Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirining tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirining tahlili 

 

№ Ko‘rsatkichlar  Belgi 

Biznes 

reja 

Haqiqat 

Farqi 

( +;-) 

1  Xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha 

o‘rtacha soni, kishi 

X 100  110  +10 

2  Har bir xodimga to‘g‘ri keladigan 

ish kuni, kun 

K 280  275  -5 

3  Xodimlarning o‘rtacha bir kunlik 

mehnat unumdorligi, so‘m 

Mu 17500 18100  +600 

4  Mahsulot hajmi, ming so‘m 

Mh 490000 547525 +57525 

 

Jadval ma’lumotlari asosida mahsulot hajmiga mehnat omillari 



ta’sirini integral usuli yordamida aniqlaymiz. 

 

.



=

Мх

Му



К

Х



 

44 

(

)



(

)

( )



1

0

0



1

1

1



10

 

2



3

2

1



275 17500 280 18100

10

5 600 49392,5.



3

Х

Мх

Х

К Му

К Му

Х

К

Му

Δ

= Δ ∗



+



+ Δ ∗Δ ∗Δ

= ∗


+



+ ∗ ∗ − ∗

=

(

)



( )

(

)



( )

1

0



0

1

5



1

1

 



2

3

2



1

100 17500 110 18100

10

5 600


9347,5.

3

К



Мх

К Х Му

Х Му

Х

К

Му

Δ



= Δ ∗

+



+ Δ ∗Δ ∗Δ

=





+



+ ∗ ∗ − ∗

= −


 

(

)



(

)

( )



1

0

0



1

1

1



600

 

2



3

2

1



110 280 100 275

10

5 600 17480.



3

Му

Мх

Му

Х

К

Х

К

Х

К

Му

Δ

= Δ



+



+ Δ ∗Δ ∗Δ

=





+



+ ∗ ∗ − ∗

=

 



49392,5 - 9347,5 17480 57525.

Х

К

Му

Мх

Мх

Мх

Мх

Δ

= Δ



+ Δ

+ Δ


=

+

=



 

O‘rganilayotgan korxonada xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha 

sonining 10 kishiga ortishi mahsulot hajmining 49392,5 ming so‘mga 

o‘sishiga olib kelgan. O‘rtacha ish kunlarining rejaga nisbatan 5 kunga 

qisqarishi mahsulot hajmining 9347,5 ming so‘mga qisqarishiga olib 

kelgan. Shunga qaramasdan, xodimlarning bir kunlik mehnat 

unumining 600 so‘mga oshishi hisobiga mahsulot hajmi 17480 ming 

so‘mga ko‘paygan. Har uchala omil ta’sirida mahsulot hajmi 57525 

ming so‘mga oshganligini ijobiy baholash mumkin. Yo‘qotilgan ish 

kunlari korxona tomonidan foydalanilmagan ichki imkoniyat sifatida 

qaraladi.  

Karrali va aralash modellarda omillar ta’sirini hisoblash formulasi: 

U

U

 



 

=

=



 

 

x



x

 

 



/

/

 



 

y

y



 

  



U

U



x

x

 



 

=

=



 

 



x

x



 

 

/



/

 

 



y



y

 

 



*

*

l



l

n

n



 

 

y



y

1

1



 

 

/



/

 

 



y

y

0



0

 



U

U



y

y

 



 

=

=



 

 



U

U



 

 

-



-

 

 



U



U

x

x



 

 

 



U

U

 



 

=

=



 

 

x



x

 

 



/

/

 



 

(

(



y

y

+



+

z

z



)

)

 



  



U

U

x



x

 

 



=

=

 



 

[

[



x



x

/

/



(

(



y

y



+

+

 



 



z

z

)



)

]

]



 

 

*



*

 

 



l

l

n



n

 

 



(

(

y



y

1

1



+

+

 



 

z

z



1

1

 



 

)

)



/

/

(



(

y

y



0

0

+



+

 

 



z

z

0



0

)



U



U

y

y



 

 

=



=

 

 



[

[

(



(



U

U

 



 

-

-



 

 



U

U



x

x

 



 

)

)



 

 

/



/

 

 



(

(



y

y



+

+

 



 



z

z

)



)

]

]



 

 

*



*

 

 



y



y

 

  



U



U

z

z



 

 

=



=

 

 



[

[

(



(



U

U

 



 

-

-



 

 



U

U



x

x

 



 

)

)



 

 

/



/

 

 



(

(



y

y



+

+

 



 



z

z

)



)

 

 



]

]

*



*

 

 



z



z

 

  



Usulning muhim xususiyati shundaki, u omillar tizimi modeliga 

kiruvchi elementlar miqdori va ularning o‘rtasidagi aloqa shaklidan 

qat’iy nazar turli vazifalarni yechish uchun umumiy yondashuvni 

yuzaga keltiradi. 



 

 

45 

Nazorat savollari 

 

1. Iqtisodiy tahlil metodlarini ta’riflang. 

2. Materialistik dialektikaning umumiy metodini batafsil 

tavsiflang. Uning asosiy elementlarini sanab bering. 

3. Umumiy ko‘rinishdagi dialektik metod ta’riflaridan foydalangan 

holda iqtisodiy tahlil metodlarining asosiy xususiyatlarini sanab bering. 

4. Tahlil usullari va uslublarini tasniflash asosida qanday 

tamoyillar yotadi? 

5. Omilli tahlil deganda nima tushuniladi? 

6. Omillar qanday tasnifiy belgilar asosida guruhlanadi? 

7. Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli qanday o‘rin tutadi? 

8. Ko‘rsatkichlarni taqqoslama ko‘rinishga keltirishning asosiy 

usullarini sanab bering. 

9. Nisbiy miqdorlarning asosiy turlarini tavsiflang. 

10.  O‘rtacha miqdorning keng tarqalgan ko‘rinishlarini ayting. 

11.  Tipologik, tuzilmaviy va analitik guruhlash nimaga 

mo‘ljallangan? 

12.  Iqtisodiy tahlilda balans usuli nima maqsadda qo‘llaniladi? 

13.  Zanjirli o‘rin almashtirish, mutlaq farqlar, nisbiy farqlar, 

integral usullari mohiyati, qo‘llanish sohasi va ularda hisoblash 

jarayonlarini tavsiflang. 

14.  Integral usul afzalliklarini tavsiflang. 

1.  

Keltirilgan ma’lumotlar asosida mahsulot hajmiga ta’sir 



qiluvchi omillarni barcha mumkin bo‘lgan usullarda hisoblang: 

 

Ko‘rsatkich 



Bazis davr 

Hisobot davri 

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m. 

4800 

5920 


Xodimlar soni 

15 


16 

Bir ishchining ishlab chiqarishi, ming so‘m. 

320 

370 


 

2. Integral usulni qo‘llagan holda mahsulot hajmiga ishlab chiqa-

rish fondlaridan foydalanish ta’sirini tahlil qiling. 

 

Ko‘rsatkich 

Shartli belgi  Bazis davr 

Hisobot 

davri 

Mahsulot hajmi, ming so‘m.  

42820 


44575 

Asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining o‘rtacha yillik 

qiymati, ming so‘m.  

AIChF 46005  46890 

Fond qaytimi 

Fq 





46 

3. Keltirilgan ma’lumotlar asosida mahsulot hajmiga ishchilarning 

bir soatlik mehnat unumdorligi, ish kunining o‘rtacha davomiyligi, bir 

ishchi tomonidan ishlangan kunlarning o‘rtacha soni va ishlovchilar 

tarkibida ishchilar salmog‘i o‘zgarishining ta’sirini tahlil qiling: 

 

Ko‘rsatkich Shartli 



belgi 

Hisobot yili 

uchun reja 

Hisobot yili 

uchun 

haqiqatda 

Mahsulot (ish, xizmat) hajmi, ming 

so‘m. 

V 848500 



877780 

Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni 

Xs 

4657 


4598 

shu jumladan, ishchilar soni 

Is 3394 

3353 


Yil davomida barcha ishchilar 

tomonidan ishlangan kunlar miqdori 

Ik 818632,8 780913,7 

Yil davomida barcha ishchilar 

tomonidan ishlangan soatlar miqdori 

kishi-soat 6219196,7 6383698,5 

 

4. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida xodimlar soni va 



mehnat unumdorligining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’sirini indeks 

usulda hisoblang. 



 

47 

 

  

 

 

III bob. MAHSULOT(ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB  

CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI 

 

3.1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi  

tahlilining mazmuni va vazifalari 

 

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsif-



lovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi 

uning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, 

shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, 

korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati va boshqa 

iqtisodiy ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. 

Mahsulot ishlab chiqarish tahlilining maqsadi raqobatchilarga 

nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo‘llarini topish, ishlab 

chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda 

bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona 

foydasini oshirish hisoblanadi.  

Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning 

asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor 

konyunkturasi o‘zgarganda resurslar bilan o‘zgaruvchan manyovr 

qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa 

quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bajariladi: 

• Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va 

dinamikasi o‘zgarishi ustidan tizimli nazorat; 

• Hajm bo‘yicha bitimlar bajarilishini baholash, yetkazib berishlar 

maromiyligi, mahsulotlar butligi; 

• Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash; 

• obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot 

ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha 

korxona faoliyatini baholash; 

• Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniqlangan 

zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 

Ishlab chiqarish hajmini o‘rganish ish faolligining muayyan 

diapazonida, ya’ni relevant qator taqdim etuvchi min-max chegarasida 


48 

amalga oshiriladi. Tahlil nafaqat mutlaq min-max chegarasida, balki 

o‘zgarmas doimiy xarajatlar chegarasida ham amalga oshirilishi 

mumkin. Relevant qator minimal mumkin, maksimal mumkin, optimal 

va haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini tashkil qiladi. 

 

 



 

3.1-chizma. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlili obyektlari 

 

Mahsulot ishlab chiqarishning minimal hajmi –mavjud ishlab chi-



qarish shart-sharoitlari hamda mahsulot uchun narxlarda daromadlar va 

xarajatlar tengligiga erishiladigan hajm hisoblanadi. 

Maksimal hajm ishlab chiqarish omillarining maksimal yukla-

masini ta’minlaydi. 

Optimal sifatida shunday ishlab chiqarish hajmi e’tirof etiladiki, 

bunda mavjud ishlab chiqarish shart-sharoitida muayyan narx 

diapazonida maksimal foyda olish ta’minlanadi. Optimallashtirish 

Tahlil 

obyektlari 

Mahsulot ishlab 

chiqarish hajmi 

ko‘rsatkichlari  

Mahsulot ishlab 

chiqarish hajmining 

relevant qatori 

ko‘rsatkichlari 

Mahsulotlar 

assortimenti va 

tuzilmasi 

Ishlab chiqarish 

maromiyligi 

Mahsulot ishlab chiqarish 

hajmini oshirish zaxiralari  

 

Zararsiz hajm 

Optimal hajm 

Maksimal hajm 


49 

vazifasi amaliydan ko‘ra ko‘proq nazariy sanalsa-da, biroq mahsulot 

ishlab chiqarishni rejalashtirishda bilish zarur bo‘lgan mo‘ljal 

hisoblanadi.  

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot 

manbalari

 sifatida tashkilotlar biznes-rejasi, operativ reja-grafiklar, 1-

S shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida”, 1-S 

shakliga ilova - “Sanoat korxonalarining 2017 yilda mahsulot yetkazib 

berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi 

yuzasidan so‘rov”, 1-korxona shakli - “Tashkilot xo‘jalik faoliyatining 

asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”, 2-shakl - “Moliyaviy natijalar 

to‘g‘risida hisobot”, Tayyor mahsulot harakati haqida ma’lumotnoma 

va birlamchi hisobga olishning ayrim ma’lumotlari hamda mahsulot 

yetkazib berish bo‘yicha shartnomalardan foydalaniladi. 

 

3.2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili 

 

Korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot natural, shartli-



natural va qiymat ko‘rsatkichlari yordamida o‘lchanadi. 

Natural ko‘rsatkichlar tahlil uchun qulay va korxona tomonidan 

bajarilgan ishlar hajmini nisbatan aniq tavsiflaydi. Lekin natural 

ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi chegaralangan, chunki aksariyat korxonalar 

bir emas, balki bir necha turdagi mahsulotlar tayyorlaydi, bu esa turli 

mahsulotlarni jamlashni istisno etadi. Natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash 

cheklanganligi shartli-natural ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishiga olib 

keldi. Masalan, yigirish ishlab chiqarishida mahsulotlar hisobi kilo-

nomerlarda, to‘qimachilik ishlab chiqarishida – hisob kalavada olib 

boriladi va hokazo. 

Tahlilda qiymat ko‘rsatkichlardan yalpi va tovar mahsulotlari 

ko‘proq qo‘llaniladi, ular mahsulot ishlab chiqarish hajmining 

bajarilish darajasini tavsiflaydi. 

Yalpi mahsulot tarkibiga asosiy va qo‘shimcha sexlar tomonidan 

ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar, o‘zlari ishlab chiqargan 

yarimfabrikatlar, tashqariga chiqarilgan sanoat xarakteridagi ish va 

xizmatlar, o‘z asbob-uskunalarini kapital ta’mirlash, tugallanmagan 

ishlab chiqarish qoldiqlari o‘zgarishi, maxsus mo‘ljallangan 

instrumentlar va o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar kiritiladi. 

Yalpi mahsulotdan farqli o‘laroq, tovar mahsulotlar tarkibiga 

buyurtmachilar xomashyosi qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish 


50 

qoldiqlari o‘zgarishi, o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar va 

instrumentlar kiritilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari 

o‘sishi yoki kamayishi faqatgina korxonalar qatorida va ishlab 

chiqarishning uzoq tsikli bilan hisobga olinadi. 

Tahlil mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o‘rganish, bazis va 

zanjirli o‘sish sur’ati hamda ko‘payishni hisoblash bilan boshlanadi. 

Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda 

ifodalanishi lozim, uning asosi sifatida esa bazis davr narxlari qabul 

qilinadi. Masalan, i-davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmini bazis 

davr narxida aniqlash uchun uning miqdorini n oldingi davrlar uchun 

narxlar indeksi ko‘paytmasiga bo‘lish lozim:  

215000:1,30=165384; 

220000 : (1,35*1,30)=125356 va hokazo. 

O‘sishning bazis sur’ati har bir keyingi darajani dinamik qatorning 

birinchi yiliga nisbati bilan, zanjirli sur’ati – oldingi yilga nisbati bilan 

aniqlanadi. 

3.1- jadval 

Ishlab chiqarish dinamikasi tahlili 

 

Ishlab chiqarishning 

o‘sish sur’ati, % 

Yil 

Joriy narxlarda 

mahsulot ishlab 

chiqarish hajmi, 

ming so‘m 

Narx indeksi 

Bazis yildagi 

narxlarda 

mahsulot ishlab 

chiqarish hajmi, 

ming so‘m 

bazis zanjirli 

2011 200 

000 

1,0  200 000 



100 

100 


2012 215 

000 


1,30  165384 

82,7 


82,7 

2013 220 

000 

1,35  125356 



62,6 

75,8 


2014 339150 

1,20  209352 

104,6 

167,0 


2015 336006 

1,10  254550 

127,3 

127,6 


 

3.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dastlabki ikki yil mahsulot ishlab 

chiqarishja inqiroz sodir bo‘lgan, keyingi yillarda esa biroz o‘sish qayd 

qilingan. Yakunda 4 yilda ishlab chiqarish hajmi 27,3 % ga o‘sgan. 

Keyingi tahlillarda o‘rtacha geometrik yoki o‘rtacha arifmetik 

tortilgan bo‘yicha aniqlanadigan mahsulot o‘sishining o‘rtacha yillik 

sur’ati aniqlanadi. 

Uning o‘rtacha geometrigini hisoblaymiz: 

1

4

1



2

3

4



5

4

* * * *



1,0*0,827 *0,758*1,670*1, 276

1,335 1,074=107,4%.



n

T

T T T T T

=



=

=

=



=

 


51 

Demak, mahsulot ishlab chiqarish o‘sishining o‘rtacha yillik sur’ati 

7,4% ni tashkil qiladi. 

Mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o‘rgangandan so‘ng 1-S 

shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida” hisobot 

shakli ma’lumotlari bo‘yicha taqqoslama narxlarda mahsulot (ish, 

xizmat) hajmi bajarilishini baholash zarur. Ushbu hisobot shaklida 

mahsulot (ish, xizmat) hajmi quyidagicha aks ettiriladi: 

a) taqqoslama ulgurji narxlarda; 

b) hisobot davrining amaldagi narxlarida. 

Taqqoslama narxlar mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati va 

reja bajarilishini aniqlash uchun zarur. 

3.2-jadval ko‘rsatkichlari korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmi 

rejasini uddalaganligidan darak beradi. mahsulot (ish, xizmat) hajmi 

rejasi taqqoslama narxlarda 34162 ming so‘mga yoki 15,50% ga ortig‘i 

bilan bajarilgan, oldingi yilga nisbatan o‘sish 45198 ming so‘m yoki 

21,59% ga teng. Mavjud narxlarda mahsulot o‘sishi 18,82 % ni tashkil 

qiladi. 


 

3.2-jadval 

Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishi  

va dinamikasi tahlili 

 

Hisobot yili 

Og‘ish 

rejadan o‘tgan 

yildan 

Ko‘rsatkichlar 

O‘tgan 

yil 

reja haq. summa, 

ming 

so‘m 

% da 

summa, 

ming 

so‘m 

% da 



1  2 3 4 5 6 7 

Korxonaning 

ulgurji narxla-

rida mahsulot 

(ish, xizmat) 

hajmi: 


 

 

 



 

 

 



 

- taqqoslama 

narxlarda 

209352 220388 254550 +34162 

+15,50 

+45198 


+21,59

- hisobot yili-

ning amaldagi 

narxlarida 

229243 237940 272389 +34448 

+14,48 


+43146 

+18,82


 

 

Mahsulot ishlab chiqarish hajmining qiymat va natural ko‘rsat-



kichlari o‘sish sur’atlarini taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bunda quyidagi variantlar ehtimol tutiladi: 



52 

– qiymat ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati natural ko‘rsatkichlarga 

nisbatan yuqori – mahsulot hajmining o‘zgarishi asosan narx o‘sishi 

bilan shartlangan; 

– natural ko‘rsatkichlar o‘sish sur’ati qiymat ko‘rsatkichlariga ni-

sbatan yuqori – mahsulot hajmining o‘zgarishi mahsulotning jismoniy 

hajmi o‘sishi bilan vujudga kelgan. 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling