Toshkent moliya instituti “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” fanidan “Investitsiyalarni jalb qilishda davlatning iqtisodiy siyosati” mavzusida kurs ishi taqdimoti
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” fanidan “Investitsiyalarni jalb qilishda davlatning iqtisodiy siyosati” mavzusida kurs ishi TAQDIMOTI. Bajardi: BILM – 60 guruh talabasi Mustanov Nurbek. Reja:
Kirish
Investitsiyalar va ularning mamlakat iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rni
Investitsiya siyosati, uning mazmuni va rivojlanish bosqichlari
Davlat investitsiya siyosatini samarali amalga oshirilishida davlat va nodavlat tashkilotlarning roli
O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatida investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish. Iqtisodiyotni modernizatiya qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash hamda ularni qo’llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog’liq to’g’ri va samarali amalga oshirishga bog’liqdir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiyalashni izchillik bilan amalga oshirishda investitsion siyosatni to’g’ri va aniq maqsadlarni ko’zlagan holda olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda Kurs ishining ob’ekti bo’lib, investitsiyalar va ularning mamlakat iqtisodiy rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi davlat investitsiya siyosati tavsifi va milliy xo’jalik tizimlarini modernizatsiyalashdagi o’rni. Kurs ishining maqsadi – iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jahon xo’jalik tizimida globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitda O’zbekiston investitsiya siyosati samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy-amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |