Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
xizmat korsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditning xususiyatlari
67
Bugungi kunda hech bir milliy moliya bozori xalqaro moliya bozoridan ajralgan holda rivojlana olmasligi aniq holatdir. Shuning uchun yagona xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Biz yuqorida bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditni o’rni, ahamiyati, vazifalari va buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari va ularni yo’lga qo’yish va yuritishning shaklini hamda auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirish bilan kengroq tanishib chiqdik. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida, rivoj topayotgan iqtisodiyotning yangi bir bosqichida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditni tizimli tashkil etish muhim masala sifatida qaraldi va quyidagicha takliflar berildi. 1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalarini yaxshilash hamda ularning hisobini O’zbekiston Respublikasida belgilangan me’yoriy- huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, har bir xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditorlik tekshiruvini tashkil etish ham iqtisodiy ahamiyatga molikdir. 2. Bitiruv malakaviy ishi bozor munosabatlari sharoitida Respublikamiz iqtisodiyotida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning ahamiyati, ularni tashkil qilish va rivojlantirish zarurati asoslangan. Unda xizmat ko’satuvchi korxonalarning umumiy va farqli jihatlari iqtisodchi olimlar fikrlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ifodalab ko’rsatilgan. 3. Bitiruv malakaviy ishida soha korxonalarida hisob tizimi oldiga qo’yilgan vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishida xizmat
ko’rsatuvchi korxonalar buxgalteriya hisobini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.
68
4. Bu mavzu asosida bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgalteriya hisobining konseptual asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga moliyaviy va boshqaruv hisobini sohada qo’llashga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlangan. Ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi alohida har bir korxona bo’yicha ko’rsatib o’tilgan. 5. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda dastlabki va yig’ma hujjatlarni takomillashtirish bo’yicha muhim ilmiy takliflar berilgan. Bitiruv malakaviy ishida tovarlarning kirimi va chiqimi, jo’natish va sotish muomalarini hisobga olish, xizmat ko’rsatish jarayonidagi muomalalar va xarajatlarni hisobga olish, tovarlar inventarizatsiyasini to’g’ri rasmiylashtirish borasida tavsiyalar berilgan. Mavzuga aloqador korxonlar davlat oldidagi majburiyatlar ya’ni soliq majburiyatlar, davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar va boshqa majburiyatlarni hisoblash ochib berilgan . 6. Bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni tashkil qilishnig ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ushbu mavzu asosida mazkur korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibi ishlab chiqilgan va auditorlik faoliyatiga qo’yiladigan umumiy talablar belgilab berilgan. Shu bilan birga, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida audit o’tkazish rejasining namunaviy shakli tavsiya etilgan. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buhgalteirya hisobi va auditini tashkil etishning nazariy va amaliy aoslari ochib berildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi jarayonida mamlakatning iqtisodiy sohalarining rivojlanishiga keng yo’l ochib berish asosiy masalaga aylandi. Albatta bitiruv malakaviy ishiga aloqador bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Chunki mamalakatning iqtisodini rivojalantirishda bu korxonalar alohida o’rin tutishini biz yuqorida ko’rsatib o’tdik.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling