Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Mahsulotni sotishdan tushumni shakllantirish omillari


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

3.7. Mahsulotni sotishdan tushumni shakllantirish omillari 

 

Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum tashkilotning ishlab 

chiqarish tsikli yakunlanganligi, ishlab chiqarishga bo‘naklangan 

tashkilot mablag‘larining pul shaklida qaytganligi va barcha 

mablag‘larning yangi tsikli boshlanganligini tavsiflaydi. Mahsulot 

sotish hajmidagi o‘zgarishlar tashkilotlar faoliyatining moliyaviy 

natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 

Sotishdan tushumlar o‘zgarishi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan 

omillar sirasiga quyidagilar kiritiladi: 

– sotish hajmi o‘zgarishi; 

– sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o‘zgarishi; 

- sotish tarkibi o‘zgarishi. 



62 

Sotishdan tushumlarning umumiy o‘zgarishi quyidagi tarzda omilli 

og‘ishlar miqdori ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin: 

1

0



.

q

p

c

T T T

T

T

T

Δ = −


= Δ + Δ

+ Δ  


Bu yerda  

1

T

– hisobot yilidagi tushum; 

0

T

 – bazis yildagi tushum; 

q

T

Δ

– sotish hajmi o‘zgarishi natijasida og‘ish; 



c

T

Δ

 – sotish tarkibi o‘zgarishi natijasida og‘ish; 



p

T

Δ

 - sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o‘zgarishi natijasida 



og‘ish.  

Bunda tushumni (T) sotish narxining (r) sotish hajmiga (q) 

ko‘paytmasi sifatida tasavvur qilamiz. Bunda bazis yildagi tushum 

quyidagiga teng bo‘ladi: 

.

*

0



0

0

q



p

T

=

 



Joriy yildagi tushum esa:  

.

*



1

1

1



q

p

T

=

 



Bu yerda 

0

,



p

1

p

– bazis va joriy yildagi sotish narxi; 

0

q

1

q



– bazis va joriy yildagi sotish hajmi. 

Bundan kelib chiqqan holda sotish hajmi o‘zgarishining 

(o‘zgarmas narxlar holatida) tushum o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash 

quyidagicha bajariladi:  

 

.

*



)

(

*



*

0

0



1

0

0



0

1

0



1

q

p

q

q

p

q

p

q

p

T

q

Δ

=



=



=

Δ

 



Sotish narxi o‘zgarishining (o‘zgarmas hajmda) tushum 

o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

.

*

)



(

*

*



0

0

1



0

0

0



0

1

1



p

q

p

p

q

q

p

q

p

T

p

Δ

=



=



=

Δ

 



Tahlil jarayonida sotish tarkibining o‘zgarishi kabi omillar ta’siri 

ham aniqlanadi. Bunda alohida assortiment pozitsiyalarning bazis va 

tahlil davrida sotishning umumiy hajmidagi ulushi belgilanadi, keyin 

esa strukturaviy o‘zgarishlarning umumiy sotish hajmiga ta’siri hisob-

lanadi. Sotilgan mahsulot assortimenti o‘zgarishi natijasida olinmay 

qolgan tushum – salbiy, rejadan tashqari tushum ijobiy baholanadi. 



63 

Yanada batafsil tahlilda strukturaviy o‘zgarishlarning yanada aniqroq 

bahosi talab qilinadi. 

 

3.8. Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili 

 

Mahsulot sotish tahlili har oy, chorak, yarim yil va yil uchun o‘tka-

ziladi. Bu jarayonda uning haqiqatdagi ma’lumotlari rejaviy, oldingi 

davrlar bilan taqqoslanadi, rejaning bajarilish foizi, rejadan mutlaq 

og‘ish, tahlil davridagi o‘sish sur’ati va ko‘payish, ko‘payishning bir 

foizi uchun mutlaq qiymat hisoblanadi.  

Baholash jarayonida farq kuzatilgan assortiment pozitsiyalarini 

ajratish zarur: 

– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining reja bilan farqi, shu sababli 

mahsulot sotish hajmi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmagan; 

– haqiqatda ishlab chiqarish hajmining rejalangan sotish hajmi 

bilan farqi, shu sababga ko‘ra korxonada sotilmagan mahsulotlarning 

me’yoridan ortiqcha zaxiralari to‘planib qolgan. 

Analitik ishlarni amalga oshirish jarayonida ushbu vaziyatlarning 

tashkilot uchun oqibatlari baholanadi. Birinchi holatda – bu shartnoma 

majburiyatlari buzilganligi uchun jarima sanksiyalari, ikkinchisida – 

mavjud me’yoridan ortiqcha zaxiralar bilan bog‘liq xarajatlarning 

yuzaga kelishi: ombor xarajatlari, mulk solig‘i oshishi, aylanma 

mablag‘lar aylanuvchanligi sekinlashuvi, kapitalning zaxiralarda qotib 

qolishi va boshqalar.  

 

 

3.1-chizma. Mahsulot sotish hajmining omilli tahlili sxemasi 



Mahsulot sotish hajmining o‘zgarishi 

2. Tahlil davri boshi va oxiri 

uchun jo‘natilgan tovarlar 

qoldig‘i o‘zgarishi 

2.1 Muddati kelmagan to‘lovlar 

muddatlari. 

2.2 Xaridorlar tomonidan o‘z 

muddatida to‘lanmagan. 

2.3. Xaridorlarning 

ishonchnoma asosida saqlashida 

bo‘lganlar. 

1.Mahsulotlarni jo‘natish o‘zgarishi 

1.1 Yil boshi uchun tayyor 

mahsulot qoldig‘i 

o‘zgarishi. 

1.2 Tovar mahsulotlar ishlab 

chiqarish o‘zgarishi 

1.3 Yil oxiri uchun tayyor 

mahsulot qoldig‘i 

o‘zgarishi. 



64 

Quyida ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichlari, ombordagi mahsulot 

qoldiqlarini sotish va dinamikasining qiyosiy tahlili tovar balansi 

doirasida amalga oshiriladi.  

Mahsulot sotish tahlilining ikki variantini qo‘llash mumkin. Agar 

tashkilot tushumi tovar mahsulotlar jo‘natilishi bilan aniqlansa, u holda 

tovar mahsulotlar balansi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 

O

yb



 + T = R + O

yo



Bundan: R = O

yb

 + T – O



yo

 

Agar tushum jo‘natilgan mahsulot to‘lovi amalga oshirilgandan 



so‘ng aniqlansa, u holda tovar balansini quyidagicha yozish mumkin:  

   


 

 

O



yb

 + T + OT

yb

 = Z + OT



yo

 + O


yo

   



 

 

R = O



yb

 + T + OT

yb

 – OT


yo

 – O


yo

Bu yerda O



yb

 , O


yo

 – davr boshi va oxiri uchun omborlardagi 

tayyor mahsulot qoldig‘i; 

T – tovar mahsulotlar ishlab chiqarish; 

R –hisobot davrida mahsulot sotish hajmi; 

OT

yb



, OT

yo

 – davr boshi va oxiri uchun xaridorlar tomonidan 



to‘lanmagan jo‘natilgan mahsulot qoldig‘i.  

Mazkur omillarning mahsulot sotish hajmiga ta’sirini hisoblash 

omilli ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejaviy bilan 

taqqoslash va ularning har biri uchun mutlaq hamda nisbiy o‘sishlarni 

hisoblab chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

 

 



   

 

 

 

 

 

 

3.6-jadval 

Mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiluvchi  

omillar tahlili (ming so‘mda) 

 

Hisobot yili 

№ Ko‘rsatkich 

Shartli 

belgi 

reja haq. 

Rejadan 

og‘ish 

Sotish 

hajmiga 

ta’sir 

Yil boshida 



tayyor mahsulot 

qoldig‘i 

Q

yb 


16166 25352  +9186 

+9186 


Tovar mahsulot 

ishlab chiqarish 

T 268682 

281126 

+12444 +12444 



Yil oxirida tayyor 

mahsulot qoldig‘i 

Q

yo 



24394 26098  +1704 

-1704 


Mahsulot sotish 

(moddalar:1+2-3) 

R 260454 

280380 

+19926 


 

 



65 

Bizning misolimizda mahsulot sotish rejasi 19926 ming so‘mga 

yoki 7,6% ziyod bajarilgan (19926 *100 : 260454). Ulardan 9186 ming 

so‘m yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldiqlari ortishi ulushiga to‘g‘ri 

keladi. Tovar mahsulotlarni rejadan tashqari ishlab chiqarish 12444 

ming so‘mni tashkil qiladi va sotish ham xuddi shu miqdorga ortgan. 

Biroq tayyor mahsulot qoldiqlarining rejadan tashqari o‘sishi yil 

oxirida sotish hajmining 1704 ming so‘mga kamayishiga olib keldi.  



 

3.7-jadval 

Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalarini 

umumlashtirish 

№ Omillar 

Summa, 

ming so‘m 

Rejaga 

nisbatan foizda

1.  Yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining 

ortishi 

+9186 +3,5 

2.  Tovar mahsulotni rejadan tashqari ishlab 

chiqarish 

+12444 +4,7 

3.  Yil oxiri uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining 

ortishi 

-1704 -0,6 



∑  Jami +19926 

+7,6 


 

Hisoblashni tekshirish: 

+9186 +12444 -1704= +19926 ming so‘m; 

+3,5 +4,7 -0,6 = +7,6%. 

Tahlil jarayonida omborlarda rejadan tashqari qoldiqlar vujudga 

kelishi, xaridorlar tomonidan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar 

amalga oshirilmasligining sabablarini aniqlash va mahsulot sotish 

hamda tushum olishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar 

ishlab chiqish zarur. 

 

3.9. Mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 



majburiyatlari tahlili 

 

Yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini 

hisobga olgan holda sotish ko‘rsatkichlarini amaliyotda qo‘llash juda 

muhim ahamiyatga ega, chunki korxona rahbariyatining ishlab chiqa-

rilayotgan mahsulotning natural-moddiy tarkibi va uning xaridorlar 

bilan shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga mutanosibligiga e’ti-

borini kuchaytiradi. Pul muomalasini tartibga solish uchun mahsulot 

sotishdan tushumlar miqdorini ham bilish lozim. 



66 

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashga 

o‘tishdan avval umumiy miqdor va mahsulotlar assortimenti bo‘yicha 

sotish rejasining yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor 

mahsulot qoldiqlari hamda tovar mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi 

bilan muvofiqligini, shuningdek, rejaviy sotish hajmining xaridorlar 

bilan shartnomalar orqali ta’minlanganligini tekshirish zarur. Amali-

yotda shartonmalarning umumiy summasi sotish rejasidan kam 

bo‘lgan, ya’ni rejalashtirilayotgan sotish ta’minlanmagan holat uchrab 

turadi. Mahsulotlarning rejalashtirilgan natural-moddiy tarkibi bilan 

shartnomalar va ularga ilova qilingan spetsifikatsiyalarda qayd qilingan 

xaridorlar buyurtmalari o‘rtasida tafovut undan ham ko‘proq 

kuzatiladi. 

Bundan tashqari, yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor 

mahsulot qoldiqlari sotshini rejalashtirishda taxminan hisoblanadi, 

chunki yil boshi uchun ushbu qoldiqlar haqida hisobot ma’lumotlari 

mavjud bo‘lmaydi (kelgusi yil rejasi hisobot yili yakunlangunga qadar 

ishlab chiqiladi). Shu sababli mahsulotlarning rejaviy balansi real 

bo‘lmasligi mumkin. Yil boshi uchun balans bo‘yicha sotilmay qolgan 

tayyor mahsulot qoldiqlarini aniqlash uchun ularning sotish hajmining 

rejaviy hisoblashlari uchun qabul qilingan miqdori bilan taqqoslanadi. 

Tekshirish natijalari bo‘yicha zaruratga ko‘ra sotishning 

rejalashtirilgan umumiy hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Mahsulotning natural-moddiy tarkibi bo‘yicha xaridorlar bilan 

shartnomalarga sotish rejasi mutanosibligiga oid yanada batafsil tahlil 

rejalashtirilgan ishlab chiqarish assortimenti va yil boshi va oxiri uchun 

sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari haqida ma’lumotlar jalb 

qilinishini taqozo etadi.  

Sotish rejasi asoslanganligi va realligi tekshirilgandan so‘ng uning 

bajarilishini baholashga o‘tish talab qilinadi.  

Mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari 

bajarilishi quydagi formula bo‘yicha aniqlanadi (foizlarda):  

(

)

0



0

:

100%.



Kn

N

Nn N

=



 

Bu yerda Kn – shartnoma majburiyatlari rejasi bajarilishi foizi, %; 



N

 

– tuzilgan shartnomalar uchun rejaviy mahsulot hajmi, ming 

so‘m; 

Nn – shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilmagan mahsulot, ming 

so‘m. 


67 

Shartnomalar bo‘yicha rejaning bajarilmasligi korxona uchun 

tushum kamayishi, jarima sanksiyalari to‘lashga olib keladi. Bundan 

tashqari, raqobat sharoitida korxona mahsulot sotish bozorini 

yo‘qotishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish tanazzuliga sabab bo‘ladi.  

Shartnoma majburiyatlari bajarilishi tahlili alohida shartnomalar, 

mahsulot turlari, yetkazib berish muddatlari kesimida tashkil etilishi 

lozim. 


3.8-jadval 

Mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma  

majburiyatlarining bajarilishi, ming so‘m 

 

Reja bo‘yicha 

shartnomalar tuzish 

uchun mahsulot ishlab

chiqarish 

Shartnoma 

majburiyatlari 

bo‘yicha yetkazib 

berilmagan mahsulot

Mahsulot yetkazib 

berish bo‘yicha 

shartnoma 

majburiyatlarining 

bajarilishi, % 

Hisobot 

davri 

hisobot oyi 

uchun 

yil 

boshidan 

buyon 

hisobot 

oyi uchun

yil 

boshidan 

buyon 

hisobot oyi 

uchun 

yil 

boshidan 

buyon 

Yanvar  


500 

500 


100 



100 

Fevral  


520 

1020 


 

 

100 



100 

Mart  


520 

1540 


15 

40 


97,1 

97,4 


va 

boshqalar 

      

 

3.9-jadval  



Umuman korxona bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi 

quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (ming so‘mda) 

 

№ Ko‘rsatkich 

Hisobot yili 

uchun reja 

Hisobot yili 

uchun haqiqatda 

1. Taqqoslama 

narxlarda 

sotish 260454 

280380 

2. Yetkazib 



berishlar 

bo‘yicha 

majburiyatlarning bajarilmasligi  

X 20950 


3.  Yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni 

hisobga olgan holda mahsulot sotish hajmi 

X 239504 

4.  Sotish rejasining bajarilish foizi 

91,9 


 

Bizning misolimizda umumiy hajm bo‘yicha mahsulot sotish rejasi 

107,6% ga bajarilgan. Biroq mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 

majburiyatlarni hisobga olgan holda reja 91,9% (239504 * 100 : 

260454) ga bajarilib, yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar 

bajarilmasligi 20950 ming so‘mni tashkil qiladi.  



68 

Yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar hisobga olingan holda 

sotish hajmi 239504 ming so‘m (260454 – 20950). 

Yetkazib berishlar borishini tezkor tahlil qilish uchun axborot 

manbalari sifatida asosan operativ-texnik va statistik hisob 

ma’lumotlari, kuzatish materiallari xizmat qiladi.  

Buxgalteriya hisobi ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qilishi 

mumkin, lekin kechikuvchi xarakteri bilan bog‘liq ravishda ancha 

chegaralangan holda qo‘llaniladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash 

assortiment kesimida, shuningdek, yetkazib berishlar muddatlari 

bo‘yicha har bir oluvchi bo‘yicha jo‘natmalar haqida tezkor axborot 

olishga imkon beradi.  

 

3.10. Mahsulot sifati tahlili 

 

Hozirgi sharoitda zamonaviy turdagi mahsulotlarni zaruriy miq-

dorda va yuqori sifatli ishlab chiqarish hal qiluvchi vazifalardan biri 

sanaladi.  

Mahsulot sifati – mahsulot sotish o‘sishiga imkon beruvchi asosiy 

omillardan biri bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxona-

lar raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. 

Mahsulot sifati

 – uning mo‘ljallanganligiga muvofiq muayyan 

ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shartlovchi mahsulotlar 

xususiyatlari majmuyidir.  

Sanoatning turli tarmoqlari mahsulotlari o‘ziga xos sifat 

parametrlariga ega. Mashinasozlik milliy iqtisodiyot uchun yangi 

texnikalar yaratish va amaldagi texnikalarni rekonstruksiya qilishda 

yetakchi tarmoq hisoblanadi. Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida 

sifatni tavsiflovchi belgilar tovarlarning iste’mol xususiyatlarini 

oshirish, masalan, matolar asilligi, bo‘yoq chidamliliigi, mahsulotlar 

mustahkamligi, kaloriyalilik va boshqalar hisoblanadi.  

Yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmi texnik taraqqiyot darajasini 

tavsiflaydi.  

Tabiiyki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning ilk davrida katta 

xarajatlarni talab qiladi, lekin bu loyiha quvvatlarini o‘zlashtirish, 

kelgusida seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish natijasida o‘zini 

qoplaydi. Tobora mahsulot tannarxi kamayib, mos ravishda uning 

ulgurji narxlari ham pasayadi. Bu ham ishlab chiqaruvchilar, ham 

iste’molchilar uchun foydali hisoblanadi.  


69 

Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta 

xususiyatlarining miqdoriy tavsifi sifat ko‘rsatkichi, deb yuritiladi.  

Mahsulotlar  sifat ko‘rsatkichining umumiy, individual va 

bilvosita ko‘rsatkichlari mavjud. Sifat ko‘rsatkichlari mahsulotlarning 

parametrik, iste’mol, texnologik dizayn xususiyatlarini, uning standart-

ga muvofiqligi, ishonchliligi va chidamliligini tavsiflaydi. 

Umumiy ko‘rsatkichlar

 turi va mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar 

barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning 

ulushini tavsiflaydi: 

– umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi; 

– sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi; 

– xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi; 

– eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat 

mamlakatlariga jo‘natilayotgan mahsulotlar va boshqalar.  

Mahsulot sifatining individual (yagona) ko‘rsatkichlari uning 

xossalaridan birini tavsiflaydi: 

– foydalilik (sut yog‘liligi, ko‘mirning yonuvchanligi, rudada temir 

miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar); 

– ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi); 

– konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks etti-

ruvchi texnologiklik (mehnat sig‘imi, energiya sig‘imi va hokazo); 

– mahsulotlar estetikligi. 

Bilvosita ko‘rsatkichlar – 

bular sifatsiz mahsulotlar uchun jari-

malar, yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va ulushi, rekla-

ma qilingan mahsulotlar ulushi, yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotishlar 

va boshqalar.  

Mahsulot sifatini tahlil qilish asosida quyidagi vazifalar hal qili-

nadi: 

– mahsulotlarning texnik darajasi baholanadi; 



– bazaviy va nazariy mumkin bo‘lgan darajaga nisbatan alohida 

mahsulotlar bo‘yicha ushbu darajaning og‘ishi aniqlanadi; 

– tayyorlash va yetkazib berish sifatini tavsiflovchi parametrlar 

bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinadi; 

– mahsulotlar texnik darajasini sekinlashtiruvchi omillar aniqla-

nadi; 


– mahsulot sifatini oshirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish va 

yo‘qotishlarni qisqartirish imkoniyatlari asoslanadi.  



70 

Mahsulot sifatini tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot tahlil 

qilinayotgan obyektning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi 

(konstruksiyalar haqida ma’lumotlar, mehnat vositalari va predmet-

larida qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish va sotish 

natijalari, reklama haqida ma’lumotlar va boshqalar)  

Axborot manbalari sifatida sinov hujjatlari, fizik-kimyoviy 

ko‘rsatkichlarning laboratoriya nazorati ma’lumotlari, texnik nazorat 

bo‘limi (TNB) ma’lumotlari va boshqalar xizmat qiladi.  

Mahsulot sifati bo‘yicha rejaning bajarilishini umumlashtirma 

baholash uchun turli usullar, jumladan ball usuli qo‘llaniladi. Baholash-

ning ball usuli mohiyati shundan iboratki, mahsulot sifatining o‘rtacha 

tortilgan bali aniqlanadi hamda uning haqiqatdagi va rejadagi darajasini 

taqqoslash yo‘li bilan sifat bo‘yicha reja bajarilishining foizi topiladi.  

Sifat nav bilan tavsiflanadigan mahsulotlar bo‘yicha har bir nav-

ning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi, o‘rtacha navlilik koeffit-

siyenti, taqqoslama shartlarda mahsulotning o‘rtacha tortilgan narxi 

hisoblanadi. Birinchi ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashda 

mahsulotning umumiy hajmida har bir navning haqiqatdagi ulushi 

rejadagi bilan, sifat dinamikasini o‘rganish uchun esa – o‘tgan davrlar 

ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti barcha 

navdagi mahsulotlar qiymatining yuqori nav bahosi bo‘yicha qiymatiga 

nisbati sifatida aniqlanadi.  

3.10-jadvaldan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish rejasi 98,8 % 

bajarilgan, yuqori navli mahsulot ishlab chiqarish 104,9 % , birinchi 

navli – 90,9 %. Biroq bu navlilik bo‘yicha reja bajarilganligini tavsif-

lamaydi. O‘rtacha navlilikning rejadagi va haqiqatdagi koeffitsiyent-

larini, shuningdek, mahsulot birligining o‘rtacha sotilgan bahosini 

aniqlash talab qilinadi. 

 

3.10-jadval 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling