Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana22.11.2021
Hajmi0.77 Mb.
#176496
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
xizmat korsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditning xususiyatlari

4-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali. 

Xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalarda  buxgalteriya  hisobini  rivojlantirishda 

ular tomonidan mustaqil  qabul qilingan hujjatlar ham alohida ahamiyatga ega. 

Bularga  buyruqlar,  qarorlar,  farmoyishlar  va  boshqa  ichki  tartibni  belgilovchi 

hujjatlarni  kiritish  mumkin.  Ta’kidlaganimizdek,  bunday  hujjatlar  asosan 

boshqaruv  hisobi  hususiyatlarini  ifodalaydi  va  korxona  boshqaruvining 

talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda ichki 

tartib-qoidalarni  ifodalovchi  boshqaruv  qarorlarini  to’g’ri  qabul  qilish,  buyruq 

va farmoyishlarni chiqarishda aniqlikka rioya qilish zarur. 

Mamlakatimizning  xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalari  buxgalteriya  hisobini 

rivojlantirishda  qabul  qilingan  milliy  standartlar  ham  muhim  ro’l  o’ynaydi. 

Biroq,  qabul  qilingan  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlarini  ishlab 

chiqishda  asosan  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasiga  tayanilgan,  xolos.  Ularda 

1-darajada

 

O’zbekiston Respublikasining ,,Buxgalteriya hisobi 



to’g’risida’’gi va boshqa qonunlari

 

2-darajada 



O’zbekiston respubliksi Vaziarlar Mahkamasining 

Qarorlari

 

3-darajada



 

O’zbekiston Respublikasi bauxgalteriya hisobining 

milliy standartlari  

 

4-darajada



 

Nizom va yo’riqnomalar (vazirlik, uyushma, 

kompaniya va boshq.)

 

5-darajada



 

Korxona darajasidagi qarorlar, buyruqlar 

farmoyishlar

 



47 

 

ifoda etilgan konseptual asoslar respublikamiz iqtisodiyotida hali to’la sinovdan 



o’tmagan. 

Mamlakatimiz  buxgalteriya  hisobi  milliy  standartlarining  qabul  qilinishi 

korxonalarda  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda  hisob 

yuritish  tartibini  takomillashtirishni  taqozo  etmoqda.  Jumladan,  21-sonli 

«Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatining  buxgalteriya 

hisobi  schyotlari  rejasi»ni  amaliyotga  joriy  etishning  o’ziga  xos  afzalliklari  va 

kamchiliklari  mavjud.  Ushbu  kamchiliklardan  biri  mazkur  standart  asosida 

yangi schyotlar rejasini tarmoq va tarmoqlararo miqyosga mo’ljallangan tizimini 

ishlab  chiqishdir.  Ayniqsa,  savdo  –tijorat  korxonalarining  o’ziga  xos 

hususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  bu  soha  uchun  yangi  schyotlar  rejasini 

ishlab  chiqish  muhim  ahamiyatga  ega.  Savdo  korxonalarida  bu  muammoning 

hal  etish  tovarlar  harakatini,  ularni  sotish  xarajatlarini,  ko’rsatilgan  xizmatlar 

tannarxini to’g’ri hisobga olish va aniqlashga imkon beradi. 

Chet  mamlakatlarning  iqtisodiy  siyosati  bizga  to’liq  mos  kelmasligi 

mumkin  lekin  biz  ulardan  o’zimizga  keraklisini  olsak  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi. 

Xalqaro hisob amaliyotida buxgalteriya hisobining quyidagi uchta iqtisodiy 

modeli mavjud: 

  Britan-amerika modeli; 

  Kontinental model; 

  Janubiy Amerika modeli. 

Britan-amerika  modelining  asosiy  maqsadi  buxgalteriya  hisobini  investor 

va kreditorlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish hisoblanadi. 

Bu  model  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Avtraliya,  Kanada  mamlakatlarida 

qo’llaniladi. 

Kontinental  model  Yevropa  va  Yaponiya  kabi  kontinental  mamalakatlar 

sanoatining  rivojlanishiga  asos  qilib  olingan.  Bu  modelning    maqsadi  hukumat 

talablarini  qondirish,  shuningdek  soliq  hisobiga  oid  masalalarni  amalga 

oshirishdan  iborat.  Undan  Fransiya,  Germaniya,  Shvetsariya,  Shvetsiya, 



48 

 

Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Daniya va 



Misr kabi mamlakatlar hisob amaliyotida foydalaniladi. 

Uchinchi model Janubiy Amerika mamlakatlarida hisob yuritish qoidalarini 

belgilab  berish  uchun  asos  vazifasini  bajaradi.  Uning  asosiy  mohiyati    soliq 

siyosatini  oqilona  amalga  oshirishga  ko’maklashish  va  buxgalteriya  hisobotini 

rejalashtirish  ishlarini  tashkil  qilishdan  iborat.  Mazkur  model  Argentina, 

Braziliya,  Paragvay,  Peru,  Urugvay,  Chili  kabi  mamlakatlar  hisob  amaliyotida 

qo’llaniladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


49 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling