Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

 

7.6. Joriy aktivlar tarkibi va dinamikasi tahlili 

 

Korxona mulkida aylanma kapital – joriy aktivlarga joylashtirilgan 

kapitalning bir qismi muhim o‘rin tutadi.  

Tahlilning asosiy maqsadi – aylanma kapitalni boshqadirdagi 

kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va undan foydalanish intensivligi 

va samaradorligini oshirish zaxiralarini topish.  

Joriy aktivlar tarkibi tahlil qilinarkan, shuni nazarda tutish zarurki, 

moliyaviy holat barqarorligi doiraviy aylanma jarayoni bosqichlari 

bo‘yicha mablag‘larni optimal joylashtirishga sezilarli darajada bog‘liq 

bo‘ladi. 

 Aylanma kapitalning doiraviy aylanmasi bosqichlarini quyidagi 

sxema bo‘yicha tasvirlash mumkin:  

 

 



 

 

 



 Xarid Ishlab chiqarish Sotish 

Kapitalning doiraviy aylanmasi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 

1) tayyorlash; 

2) ishlab chiqarish; 

3) sotish. 

Pul 


Resurslar 

Mahsulot, 

tovar, ish, 

xizmatlar 

Pul  


P

1

 



160 

Ixtiyoriy biznes ishlab chiqarish uchun resurslarning muayyan 

miqdori joylashtiriladigan pul mablag‘larining qandaydir miqdoridan 

boshlanadi. Xarid bosqichi natijasida  aylanma kapital pul shaklidan 

ishlab chiqarish (mehnat predmeti yoki tovarlar) shakliga o‘tadi. 

Ishlab chiqarish bosqichida 

resurslar mahsulot, ish yoki 

xizmatlarga aylanadi. Mazkur bosqichning natijasi aylanma kapitalning 

ishlab chiqarish shaklidan tovar shakliga o‘tishi hisoblanadi.  



Sotish bosqichida 

aylanma kapital tovar shaklidan yana pul 

shakliga o‘tadi. Pullarning boshlang‘ich summasi (P) va mahsulot (ish, 

xizmat) sotishdan tushumlar (P

1

) miqdoriga ko‘ra ustma-ust 



tushmaydi. Biznesdan olingan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) 

nomutanosiblik sabablarini izohlaydi. 

Aylanma kapitalning alohida elementlari o‘rtasidagi nisbat uning 

tarkibini belgilab beradi:  

 

Aylanma kapital 

Aylanma fondlar 

Muomala fondlari 

Ishlab chiqarish zaxiralari  

Tayyor mahsulot  

Tugallanmagan ishlab chiqarish  

Debitorlik qarzi  

Kelgusi davr xarajatlari  

Kassa yoki hisob raqamidagi pullar  

 

Kapital qo‘yish riskiga bog‘liq ravishda aylanma kapitallarning 



minimal, kichik, o‘rta va yuqori riskli qo‘yilmalar kabi turlari mavjud.  

Tahlil jarayonida avvalo joriy aktivlar mavjudligi va tarkibidagi 

o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, 

aylanma kapitalning barqaror tarkibi barqaror, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 

ishlab chiqarish va mahsulot sotish jarayonidan, undagi jiddiy 

o‘zgarishlar esa – korxona faoliyatidagi beqarorliklardan darak beradi. 



 

7.7-jadval 

Kapital qo‘yilmalar riski darajasi bo‘yicha aylanma  

mablag‘lar tarkibi 

 

Aylanma mablag‘lar guruhi 

Balans aktiviga kiritilgan moddalar tarkibi 

1 2 


1. Minimal qo‘yilma riskiga ega 

aylanma mablag‘lar  

 

1.1. Pul mablag‘lari: 



kassa 

hisob raqami 

valyuta schyoti 

boshqa pul mablag‘lari 

1.2. Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar  


161 

2. Kichik qo‘yilma riskiga ega 

aylanma mablag‘lar 

2.1. Debitorlik qarzi (shubhalilari istisno qilingan 

holda) 

2.2. Ishlab chiqarish zaxiralari (turib qolganlari 



istisno qilingan holda)  

2.3. Tayyor mahsulot va tovarlar qoldiqlari (talab 

bilan foydalanilayotganlari istisno qilingan holda) 

3. O‘rtacha qo‘yilma riskiga ega 

aylanma mablag‘lar  

3.1. MBP (qoldiq qiymat bo‘yicha) 

3.2. Tugallanmagan ishlab chiqarish  

3.3. Kelgusi davr xarajatlari  

4. Maksimal qo‘yilma riskiga 

ega aylanma mablag‘lar  

4.1. Shubhali debitorlik qarzi  

4.2. Turib qolgan ishlab chiqarish zaxiralari  

4.3. Talab bilan foydalanilmaydigan tayyor 

mahsulot va tovarlar  

4.4. oldingi guruhlarga kiritilmagan aylanma 

mablag‘larining boshqa elementlari  

5. Aylanma mablag‘larning 

umumiy miqdori  

p.1 + p.2 + p.3 + p.4 

 

7.8-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larda ishlab 



chiqarish zaxiralari uchushi eng katta solishtirma og‘irlikka ega: yil 

boshi uchun – 28,5%, yil oxiri uchun – 25,0%. Yil oxiriga kelib 

debitorlik qarzi ulushi ham keskin oshgan, bu korxonada moliyaviy 

vaziyat yomonlashganini bildiradi. Shuningdek, joriy aktivlarga 

qo‘yilmalarga kichik risk darajasi ham kuchaygan. Biroq o‘rtacha va 

yuqori risklar darajasi yetarlicha yuqoriligicha qolgan. 



 

7.8-jadval 

Aylanma mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili 

 

Mablag‘lar mavjudligi, mln 

so‘m 

Mablag‘lar tarkibi, % 

Mablag‘lar turi 

yil 

boshi 

uchun 

yil 

oxiri 

uchun 

o‘zgarish 

yil 

boshi 

uchun 

yil 

oxiri 

uchun 

o‘zga-

rish 

A 1 




Ishlab chiqarish 



zaxiralari  

1249,4 1661,4  +412,0  28,5  25,0  -3,5 

Tugallanmagan ishlab 

chiqarish 

92,3 216,2 +123,9  2,2  3,2 +1,0 

Tayyor mahsulot 

619,5 

897,1 


+277,6 

14,1 


13,5 

-0,6 


Qayta sotishga 

mo‘ljalangan tovarlar 

198,2 221,4  +23,2  4,5  3,3  -1,2 

Kelgusi davr xarajatlari  

990,3 1104,4  +114,1  22,4  16,6  -5,8 

Pul mbalag‘lari  

383,4 

131,7 


-251,7 

8,7 


2,0 

-6,7 


Valyuta mablag‘lari  

102,2 


575,0 

+472,8 


2,3 

8,6 


+6,3 

162 

Kassadagi pul 

mablag‘lari  

0,2 0,02 -0,18  0  0  0 

Qisqa muddatli 

moliyaviy qo‘yilmalar  

12,3 -  -12,3 0,2 - -0,2 

Sotib olingan xususiy 

aksiyalar  

48,8 2,7  -46,1  1,1 0,1 -1,0 

Debitorlik qarzi  

705,1 


1844,7 +1139,6  16,0  27,7 +11,7 

Jami  


4401,7  6654,6 

+2252,9 


100,0 

100,0 


Operatsion jarayonda 

ishtiroki bo‘yicha: 

 

 



 

 

 



 

- ishlab chiqarish 

sohasida  

2332 2982  +650  53,0 44,8 -8,2 

- muomala sohasida  

2069,7  3672,6 

+1602,9 

47,0 


55,2 

+8,2 


Qo‘yilma riski darajasi 

bo‘yicha: 

 

 

 



 

 

 



- minimal  

498,1 


706,7 

+208,6 


11,3 

10,6 


-0,7 

- kichik 

1854 

3273 


+1419 

42,1 


49,2 

+7,1 


- o‘rtacha  

1082,6  1320,6 +238  24,6 19,8 -4,8 

- yuqori  

967 


1354,3 

+387,3 


22,0 

20,4 


-1,6 

 

 



7.7. Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lar mavjudligi va 

korxonaning ular bilan ta’minlanganligi tahlili 

 

Korxonaning moliyaviy holati tahlilida muhim metodologik 

masala o‘z aylanma mablag‘lari miqdori va ularning saqlanganligini 

aniqlash hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati shundaki, o‘z 

aylanma mablag‘lari mavjudligi korxonaning xo‘jalik faoliyatini 

amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar: tovar-moddiy 

qimmatliklar xarid qilish, bankdan kreditlar olish va tovar sotish 

hajmini kengaytirishni ta’minlaydi. O‘z aylanma mablag‘lari mavjud 

emasligi yoki etishmasligi – korxonaning moliyaviy holati beqarorligi 

va uning to‘lovga noqobilligining asosiy sabablaridan biridir.  

O‘z aylanma mablag‘lari haqiqatda mavjudligini aniqlash balans 

aktivi va passivining I bo‘limidagi ma’lumotlarga asosan ularning farqi 

sifatida amalga oshiriladi. O‘z aylanma mablag‘larini hisoblash 

algoritmi quyidagi ko‘rinishga ega:  

.

C

K

E

C

F

=

−  



Bu yerda 

C

E

 - o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi; 

K

C

 - o‘z kapital (balans passivining I bo‘limi); 

 F – uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining I bo‘limi).  


163 

Agar korxona uzoq muddatli kredit va qarzlardan foydalansa, u 

holda o‘z aylanma mablag‘lari miqdorini 

(

)



T

E

 aniqlash uchun o‘z 

kapital va uzoq muddatli majburiyatlar miqdoridan uzoq muddatli 

aktivlarni ayirib tashlash zarur.  

Uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lari asosan kapital 

qo‘yilmalar hamda asosiy vositalarni sotib olish uchun foydalanilishiga 

bog‘liq ravishda o‘z aylanma kapitalni hisoblashda uzoq muddatli 

majburiyatlar miqdorini hisobga olish o‘zini to‘liq oqlaydi: 

(

)

.



T

T

K

E

C

K

F

=

+



 

O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi boshqacha usullarda ham 



aniqlanishi mumkin: joriy (joriy aktivlardan qisqa muddatli 

majburiyatlarni ayirib tashlash yo‘li bilan. Moliyaviy tahlilning jahon 

amaliyotida ushbu ko‘rsatkich sof aylanma kapital yoki ishchi 

kapital nomini olgan.  

 

7.9-jadval 

O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi va  

ularning dinamikasini hisoblash 

ming so‘m 

T/r Ko‘rsatkichlar 

Yil boshi 

uchun 

Yil oxiri 

uchun 

 

Hisoblashning birinchi usuli 

 

 

1. 



O‘z mablag‘lari manbalari 

1 105 797 

1 840 236 

2. Uzoq 


muddatli 

kreditlar va qarzlar 



3. 



Jami manbalar (1-modda + 2-modda) 

1 105 797 

1 840 236 

4. 


Uzoq muddatli aktivlar 

292 622 


466 521 

5. 

Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi 

(3-modda –4-modda) 

813 175 

1 373 715 

 

Hisoblashning ikkinchi usuli

 

 

 



6. 

Zaxira va xarajatlar 

1130783 

703942 


7. Debitorlik 

qarzi 


599597 

1062302 


8. 

Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar 



9. Pul 



mablag‘lari 

550826 


755963 

10.  Boshqa joriy aktivlar 



11. 



Jami aylanma (joriy) aktivlar 

(6 + 7 + 8 + 9 + 10 -moddalar) 

2281206 2522207 

12.  Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar 

388 102 

13.  Kreditorlik qarzi 



1 079 929 

1 148 492 

14.  Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar 



15. 

Jami qisqa muddatli majburiyatlar (12 + 13 + 14 -

moddalar) 

1468031 1148492 

16.  O‘z (sof) aylanma kapital miqdori (11 – 15 -moddalar) 

813 175 


1 373 715 

164 

O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi aniqlangandan so‘ng tahlil 

jarayonida o‘z aylanma mablag‘lari dinamikasi ko‘rib chiqiladi, 

rejadagidan va o‘tgan yillarning haqiqatdagi ma’lumotlaridan mutlaq 

va nisbiy og‘ishlar aniqlanadi. Kelgusida moliyaviy barqarorlik tahlili 

o‘tkazishda tashkilotning zaxiralarga ehtiyoji bilan o‘z aylanma 

mablag‘lari miqdorini taqqoslash o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rsatkichlar 

o‘sish sur’atlarini taqqoslash tashkilotning o‘z aylanma mablag‘lari 

bilan ta’minlanganligi haqida mulohaza yuritishga imkon beradi.  

 

7.10 -jadval 

“Karvon” MChJ ning o‘z aylanma mablag‘lari bilan 

ta’minlanganligi tahlili 

 

№ Ko‘rsatkichlar 

Yil boshi 

uchun 

Yil oxiri 

uchun 

1.  Balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘lari 

mavjudligi 

813 175 


1 373 715 

2.  Material aylanma mablag‘lar (zaxiralar va sarflar) 

1117934 

703501 


3.  O‘z aylanma mablag‘lari ortiqchaligi (+), 

etishmasligi (-) (1-modda –2 -modda) 

-304 759 

670 214 


4. Zaxira 

va 


xarajatlarda 

aylanma mablag‘lar ulushi, 

% (1-modda : 2-modda * 100) 

72,74 195,27 

 

“Karvon” MChJ ning balans bo‘yicha o‘z aylanma mablag‘larining 



naqd hajmi yil boshida 813175 ming so‘mni, yil oxirida 1373715 ming 

so‘mni tashkil qildi, ya’ni 560540 ming so‘mga ko‘paydi. Korxona 

aylanma mablag‘lar bilan to‘liq ta’minlangan. O‘z aylanma mablag‘lari 

ortiqchaligi yil oxirida 670214 ming so‘mni tashkil qildi va zaxira 

hamda xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasi 

195,27 foizni tashkil etdi. 

Keyingi tahlillar borishida korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari 

o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. Aylanma mablag‘larda ustav 

kapitali o‘zgarishi, korxonaning xo‘jalik aylanmasida qolgan foyda 

kabilar ularning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi.  

Tahlilning keyingi bosqichi o‘z aylanma mablag‘lari ortiqcha yoki 

kamligini aniqlanadi. O‘z aylanma mablag‘lari etishmasligi turli 

sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Tahlil jarayonida korxona 

faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillarni ajratish talab 

qilinadi. Birinchisiga foyda rejasining bajarilmasligi, rejalashtiril-

gandan ortiqcha xarajatlar qilish, mahsulot tannarxi qimmatlashishi va 



165 

boshqalar taalluqli sanaladi. Noto‘liq moliyalashtirish, boshqa 

maqsadlar uchun mablag‘larni rejadan tashqari jalb qilish kabilar ham 

korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar sirasiga kiritiladi. Keyin esa o‘z 

aylanma mablag‘lari yetishmovchiligini qoplash manbalari aniqlanib, 

ularga quyidagilar mansub sanaladi: 

1. Tayyor mahsulotning me’yoridan yuqori darajadagi qoldiqlarini 

sotish. 


2. Debitorlik qarzi kamaytirish. 

3. Maqsadli kreditlar olish. 

4. Boshqa tadbirlar (foyda olishga erishish, zarar keltirayotgan 

mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, me’yoridan ortiqcha 

tovar-moddiy qimmatliklarni sotish).  

 

 



7.8. Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili 

 

Likvidlik qimmatliklarni pulga, ya’ni mutlaq likvid mablag‘larga 

oson aylanish qobiliyatini anglatadi. Likvidlikni aktivni sotish uchun 

zarur vaqt va aktivni sotishdan olingan summa sifatida ko‘rib chiqish 

mumkin.  

Likvidlik ko‘rsatkichlari korxonaning muayyan vaqt uchun, lekin 

favqulodda vaziyatlar holatida ham qobiliyatini baholash uchun 

qo‘llaniladi.  

Likvidlik va to‘lov qobiliyati bir-biri bilan aynan o‘xshash emas.  

To‘lov qobiliyati 

korxonada zudlik bilan qaytarishni talab qiluvchi 

kreditorlik qarzi bilan hisoblashish uchun yetarli pul mablag‘lari va 

ularning muqobillari mavjudligini bildiradi. To‘lov qobiliyatining 

asosiy belgilari quyidagilardan iborat: a) hisob raqamida yetarli 

miqdordagi mablag‘lar mavjudligi; b) muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 

mavjud emasligi. Likvidlik koeffitsiyentlari esa moliyaviy holatni 

qoniqarli sifatida tavsiflashi mumkin, ammo, agar joriy aktivlarda 

nolikvid va muddati o‘tgan debitorlik qarzining ulushi salmoqli bo‘lsa, 

mohiyatan, bu baho xato bo‘lishi mumkin.  

Nolikvid, ya’ni umuman yoki jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarsiz 

bozorda sotishning imkoni bo‘lmagan aktivlar, ba’zan esa o‘zini 

oqlamagan debitorlik qarzi balansda ajratib ko‘rsatilmaydi, ya’ni 

aylanma mablag‘larning sifat tavsifi tashqi analitikka ma’lum 

bo‘lmaydi, shuning uchun rasmiy nuqtayi nazarda hatto haqiqatdagi 


166 

qimmati shubhali bo‘lgan aktivlar ham likvidlikni baholashda 

qo‘llaniladi.  

Likvidlik dinamikasi to‘lov qobiliyatiga nisbatan kamroq. Gap 

shundaki, korxona ishlab chiqarish faoliyati barqarorlashuvi bilan unda 

asta-sekin aktivlar va mablag‘lar manbayining muayyan tarkibi 

shakllanadi, ularning keskin o‘zgarishlari esa nisbatan kamdan-kam 

holatda qayd qilinadi. Aksincha, to‘lov qobiliyati bo‘yicha moliyaviy 

holat ancha o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, buning ustiga kundan-

kunga o‘zgarish kuzatiladi: kecha korxona to‘lov qobiliyatiga ega edi, 

biroq bugun vaziyat tubdan o‘zgardi – navbatdagi kreditor bilan 

hisoblashish vaqti keldi, korxona hisobida esa pul yo‘q, chunki 

oldinroq yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lov o‘z vaqtida kelib 

tushmadi. Boshqacha aytganda, u o‘z debitorlarining moliyaviy 

intizomsizligi tufayli to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmay qoldi. 

Korxona likvidligi va to‘lov qobiliyatini umumiy baholash uchun 

quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:  

Joriy likvidlik koeffitsiyenti, 

shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda 

qoplash koeffitsiyenti, umumiy qoplash koeffitsiyenti, deb ham ataladi 

(K

uq



). 

Joriy likvidlik koeffitsiyenti joriy aktivlarning qisqa muddatli 

majburiyatlarga nisbatiga teng va quyidagicha aniqlanadi:  

jl

Joriy (aylanma) aktivlar (1-sh. 390-satr)



K

 

.



Qisqa muddatli majburiyatlar (1-sh. 600-satr)

=

 



Joriy likvidlik koeffitsiyenti umumiy likvidlikni tavsiflaydi va 

korxonaning joriy majburiyatlari qay darajada joriy aktivlar bilan 

qoplanishini, ya’ni joriy majburiyatlarning 1 pul birligiga joriy 

aktivlarning qancha pul birligi to‘g‘ri kelayotganligini ko‘rsatadi. Agar 

nisbat 1:1 dan kam bo‘lsa, u holda joriy majburiyatlar joriy aktivlardan 

ortib ketgan. K

jl 

ning maqbul darajasi – 2.  



Agar joriy likvidlik koeffitsiyenti yuqori bo‘lsa, u holda bu 

zaxiralarga joylashtirilgan mablag‘lar aylanuvchanligi sekinlashishi, 

debitorlik qarzining oqlanmagan o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Koeffitsiyentning doimiy pasayishi o‘sib borayotgan to‘lovga 

noqobillik riskidan darak beradi.  

Tez likvidlik koeffitsiyenti

 (K



jl

) qoplashning oraliq koeffitsiyenti 

hisoblanadi va tovar-moddiy zaxiralar ayirib tashlangan holda joriy 

aktivlar bilan qanday qismni qaytarish mumkinligini ko‘rsatadi. Tez 

likvidlik koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:  


167 



.

Pul mablag lari qisqa muddatli moliyaviy qo yilmalar debitorlik qarzi

tl

Qisqa muddatli majburiyatlar

К

+

+



=

 

Ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan me’yori 1 dan 



yuqori bo‘lishi tavsiya qilinadi, lekin debitorlik qarzining oqlanmagan 

o‘sishi tufayli favqulodda yuqori bo‘lishi ham mumkin.  

Ayrim yevropalik analitiklarning ishlarida ko‘rsatkichning mo‘ljal 

qilingan quyi qiymati sifatida 1 keltiriladi, lekin bu baho ham shartli 

tusga ega. Shunday bo‘lsa-da, unga to‘la yaqqol va asoslangan ta’rif 

berish mumkin. Kreditorlik va debitorlik qarzi ishga taalluqli 

munosabatlarda bo‘lgan kontragentlar o‘rtasidagi o‘zaro kreditlashning 

qandaydir shaklini o‘zida aks ettiradi. Ma’lumki, umumiy olganda 

iqtisodiyot bo‘yicha taqdim etilgan va olingan kreditlar miqdori teng. 

Ixtiyoriy korxona o‘z xaridorlariga taqdim etgan kredit miqdori 

(debitorlik qarzi) yetkazib beruvchilardan olingan kredit miqdoridan 

ortib ketmasligiga harakat qilishi lozim.  



Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (K

ml

)

 quyidagi formula bo‘yicha 

aniqlanadi:  



.

ml

Pul mablag lari qisqa muddatli moliyaviy qo yilmalar

K

Qisqa muddatli majburiyatlar

+

=



 

U qisqa muddatli majburiyatlarning qanday qismi mavjud naqd pul 

va unga tenglashtirilgan mablag‘lar hisobiga qaytarilishi mumkinligini 

ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, qarzlarni qaytarish 

kafolati shunchalik yuqori bo‘ladi. Biroq agar hajmi va muddati 

bo‘yicha pul mablag‘lari tushumi va chiqimini balanslashtirish va 

sinxronlashtirishni uddalay olsa, uning uncha ko‘p bo‘lmagan 

qiymatida ham korxona to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu-

ning uchun mazkur ko‘rsatkich darajasi bo‘yicha qandaydir umumiy 

me’yor va tavsiyalar mavjud emas. Korxonada muddati o‘tgan 

majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning chastotasi va 

davomiyligi uning to‘lov qobiliyatiga doir umumiy manzarani 

to‘ldiradi.  

Likvidlikning turli ko‘rsatkichlari nafaqat korxona rahbarlari va 

moliyaviy xodimlarda, balki analitik axborotlarning turli iste’mol-

chilarida ham qiziqish uyg‘otadi: mutlaq likvidlik koeffitsiyenti – 

xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar uchun; tez likvidlik 

koeffitsiyenti – banklar uchun; joriy likvidlik koeffitsiyenti – korxona 

aksiya va obligatsiyalari xaridorlari va ushlovchilari uchun. 


168 

7.11-jadval ma’lumotlariga ko‘ra tahlil qilinayotgan korxonada 

likvidlik koeffitsiyentlari yil oxirida belgilangan me’yordan yuqori 

darajada.  

Likvidlik masalasini ko‘rib chiqishda analitikdan aylanma 

mablag‘larning ayrim unsurlarini alohida o‘rganish talab qilinadi, 

chunki korxonaning “nozik joylar”i ular bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

 

7.11-jadval  


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling