Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

3.3. Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot  

hajmiga ta’siri tahlili  

 

Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarining jami ishlab 



chiqarishda tutgan ulushidir. 

Mahsulot ishlab chiqarish strukturasining o‘zgarishi barcha 

iqtisodiy ko‘rsatkichlar: qiymat bahosida ishlab chiqarish hajmi, 

material sig‘imi, tovar mahsulot tannarxi, foyda, rentabellikka ulkan 

ta’sir ko‘rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning ulushi ortsa, u holda 

uni ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida o‘sadi va aksincha. Yuqori 

rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va mos ravishda past 

rentabelli mahsulot ulushi kamayganda ham foyda miqdorida xuddi 

shunday holat sodir bo‘ladi.  

Struktura o‘zgarishining asosiy sabablari:  

˗  har xil kategoriyadagi iste`molchilarning mahsulotga bo‘lgan 

talabining o‘zgarishi; 

˗  korxonani uskuna va moddiy resurslar bilan yetarli 

ta`minlanmagani; 

˗  zarur malakali mutaxassislarning yetishmasligi; 

˗  korxonaning kam mehnat sig’imli, yuqori rentabellikka ega 

mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga intilishi. 

Ishlab chiqarish strukturasining sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar 

darajasiga ta’sirini hisoblashni zanjirli o‘rin almashtirish usulida 

amalga oshirish mumkin bo‘lib, u mahsulot strukturasidan tashqari 

barcha omillarni mavhumlashtirishga imkon beradi:  

V

haq



 = 

Q



haq

 * D


i haq 

* P


i reja

 = 35755 mln so‘m.  

V

shartli


 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 36656,4 mln so‘m. 

Δ V


str.o‘zg.

 = V


haq

 -

 



V

shartli


 = 67000 – 61750 = -901,41 mln so‘m.  

Bu yerda,  

V

haq


 – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmi; 

53 

V

shartli



 – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmi reja 

strukturada; 

Q

haq 



– haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot natural 

miqdori; 

D

i haq 


, D

i reja 


 

i- turdagi mahsulotning strukturasi haqiqatda va 



rejada; 

P

i reja 



– i- turdagi mahsulotning rejadagi bahosi. 

 

3.3-jadval 

Tovar mahsuloti strukturasi tahlili 

 

Mahsulot 

i/ch 

hajmi, 

dona 

Mahsulot 

strukturasi 

Reja narxida mahsulot 

i/ch, mln so‘m 

Mahsulot 

Mahsulot birligining  

ulgurji narxi, so‘m 

reja 


haqi

qatda 


reja 

haqi


qatda 

reja 


haqi

qiy  


mahsul

ot reja 


struktura

da 


haqi

qatda 


Strukt

uraviy o‘zgarish-

larning mahsulot hajmiga 

ta’siri, ming so‘m 

Kaptiva 85000 100 95 12,82 11,88

8500 8717,95 8075  -642,95 

Epika 70000 

120 

110 


15,38 13,75

8400 


8615,38 

7700 


-915,38 

Lasetti 48000 140 

145 17,95 18,13

6720  6892,31  6960 

67,69 

Neksiya 32000  200 220 25,64 27,50



6400 6564,10 7040  475,90 

Damas 26000 220 

230 

28,21 28,75



5720 5866,67 

5980 113,33 



jami 

 

780 800  100  100  35740 36656,41 35755 -901,41 

 

V

shartli(Kaptiva)



 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 800*12,82*85000 = 8717,95 

mln so‘m. 

V

shartli(Epika)



 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 800*15,38*70000 = 8615,38 

mln so‘m. 

V

shartli(Lasetti)



 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 800*17,95*48000 = 6892,31 

mln so‘m. 

V

shartli(Neksiya)



 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 800*25,64*32000 = 6564,10 

mln so‘m. 

V

shartli(Damas)



 = 

Q



haq

 * D


i reja 

*P

i reja



 = 800*28,21*26000 = 5866,67 

mln so‘m. 



54 

3.3-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, agar ishlab chiqarish 

hajmi barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha rejalashtirilgan struktura 

bo‘yicha bo‘lganda, umumiy mahsulot hajmi reja narxida 36656,41 

mln so‘mni tashkil qilar edi. 

Haqiqatdagi strukturada u 901,41 mln so‘mga kam. Bu esa 

umumiy ishlab chiqarish hajmida nisbatan arzon mahsulotlar ulushi 

ortganligidan darak beradi. 

 

3.4. Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili 

 

Umumiy mahsulot hajmi bo‘yicha reja bajarilishi yoki ortig‘i bilan 

bajarilishi mumkin. Lekin bu hali ishlab chiqarish rejasi barcha 

mahsulotlar, ya’ni mahsulotlar assortimenti bo‘yicha bajarilganligini 

anglatmaydi. Mahsulot hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi yoki ortig‘i 

bilan bajarilishi bir mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish va ayni 

vaqtda boshqa mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarmaslik natijasi 

ham bo‘lishi mumkin. 

Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida reja 

bajarilishi tahlili yuqori turuvchi organlar orqali davlat tomonidan 

korxonalar faoliyati ustidan nazorat shakli hisoblangan. Hozirgi vaqtda, 

ya’ni tovarlar yetkazib berish, davlat buyurtmasi, bozor konyunk-

turasini o‘rganish, asosida korxona mustaqil ravishda reja ishlab 

chiqayotgan bir paytda reja bajarilishi tahlili quyidagilarni baholashga 

imkon beradi: 

– shartnoma majburiyatlarining bajarilish darajasi; 

– rejalashtirish sifati; 

– menejment sifati. 

Ayni vaqtda umumiy hajmda va assortiment bo‘yicha mahsulot 

ishlab chiqarish rejasi xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar bilan 

ta’minlash, uskunalar bilan jihozlash, shtat jadvalini tuzish va boshqa 

rejalar tuzish uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi.  

Yo‘riqnoma va amaliyotda ko‘pincha aralash qo‘llaniladigan 

nomenklatura hamda assortiment tushunchalarini farqlash talab 

qilinadi. 

Nomenklatura – bu mahsulotlar nomlari va ularning mutanosib 

turlari uchun belgilangan kodlar ro‘yxatidir. 

Assortiment – har bir tur bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 

ko‘rsatilgan holda mahsulot nomlari ro‘yxatidir. 


55 

U to‘liq, guruhli va guruh ichida bo‘lishi mumkin.  

To‘liq assortiment – tayyorlanadigan mahsulotlarning barcha 

turlari va ko‘rinishlarining tugal ro‘yxati; guruhli assortiment turdosh 

gurhdagi mahsulotlarni birlashtiradi. Guruhga kiruvchi mahsulotlar 

uning guruh ichidagi assortimentini tashkil qiladi. 

Assortiment va mahsulot ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda 

korxona, bir tomondan, mazkur mahsulot turiga talabni, boshqa 

tomondan – mehnat, xomashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va tasar-

rufida mavjud boshqa resurslardan samaraliroq foydalanishni hisobga 

olishi lozim. Assortimentni shakllantirish tizimi quyidagilarni tashkil 

qiladi: 


– xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash; 

– ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan 

mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini baholash; 

– mahsulotning hayot tsiklini o‘rganish, yangi, yanada mukammal 

mahsulot turlarini joriy qilish va ishlab chiqarish dasturlaridan 

ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy samarasiz mahsulotlarni chiqarib 

tashlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash; 

– mahsulotlar assortimentida o‘zgarishlarning iqtisodiy samarador-

ligi va risk darajasini baholash. 

 

3.4.-jadval 

Assortiment bo‘yicha reja bajarilishi tahlili 

 

Naturada 

ishlab 

chiqarish, 

dona 

Qiymat 

ifodasida ishlab 

chiqarish, ming 

so‘m 

Mahsulot 

nomi 

Mahsulot 

birligining 

ulgurji 

narxi, so‘m 

reja haq.  reja  haq. 

Assortiment 

hisobida ishlab 

chiqarish 

1 2 









A 7779 


4255 

4630 


33100 

36019 


33100 

B 14251 


1486 

1701 


21175 

24240 


21175 

V 2282 


4735 

4045 


10806 9230 

9230 


G 14826 

6451 


5760 

95641 


85400 

85400 


D 23348 

1195 


1550 

27900 


36190 

27900 


E x 



31766 

63471 


31766 

Jami x 


220388 



254550 

208571 


 

Mahsulotlar assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining 

bajarilishini baholash odatda ayni nomli koeffitsiyent yordamida 

hisoblanib, u assortiment bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining 



56 

bajarilishiga kiritilgan umumiy haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishni 

uning umumiy rejaviy ishlab chiqarishga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi 

(rejadan tashqari tayyorlangan mahsulot assortiment bo‘yicha ishlab 

chiqarish rejasining bajarilishida hisobga olinmaydi). 

Assortiment bo‘yicha reja bajarilishining o‘rtacha foizi 94,6%  

(208571 * 100) 

      220388 

Assortiment bo‘yicha reja bajarilmasligining sabablari: 

Tashqi: bozor konyunkturasi, mahsulotlarning alohida turlariga 

talab o‘zgarishi, moddiy-texnik ta’minot holati, korxonaning ishlab 

chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirmaslik. 

Ichki: ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, asbob-

uskunalarning texnik holati yomonligi, uning turib qolishi, avariyalar, 

elektr energiyasi etishmasligi, ishlab chiqarish madaniyati pastligi va 

boshqalar. Assortiment bo‘yicha reja bajarilishini aniqlashning boshqa 

usullari ham mavjud. Eng kam foiz usuli sodda usullardan biri sanaladi. 

Mazkur usul qo‘llanilganda haqiqatdagi miqdor rejalashtirilganjan kam 

bo‘lgan majburiy assortimentlar pozitsiyalari bo‘yicha rejaning 

bajarilish foizi aniqlanadi. Olingan foizlarning eng kichigi assortiment 

bo‘yicha reja bajarilishining jamlanma ko‘rsatkichi sifatida qabul 

qilinadi, lekin u 100% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. 

 

 

3.5. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili 

 

Korxona faoliyati maromiyligi deganda sexlar tomonidan ishlab 

chiqarishning sutkalik yoki oylik grafiklariga qat’iy rioya qilingan 

holda detallar, yarimfabrikatlar va mahsulotlarni bir maromda ishlab 

chiqarish tushuniladi.  

Bir maromda ishlab chiqarish mahsulotlarni bir xil miqdorda ishlab 

chiqarilishi degani emas. Reja grafigi ishlab chiqarish hajmining o‘sish 

sur’atlari tizimli tarzida oshib borishini nazarda tutadi. Oy davomidagi 

o‘sish sur’ati grafikka mutanosib bo‘lishi lozim.  

Bunda korxonaning dispetcherlik xizmati muhim ahamiyat kasb 

etadi. To‘g‘ri tashkil etilgan dispetcherlik xizmati istalgan vaqtda 

quyidagi savollarga mukammal javob bera olishi talab qilinadi: u yoki 

bu detallarning qanday miqdori qayta ishlashning u yoki bu bosqichida 

turibdi, materiallar zaxirasi holati qanday, qanday dastgohlar qanday 



57 

rejimda ishlamoqda, tanavorlar yetkazib beruvchi hamkorlar qanday 

ishlamoqda, qancha detalni tuzatish talab qilinadi va hokazo. Dispet-

cherlik xizmati materiallari bo‘yicha shoshilinch tartibda mahsulot 

ishlab chiqarish grafigi bajarilishini ta’minlovchi choralar qo‘llanilishi 

lozim. Faqat shu holatdagina korxona maromiy ishlashi mumkin. 

Biroq ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida smena grafigidan 

ortda qolish holatlari tez-tez uchraydi. Ular, odatda, tuzatiladigan va 

batamom yaroqsiz mahsulot paydo bo‘lishi, avariya tufayli usku-

nalarning ko‘zda tutilmagan to‘xtab qolishi, buzilish va tuzatishlar, 

maxsus instrumentlar mavjud emasligi, tugallanmagan ishlab chiqarish 

but emasligi, ish o‘rinlariga materiallarni o‘z vaqtida yetkazib 

bermaslik, ishlab chiqarishning qandaydir bosqichida texnologik 

jarayon buzilishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi.  

Hatto bir uchastkada mahsulot ishlab chiqarish smena grafigi 

bajarilmasligi boshqa uchastkalardagi normal ishlab chiqarish ritmi 

buzilishiga olib kelishi va bu bilan ish vaqti hamda ishlab chiqarish 

quvvatlaridan yetarli darajada foydalana olmaslikka sabab bo‘lishi 

mumkin. Demak, nomaromiy faoliyat barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 

yomonlashtiradi: mahsulot sifati pasayadi; tugallanmagan ishlab 

chiqarish va omborlarda tayyor mahsulotlarning rejadan tashqari 

qoldiqlari hajmi ortadi, buning oqibati o‘laroq kapital aylanishi 

sekinlashadi; shartnoma bo‘yicha yetkazib berishlar bajarilmaydi va 

korxona mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natmaganligi uchun jarima 

to‘laydi; tushum o‘z vaqtida kelib tushmaydi, shuning uchun pul 

oqimida ham tanqislik yuzaga keladi. Korxona faoliyati maromiyligi 

oy ichida kunlar yoki dekada bo‘yicha, bo‘linmalar bilan birga 

olinganda oylar va choraklar bo‘yicha oylik (choraklik) mahsulot 

ishlab chiqarishga foizlarda aniqlanadi. Birinchi dekadadagi 

mahsulotlarning o‘tgan oyning uchinchi dekadasida ishlab chiqarilgan 

mahsulotlarga nisbati ham maromiylik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Yil 

davomida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tavsiflash uchun 

oylar bo‘yicha, bo‘linmalar bilan birga olinganda dekadalar bo‘yicha 

dinamik qatorlar tuzish maqsadga muvofiq. 

Maromiylik bo‘yicha reja bajarilishini baholash uchun bevosita va 

bilvosita

 ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.  



Bevosita

  ko‘rsatkichlar  – maromiylik koeffitsiyenti, variatsiya 

koeffitsiyenti, dekada, oy, chorak uchun mahsulot ishlab chiqarishning 

yillik ishlab chiqarish hajmidagi ulushi. 



58 

Maromiylikning bilvosita

 ko‘rsatkichlari – ish vaqtidan tashqari 

ishlar uchun qo‘shimcha to‘lov mavjudligi, korxona aybiga ko‘ra turib 

qolishlar to‘lovi, yaroqsiz mahsulot tufayli yo‘qotishlar, mahsulotni o‘z 

vaqtida yetkazib bermaslik va jo‘natmaganlik uchun jarimalar to‘lash 

va b. 


Maromiylik koeffitsiyenti

 maromiylik hisobida qabul qilingan 

mahsulotlarni reja hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 

 

3.5-jadval 



Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili (dekabr oyi uchun) 

 

Hisobot yili 

Salmog‘i, % 

Dekadalar 

reja haq. 

Maromiylik 

hisobida 

qabul 

qilinadi 

reja haq. 

I-dekada 6165 5728  5728  30  27 

II-dekada 70897 7425,3 7089,7  34,5  35 

III-dekada 7295,3  8061,7 7295,3  35,5 

38 

Jami 20550 



21215 

20113 


100 

100 


 

Maromiylik koeffitsiyenti = 20113/20550= 0,978 

Korxona tomonidan dekabr oyi uchun mahsulot ishlab chiqarish 

rejasi ortig‘i bilan bajarilgan. Biroq u dekabr oyi mobaynida bir 

maromda ishlamagan, buni dekadalar bo‘yicha mahsulot ishlab 

chiqarish ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Masalan, I dekadada oylik 

ishlab chiqarishning 27% i (rejada 30%) ishlab chiqarilgan, uchinchi 

dekadada ishlab chiqarish sur’ati oshirilib, mahsulot ishlab chiqarish 38 

% ni tashkil qilgan, reja bo‘yicha esa 35,5% bajarilishi lozim edi.  

Variatsiya koeffitsiyenti (Kv)

 sutka (dekada, oy, chorak) uchun 

reja topshirig‘idan o‘rtacha kvadratik og‘ishning o‘rtacha sutkalik 

(o‘rtacha dekadalik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha choraklik) rejaviy 

mahsulot ishlab chiqarishga nisbati sifatida aniqlanadi:  

2

2



2

2

(



) /

[(27 30)


(35 34,5)

(38 35,5) / 3

33,3

5, 41


0,069.

33,3


пл

x x

n

Kv

X



+

+



=

=



=

=

=



 

100



33,3.

3

пл



X

=

=



 

59 

Nomaromiylik 

– bu mahsulot sotish qiyinchiliklari, tashkilot-

chilik, texnologiyalar va ishlab chiqarish moddiy-texnik ta’minotining 

past darajasi. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlilida turli 

dekadalarda ish kunlari sonini hisobga olish talab qilinadi, chunki 

bunga alohida dekadalar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishning ulushi 

bog‘liq bo‘ladi.  

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili uchun asosan 

operativ-texnik hisob, dekada ma’lumotlari, davriy hisobot ma’lumot-

laridan foydalaniladi.  



 

3.6. Mahsulot sotishning mohiyati, vazifalari  

va tahlil manbalari 

 

Korxona faoliyatining asosiy natijaviy ko‘rsatkichi sotilgan 

mahsulot hajmi hisoblanadi. 

Sotilgan mahsulot uchun yetkazib beruvchi korxona qilingan 

xarajatlarni qoplash va xo‘jalik faoliyatini davom ettirish uchun zarur 

bo‘lgan pul mablag‘larini oladi. Mahsulot sotishda foyda olinib, uning 

bir qismi korxonada qoladi va uning kapital qo‘yilmalari, aylanma 

mablag‘larni to‘ldirish, rag‘batlantirish jamg‘armalarini shakllantirish 

va boshqalarga yo‘naltiriladi, bir qismi esa davlat byudjetiga kiritiladi. 

Sotish hajmi ishlab chiqarish majmuasi sifatida korxona 

faoliyatining yakuniy natijasi bo‘lganligi uchun tushum tahlili butun 

korxona bo‘yicha ham, uning tuzilmaviy bo‘linmalari yoki mahsulotlar 

turlari kesimida ham, shuningdek, uning ixtisoslashtirilgan xo‘jalik 

birliklari bo‘yicha, yetakchi mustaqil ishlab chiqarish faoliyati (sexlar, 

filiallar) bo‘yicha amalga oshiriladi. Albatta, bunday tahlil butun 

korxonaning moliyaviy oqimlarida muayyan bo‘linma tushumini 

ajratish mumkin bo‘lgan, shuningdek, agar ushbu tushum miqdori 

umuman korxona uchun jiddiy bo‘lganda ma’noga ega bo‘ladi. 

mahsulot ishlab chiqarish tahlilida bo‘lgani kabi tushum tahlilda ham 

analitik xizmatlar va chiziqli bo‘linmalar xodimlarining sezilarli 

darajada vaqt sarflashi talab qilinadi. Shuning uchun korxona va uning 

alohida bo‘linmalari istiqbolini aniqlash uchun qanday foydali axborot 

berishigna qarab uni o‘zini oqlagan deb hisoblash mumkin.  

Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum O‘zbekiston Respublikasi 

“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilanadi. 


60 

Mazkur ko‘rsatkichning moliyaviy hisobotga kiritilishi shu bilan 

izohlanadiki, kiritilayotgan o‘zgarishlar maqsadlaridan biri moliyaviy 

hisobot analitikligini oshirish hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur 

ko‘rsatkich korxona o‘z tasarrufidagi mahsulotni sotishdan olingan 

daromadni tavsiflaydi. U foyda ko‘rsatkichlarining barcha keyingi 

hisoblashlari uchun baza hisoblanadi. Bu esa korxonalar hisobotida 

“Sotishdan sof tushumlar” ko‘rsatkichi paydo bo‘lishiga olib keldi.  

“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mahsulotni 

sotishdan olingan tushumlar uning bank muassasalari hisobiga tovarlar 

uchun to‘lovi yoki tovarlar jo‘natish va xaridorga hisob-kitob 

hujjatlarini ko‘rsatishiga asosan aniqlanadi. Umumqabul qilingan 

atamashunoslikka muvofiq, tushumni uning to‘lovi asosida aks ettirish 

kassa usuli

, tushumni uning jo‘natilishi asosida aks ettirish esa 



hisoblash usuli, 

deb yuritiladi.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitiga tushumni jo‘natish bo‘yicha sotish 

asosida aks ettirish usuli ko‘proq mos keladi. Aynan ushbu usul bozor 

iqtisodiyotidagi mamlakatlarda qabul qilingan standart hisoblanadi. 

Biroq shuni ham hisobga olish zarurki, tushumni jo‘natish bo‘yicha 

sotish asosida aks ettirish (hisoblash usuli) usulida korxona ushbu 

sotilgan mahsulotlar bo‘yicha ulardan daromadlar ro‘yxatga olingan 

hisobot davrida shubhali debitorlik qarzlarining bir qismini hisobdan 

chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.  

Korxonaning boshqa tashkilot va korxonalar bilan, shuningdek, 

alohida shaxslar bilan hisoblashishlari bo‘yicha shubhali qarzlar 

miqdori zaxiralanadi hamda foyda va zararlar hisobiga kiritiladi. 

Belgilangan muddatda (agar belgilangan muddat bo‘lmasa, buning 

uchun me’yoriy zarur vaqt davomida) qaytarilmagan va mutanosib 

kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi shubhali, 

deb e’tirof etiladi.  

Shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar yil oxirida amalga oshirilgan 

korxonaning debitorlik qarzi inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil 

qilinadi. Zaxira miqdori qarzdorning moliyaviy ahvoli (to‘lov qobi-

liyati) va qarzni to‘liq yoki bir qismini qaytarish ehtimolini baholashga 

bog‘liq ravishda har bir shubhali qarz bo‘yicha alohida belgilanadi.  

Agar shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira tashkil qilingandan keyingi yil 

oxirigacha ushbu zaxiraning qandaydir qismi foydalanilmagan bo‘lsa, u 

holda sarflanmagan summa mutanosib yilning foydasiga qo‘shiladi. 

Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda shubhali debitorlik qarzlarini 



61 

hisobdan chiqarish oxirgi 3-5 yil uchun sotilgan mahsulot hajmiga foiz 

nisbatidan kelib chiqqan holda potensial shubhali qarzlarni hisoblash 

asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bu mutanosiblik tamoyilidan 

chetga chiqmaslikka imkon berib, unga muvofiq mazkur hisobot davrida 

daromad olinishini ta’minlagan xarajatlar aks ettiriladi.  

Hisoblash usuli o‘ziga xos afzalliklarga ega chunki u: 

a) bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘p jihatdan mos keladi; 

b) Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mavjud daromad va xarajatlarni 

aks ettirish nomutanosibligini bartaraf etadi: aksariyat hollarda 

daromadlar kassa usulida, xarajatlar esa hisoblash usulida aks ettiriladi; 

c) xalqaro standartlarga mos keladi va potensial investorlar uchun 

yagona qoniqarli hisoblanadi; 

d) aksariyat hollarda korxonalar moliyaviy ahvoli o‘zgarishiga olib 

kelmaydi, chunki ko‘pincha ular mahsulotlarni oldindan to‘lov 

shartlariga ko‘ra sotadi.  

Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:  

– rejaning bajarilish darajasini va mahsulotlar sotish dinamikasini 

baholash; 

– turli omillarning ushbu ko‘rsatkichlar miqdori o‘zgarishiga 

ta’sirini aniqlash; 

– mahsulot sotishni oshirishning ichki xo‘jalik zaxiralarini 

aniqlash; 

– aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 

ishlab chiqish.  


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling