Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Karvon” MChJ ning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili № Ko‘rsatkichlar Yil boshi
- 7.8. Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili
- Joriy likvidlik koeffitsiyenti
- Tez likvidlik koeffitsiyenti
- Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (K ml )
7.6. Joriy aktivlar tarkibi va dinamikasi tahlili Korxona mulkida aylanma kapital – joriy aktivlarga joylashtirilgan kapitalning bir qismi muhim o‘rin tutadi.
kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va undan foydalanish intensivligi va samaradorligini oshirish zaxiralarini topish. Joriy aktivlar tarkibi tahlil qilinarkan, shuni nazarda tutish zarurki, moliyaviy holat barqarorligi doiraviy aylanma jarayoni bosqichlari bo‘yicha mablag‘larni optimal joylashtirishga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Aylanma kapitalning doiraviy aylanmasi bosqichlarini quyidagi sxema bo‘yicha tasvirlash mumkin:
Xarid Ishlab chiqarish Sotish Kapitalning doiraviy aylanmasi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 1) tayyorlash; 2) ishlab chiqarish; 3) sotish. Pul
P Resurslar Mahsulot, tovar, ish, xizmatlar Pul
P 1
160 Ixtiyoriy biznes ishlab chiqarish uchun resurslarning muayyan miqdori joylashtiriladigan pul mablag‘larining qandaydir miqdoridan boshlanadi. Xarid bosqichi natijasida aylanma kapital pul shaklidan ishlab chiqarish (mehnat predmeti yoki tovarlar) shakliga o‘tadi.
resurslar mahsulot, ish yoki xizmatlarga aylanadi. Mazkur bosqichning natijasi aylanma kapitalning ishlab chiqarish shaklidan tovar shakliga o‘tishi hisoblanadi. Sotish bosqichida aylanma kapital tovar shaklidan yana pul shakliga o‘tadi. Pullarning boshlang‘ich summasi (P) va mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumlar (P 1 ) miqdoriga ko‘ra ustma-ust tushmaydi. Biznesdan olingan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomutanosiblik sabablarini izohlaydi. Aylanma kapitalning alohida elementlari o‘rtasidagi nisbat uning tarkibini belgilab beradi:
Aylanma fondlar Muomala fondlari Ishlab chiqarish zaxiralari Tayyor mahsulot Tugallanmagan ishlab chiqarish Debitorlik qarzi Kelgusi davr xarajatlari Kassa yoki hisob raqamidagi pullar
Kapital qo‘yish riskiga bog‘liq ravishda aylanma kapitallarning minimal, kichik, o‘rta va yuqori riskli qo‘yilmalar kabi turlari mavjud. Tahlil jarayonida avvalo joriy aktivlar mavjudligi va tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, aylanma kapitalning barqaror tarkibi barqaror, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish va mahsulot sotish jarayonidan, undagi jiddiy o‘zgarishlar esa – korxona faoliyatidagi beqarorliklardan darak beradi. 7.7-jadval Kapital qo‘yilmalar riski darajasi bo‘yicha aylanma mablag‘lar tarkibi Aylanma mablag‘lar guruhi Balans aktiviga kiritilgan moddalar tarkibi 1 2
1. Minimal qo‘yilma riskiga ega aylanma mablag‘lar
1.1. Pul mablag‘lari: kassa hisob raqami valyuta schyoti boshqa pul mablag‘lari 1.2. Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
161 2. Kichik qo‘yilma riskiga ega aylanma mablag‘lar 2.1. Debitorlik qarzi (shubhalilari istisno qilingan holda) 2.2. Ishlab chiqarish zaxiralari (turib qolganlari istisno qilingan holda) 2.3. Tayyor mahsulot va tovarlar qoldiqlari (talab bilan foydalanilayotganlari istisno qilingan holda) 3. O‘rtacha qo‘yilma riskiga ega aylanma mablag‘lar 3.1. MBP (qoldiq qiymat bo‘yicha) 3.2. Tugallanmagan ishlab chiqarish 3.3. Kelgusi davr xarajatlari 4. Maksimal qo‘yilma riskiga ega aylanma mablag‘lar 4.1. Shubhali debitorlik qarzi 4.2. Turib qolgan ishlab chiqarish zaxiralari 4.3. Talab bilan foydalanilmaydigan tayyor mahsulot va tovarlar 4.4. oldingi guruhlarga kiritilmagan aylanma mablag‘larining boshqa elementlari 5. Aylanma mablag‘larning umumiy miqdori p.1 + p.2 + p.3 + p.4
7.8-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larda ishlab chiqarish zaxiralari uchushi eng katta solishtirma og‘irlikka ega: yil boshi uchun – 28,5%, yil oxiri uchun – 25,0%. Yil oxiriga kelib debitorlik qarzi ulushi ham keskin oshgan, bu korxonada moliyaviy vaziyat yomonlashganini bildiradi. Shuningdek, joriy aktivlarga qo‘yilmalarga kichik risk darajasi ham kuchaygan. Biroq o‘rtacha va yuqori risklar darajasi yetarlicha yuqoriligicha qolgan. 7.8-jadval Aylanma mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili Mablag‘lar mavjudligi, mln so‘m Mablag‘lar tarkibi, % Mablag‘lar turi yil boshi uchun yil oxiri uchun o‘zgarish yil boshi uchun yil oxiri uchun o‘zga- rish A 1
2 3 4 5 6 Ishlab chiqarish zaxiralari 1249,4 1661,4 +412,0 28,5 25,0 -3,5 Tugallanmagan ishlab chiqarish 92,3 216,2 +123,9 2,2 3,2 +1,0 Tayyor mahsulot 619,5 897,1
+277,6 14,1
13,5 -0,6
Qayta sotishga mo‘ljalangan tovarlar 198,2 221,4 +23,2 4,5 3,3 -1,2 Kelgusi davr xarajatlari 990,3 1104,4 +114,1 22,4 16,6 -5,8 Pul mbalag‘lari 383,4 131,7
-251,7 8,7
2,0 -6,7
Valyuta mablag‘lari 102,2
575,0 +472,8
2,3 8,6
+6,3 162 Kassadagi pul mablag‘lari 0,2 0,02 -0,18 0 0 0 Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar 12,3 - -12,3 0,2 - -0,2 Sotib olingan xususiy aksiyalar 48,8 2,7 -46,1 1,1 0,1 -1,0 Debitorlik qarzi 705,1
1844,7 +1139,6 16,0 27,7 +11,7 Jami
4401,7 6654,6 +2252,9
100,0 100,0
- Operatsion jarayonda ishtiroki bo‘yicha:
- ishlab chiqarish sohasida 2332 2982 +650 53,0 44,8 -8,2 - muomala sohasida 2069,7 3672,6 +1602,9 47,0
55,2 +8,2
Qo‘yilma riski darajasi bo‘yicha:
- minimal 498,1
706,7 +208,6
11,3 10,6
-0,7 - kichik 1854 3273
+1419 42,1
49,2 +7,1
- o‘rtacha 1082,6 1320,6 +238 24,6 19,8 -4,8 - yuqori 967
1354,3 +387,3
22,0 20,4
-1,6
7.7. Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lar mavjudligi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligi tahlili Korxonaning moliyaviy holati tahlilida muhim metodologik masala o‘z aylanma mablag‘lari miqdori va ularning saqlanganligini aniqlash hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati shundaki, o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar: tovar-moddiy qimmatliklar xarid qilish, bankdan kreditlar olish va tovar sotish hajmini kengaytirishni ta’minlaydi. O‘z aylanma mablag‘lari mavjud emasligi yoki etishmasligi – korxonaning moliyaviy holati beqarorligi va uning to‘lovga noqobilligining asosiy sabablaridan biridir. O‘z aylanma mablag‘lari haqiqatda mavjudligini aniqlash balans aktivi va passivining I bo‘limidagi ma’lumotlarga asosan ularning farqi sifatida amalga oshiriladi. O‘z aylanma mablag‘larini hisoblash algoritmi quyidagi ko‘rinishga ega: .
= − Bu yerda C E - o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi; K
- o‘z kapital (balans passivining I bo‘limi); F – uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining I bo‘limi).
163 Agar korxona uzoq muddatli kredit va qarzlardan foydalansa, u holda o‘z aylanma mablag‘lari miqdorini ( ) T E aniqlash uchun o‘z kapital va uzoq muddatli majburiyatlar miqdoridan uzoq muddatli aktivlarni ayirib tashlash zarur. Uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lari asosan kapital qo‘yilmalar hamda asosiy vositalarni sotib olish uchun foydalanilishiga bog‘liq ravishda o‘z aylanma kapitalni hisoblashda uzoq muddatli majburiyatlar miqdorini hisobga olish o‘zini to‘liq oqlaydi: ( )
T T K E C K F = + −
O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi boshqacha usullarda ham aniqlanishi mumkin: joriy (joriy aktivlardan qisqa muddatli majburiyatlarni ayirib tashlash yo‘li bilan. Moliyaviy tahlilning jahon amaliyotida ushbu ko‘rsatkich sof aylanma kapital yoki ishchi
O‘z mablag‘lari manbalari 1 105 797 1 840 236 2. Uzoq
muddatli kreditlar va qarzlar - -
Jami manbalar (1-modda + 2-modda) 1 105 797 1 840 236 4.
Uzoq muddatli aktivlar 292 622
466 521 5. Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi (3-modda –4-modda) 813 175 1 373 715
6. Zaxira va xarajatlar 1130783 703942
7. Debitorlik qarzi
599597 1062302
8. Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar - -
mablag‘lari 550826
755963 10. Boshqa joriy aktivlar - -
Jami aylanma (joriy) aktivlar (6 + 7 + 8 + 9 + 10 -moddalar) 2281206 2522207 12. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar 388 102 - 13. Kreditorlik qarzi 1 079 929 1 148 492 14. Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar - - 15. Jami qisqa muddatli majburiyatlar (12 + 13 + 14 - moddalar) 1468031 1148492 16. O‘z (sof) aylanma kapital miqdori (11 – 15 -moddalar) 813 175
1 373 715 164 O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi aniqlangandan so‘ng tahlil jarayonida o‘z aylanma mablag‘lari dinamikasi ko‘rib chiqiladi, rejadagidan va o‘tgan yillarning haqiqatdagi ma’lumotlaridan mutlaq va nisbiy og‘ishlar aniqlanadi. Kelgusida moliyaviy barqarorlik tahlili o‘tkazishda tashkilotning zaxiralarga ehtiyoji bilan o‘z aylanma mablag‘lari miqdorini taqqoslash o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rsatkichlar o‘sish sur’atlarini taqqoslash tashkilotning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi haqida mulohaza yuritishga imkon beradi.
1. Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi 813 175
1 373 715 2. Material aylanma mablag‘lar (zaxiralar va sarflar) 1117934 703501
3. O‘z aylanma mablag‘lari ortiqchaligi (+), etishmasligi (-) (1-modda –2 -modda) -304 759 670 214
4. Zaxira va
xarajatlarda aylanma mablag‘lar ulushi, % (1-modda : 2-modda * 100) 72,74 195,27
“Karvon” MChJ ning balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘larining naqd hajmi yil boshida 813175 ming so‘mni, yil oxirida 1373715 ming so‘mni tashkil qildi, ya’ni 560540 ming so‘mga ko‘paydi. Korxona aylanma mablag‘lar bilan to‘liq ta’minlangan. O‘z aylanma mablag‘lari ortiqchaligi yil oxirida 670214 ming so‘mni tashkil qildi va zaxira hamda xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasi 195,27 foizni tashkil etdi. Keyingi tahlillar borishida korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. Aylanma mablag‘larda ustav kapitali o‘zgarishi, korxonaning xo‘jalik aylanmasida qolgan foyda kabilar ularning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichi o‘z aylanma mablag‘lari ortiqcha yoki kamligini aniqlanadi. O‘z aylanma mablag‘lari etishmasligi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Tahlil jarayonida korxona faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillarni ajratish talab qilinadi. Birinchisiga foyda rejasining bajarilmasligi, rejalashtiril- gandan ortiqcha xarajatlar qilish, mahsulot tannarxi qimmatlashishi va 165 boshqalar taalluqli sanaladi. Noto‘liq moliyalashtirish, boshqa maqsadlar uchun mablag‘larni rejadan tashqari jalb qilish kabilar ham korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar sirasiga kiritiladi. Keyin esa o‘z aylanma mablag‘lari yetishmovchiligini qoplash manbalari aniqlanib, ularga quyidagilar mansub sanaladi: 1. Tayyor mahsulotning me’yoridan yuqori darajadagi qoldiqlarini sotish.
2. Debitorlik qarzi kamaytirish. 3. Maqsadli kreditlar olish. 4. Boshqa tadbirlar (foyda olishga erishish, zarar keltirayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, me’yoridan ortiqcha tovar-moddiy qimmatliklarni sotish).
7.8. Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili Likvidlik qimmatliklarni pulga, ya’ni mutlaq likvid mablag‘larga oson aylanish qobiliyatini anglatadi. Likvidlikni aktivni sotish uchun zarur vaqt va aktivni sotishdan olingan summa sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Likvidlik ko‘rsatkichlari korxonaning muayyan vaqt uchun, lekin favqulodda vaziyatlar holatida ham qobiliyatini baholash uchun qo‘llaniladi. Likvidlik va to‘lov qobiliyati bir-biri bilan aynan o‘xshash emas.
korxonada zudlik bilan qaytarishni talab qiluvchi kreditorlik qarzi bilan hisoblashish uchun yetarli pul mablag‘lari va ularning muqobillari mavjudligini bildiradi. To‘lov qobiliyatining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: a) hisob raqamida yetarli miqdordagi mablag‘lar mavjudligi; b) muddati o‘tgan kreditorlik qarzi mavjud emasligi. Likvidlik koeffitsiyentlari esa moliyaviy holatni qoniqarli sifatida tavsiflashi mumkin, ammo, agar joriy aktivlarda nolikvid va muddati o‘tgan debitorlik qarzining ulushi salmoqli bo‘lsa, mohiyatan, bu baho xato bo‘lishi mumkin. Nolikvid, ya’ni umuman yoki jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarsiz bozorda sotishning imkoni bo‘lmagan aktivlar, ba’zan esa o‘zini oqlamagan debitorlik qarzi balansda ajratib ko‘rsatilmaydi, ya’ni aylanma mablag‘larning sifat tavsifi tashqi analitikka ma’lum bo‘lmaydi, shuning uchun rasmiy nuqtayi nazarda hatto haqiqatdagi
166 qimmati shubhali bo‘lgan aktivlar ham likvidlikni baholashda qo‘llaniladi. Likvidlik dinamikasi to‘lov qobiliyatiga nisbatan kamroq. Gap shundaki, korxona ishlab chiqarish faoliyati barqarorlashuvi bilan unda asta-sekin aktivlar va mablag‘lar manbayining muayyan tarkibi shakllanadi, ularning keskin o‘zgarishlari esa nisbatan kamdan-kam holatda qayd qilinadi. Aksincha, to‘lov qobiliyati bo‘yicha moliyaviy holat ancha o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, buning ustiga kundan- kunga o‘zgarish kuzatiladi: kecha korxona to‘lov qobiliyatiga ega edi, biroq bugun vaziyat tubdan o‘zgardi – navbatdagi kreditor bilan hisoblashish vaqti keldi, korxona hisobida esa pul yo‘q, chunki oldinroq yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lov o‘z vaqtida kelib tushmadi. Boshqacha aytganda, u o‘z debitorlarining moliyaviy intizomsizligi tufayli to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmay qoldi. Korxona likvidligi va to‘lov qobiliyatini umumiy baholash uchun quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:
shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda qoplash koeffitsiyenti, umumiy qoplash koeffitsiyenti, deb ham ataladi (K uq ). Joriy likvidlik koeffitsiyenti joriy aktivlarning qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatiga teng va quyidagicha aniqlanadi: jl Joriy (aylanma) aktivlar (1-sh. 390-satr) K
. Qisqa muddatli majburiyatlar (1-sh. 600-satr) =
Joriy likvidlik koeffitsiyenti umumiy likvidlikni tavsiflaydi va korxonaning joriy majburiyatlari qay darajada joriy aktivlar bilan qoplanishini, ya’ni joriy majburiyatlarning 1 pul birligiga joriy aktivlarning qancha pul birligi to‘g‘ri kelayotganligini ko‘rsatadi. Agar nisbat 1:1 dan kam bo‘lsa, u holda joriy majburiyatlar joriy aktivlardan ortib ketgan. K jl ning maqbul darajasi – 2. Agar joriy likvidlik koeffitsiyenti yuqori bo‘lsa, u holda bu zaxiralarga joylashtirilgan mablag‘lar aylanuvchanligi sekinlashishi, debitorlik qarzining oqlanmagan o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Koeffitsiyentning doimiy pasayishi o‘sib borayotgan to‘lovga noqobillik riskidan darak beradi.
(K jl ) qoplashning oraliq koeffitsiyenti hisoblanadi va tovar-moddiy zaxiralar ayirib tashlangan holda joriy aktivlar bilan qanday qismni qaytarish mumkinligini ko‘rsatadi. Tez likvidlik koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
167 ‘ ‘ . Pul mablag lari qisqa muddatli moliyaviy qo yilmalar debitorlik qarzi tl Qisqa muddatli majburiyatlar К + + =
Ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan me’yori 1 dan yuqori bo‘lishi tavsiya qilinadi, lekin debitorlik qarzining oqlanmagan o‘sishi tufayli favqulodda yuqori bo‘lishi ham mumkin. Ayrim yevropalik analitiklarning ishlarida ko‘rsatkichning mo‘ljal qilingan quyi qiymati sifatida 1 keltiriladi, lekin bu baho ham shartli tusga ega. Shunday bo‘lsa-da, unga to‘la yaqqol va asoslangan ta’rif berish mumkin. Kreditorlik va debitorlik qarzi ishga taalluqli munosabatlarda bo‘lgan kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro kreditlashning qandaydir shaklini o‘zida aks ettiradi. Ma’lumki, umumiy olganda iqtisodiyot bo‘yicha taqdim etilgan va olingan kreditlar miqdori teng. Ixtiyoriy korxona o‘z xaridorlariga taqdim etgan kredit miqdori (debitorlik qarzi) yetkazib beruvchilardan olingan kredit miqdoridan ortib ketmasligiga harakat qilishi lozim. Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (K ml ) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ‘ ‘ . ml Pul mablag lari qisqa muddatli moliyaviy qo yilmalar K Qisqa muddatli majburiyatlar + = U qisqa muddatli majburiyatlarning qanday qismi mavjud naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar hisobiga qaytarilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, qarzlarni qaytarish kafolati shunchalik yuqori bo‘ladi. Biroq agar hajmi va muddati bo‘yicha pul mablag‘lari tushumi va chiqimini balanslashtirish va sinxronlashtirishni uddalay olsa, uning uncha ko‘p bo‘lmagan qiymatida ham korxona to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu- ning uchun mazkur ko‘rsatkich darajasi bo‘yicha qandaydir umumiy me’yor va tavsiyalar mavjud emas. Korxonada muddati o‘tgan majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning chastotasi va davomiyligi uning to‘lov qobiliyatiga doir umumiy manzarani to‘ldiradi. Likvidlikning turli ko‘rsatkichlari nafaqat korxona rahbarlari va moliyaviy xodimlarda, balki analitik axborotlarning turli iste’mol- chilarida ham qiziqish uyg‘otadi: mutlaq likvidlik koeffitsiyenti – xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar uchun; tez likvidlik koeffitsiyenti – banklar uchun; joriy likvidlik koeffitsiyenti – korxona aksiya va obligatsiyalari xaridorlari va ushlovchilari uchun.
168 7.11-jadval ma’lumotlariga ko‘ra tahlil qilinayotgan korxonada likvidlik koeffitsiyentlari yil oxirida belgilangan me’yordan yuqori darajada. Likvidlik masalasini ko‘rib chiqishda analitikdan aylanma mablag‘larning ayrim unsurlarini alohida o‘rganish talab qilinadi, chunki korxonaning “nozik joylar”i ular bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling