Toshkent moliya instituti ilm va ilmiy tadqiqotlar Tayyorladi: Omonjonova Sevinch
Pragmatik - eng yaqin natijani olishga qaratilgan. Ilmiy
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ilmiy tadqiqotlar sevinch
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Qarama-qarshilik prinsipi
- 3.E’tirof etish prinsipi
Pragmatik - eng yaqin natijani olishga qaratilgan.
Ilmiy - tadqiqot maqsadlarini ilmiy shakllantirish foydalaniladi. Mo‘ljallar va cheklovlar Mo‘ljallar va cheklovlar tadqiqotni maqsadli ravishda o‘tkazishga imkon beradi. Ular qat’iy va yengil, yaqqol yoki oldindan aytib bo‘ladigan, mavhum va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘ladi. Tadqiqot o‘tkazishdagi asosiy metodologik prinsiplar 1.Qarama-qarshilik prinsipi - muammo - bu har doim istalgan va mumkin bo‘lgan, ma’lum va qidirilayotgan o‘rtasidagi qarama-qarshilik. 2.Baholash prinsipi - har qanday voqea, hodisalar, qarama- qarshiliklar muhimlilik, dolzarblilik, murakkablik, boshqa hodisalar bilan bog‘liqlik mezonlari bo‘yicha baholanadi. 3.E’tirof etish prinsipi - bu hodisaning sinfini, uning ma’lum bir tipologik guruhga tegishli ekanligini aniqlash, taqqoslash zarurati. Ilmiy tadqiqotning sifatiga quyidagi prinsiplarga rioya qilish orqali erishiladi: - maqsadga muvofiqlik prinsipi - tadqiqotlar amaliyotni takomillashtirish vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi; - obyektivlik prinsipi - tadqiqotdagi nazariy modellar real obyektlar va jarayonlarni ko'p qirrali va xilma -xillikda aks ettirishi kerak; - amaliy yo'nalganlik prinsipi - tadqiqot natijalari amaliyotni, uni rivojlantirishning bir nechta yo'llari mavjud bo'lganda, tushuntirish, prognoz qilish va takomillashtirishga yordam berishi kerak. - tizimlilik prinsipi - tadqiqot natijalari ilmiy bilimlar tizimiga kiritiladi, mavjud ma'lumotlarni yangi axborotlar bilan to'ldiradi; - yaxlitlik prinsipi - obyektning tarkibiy qismlari ularning o'zaro aloqadorligi va o'zaro bog'liqligining ko'p o'lchovli tasviri dinamikasida o'rganiladi; - dinamizm prinsipi - o'rganilayotgan obyektlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ko'p jihatliligi va ko'p variantliligining obyektiv tabiati(xarakteri) ochib beriladi. Gipoteza Gipoteza - bu ma’lum bir oqibatni keltirib chiqaradigan sabab, o‘rganilayotgan obyektlarning tuzilishi va tarkibiy yelementlarning ichki va tashqi bog‘lanishlari xarakteri to‘g‘risida tekshirish va isbotlashni talab qiladigan taxmin (faraz). Gipoteza – bu, shuningdek, ehtimoliy bilim, tushuntirish, tushunish - axborot yetarli bo‘lmaganida izohlash varianti. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling