Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing axborotlarining asosiy elementlari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

3.4. Marketing axborotlarining asosiy elementlari 

 

Marketing bo‘yicha adabiyotlarda bozorni o‘rganish, marketing 



tadqiqotlari, sotuv jarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko‘p 

uchraydi. Bular bir-biriga o‘xshash sinonim tushunchalarga bo‘lib, 

gohida ularni chalkashtirib yuborishadi. Bular ichida marketing 

tadqiqotlari juda keng tushuncha bo‘lib, u firma marketing qarorini 

qabul qilishi uchun axborot yig‘ish, uni tizimga solish, tahlil etish 

umumlashtirish asosida marketing qarorlarini qabul qilish va biznes 

faoliyatini asoslashdan iborat. Bozorni o‘rganish esa tizimli va uslubiy 

jihatdan joriy holatda bozorni izlash, uni o‘rganish va unda qanday 

harakat qilish kerakligini hal qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday 

qaror qabul qilish jarayoni turli omillarga, tashqi va ichki ta’sir 

kuchlariga bog‘liq. Marketing faoliyati qarorlari ham juda ko‘p axborot 

manbalarini tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Shuning uchun 

marketolog samarali marketing qarorlarini qabul qilishi uchun 

marketingga oid terminlarning tub mohiyatini bilishi va har birining 

maqsadidan kelib chiqqan holda tahlillarga asoslanishi kerak. 

Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki 

bozorni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qatiy nazar uning o‘ziga 

xos usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. 

Masalan, iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, 

ish faoliyati, moliyaviy ta’minlanganligi va h.k. 

F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shaklla-

nishini, vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy-

matematik usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini ko‘rsatib 

o‘tgan (1974 y.). 

Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli 

axborotlarni masalan, bozor ulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar 

potensiali va boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday 




69 

 

marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida 



har bir ko‘rsatkich bir-biriga bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchi va o‘zgarmas 

kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi omil kuchlarini 

to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot tarkibini to‘g‘ri 

belgilash, ketma-ketlikka rioya qilish zarur.  

Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti 

bo‘lganligi uchun) optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini 

yaratish, axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini 

kafolatlovchi muhim omildir.  

Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini 

kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing 

faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yig‘ib 

borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.  

Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish 

uchun qanday axborot zarur” degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab 

beradi. 

Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari 

quyidagi turlarga ajratiladi: o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni 

aniqlash. 

O‘rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va 

taxminlarni yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni 

yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga 

sabab yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o‘rganish tadqiqoti 

yetarli darajada bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash 

tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni marketing tadqiqotlarining 

keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi.  

Tariflovchi tadqiqot – marketing muammolarini tariflashga 

yo‘naltirilgan, masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga 

iste’molchilarning munosabati kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib 

borishda odatda kim, nima, qayerda, qachon va qanday, degan 

so‘zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan, firma 

mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini 

qayerda xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid 

qilishadi? Sotib olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi? 

Sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat 

aloqalariga tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur 

tadqiqot asosida biror-bir hodisani “agar X bo‘lsa, unda Y bo‘ladi” 

ko‘rinishdagi mantiqiy bog‘lanish asosida tushunishga intilish yotadi. 

Sabab-oqibat bog‘lanishi maxsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan 

aniqlanishi mumkin. Tajribalar o‘tkazishda mustaqil o‘zgaruvchilar 



70 

 

(narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga 



bog‘liq o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi va h.k.) 

qanday javob qaytarishi aniqlanadi.  

Marketing tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 

oshiriladi:  

– bozorni o‘rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish 

yo‘nalishi);  

– iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish;  

– raqobatchilar faoliyatini o‘rganish;  

– talablarni qondirish bo‘yicha firma ichki imkoniyatlarini 

o‘rganish;  

– marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, 

reklama);  

– marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish. 

Ko‘rinib turibdiki, “bozorni o‘rganish” tushunchasi umuman 

marketing faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham “marketing 

tadqiqotlari” tushunchasi “bozorni o‘rganish” tushunchasidan ancha 

kengroq. Ko‘pchilik yirik chet el firmalari (80 foiz atrofida) o‘z xususiy 

marketing tadqiqoti bo‘limlariga ega. Bunday bo‘limlar tarkibida 

sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va boshqa  shu kabi 

xodimlar xizmat qiladilar.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling