Ilmiy ishdagi tadqiqot vazifalarini quyidagicha
tartiblash mumkin:
Birinchi vazifa, qoida tariqasida, o‘rganilayotgan obyektning mohiyati,
tabiati, tuzilishini aniqlash, chuqurlashtirish, metodologik asoslash bilan
bog‘liq.
Ikkinchisi tadqiqot
predmetining haqiqiy holatini, vaqt va makonda
rivojlanish dinamikasi, ichki qarama-qarshiliklarni
tahlil qilish bilan
bog‘liq.
Uchinchisi tadqiqot predmetini qayta tashkil qilish, modellashtirish va
sinov- eksperimental tekshirishning
asosiy imkoniyatlari va
qobiliyatlariga tegishli.
To‘rtinchisi tadqiq qilinayotgan hodisani, jarayonni takomillashtirish
samaradorligini oshirishning yo‘nalishlari, yo‘llari
va vositalarini
aniqlash, ya’ni ilmiy ishning amaliy jihatlari bilan, tadqiq qilinayotgan
obyektni rivojlantirish muammosi bilan bog‘liq.
Tadqiqotdagi vazifalar ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasida bilishning
darajasi ikkiga ajratiladi:
-
empirik -
kuzatish va eksperiment, shuningdek
guruhlash, tasniflash hamda eksperiment,
kuzatuvlar
natijalarini izohlash;
-
nazariy - ilmiy gipotezalar, nazariyalarning
qurilishi va
rivojlanishi, qonunlarni shakllantirish va ulardan
mantiqiy oqibatlarni ajratish,
turli gipoteza va
nazariyalarni taqqoslash.