Toshkent moliya instituti iqtisodiy siyosat mustaqil ish


Download 258.05 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi258.05 Kb.
#1633887
Bog'liq
Iqtisodiy siyosat fanidan Turgunov D


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI







IQTISODIY SIYOSAT

MUSTAQIL ISH


Bajarfdi: Turg’unov D


Tekshirdi: Shadmanov. B.Sh
O’zbekistonda bozor institutlarining shakllanishi


Reja:

  1. Bozor islohotlari instituti




  1. Bozor islohatlari




  1. Bozor iqtisodiyoti




  1. Bozor iqtisodiyoti modellari




  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan adabiyotlar

BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, O’zbekiston agrar sanoat majmuida bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. 1957 yilda O’zbekiston qishloq xo’jlik mahsulotlari yetishtirish va iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1963-92 yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jalik iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti, 1992-94 yillarda O’zbekiston qishloq xo’jalik iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti nomlari bilan yuritilgan. 1994 yildan hozirgi nomda. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari o’tish davri qishloq xo’jalik islohotlari jarayonlarini kompleks o’rganish, agrar sohada islohotlar o’tkazish tamoyillari va ilmiy asoslarini ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish orqali mamlakat agrar sektorida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar tayyorlash; agrosanoat majmui tarmoqlarining o’zaro iqtisodiy aloqalarni yaratish; boshqarishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish; ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, mulk shakli, shuningdek tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib eng samarali xo’jalik yuritish usullarini aniqlash; bozor infratuzilmasi, marketing va menejmentini shakllantirish; axborot ta’minoti va boshqalar. Institutda (2000) 14 sektor bor (ikki ijodiy guruh faoliyat ko’rsatadi). Institutda 3 akademik, 3 fan doktori, 24 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi. Respublikadagi 10 ilmiy tadqiqot intlari bilan hamkorlik qiladi, shuningdek Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil davlatlarning ilmiy markazlari, oliy o’quv yurtlari bilan aloqalar o’rnatilgan.


BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga qaraydi. Qo’mitaning ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari ilmiy tadiqoqt markazi negizida 1997 yilda Toshkentda tashkil etilgan. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari: O’zbekistonda bozor islohotlari jarayonlarini tahlil qilish, iqtisodiyotni isloh qilishning jahon tajribalarini o’rganish, respublikada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash; iqtisodiyot xususiy sektorining jadal rivojlanishini rag’batlantirish va mulkdorlar huquqlarining kafolatini kuchaytirish, qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulk bozorlarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalardan iborat. Institut tarkibida quyidagi bo’limlar bor (2000): institutsional o’zgarishlar va bozor islohotlarini chuqurlashtirishning ilmiy asoslari; xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni qo’llab quvvatlash; kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlanishini rag’batlantirish; bozor infratuzilmalarini rivojlantirish; qishloq xo’jalikda institutsional o’zgarishlar; xorijiy sarmoyalarni jalb etishni rag’batlantirish; davlat mulkini boshqarishni tashkil qilish; hisoblash va kompyuterlashtirish tizimlari; axborot ta’minoti. Institutda professor va fan doktorlari, 4 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi.
BOZOR ISLOHOTLARI — davlatning bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy chora-tadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibiy qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron bo’lib kelgan sobiq sosialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub o’zgarishlarga olib keladigan bir qancha yo’nalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari o’zgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalik qilish, xo’jalik yuritish usullarini o’zgartirish, yerni turli mulk ob’yektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xo’jaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish chora-tadbirlari o’tkaziladi. Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini o’zgartirish, pul islohotini o’tkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga o’tish maqsadlarini ko’zlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar) ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sug’urta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga qo’shilishini ta’minlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa o’rnatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid chora-tadbirlar kiradi. Sotsial (ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sosial sug’urta fondlari, turli xayriya jamg’armalarini uyushtirishga taalluqli chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlari bir butun majmua bo’lib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlarining umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi. O’zbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi O’zbekiston modelining umumiy va xususiy jihatlarini hisobga olgan holda o’tkazilmoqda. O’zbekistonda Bozor islohotlari 1991 yildan — Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng boshlangan. Prezident I.A. Karimov asoslab bergan besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining kontseptual asosini tashkil etadi. 1991 yildan 1994 yilning o’rtalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi, iqtisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994 yilda nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xo’jaliklarga yer berish, xo’jaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga o’tildi, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga o’tila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida barchani qimmatchilikdan himoya qilish, so’ngra muhtoj oilalarni himoya qilish choralari qo’llandi. Bozor islohotlarining ikkinchi bosqichi 1994 yil o’rtalaridan 1997 yil o’rtalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni xususiylashtirish davom ettirildi, o’rta va yirik korxonalar ham davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning ko’pchiligi ochiq aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997 yil kelib iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67% yaratildi, milliy pul — so’m muomalaga kiritildi (1994 yil 1 iyul) va yagona to’lov vositasi deb e’tirof etildi, uning mamlakat ichidagi konvertasiyasi ta’minlandi. Bozor islohotlarining uchinchi bosqichi 1997 yil o’rtalaridan boshlanib, u yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda paychilik mulkiga o’tish, xorij investitsiyalarini faol jalb etish, iqtisodiyot sub’yektlarini moliyaviy sog’lomlashtirish, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, dehqon xo’jaliklarini yangicha tashkil etish, kichik va o’rta biznesni mustahkamlash, qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirib, unga xorij kapitalini jalb etish har xil ustuvor chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.


BOZOR IQTISODIYOTI — tovar pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo’jalik emas, balki tovar xo’jaligi hukmron bo’ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo’ladi, ya’ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya’ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste’mol o’rniga tovar iste’moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya’ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo’jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo’lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo’lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo’l berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o’z mulki va mablag’iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko’tarib ish yuritish usullari mavjud bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik bo’lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7-10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo’lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o’zi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub’yektlar alohidalashganidan ular manfaati to’qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo’ladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmi bo’lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko’plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy bo’lish man etilmaydi, aksincha, unga yo’l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo’lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past bo’lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo’lmagan, tovarlar mo’l ko’lligi ta’minlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo’lishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo’lmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko’radi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uyg’otib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun bo’lsada, pul bilan bog’liq bo’lmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berishga xizmat qiladi va puldan pul chiqarib olishni ko’zlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo’ladi. Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 turi bo’lgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti, madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg’arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo bo’lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo’lida to’planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o’ta boy va o’ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo’lgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali ma’rifatli iqgisodiyotga o’sib o’tadi. Bunday o’zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30-yillarida boshlanib, 80-yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo’lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va halol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo’lmasligi, o’ziga to’q va farovon yashovchi o’rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to’qnashuvlarga o’rin qolmasligi va boshqalar. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini xarakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi. .


BOZOR IQTISODIYOTI MODELLARI — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellarining iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo’jaligi va korporativ iqtisodiyot ko’rinishlari mavjud. Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, ne’matlar to’kinchiligini ta’minlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega bo’lgan turi. Bu modelda mulkiy xilma xillik mavjud bo’ladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, o’rta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud bo’ladi. Bu esa sahovat va xayr ehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qo’llanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos bo’lsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSh, Angliya, Frantsiyada mavjud. Ijtimoiy bozor xo’jaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning to’kin bo’lishini ta’minlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xo’jaligi tabiiy tarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqlanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari ta’sirida tartiblanadi va to’la erkinlashgan bo’ladi. Mazkur model “iqtisodiy tartib” modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartib qoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy hakami sifatida faoliyat ko’rsatadi, lekin o’zi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan ko’ra xususiy sektoriga ko’proq e’tibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishini bozorning o’zi belgilaydi. Har bir iqtisodiyot sub’yekti bozor qoidasiga ko’ra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, ilg’or texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Asosiy e’tibor korporativ guruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporasiyalar orqali boshqariladi. Korporasiyalar aktsiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning ba’zilari hatto transmilliy korporasiyalar darajasigacha o’sib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporasiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham ko’payib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi o’ringa qo’yiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada ilmiy tadqiqot, texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporasiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya hodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila a’zolarini ham ish bilan ta’minlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yo’la katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar o’rtasida inoqlik bo’ladi. Bunday chora-tadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga o’rin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xo’jaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va etakchi bo’lmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqlanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporasiya izmida bo’ladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Qishloq xo’jalik korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor bo’lgan mamlakatlarga Yaponiya misol bo’la oladi.

Xulosa
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o`ynab kelgan. Ular jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalardan tarkib topgan rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. rasmiy qoidalar mamlakat konstitutsiyasida, qonunlarda, ma’muriy va boshqa hujjatlarda o`z aksini topadi. Norasmiy normalar esa urf-odat, an’analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali yuzaga kelgan qoidalarda ifodalanadi. Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi rasmiy va norasmiy qoidalar ham o`zgarib boradi, takomillashadi. Bunday o`zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi. Institutlar o`zaro muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashi, davlat tizimi faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi. Institutlar faoliyati aksariyat hollarda normalarga bog`liqdir. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga ega bo`lib, u o`zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi. Normalar hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o`zi kabi shakllarga ega. Ratsionallikning to`liq, to`liqsiz, tartibotli, asoslangan, harakat normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida normalarga oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xattiharakatning omili sifatida tahlil qilinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar


Karimov I., O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida, T., 1995; O’lmasov A., Sharifxo’jayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; O’lmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliev N., Bozorga o’tishning mashaqqatli yo’li, T., 1999. Ahmadjon O’lmasov, Sherqul Shodmonov.
Download 258.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling