3.1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabati 

 

Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashi-



nuviga, to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.  

 

 



Ishlab chiqarish 

(sotuvchilar guruhi) 

 

 

Bozor 



(sotuvchilar guruhi)  

Kommunikatsiya 

Tovarlar  

Pullar  


Axborot 


58 

 

AXBOROT  (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar 

shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, 

jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi 

ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari 

jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos 

bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol 

sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va 

uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim 

sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. 

Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni 

(qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) 

tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot 

asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab 

chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon 

harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil 

qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot 

almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, 

shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi. 

Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy 

tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday 

holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va 

xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. 

Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga 

erishadi.  

Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan 

yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbar-

doshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida 

qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim 

etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing 

axborotga tayanadi. 

Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi 

oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va 

atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu 

ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada 

qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan. 

Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor 

subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi 

kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi, 



59 

 

bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida 



esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra 

marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng 

maqbul hisoblanadi.  

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti 

faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar 

guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.  

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling