Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


5.2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili 

 

Moddiy ta’minotni to‘g‘ri tashkil qilish korxonalar uzluksiz 

ishlashining asosiy shartlaridan biri sanaladi.  

Materiallarga rejaviy ehtiyoj quyidagi formula bo‘yicha 

hisoblanadi: 

M = Me + Zm

yo

 – Zm


yb

 



Bu yerda M – materiallarga rejaviy ehtiyoj; 

Me – rejadagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlash uchun 

materiallarga ehtiyoj; 

Zm

yo



 – davr oxiri uchun materiallar zaxirasi; 

Zm

yb



 – davr boshi uchun materiallar zaxirasi. 

Davr boshida zaxira tashkil qilish uchun moddiy resurslarga 

ehtiyoj uchta baho asosida aniqlanadi: 1) natural o‘lchov birliklarida, 

bu ombor binolariga ehtiyojni belgilash uchun zarur; 2) qiymat 

bo‘yicha – aylanma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash uchun; 3) 

ta’minlanganlik kunlarida – yetkazib berish grafigi bajarilishini 

rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida.  

Korxonaning kunlar bo‘yicha zaxiralar bilan ta’minlanganligi 

quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 

1

;



g i

m i

k

Z

Z

R

=

 



Bu yerda Z

k

 – kunlar bo‘yicha xomashyo va materiallar zaxirasi; 



Z

mi

 – i-turdagi material resurslarning natural yoki qiymat 



ko‘rsatkichlarida ifodalangan zaxiralari; 

R

1gi



 – i-turdagi material resurslarning xuddi shu o‘lchov birligida 

bir kunlik sarfi. 

Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material 

resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo‘lish 

bilan aniqlanadi.  

Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud. 

Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib 

beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.  



Ichki 

manbalar – bu xomashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, 

ikkilamchi xomashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni 

o‘zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish 

natijasida materiallarni tejash.  


102 

Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida 

quyidagilar aniqlanadi: 

1) material resurslarga ehtiyojlarning ularni yetkazib berish 

bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning 

bajarilishi; 

2) yetkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi 

bajarilishiga yetkazib berishdagi buzilishlar ta’siri; 

3) tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi 

bilan muvofiqligi; 

4) material resurslar bilan ta’minlash yetarli bo‘lmaganligiga 

bog‘liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi. 

Material resurslarga ehtiyojlarning yetkazib berish bo‘yicha 

shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar 

orqali baholanadi: 

- reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.r: 

;

ehtiyoj


Rejaviy

summa


yicha

bo‘


ar

shartnomal

Tuzilgan

=

tr



K

 

  - haqiqatda ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.h: 



 

 

 



Haqiqatda yetkazib berilgan material  

resurslar qiymati 

  K

t.h


 =  

.    


Rejaviy ehtiyoj 

Keltirilgan koeffitsiyentlar tahlili materiallarning har bir turi 

bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Yetkazib beruvchilardan olingan materiallar miqdori, ularning 

standartlar, texnik shartlar va shartnoma shartlariga muvofiqligi 

tekshiriladi.  

Agar materiallar pasaytirilgan navlilikda olingan bo‘lsa, u holda bu 

mahsulot birligiga sarf-xarajatlar ortishiga yoki tayyor mahsulotlar 

sifatining mutanosib yomonlashishiga olib keladi. Bunday holatlar 

yengil sanoat uchun xos sanaladi. Mashinasozlik korxonalariga 

nomutanosib profilli metalloprokatlar kelib tushishi, odatda, 

materiallarni ortiqcha sarflash va chiqindi ko‘payishiga, mehnat sig‘imi 

ortishi va mahsulot tannarxi qimmatlashishiga sabab bo‘ladi. Bundan 

yetkazib beruvchilardan olingan materiallar sifati va assortimenti 



103 

shartnoma shartlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini oydinlashtirish 

zarurati yuzaga keladi.  

Tahlil jarayonida material resurslarni tashish ehtiyojining ularni 

yetkazib berish shartnomalari bilan ta’minlanganligi va haqiqatda 

bajarilishini tekshirish zarur.  

 

5.1-jadval 

Material resurslarning shartnomalar bilan  

ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishi 

 

Ehtiyojlarni 

qoplash 

manbalari, 

tonna 

Materialla

r nomi 

Rejaviy 

ehtiyoj, 

tonna 

ichki tashqi

Shartn

o-

malar 

tuzish, 

tonna 

Yetkaz

ib 

beruvc

hi-

lardan 

kelib 

tushdi, 

tonna 

Ehtiyojlar

-ning 

shartnoma

-lar bilan 

ta’minlan-

ganligi,% 

Shart-

nomalar-

ning 

bajarili-

shi, 

A 1 




6=gr.4:gr.3 

7=gr.5:gr.4

Saralangan 

konstruksio

n po‘lat 

1100 300 800 700 650  87,5 

92,8 


Ingichka 

listli po‘lat 

160 - 

160 


150 

150 93,7 100,0 

Mis prokat 

1800 100 

1700 

1450 1450  85,3  100,0 



Latun 

prokat 


400 30 

370 


360 350 97,3  97,2 

 

5.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sifatli po‘lat materialiga ehtiyoj 



rejasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar hamda ichki qoplash 

manbalari bilan to‘liq ta’minlanmagan.  

Reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti: 

 

Kt.r = (300 + 700) : 1100 = 0,909. 



 

Haqiqatda yetkazib berish rejasi 86,3 % ga bajarilgan. 

 

Kt.r = (650 + 300) : 1100 = 0,863. 



 

 

5.3. Ombor zaxiralari holati tahlili 

 

Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda ombor zaxiralarini 

to‘ldirishni to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir 

nomlanishdagi materiallar bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilgan bo‘lishi va 



104 

shu doirada ushbu zaxiralar o‘zining maksimal miqdoridan minimal 

miqdorigacha tebranishi lozim.  

Korxonaning moddiy qimmatliklar zaxirasi quyidagilarni o‘z 

ichiga oladi: normal saqlash zaxiralari – joriy va sug‘urta (ehtiyot); 

texnologik va mavsumiy zaxiralar.  

Zaxiraning maksimal me’yoriga sanab o‘tilgan tarkibiy 

qismlarning barchasi kiradi va u materiallarning navbatdagi partiyasi 

kelib tushgan vaqtdagi zaxiralar holatini aks ettiradi. Minimal me’yor-

ga joriy zaxira kiritilmaydi. Bu me’yor joriy zaxira to‘liq sarflangan va 

yetkazmalarning keyingi partiyasi kelib tushishi kutilayotgan davrdagi 

zaxiralar holatini aks ettiradi.  

Tahlilda har bir nomlanishdagi materiallar ishlab chiqarish uchun 

sarflash kunlarida ifodalangan zaxiraning minimal me’yori bilan 

taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli analitik jadval 

qo‘llaniladi (5.2-jadval).  



5.2-jadval 

Material resurslar zaxira holati tahlili 

 

Haqiqatdagi 

zaxira 

Zaxira me’yori, 

kunlar 

Maksimal 

me’yordan 

og‘ish 

Materiallar 

markasi 

nomi 

O‘rtacha 

sutkalik 

sarf, kg 

kg kunlar maksimal minimal 

kunlar  kg 

Po‘lat mar-

kasi U-10 

50 4800 96 

35 

25  +61 


+3050 

8mm li 


po‘lat 

51,4 3600 70 

94 

80  -24 


-1233,6

 

Hisoblash: 96 – 35 = +61 kun; 



 

61*50 = +3050 kg. 

 

Ushbu misolda hatto maksimal me’yor bilan taqqoslanganda ham 



U-10 po‘latda sezilarli qoldiq mavjud. Ayni vaqtda boshqa turdagi 

po‘lat 1233,6 kg kam.  



 

 

5.4. Material resurslardan foydalanish samaradorligini   

ifodalovchi ko‘rsatkichlar  

 

Zaxiralarni tizimli aniqlash va mobilizatsiyalash, material sarflar 

va mahsulotning material sig‘imini kamaytirish zarurati tahlilda 


105 

material resurslardan foydalanish samaradorligini har tomonlama 

tavsiflovchi va mahsulotning material sig‘imini kamaytirish borasida 

korxona faoliyatini rejalashtirish, hisobga olish, natijalarni tahlil 

qilishga imkon beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanilishini nazarda 

tutadi. Material resurslardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari 



umumiy

 va xususiyga ajratiladi.  

Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: mahsulotning 

material sig‘imi; material qaytimi; mahsulot tannarxida material 

sarflarning ulushi; material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti. 

Material resurslar samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari 

material resurslarning alohida elementlarini iste’mol qilish 

samaradorligini tavsiflash, shuningdek, alohida mahsulotlar material 

sig‘imini baholash uchun qo‘llaniladi. Alohida mahsulotlarning 

solishtirma material sig‘imi qiymat, natural-qiymat va natural ifodada 

hisoblanishi mumkin.  

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi va ularning 

o‘zgarish tendensiyalarini ko‘rib chiqamiz. 

Mahsulotning material sig‘imi 

material sarfining ishlab 

chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va ishlab 

chiqarilgan mahsulotning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi material 

sarfini ko‘rsatadi:  

.

z



e

v

M

M

N

=

 



Bu yerda M

z

 – material sarfi; N



v

 – qiymat yoki natural ko‘rsat-

kichlardagi mahsulot hajmi. Material sarfi tarkibiga xomashyo, asosiy 

va qo‘shimcha materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, yonilg‘i, 

energiya kiritiladi.  

Material qaytimi 

– material sig‘imiga teskari ko‘rsatkich, iste’mol 

qilingan resurslarning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab 

chiqarishni tavsiflaydi: 

.

0

z



v

M

N

M

=

 



Mahsulotlarning turlari bo‘yicha solishtirma material sig‘imi 

mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun material sarfining mahsulotning 

ulgurji narxiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ham natural, 

ham qiymat ifodasida ifodalanishi mumkin. Solishtirma material 

sig‘imini natural ifodada mahsulot tayyorlash uchun nisbatan bir 


106 

turdagi materiallar (1 kvt./s. elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 

shartli yoqilg‘i miqdori yoki 1 kilonomer kalava ishlab chiqarish uchun 

paxta tolasi miqdori) sarflanadigan korxonalardagina aniqlash mumkin. 

Aksariyat korxonalarda mahsulot turli materiallardan tayyorlanadi, 

shuning uchun solishtirma material sig‘imini hisoblash faqat qiymat 

ifodasida amalga oshiriladi.  

Material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti 

– bu 


haqiqatdagi material sarfining rejalashtirilgan kalkulyatsiya bo‘yicha 

hisoblangan material sarfi miqdori va mahsulotning haqiqatdagi ishlab 

chiqarishi hamda assortimentiga nisbatidir.  

 Bu ko‘rsatkich haqiqiy material xarajatlari qiymatini reja bo‘yicha 

material xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi indeksiga 

ko‘paytmasiga bo‘lish orqali aniqlanadi va material sarfi me’yoriga 

rioya qilinishini ko‘rsatadi:  

.

*



q

r

h

m

I

М

М

К

=

 



Agar foydalanish koeffitsiyenti 1 dan katta bo‘lsa, materiallar 

ortiqcha sarflanayotganligini; K

m

 ning 1 dan kichik qiymati material 



resurslar tejalayotganligini anglatadi.  

Material sig‘imining xususiy ko‘rsatkichlari

 material 

resurslarning alohida turlaridan (xomashyo sig‘imi, metall sig‘imi, 

energiya sig‘imi va boshqalar) foydalanish samaradorligini tavsiflash 

uchun, shuningdek, alohida mahsulotlarning material sig‘imi darajasini 

(mahsulot birligiga ishlatilgan barcha materiallar qiymatining uning 

ulgurji narxiga nisbati) tavsiflash uchun qo‘llaniladi. 

 

 



5.5. Material resurslardan foydalanish tahlili 

 

Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish 

uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari 

bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab 

chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa 

materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz 

mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga 

tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra 

foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi. 


107 

Sanoat korxonalari sarfining umumiy miqdorida materiallar sarfi 

miqdori tayyorlanayotgan mahsulotning material sig‘imiga bog‘liq 

ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Material sarfi ulushi yetarli 

darajada keng oraliqda tebranadi – u yengil va oziq-ovqat sanoati 

tarmoqlarida eng yuqori bo‘lsa, kon sanoati tarmoqlarida eng past 

ko‘rsatkichga ega.  

Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo‘qotish va 

hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo‘qo-

tishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, 

moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari 

material resurslardan foydalanish tahlilida o‘z aksini topishi lozim.  

Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va 

mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini 

aniqlashga imkon beradi.  

Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:  

1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning 

haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig‘imi aniqlanadi, keyin esa 

ular o‘rtasidagi farq topiladi.  

2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab 

chiqarishga ko‘paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha 

sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo‘lgan umumiy miqdor ma-

terial sig‘imi o‘zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.  

3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda 

tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig‘imiga 

bo‘lish yo‘li bilan tejash hisobiga qancha qo‘shimcha mahsulot olin-

ganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamay-

ganligi aniqlanadi.  



 

5.3-jadval 

Tovar mahsulot material sig‘imi tahlili 

 

Hisobot yili 

t/r Ko‘rsatkichlar 

reja haq. 

Rejadan 

og‘ish 

 A  1 


1. Moddiy 



xarajatlar, 

ming so‘m 

143252 

166730 


+23478 

2. 


Ulgurji narxlarda korxonaning tovar 

mahsuloti, ming so‘m 

220388 254550  +34162 

3. 


Tovar mahsulot material sig‘imi, so‘m 

(1-modda : 2-modda) 

0,650 0,655 +0,005 


108 

4. 


Rejadagi material sig‘imi 

o‘zgarishining ta’siri: 

X X  X 

4.1 


Mahsulot tannarxiga material sarflar(3-

modda gr.3 *2-modda gr.2), ming so‘m 

X X 

+1272,7 


4.2 

Mahsulot hajmi, ortishi (+), kamayishi 

(-) (4.1-satr. ust .3 : 3-satr ust.1 ), ming 

so‘m 


X X 

-1958 


 

Korxona haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishda 1272,7 ming 

so‘mlik miqdorda materiallar ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ydi. Ushbu 

ortiqcha sarf bir so‘m mahsulot uchun rejaga nisbatan haqiqatdagi sarf 

o‘sishi bilan yuzaga kelgan. Sarflarning rejalashtirilgan me’yoriga 

rioya qilinganda korxona qo‘shimcha ravishda 1958 ming so‘mlik 

mahsulot ishlab chiqarishi mumkin edi.  

Asosiy va ikkinchi darajali kabi turlarga ajratiladigan (paxta 

tozalash va yog‘ zavodlari, go‘sht kombinatlari va boshqa korxonalar), 

xomashyoning bir turidan bir necha turdagi mahsulotlar ishlab 

chiqariladigan sanoat tarmoqlarida materiallardan foydalanish tahlilida 

tadqiqotning boshqa usuli qo‘llaniladi. Bu yerda mahsulot birligiga 

materiallar sarfi ko‘rsatkichi ishlatilmaydi, balki foydalaniladigan 

material birligiga mahsulot chiqish me’yorlari foizlarda aniqlanadi.  

Tahlil haqiqatdagi chiqishlarni normativ bilan taqqoslash usulida 

olib borildi. Agar asosiy mahsulot chiqishi ortayotgan bo‘lsa, korxona 

faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin bo‘ladi.  

Tovar ishlab chiqarishning umumiy material sig‘imini yanada 

chuqurroq tahlil qilish asosida material sarfining qaysi elementlari 

uning o‘zgarishiga ta’sir qilganligini aniqlaymiz. Sarf elementlari: 

xomashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, qo‘shim-

cha materiallar, yoqilg‘i, energiya kesimida material sig‘imining xu-

susiy ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz. 

 

5.4-jadval 

Xususiy ko‘rsatkichlar material sig‘imining             

umumlashtirma ko‘rsatkichiga ta’siri 

 

Ko‘rsatkich 

Reja 

bo‘yicha 

Hisobot 

bo‘yicha 

Rejadan 

og‘ish 

Taqqoslama narxlarda mahsulot 

ishlab chiqarish, ming so‘m 

220388 254550 +34162 

Moddiy xarajatlar, ming so‘m, 143252 

166730 +23478 



109 

jumladan: 

- xomashyo va materiallar 

45179 


52946 

+7767 


Yarimfabrikatlar 84629 

96474 


+11845 

Yoqilg‘i 7934 

8909 

+975 


Energiya 2865 

5092 


+2227 

- boshqa moddiy xarajatlar 2645 

3309 

+464 


Umumiy material sig‘imi, tiyin, 

jumladan: 

65,0 65,5  +0,5 

- xomashyo qismida material sig‘imi 

20,5 

20,8 


+0,3 

- yarimfabrikatlar material sig‘imi 

38,4 

37,9 


-0,5 

- yoqilg‘i material sig‘imi 

3,6 

3,5 


-0,1 

- energiya sig‘imi 

1,3 

2,0 


+0,7 

- boshqa materiallar bo‘yicha 

material sig‘imi 

1,2 1,3 +0,1 

 

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, mahsulot material sig‘imining 



rejaga nisbatan 0,5 tiyinga ortishi boshqa material sarflari bo‘yicha 

xomashyo sig‘imi, energiya sig‘imi va mahsulot sig‘imi mos ravishda 

0,3; 0,7; 0,1 tiyinga ortishi oqibatida sodir bo‘lgan. Boshqa teng 

sharoitlarda ushbu omillar hisobiga material sig‘imi 1,1 tiyinga ka-

mayishi mumkin edi (0,3 + 0,7 + 0,1). Qolgan materiallar bo‘yicha 

mahsulot material sig‘imining 0,6 tiyinga kamayishi e’tiborga loyiq 

(0,5 + 0,1). 

Mahsulot material sig‘imining o‘zgarishi natijalari tannarx 

kalkulyatsiyasi asosida alohida mahsulotlar solishtirma material sig‘imi 

tahlili bilan tasdiqlanishi lozim. Tahlil qilinayotgan korxonada mah-

sulot turli materiallardan tayyorlanganligi uchun va ularning katta 

qismi sotib olinadigan yarimfabrikatlardan iborat ekanligi sababli natu-

ral ko‘rsatkichlarda solishtirma material sig‘imini hisoblash maqsadga 

muvofiq emas.  

Solishtirma material sig‘imi tahlili uslub va usullari obyektni 

tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Yangi mahsulotlar bo‘yicha funksional-

qiymat tahlili asosida ushbu buyum o‘z funksiyalarini bajarishi uchun 

mutlaq zaruriy minimum xarajatlarni hamda konstruksiya va 

texnologiyalar nomukammalligi, mahsulot tayyorlashning samarasiz 

usuli bilan bog‘liq qo‘shimcha yoki ortiqcha sarf-xarajatlarni aniqlash 

mumkin. Yangi turdagi mahsulotlarni loyihalashtirish va konstruktorlik 

yechimlarni tanlash bosqichida konstruktiv va nisbiy material sig‘imi 

tahlili o‘tkaziladi. Korxonaning sa’y-harakatlari mahsulot konstruk-

siyasi hamda materialdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish uchun 



110 

detal va uzellar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga yo‘nal-

tirilgan bo‘lishi lozim.  

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning eng yaxshi xorij namunalariga 

mutanosibligini aniqlash maqsadida eski mahsulot bo‘yicha ham 

bunday tahlilni amalga oshirish zarur.  

Materiallardan foydalanish va uning mahsulot hajmiga ta’sirini 

tahlil qilish yakunida material resurslardan foydalanishni yaxshilash 

asosida mahsulot hajmi o‘sishi uchun zaxiralar hisobi bajariladi. Ushbu 

hisobda materiallarning turli shakllari bo‘yicha sarflarni qisqartirish-

ning aniqlangan barcha imkoniyatlari hisobga olinmaydi, balki 

yetishmasligi ishlab chiqarish o‘sishini chegaralab qo‘ygan materiallar 

bo‘yichagina hisob ishlari amalga oshiriladi. 

 

 



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling