Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik tekshiruvidan otkazish tartibi
4 Kirish
Mamlakatimiz itisodiyoti va uning sub'ektlarini xalkaro xo'jalik tizimiga tobora integratsiyalashuvi, bu borada davlatimizning bosh islohotchi bo'lib okilona siyosat olib borayotgani pirovard natijada respublikamizni ijtimoiy- itisodiy jihatdan uzluksiz rivojlanishiga sabab bo'lmokda. So'nggi yillarda, jahon
iqtisodiyotida davom
etayotgan qiyinchiliklarga haramasdan mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish barqaror davom ettirilmoqda. Bu esa respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning naqadar to'g’ri va ilmiy asoslanganligidan dalolat beradi. Yurtimiz iqtisodiy hayotidagi barqarorlik va rivojlanishni quyidagi misol asosida ham ifodalash mumkin. Jumladan, 2014 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari 8,1 foizni tashkil etdi. 1
Mamlakatimizda rivojlanishni ta'minlovchi yana bir omil xo'jalik subektlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda erkinliklar ham muhim ahamiyat kasb etmokda. Misol uchun, 2014 yilda 500 dan ziyod kichik korxona, birinchi navbatda kichik biznes subektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Mazkur yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksortini qo'llab- quvvatlash amg’armasi tomonidan 2 ming 400 ta tadbirkorlik subektiga tashqi bozorlarga chiqish bo'yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatildi. 2
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi korxonalarda modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Texnik-texnologik yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish tadbirlari joriy etilmoqda. Kadrlar malakalari davr talablari asosida oshirilmoqda.
Ta'kidlash kerakki, navbatdagi vazifalar davom etayotgan hamda qo'lga kiritilayotgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlab yangi bosqichlarni zabt etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Shuning uchun 2015
1 Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar. 2 Shu manbada
5 yilda ham Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadlari va asosiy ustuvor vazifalaridan biri jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlash, deb belgilab olindi. 3
Ushbu ustuvor vazifalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarii, sohalari, xo' ali sub'e tlari va boshqa abg’alariga tegishlidir. Belgilangan vazifalar bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'la ma'noda iqtisodiyot sub'ektlarida o'z-o'zini moliyalashtirish, pul mablag’lari bilan ta'minlash, pul mablag’laridan samarali foydalanish masalalari, shu bilan birgali da xo' ali dagi pul mablag’lari hisobi va ularni audit qilish ishlariga ham tegishlidir.
Shuning uchun ham Respublikamizda qabul qilingan ustuvor yo'nalishlar hamda bir qator davlat dasturlari asosida va ularda belgilangan vazifalardan elib hiqib xo' ali sube tlarining amaldagi pul mablag’lari hisobi, bu boradagi kamchiliklar hamda o'z echimini kutayotgan masalalarni topish ularni bartaraf etish, tegishli hisob va audit uslubiyatini yangi innovatsion g’oyalar asosida takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri, deb qaraymiz.
Biroq, ta'kidlash kerakki, iqtisodiyotida qo'shimcha pul bosib chiqarish, moliya bozorini shunday pullar bilan to'ldirish, kelgusida jilovlab bo'lmaydigan inflyatsiyaga, milliy valyutaning qadrsizlanishiga va shular bilan bog’liq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, milliy iqtisodiyotning asosi bo'lgan xo' ali sub'e tlarida ham bu borada doimo оqilona yondashuv va vositalarni qaror toptirish zarur ekan. Bunda, xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul oqimlarilari to'g’risida hisobot hamda ularning auditini davr talabi asosida tashkil qilish hamda yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo'jalik sub'e tlarida pul mablag’larni maqsadga muvofiq tar ib toptirish va ularni
3 Islom Karimov “2015 yilda iktisodiyotimizda tub tarkibiyi o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiyi tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish - ustuvor vazifamizdir” O'zbekiston ovozi” 2015-yil 21 -yanvar.
6 to'gri sarflash muomalalari oldiga ham ko'plab vazifalarni belgilab beradi. Vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda esa pul oqimlari to'g’risida hisobot va ularning auditini ilmiy asosda tashkil qilish markaziy jihat egallaydi. Bu borada hisob ishlarini to'g’ri tash il etish, o't azish va uni nati alari muhim ahamiyatga ega. Chunki, faqat hisob ishlari nati alari asosida faoliyatdagi pul mablag’larini tashkil etish, nazorat qilish hamda ulardan samarali foydalanish kabi tomonlariga to'g’ri baho berish mum in.
Lekin, respublikamizdagi xo'jalik sub'ektlari hisob tizimida pul mablag’lari hisobi va hisoboti hamda ularning audit qilish masalasi har tomonlama, to'liq o'rganilgan mavzu emas. Ushbu masalaga oid hisob tizimidagi holatlarni tartibga solishning amaldagi usullari bir qator kamchiliklarga ega. Bu esa, xo'jalik sub'ektlari faoliyatda pul mablag’larini shakllantirish, nazorat qilish va ulardan yanada samarali foydalanishga ta'sir etmoqda. Yuqoridagi muammolarning mavjudligi bitiruv malakaviy ishning mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi.
Xo'jalik sub'e tlari faoliyatidagi pul mablag’lari hisobi va hisobotini tuzish hamda auditini tashkil qilish hamda yuritishdagi kamchiliklarni topish va ularni bartaraf qilish, mavzuni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish malakaviy ishning maqsadi deb belgilandi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling