Тошкент молия институти Илмий Кенгашининг
Download 226.96 Kb.
|
Одоб-ахлок коидалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOS H KENT MOLIY A INSTITUTINING
- TOSHKENT – 2019/2020 1-bo‘lim. Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu Toshkent moliya istitutining (keyinchalik - Institut
- Qoidalar”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING ODOB-AXLOQ QOIDALARI ЭТИЧЕСКИЕ ПРАВИЛА ТАШКЕНТСКОГО ФИНАНСОВОГО ИНСТИТУТА Institut Kengashining 2011-yil 29-avgustdagi 1/2-sonli yig’ilish Qarori bilan tasdiqlangan. Утверждён Решением №1/2 Cовета института от 29 августа 2011 года. TOSHKENT – 2019/2020 1-bo‘lim. Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu Toshkent moliya istitutining (keyinchalik - Institut) odob-axloq qoidalari (keyinchalik - Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, davlat dasturlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. “Qoidalar” ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli institutning asosiy funktsiyasi ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan. 1.2. “Qoidalar” institut Kengashining 2011-yil 29-avgustdagi 1/2-sonli yig’ilish Qarori bilan tasdiqlangan. Unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish Kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi. 1.3. “Qoidalar” institutning ma’muriyati, pedagog-xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning institutga oid o‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi. 1.4. “Qoidalar”ga rioya qilish institut jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir. 1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olib imzo qo‘yishi shart. 1.6. Institut jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarda “Qoidalar”dagi ko‘rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir. Download 226.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling