Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Tovar mahsulot narxi o‘zgarishi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Tovar mahsulot narxi o‘zgarishi. 

Korxona mahsulotlarining 

ulgurji narxi pasayganda boshqa teng sharoitlarda ulgurji narxda ishlab 

chiqarilgan mahsulotning 1 so‘mi uchun xarajatlar ortadi. Va aksincha, 

korxona mahsulotlarining ulgurji narxi ko‘tarilganda mahsulotning 1 

so‘mi uchun xarajatlar kamayadi. 



 

 

6.5. Tannarx elementlari va moddalari bo‘yicha 

xarajatlar tahlili 

 

Elementlari bo‘yicha ishlab chiqarish uchun xarajatlarni tahlil 

qilishda nafaqat hisobot, balki o‘tgan davr uchun ma’lumotlardan 

foydalanish va xarajatlarning alohida elementlarining ishlab chiqarish 

xarajatlari umumiy miqdoriga nisbatini foizlarda aniqlash zarur, bu 

jadvalda amalga oshirilgan.  

Elementlar bo‘yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlari 

smetasini ishlab chiqishga imkon beradi, unda tashkilotning material 

resurslarga umumiy ehtiyoji, summa asosiy vositalardan amortizatsiya 

ajratmalari miqdori, mehnatga haq to‘lash xarajatlari va korxonaning 

boshqa pul xarajatlari belgilanadi.  

Guruhlash asosida xarajatlarni turdosh iqtisodiy elementlar 

bo‘yicha aks ettirish tamoyili yotadi.  

Guruhlash aylanma mablag‘larni rejalashtirish va ularning 

foydalanilishi ustidan nazorat qilish uchun tannarx bo‘yicha rejani 

boshqa bo‘limlar bilan muvofiqlashtirish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy 

elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritiladi va ishlab chiqarish 

uchun xarajatlarning umumiy miqdori bo‘yicha pul hisoboti tuziladi.  

Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlarni guruhlash korxonaning 

material va pul sarf-xarajatlarini ularni mahsulotlarning alohida turlari 

va boshqa xo‘jalik ehtiyojlariga taqsimlamagan holda ko‘rsatadi.  

Umumiy xarajatlarda alohida iqtisodiy elementlar nisbati ishlab 

chiqarish xarajatlari nisbatini belgilaydi. Tarkibi bo‘yicha xarajatlarni 

o‘rganish shu bilan shartlanganki, o‘tgan yil va reja bo‘yicha 

xarajatlarishlab chiqarishning mutanosib hajmlarini tavsiflaydi va 

hisobot davri mahsulotida qayta hisoblanmaydi. Shuning uchun 



122 

mahsulotlarning turli hajmlarida mutlaq miqdordagi xarajatlarni 

taqqoslash o‘z ma’nosini yo‘qotadi.  

Mahsulot (ish, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 

qiluvchi xarajatlar o‘z iqtisodiy mazmuniga mos ravishda quyidagi 

elementlarga guruhlanadi: 

- ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytadigan chiqindi qiymati 

chiqarib tashlangan holda); 

- ishlab chiqarish xarakteridagi mehnat uchun haq to‘lash; 

- ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha ijtimoiy sug‘urtaga 

ajratmalar; 

- asosiy vositalar va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan nomoddiy 

aktivlar amortizatsiyasi; 

- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar. 

“Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq mahsulot 

tannarxiga ma’muriy, tijorat, umumxo‘jalik va moliyaviy xarajatlar 

kiritilmaydi. Har bir hisobot davrining mazkur xarajatlari mahsulot 

sotishdan foyda kamayishi hisobiga yoziladi. 

Bundan tashqari, oldinroq mahsulot tannarxiga kiritilgan barcha 

xarajatlardan bevosita ishlab chiqarish (korxonaning asosiy faoliyati) 

ga aloqadorlari, ya’ni yuqorida qayd qilinganidek, materiallar uchun 

bevosita va bilvosita xarajatlar, mehnatga bevosita va bilvosita 

xarajatlar, ishlab chiqarish xarakteridagi qo‘shimcha xarajatlar 

ajratiladi.  

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, moddiy 

xarajatlarning ulushi oldingi davrga nisbatan oshgan. Bu shartnoma 

asosida xomashyo va materiallar yetkazib berish ulushi ortishi oqibati 

bo‘lib, mahsuldorlik o‘sishi va tannarx pasayishiga imkon beruvchi 

ancha ijobiy holat sanaladi. 

Ishlab chiqarish xodimlari mehnat haqining ulushi 20,5% dan 

19,1% gacha pasaygan. Ushbu pasayish yangi texnikalarni joriy qilish, 

texnologiyalarni takomillashtirish, o‘zi ishlab chiqaradigan detal va 

uzellarni sotib olinadigan mahsulot va yarimfabrikatlar bilan 

almashtirish negizida mehnat sig‘imi qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi 

mumkin.  

Amortizatsiya ajratmalarining ulushi biroz kamaygan bo‘lsa-da, 

ularning mutlaq miqdori o‘sgan. 

Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlarning (ishlab 

chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar, ishlab chiqarish 


123 

jarayoniga taalluqli mehnat safari xarajatlari, yaroqsiz mahsulotlardan 

yo‘qotishlar, bekor to‘xtab turish va boshqalar) ulushi pasaygan. Ishlab 

chiqarish smetasi bajarilishi, xarajatlar dinamikasi, texnik-iqtisodiy va 

boshqa ko‘rsatkichlar tahlili jarayonida pirovard rejalashtirilgan davr 

uchun xarajatlarni kamaytirish imkoniyati aniqlanadi. 



 

6.4-jadval 

Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlar tarkibi va  

dinamikasi tahlili 

 

O‘tgan yil 

Hisobot yili 

Ko‘rsatkichlar 

summa, 

ming 

so‘m 

salmog‘i, 



summa, 

ming 

so‘m 

salmog‘i, 

Material 

sarflar 

116734 69,7 

134720 71,2 

Mehnat haqi xarajatlari 

34334 20,5  36140 19,1 

Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 

7537 

4,5 


8325 

4,4 


Amortizatsion 

ajratmalar 

6029 3,6  6433 3,4 

Boshqa ishlab chiqarish 

xarajatlari 

2847 1,7  3595 1,9 

Jami ishlab chiqarish tannarxi 

167481 


100 

189213 


100 

Jumladan: 

     

-o‘zgaruvchan xarajatlar 



125611 75 

144370 76,3 

-doimiy xarajatlar 

41870 25 

44843 23,7 

 

Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruhlash bilan bir 



qatorda ishlab chiqarish xarajatlari xarajatlar moddalari (kalkulyat-

siya moddalari) bo‘yicha rejalashtiriladi va hisobga olinadi. 

Xarajatlar moddalari bo‘yicha tannarxni rejalashtirish va hisobga 

olish tannarxning mazkur darajasi qanday omillar ta’sirida shakllan-

ganligi va uni qanday yo‘nalishlarda kamaytirish mumkinligini aniq-

lash uchun zarur.  

Kalkulyatsiya moddalari tahlili rejadagi va haqiqatdagi xarajatlarni 

taqqoslash, keyin esa birinchi navbatda tannarx tarkibida eng yuqori 

solishtirma og‘irlikka ega moddalar bo‘yicha og‘ishlarni va ularning 

sabablarini o‘rganishga asoslangan. 

Tannarx bo‘yicha reja bajarilishiga har bir modda bo‘yicha alohida 

tejamkorlikning ta’siri nafaqat ushbu modda bo‘yicha xarajatlarni 

kamaytirish sur’atiga, balki shu moddaning mahsulot tannarxining 

umumiy miqdoridagi ulushiga ham bog‘liq. Bu ta’sir (

1

1

s q ) modda 



124 

bo‘yicha xarajatlarning bazis darajasidan og‘ishlarning mutlaq 

miqdorini rejaviy mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga yoki uning 

boshqa bazis darajasiga bo‘lish yo‘li bilan foizlarda o‘lchanadi 

1

1

*



) ,

(

n



r

S

q

S

 



aynan 

1

1



1

1

* 1 0 0



%

.

*



i

i

n

r

S q

S q

S

q

D

D



=

е

 



Tannarxni umumiy pasaytirishda moddalarning alohida guruhla-

rining ulushli ishtirokini aniqlash tahlilni keyinchalik detallashtirish 

uchun muhim sanaladi.  

Agar shunday dalillar aniqlangan bo‘lsa, birinchi navbatda alohida 

moddalar bo‘yicha xarajatlarning bazis darajaga nisbatan ortishi 

sabablari va noishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish zarur. Keyin esa 

korxonaga bog‘liq bo‘lmagan narx va tariflar o‘zgarishi omillari, 

shuningdek, hukumat qaroriga ko‘ra mehnat haqi oshirilishining 

tannarxga ta’sirini aniqlash talab etiladi.  

Mahsulot tannarxi va uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumotlar 

bilan tanishilgandan so‘ng har bir modda bo‘yicha alohida va avvalo 

ortiqcha xarajatlar aniqlangan moddalar bo‘yicha omilli tahlilga 

o‘tiladi.  

Demak, bozor munosabatlarida mahsulot tannarxi ahamiyati kes-

kin o‘sdi. Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan mahsulot tannarxining 

pasayishi ahamiyati korxona uchun quyidagilardan iborat: 

– korxona tasarrufida qoladigan foydaning ortishi, o‘z navbatida, 

nafaqat oddiy, balki kengaytirilgan ishlab chiqarishda yangi 

imkoniyatlar paydo bo‘lishi; 

– xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va korxonaning ijtimoiy 

muammolarini hal qilish imkoniyati kengayishi; 

– korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishi va bankrotlik riski 

darajasi kamayishi; 

– o‘z mahsulotining sotish narxini kamaytirish imkoniyati 

mahsulotlar raqobatbardoshligini sezilarli darajada yuksaltirish va 

sotish hajmini oshirishga imkon beradi; 

– aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulot tannarxi pasayishi, bu 

dividendlar to‘lash va ularning stavkasini oshirish uchun yaxshi manba 

hisoblanadi.  

 


125 

6.6. Moddiy xarajatlarning omilli tahlili 

 

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy 

xarajatlar eng katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lib, bu oziq-ovqat 

sanoatining ayrim tarmoqlarida 90% gacha yetsa, mashinasozlikda 

qariyb 65%ga teng. Shuning uchun sanoatning material sig‘imli 

tarmoqlarini tahlil qilishda asosiy e’tibor moddiy xarajatlarning asosiy 

moddalari bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasini o‘rganishga 

qaratilib, ulardagi tejamkorlik mahsulot tannarxini umumiy 

pasaytirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 

Moddiy xarajatlarning asosiy qismi, aynan esa: mahsulot ishlab 

chiqarish uchun xomashyo, materiallar va sotib olinadigan 

yarimfabrikatlar xarajatlari, texnologik ehtiyojlar uchun yonilg‘i va 

energiya hisobotda tannarxni kalkulyatsiyalashda tannarxning mustaqil 

moddalari sifatida ajratiladi.  

Tahlil jarayonida korxona tomonidan material resurslarni sarflash 

me’yorlarini pasaytirish bajarilishiga; haqiqatdagi natijalarning 

rejadagi yoki normativdan og‘ishlarini aniqlashga asosiy e’tibor 

qaratiladi. Og‘ishlar sabablari, shuningdek, mahsulot tannarxini 

kamaytirish zaxiralarini aniqlash maqsadida haqiqatda qilingan 

xarajatlarning mahsulot tannarxi darajasiga ta’siri o‘rganiladi.  

Moddiy xarajatlar darajasining rejaviy va oldingi davrdan, ilg‘or 

me’yor va boshqa taqqoslash bazalaridan og‘ishlari sabablarini 

o‘rganishda ushbu sabablar uch guruhga ajratiladi, ular shartli ravishda 

narx, me’yor 

va almashtirish omillari, deb nomlanadi.  

Omillarning uchala guruhining umumqabul qilingan nomlari 

shartliligi quyidagidan iborat. Narx omili deganda, nafaqat xomashyo 

va materiallar yetkazib beruvchilarning narxlari, balki transport-

tayyorlash xarajatlari o‘zgarishi ham tushuniladi. Me’yor omili nafaqat 

moddiy xarajatlari me’yorlari o‘zgarishini, balki mahsulot birligiga 

haqiqatdagi xarajatlarning (solishtirma xarajatlar) o‘rnatilgan 

me’yordan og‘ishini ham aks ettiradi. Almashtirish omili deganda, 

faqatgina material resurslarning bir turini boshqasi bilan to‘liq 

almashtirish ta’siri tushunilib qolmay, aralashma (retseptura) dagi 

nisbat o‘zgarishlari va foydali moddalar miqdori ham tushuniladi.  



Narx omili

, ya’ni materiallarning tayyorlash tannarxini belgilab 

beruvchi omillar guruhi yetkazib beruvchilarning ulgurji narxlari 

bo‘yicha materiallar qiymati va transport-tayyorlash xarajatlaridan 

shakllanadi. 


126 

Transport-tayyorlash xarajatlari darajasi qator shart-sharoitlarga 

bog‘liq: tashish uzoqligi, transport turi, uning yuk ko‘tarish 

qobiliyatidan foydalanish, yuklash va ombor operatsiyalari 

mexanizatsiyasi. Ularning xaridor korxonaga ta’sir darajasi turlicha. 

Ushbu shartlarning ta’sirini aniqlash qiyin, chunki ularning 

o‘zgarishlari haqida umumlashtirilgan ko‘rinishda axborotlar mavjud 

emas. Odatda, jiddiy o‘zgarishlar(masalan, temir yo‘l transporti o‘rniga 

samolyotda tashish) haqida ma’lumotlarni ta’minot bo‘limi va 

buxgalteriya to‘playdi.  

Tannarxni pasaytirishda naturada materiallar tejamkorligi – me’yor 

omili va materiallarni oqilona almashtirish – almashtirish omili hal 

qiluvchi ahamiyat kasb etadi.  

Gap shundaki, narx omili ta’sirida moddiy xarajatlar tejamkorligi 

moddiy xarajatlar moddalari bo‘yicha miqdor kamayishi orqali tannarx 

pasayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Me’yor omili va almashtirish 

omili ta’sirida tejamkorlik esa nafaqat ushbu moddalarga bevosita 

ta’sir ko‘rsatadi, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish 

imkonni yuzaga keltiradi va bu bilan mahsulot birligiga doimiy 

xarajatlar darajasi qisqarishiga ham bilvosita ta’sir qiladi. Shunday 

qilib, almashtirish va me’yor omillari hisobiga moddiy xarajatlar 

tejamkorligining mahsulotlar tannarxini pasaytirishga ta’sir diapazoni 

narx omiliga nisbatan kengroqdir.  

 

6.5-jadval 

Oshxona servizi ishlab chiqarishga materiallar sarfi. 

Hisobot kalkulyatsiyasi ma’lumotlari 

 

Reja bo‘yicha 

Hisobot bo‘yicha 

Materiallar nomi 

mahsulot bir-

ligiga s

arf, kg 

material narxi, 

so‘m 

material s

arflar 

miqdori, so‘m 

mahsulot birligi-

ga s

arf, kg 

material narxi, 

so‘m 

material s

arflar 

miqdori, so‘m 



2 3 4 

5 6 


Gil 

3,35 1529  5122,1  3,50  1500  5250 

Kaolin 

15,16 1369  20754  15,26  1380  21058,8 



Dala shpati 

- -  480  -  -  - 

Kvarts – qum 

5,44 1184  6440,9  5,54  1190  6592,6 

Pegmatit va b. 

- - 444 - - 460 

Jami 

- - 33241 -  - 33361,4 



127 

 6.6-jadval 

Material sarflar miqdoriga “me’yor” omili, “narx” omili va 

“materiallarni almashtirish” omili ta’sirini hisoblash 

 

Moddiy xarajatlar, so‘m 

Rejadan og‘ish (+,-) 

jumladan quyidagilar 

hisobiga 

Materialla

r nomi 

reja, rejavi

y me’yor va 

rejaviy narxlarda 

haqiqatda,

 haqiqiy 

me’yor va narxlarda 

shartli, pri haqiqiy 

me’yor va rejaviy 

n

arx

la

rd



jami gr.8-gr.7 

me’yor  gr.9-gr.7 

nar

x gr.

8-gr.9 

almashtirish 

A 7 8 9 


10 

11 


12 

13 


Gil 5122,1 

5250 


5351,5 

+127,9


+229,4 -101,5  - 

Kaolin 20754 

21058,8 

20890,9 


       

Dala shpati 

480 



480 



-175,2 

-312,1  +136,9 



Kvarts - 

qum 


6440,9 6592,6  6559,3 +151,7

+118,4 +33,3  - 

Pegmatit 

va b. 


444 460  460 +16 +16  -  - 

Jami 33241 

33361,4 

+120,4



+363,8 

380,3 


+136,9 

 

Oshxona servizi ishlab chiqarish moddiy xarajatlari materiallarni 



almashtirish va moddiy xarajatlar me’yorlariga rioya qilinmaganligi 

hisobiga rejaga nisbatan 120,4 so‘m ko‘paygan. Material narxining 

pasayishi moddiy xarajatlar 380,3 so‘m tejalishiga olib kelgan.  

Endi moddiy xarajatlar darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni 

hisoblash metodikasini ko‘rib chiqamiz. 

Avvalo, umumiy og‘ish, ya’ni hisobot bo‘yicha va reja bo‘yicha 

xarajatlar miqdori o‘rtasidagi farq topiladi (6.6-jadvalning 8-7 gra-

falariga qarang).  

Materiallarning solishtirma xarajatlari o‘zgarishining moddiy 

xarajatlar miqdoriga ta’sirini o‘lchash uchun haqiqatdagi va rejaviy 

xarajatlarni bir xil bahoga taqqoslash zarur. Shu maqsadda qayta hi-

soblangan ko‘rsatkich miqdori xarajatlarning rejalashtirilgan miqdori 

(rejaviy miqdorni rejaviy narxga) bilan har bir band bo‘yicha alohida 

ravishda taqqoslanadi. Farq me’yor hisobiga og‘ishni ko‘rsatadi (gr.9-

gr.7). 


128 

Narx omili ta’siri sarflangan materiallarning bir xil haqiqatdagi 

miqdorini ikki bahoda – haqiqatdagi va rejaviy narxda taqqoslash yo‘li 

bilan, ya’ni qayta hisoblangan ko‘rsatkichni xarajatlarning haqiqiy 

miqdoridan chiqarib tashlash natijasi sifatida o‘lchanadi (gr. 8 – gr. 9).  

Endi esa almashtirish ta’sirini aniqlash qoldi. Bir materialni 

ikkinchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish emas, balki retsepturani 

o‘zgartirish, ya’ni rejada nazarda tutilganga qaraganda boshqacha 

nisbatda bir necha materiallarni saralash amaliyotda tez-tez qayd 

qilinadi. Almashtirish natijasi haqiqatda foydalanilgan materiallar 

to‘plamining rejaviy tannarxini rejalashtirilgan tannarx bilan 

taqqoslash yo‘li orqali aniqlanadi.  

Qayta hisoblangan ko‘rsatkich uchun ajratilgan grafalarda 

haqiqatda foydalanilgan materiallar to‘plami yoziladi, lekin reja 

bo‘yicha 21234 so‘m (20754+480) o‘rniga rejaviy tayyorlash tannarxi 

bo‘yicha jami 21370,9 so‘m (20890,9+480). O‘z navbatida, 

almashtirish hisobiga qimmatlashish 136,9 so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 

ayni vaqtda sarflangan dala shpatini tayyorlash tannarxi 312,1 so‘mga 

kamaygan (narx omili).  

 

 



6.7. Mehnat haqi xarajatlari tahlili 

 

Mehnat xarajatlari mahsulot tannarxida sezilarli solishtirma og‘ir-

likka ega va uning darajasi shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Shuning uchun mehnat haqi dinamikasi tahlili, uning mahsulot 

tannarxidagi ulushi, uning miqdorini belgilab beruvchi omillarni 

o‘rganish va ushbu xarajatlar moddasi bo‘yicha mablag‘larni tejash 

zaxiralarini izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat haqi ko‘plab 

iqtisodiy funksiyalarni bajaradi, ularning orasida ikkita asosiysini 

ajratib ko‘rsatish mumkin:  

Birinchidan

, u aholi pul daromadlarining asosiy manbasi hisob-

lanadi, shuning uchun ishlovchilar, ularning oila a’zolari turmush va 

farovonlik darajasini belgilab beradi. Ularning nafaqat mehnatga, balki 

boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarga nisbatan munosabatini shakl-

lantiradi.  



Ikkinchidan

, mehnatga haq to‘lash xo‘jalik mexanizmining eng 

muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi, ishlab chiqarish samarador-

ligiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.  



129 

“Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash uchun 

xarajatlar” elementiga quyidagi moddalar kiritiladi: 

1. Korxonalarda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va 

tizimlariga muvofiq ishbay baho, tarif stavkalari va lavozim 

oyliklaridan kelib chiqib hisoblangan mehnat haqi.  

2. Rag‘batlantirish xarakteridagi to‘lovlar: ishlab chiqarish 

natijalari uchun mukofotlar, kasb malakasi uchun tarif stavkalari va 

oylikka ustamalar. 

3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq kompensatsiyalash 

xarakteridagi to‘lovlar: tungi vaqtda ishlash, ish vaqtidan tashqari, dam 

olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlash uchun tarif 

stavkalari va oylik mehnat haqiga ustama va qo‘shimcha haq to‘lash. 

4. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yillik) va 

qo‘shimcha ta’tillar (foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyalar), 

o‘smirlarning imtiyozli soatlari, onalar ishida bolasini ovqatlantirish 

uchun tanaffuslar uchun to‘lovlar. 

5. Mehnat haqi qisman saqlangan holda majburiy ta’tildagi xo-

dimlar uchun to‘lovlar va boshqalar.  

6.3-chizmada mehnatga haq to‘lash mablag‘lari omilli tizimining 

mahsulot tannarxidagi tuzilmaviy-mantiqiy modeli tasvirlangan. 

Endi modelga kiritilgan asosiy omillarning ta’sir xarakterini ko‘rib 

chiqamiz.  

Mehnatga haq to‘lash xarajatlarining o‘zgaruvchan qismi ishbay 

baholar bo‘yicha to‘lovlar, ishbaychilar va vaqtbaychilar uchun mahsulot 

ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi sifat yoki miqdoriy ko‘rsatkichlarga 

erishganligi uchun mukofotlar to‘lash hamda mehnat haqining 

o‘zgaruvchan qismiga taalluqli ta’tilning bir qismini o‘z ichiga oladi. 

Ko‘rsatilgan haq to‘lash turlari avvalo ishlab chiqarilgan mahsulot 

hajmiga bog‘liq bo‘ladi. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishchilarga 

hisoblanadigan mehnat haqi shuncha yuqori bo‘ladi. Hajm omili tuzilma 

omili bilan, ya’ni katta yoki kichik mehnat sig‘imi va mos ravishda 

mahsulot birligi uchun haq to‘lashga ega alohida mahsulotlarning ulushi 

o‘zgarishi bilan birgalikda ta’sir qiladi, bu esa ishbay asosida ishlovchilar 

mehnati uchun hisoblangan mehnat haqi o‘zgarishiga olib keladi.  

Mehnatga haq to‘lash xarajatlarining o‘zgaruvchan qismi ta’sir 

qiluvchi uchinchi omil mahsulot birligi uchun bevosita mehnat haqi 

to‘lash hisoblanadi. U ham o‘z navbatida, ilmiy-texnik taraqqiyot va 

ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil qilish yaxshilanishi omillari 


130 

ta’sirida o‘zgaruvchi mahsulot birligi uchun mehnat sig‘imi va soatbay 

mehnat haqi to‘lashga bog‘liq bo‘ladi. 

 

 



 

 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling