Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


Xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalarda  auditni  rejalashtirish  va


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana22.11.2021
Hajmi0.77 Mb.
#176496
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
xizmat korsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditning xususiyatlari

 

3.2.Xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalarda  auditni  rejalashtirish  va 

dasturini tuzish. 

Xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalarda  auditning  rejasi  va  dasturini  tuzishda 

iqtisodchi olimlarning fikrlariga tayanamiz. 

Mamatov  Z.T  auditni  rejalashtirish  jarayonini  quyidagicha  ta’riflaydi: 

«auditni  rejalashtirish  –  auditorlik  tekshiruvi  hajmi,  auditning  umumiy  rejasini 

tuzish, auditorlik ish rejalari va aniq auditorlik tadbirlarini ishlab chiqishni o’z 

ichiga oladigan auditning muhim bosqichlaridan biridir». 

Musaev  H.N.ning  qayd  etishicha  esa,  «…auditning  rejalashtirilishi  ushbu 

jarayonning  muhim  tarkibiy  qismi  bo’lib,  o’z  ichiga  auditorlik  tekshiruvining 

umumiy hajmini aniqlash, audit dasturini tuzish, auditda qo’llaniladiga usullarni 

belgilash,  tekshirish  muddatlari,  ko’rsatiladigan  xizmatlarni  va  audit  xatarini 

aniqlash  kabi  masalalarni  o’z  ichiga  oladi».  Ushbu  ta’rif  auditni  rejalashtirish 

jarayonini  to’liq  yoritib  bera  olmaydi.  Unda  auditni  rejalashtirishda  tekshiruv 

uchun zarur ma’lumotlarning xususiyatlari, audit muhimligi va xatari darajasini 

baholash kabi jihatlarga etarlicha e’tibor qaratilmagan. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  xizmat  ko’rsatuvchi 

korxonalarida  auditni  tashkil  etish  va  rejalashtirish  bosqichlarini  quyidagicha 

tasvirlash maqsadga muvofiqdir. 

Har bir korxonada bo’lgani singari  xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda ham 

auditning  o’tkazilishi  bu  ijobiy  holdir.  Chunki  xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalar 

ham mustaqil sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Barcha auditorlik korxonasi 



54 

 

o’zining  mijozini  tekshirishdan  oldin  u  haqida  ko’proq  ma’lumotga  ega 



bo’lishga  harakat  qiladi.  Bu  borada  auditor  mijoz  korxona  qaysi  sabablarga 

ko’ra  auditor  xizmatiga  murojaat  qilayotganligini  aniqlashi  lozim.  Auditorlik 

tashkiloti  yana  tekshiruv  o’tkazish  uchun  xodimlar  jadvalini  shakllantirishi, 

mijoz bilan shartnoma tuzishi lozim. 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling