Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili 

 

Naturada 

ishlab 

chiqarish, 

dona 

Salmog‘i, % 

Qiymat 

ifodasida 

ishlab 

chiqarish, 

ming so‘m 

Nav 

Birlik 

uchun 

ulgurji 

narx, 

so‘m. 

reja haq. 

Reja 

bajarilishi, 



reja haq. reja  haq. 

Oliy 


2500 1420 

1490  104,9  56,35 59,84  3550  3725 

Birinchi 

2200 1100 

1000  90,9  43,65 40,16  2420  2200 

Jami  


X 2520 

2490  98,8  100 

100 

5970 


5925 

71 

1. O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti: 

Reja bo‘yicha 

5 9 7 0 m in g so ‘m

0, 9 4 8  

2 5 0 0 * 2 5 2 0

=



Hisobot bo‘yicha 



5925 ming so‘m

0,952 


2500* 2490

=



2. Mahsulot birligining o‘rtacha sotilgan bahosi: 

Reja bo‘yicha 

5 9 7 0 m in g so ‘m

2 3 6 9, 0 3   so ‘m .

2 5 2 0

=

 



Hisobot bo‘yicha 

5925 ming so‘m

2379, 5 so‘m.

2490


=

 

Sifat ortishi hisobiga o‘rtacha narx 10,47 so‘mga oshgan. (2379,5 – 



2369,04). 

Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri: 

(2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so‘m.  

Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga 

qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish 

tarkibi tahlilida qo‘llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin.  

3.11-jadval ma’lumotlari bo‘yicha ushbu hisoblashni mutlaq 

farqlar usulida bajaramiz.  

 

3.11-jadval 

Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri 

(qiymat ifodasida un mahsuloti) 

 

Mahsulot tarkibi, % 

Mahsulot 

navi 

Mahsulot 

birligi uchun 

ulgurji narx, 

so‘m 

reja 

haq. 

og‘ish , (+,-) 

Struktura 

o‘zgarishi 

hisobiga 

o‘rtacha narx 

o‘zgarishi, so‘m.

Oliy nav  

2500 

56,35 


59,84 

+3,49 


87,25 

Birinchi nav 

2200 

43,65 


40,16 

-3,49 


-76,78 

Jami X 


100 

100 


10,47 


 

Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo‘yicha shunga 

o‘xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi.  

Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, 

yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo‘lib qolishiga yo‘l 

qo‘ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotish odatda 

mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi. 


72 

Reklamatsiya

 yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya 

qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya 

mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va 

mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni 

qo‘llash va boshqalar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilish uchun 

signal hisoblanadi.  

Mahsulotlar  butligi,  deganda tayyor mahsulotning mazkur turi 

uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi 

tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar 

tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, 

iste’molchilar uchun jo‘natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but 

bo‘lmagan mahsulotlarni jo‘natish va ularni hisobotga kiritishni 

taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish 

hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot 

qismlari, instrumentlar va moslamalar yetkazib bermaslik sabablarini 

aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.  

 

Nazorat savollari 

 

1. Mahsulot (ish, xizmat) hajmi tahlilining vazifalari nimalardan 

iborat? 

2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlili ketma-ketligini bayon 

qiling. 

3. Ishlab chiqarish tarkibi va mahsulot hajmiga strukturaviy 

o‘zgarishlar ta’siri tahlilida qanday usullar qo‘llaniladi? 

4. Mahsulotlar assortimenti tahlili metodikasini tavsiflang. 

5. Mahsulotlar assortimenti tahlili maqsadi nimalardan iborat? 

6. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili usullarini aytib 

bering. 

7. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi buzilishining salbiy 

oqibatlarini sanab bering. 

8. Mahsulot sotish hajmi tahlilida qanday vazifalar hal qilinadi? 

9. Shartnoma majburiyatlarini bajarish tahlili qanday maqsadda va 

qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?  

10.  Mahsulot sotishning zararsiz hajmi tahlili korxonalar 

faoliyatini boshqarishda qanday ahamiyatga ega? 

11.   Mahsulot sotish hajmi o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir 

qiladi? 


73 

12. Yetishmagan ko‘rsatkichlarni hisoblang va assortiment rejasi 

bajarilishini baholang, tahlil qiling va xulosa yozing.  

 

Taqqoslama 



narxlarda 

mahsulot 

ishlab 

chiqarish 

hajmi, ming 

so‘m 

Ishlab 

chiqarish 

strukturasi, 



Mahsulot 

nomi 

reja haq. reja haq. 

Reja 

bajarilishi, 



Struktura 

bo‘yicha 

og‘ishish, 



(+,-) 

Assortiment 

hisobiga 

ishlab 

chiqarilgan 

mahsulot 

1 2 





5  6 



A 12800 


12860 

 

    12800 



B 4500 

4370 


 

    4370 

V 3900 

4200 


 

    3900 

Jami 21200 

21430 


    

 

21070 



 

13. Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha mahsulot hajmiga strukturaviy 

o‘zgarishlar ta’sirini hisoblang, tahlil qiling va xulosa yozing. 

 

Mahsulot i/ch 



hajmi, dona 

Mahsulot 

strukturasi

Reja narxida 

mahsulot 

i/ch, mln 

so‘m 

Mahsulot 

Mahsulot 

birligining 

ulgurji 

narxi, 

so‘m 

reja 

haqiqatda 

reja 

haqiqatda 

reja 

haqiqiy mah

sulot 

reja struktur

ada 

haqiqatda 

Strukturaviy 

o‘zgarishlarning 

mahsulot 

hajmiga ta’siri, 

ming so‘m 

 



700 

18285,7 


18371,4    

 

 



 

 



350 

12857,0 


12485,7    

 

 



 

C  750 


5200,0 5600,0  

 

       



Jami 

 

 



36342,7 

36457,1    

 

 

 



 

14.  Yetishmagan ko‘rsatkichlarni hisoblang va mahsulot ishlab 

chiqarish maromiyligiga baho bering, tahlil qiling va xulosa yozing. 

Mahsulot ishlab chiqarish 

ming so‘mda 

Oy yakuniga ko‘ra % larda 

Oylar 

1-deka-

da 

2-deka-

da 

3-deka-

da 

Oy bo‘-

yicha 

1-deka-

da 

2-deka-

da 

3-deka-

da 

Oy 

bo‘-

yicha 

Oktabr  


83,2 

112,0 


124,8 

320,0 


 

 

 



100 

Noyabr  


80,3 

111,2 


117,5 

309,0 


 

 

 



100 

Dekabr 85,3 

105,7 

150,0 


341,0 

     


100 

IV-kvartal 

uchun 

o‘rtacha 



82,9 109,6 130,8 323,3   

 

  100 



 

74 

15.  Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha mahsulot sotish hajmi o‘si-

shining bazis va zanjirli sur’atini hisoblang, tahlil qiling va xulosa 

yozing. 


 

O‘sish sur’ati, % 

Yil 

Sotish hajmi, ming so‘m 

Bazis Zanjirli 

×××1 90200 

 

×××2 92400 



 

×××3 93800 

 

×××4 94100 



 

×××5 96300 

 

 

16.  Balansli bog‘lanish usulidan foydalangan holda mahsulot 



sotish hajmiga quyidagi omillar ta’sirini hisoblang: 

a) yil boshi va oxiri uchun tayyor mahsulot qoldiqlari o‘zgarishi; 

b) mahsulot ishlab chiqarish o‘zgarishi. 

 

Ko‘rsatkichlar Reja 



Haq. 

Omillarning 

sotish hajmiga 

ta’siri 

Yil boshida tayyor mahsulot 

qoldig‘i 

500 550 


 

Mahsulot ishlab chiqarish  

10200 

11000 


 

Yil oxirida tayyor mahsulot 

qoldig‘i 

450 620 


 

Mahsulot sotilishi 

 

 

 



 

75 

 

 

 

 

IV bob. KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI  

BILAN TA’MINLANGANLIGI TAHLILI 

 

4.1. Mehnat resurslari tahlilining vazifalari,  

asosiy yo‘nalishlari va axborot manbalari 

 

Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichida, reja va o‘tgan 



davrlarga nisbatan mehnatdan foydalanish jarayonida qanday o‘zga-

rishlar sodir bo‘lganligini aniqlab olish zarur. Korxonalarda mehnatdan 

foydalanish tahlilining asosiy vazifasi shundan iboratki, mehnat 

unumdorligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi, ish vaqti yo‘qotilishiga sabab 

bo‘luvchi barcha omillar aniqlanadi.  

Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi mehnat ko‘rsatkichlari sifatida 

quyidagilardan foydalaniladi: mehnat unumdorligi, xodimlar soni, 

mehnat haqi fondi va o‘rtacha mehnat haqi darajasi. 

Mehnat resurslari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisob-

lanadi: 


Mehnat unumdorligi qismida – rejaning bajarilish darajasi va 

o‘sish sur’ati (dinamika) ni aniqlash; ekstensiv va intensiv omillar, 

xususan, mehnat unumdorligiga yangi texnikani joriy qilish, ish 

vaqtidan foydalanish, mahsulotlar assortimenti o‘zgarishi va boshqalar 

ta’sirini aniqlash; qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish me’yorlari sifati va 

bajarilish darajasining mehnat unumdorligi darajasiga ta’sirini 

aniqlash. 

Mehnat resurslari tarkibi, harakati va mehnat resurslaridan 

foydalanish qismida – xodimlar soni tarkibi va tarkibini hamda tuzilma 

o‘zgarishining mehnat unumdorligi, dinamika va harakat 

ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish. 

Mehnat resurslari tahlilining maqsadi zaxiralar va foydalanilmagan 

ichki imkoniyatlarni aniqlash, ushbu zaxiralarni ishga tushirish 

bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi.  

Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili uchun asosiy axborot manbalari 

sifatida quyidagilar xizmat qiladi: mehnat bo‘yicha rejalar, 1 – mehnat 

shakli “Mehnat bo‘yicha hisobot”, 3-moliya shakli “Tashkilot 


76 

xarajatlari to‘g‘risida”, ishchilar harakati bo‘yicha kadrlar bo‘limining 

statistik hisoboti, sexlar, bo‘limlar, korxona xizmatlarining tezkor 

hisoboti, ishlab chiqarish bo‘linmalari va xizmatlar hamda korxonaning 

mehnat resurslari bilan bog‘liq boshqa hisobotlar.  

Tahlilning kompleksliligini ta’minlash uchun statistik hisobotdan 

tashqari boshqa axborot manbalarini ham jalb qilish talab etiladi: ishlab 

chiqarish va yaroqsiz mahsulotlarni hisobga olish bo‘yicha birlamchi 

hujjatlar, mehnat haqi hisoblash bo‘yicha hisob registrlari, bir martalik 

kuzatishlar natijalari (fotografiyalar, xronometraj va boshqalar) hamda 

bir martalik statistik tekshirishlar va hokazo.  

Mehnat resurslari tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 

– korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi; 

– ish vaqtidan foydalanish samaradorligini baholash; 

– mehnat unumdorligini o‘rganish.  

 

4.2. Korxonaning mehnat resurslari bilan  



ta’minlanganligi tahlili 

 

Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi va undan foyda-

lanish samaradorligiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, 

foyda va boshqa ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. Faoliyat yuritayotgan 

korxonalarda ishlab chiqarish o‘sishiga ayni paytda mavjud yoki undan 

kamroq ishchilar sonida mehnat unumdorligini oshirish hisobiga 

erishish lozim.  

Korxonaning jami xodimlari ikki guruhga ajratiladi: 

1. Ishlab chiqarish xodimlari. 

2. Noishlab chiqarish xodimlari.  



Ishlab chiqarish xodimlariga – asosiy faoliyatda band bo‘lgan 

xodimlar – korxonaning asosiy faoliyati (mahsulotlar tayyorlash va 

sanoat xarakteridagi ishlarni bajarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish 

va korxonani boshqarish va hokazo) bilan bog‘liq faoliyat bilan shu-

g‘ullanuvchi shaxslar kiritiladi. Ushbu guruh xodimlari quyidagi 

toifalarga ajratiladi: ishchilar, xizmatchilar, mutaxassislar va boshqaruv 

xodimlari.  

Barcha turdagi transport, bolalar bog‘chasi va yaslilar, madaniy-

maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish 

sohasidagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari toifasiga kiritiladi.  



77 

Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi uning 

toifalar va kasblar bo‘yicha haqiqatda mavjud ko‘rsatkichini rejadagi 

ehtiyoji bilan taqqoslash asosida aniqlanadi.  

Ishchilar soni o‘zgarishini tahlil qilishda mazkur korxona zaruriy 

mehnat resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlash zarur. 

Ishchilarning haqiqatdagi sonini reja bilan shunchaki taqqoslash yo‘li 

bilan ushbu savolga to‘g‘ri javob olishning iloji yo‘q. Hisobot bo‘yicha 

ishchilar miqdori rejaga nisbatan kam bo‘lib chiqishi mumkin. Lekin 

bu ishlab chiqarish mehnat resurslari bilan ta’minlanmaganligini 

anglatmaydi, chunki korxonaning rejalashtirilgan ishchilar soniga 

ehtiyoji yangi texnikalarni joriy qilish, qo‘shimcha ishlab chiqarish 

jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va ishchilarning muayyan 

miqdorini ozod qilishga imkon beruvchi qator boshqa tashkiliy-texnik 

tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.  

Boshqa tomondan, ishchilarning haqiqatdagi umumiy miqdorining 

rejaga muvofiqligi ham korxonaning zaruriy mehnat resurslari bilan 

ta’minlanganligini anglatmaydi, chunki bir kasb bo‘yicha mehnat 

resurslari ortiqcha bo‘lgan bir vaqtda boshqa kasblar bo‘yicha 

yetishmaslik kuzatilishi mumkin. Bundan korxonaning mehnat bo‘limi 

va kadrlar bo‘yicha materiallari ma’lumotlari bo‘yicha ishchilar 

tarkibini o‘rganish zarurati yuzaga keladi.  

Mehnat resurslari ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlili 

uchun 1- mehnat shakli – “Mehnat bo‘yicha hisobot” statistik shakl 

qo‘llaniladi. 

Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi analitik 

jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. 

4.1-jadvaldan ko‘rinadiki, asosiy faoliyat xodimlarining soni 

hisobot yilida rejaga nisbatan pasayib, 96,8% ni tashkil qilgan, o‘tgan 

davrga nisbatan esa – 86,8%. Ishchilar soni rejaga nisbatan oshgan, 

o‘tgan yilga nisbatan esa kamayib, mos ravishda 114,7% va 92,6% ni 

tashkil qilgan. Rahbarlar va mutaxassislar soni hisobot bo‘yicha reja 

darajasida 100% bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan 75,4%. 

Tahlil jarayonida ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi 

o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Xodimlar tarkibi tarmoq xususiyatlari, 

mahsulotlar nomenklaturasi, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va 

ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlarning har bir toifasi salmog‘i 

texnika va ishlab chiqarishni tashkil etish taraqqiy etishi bilan 

o‘zgaradi.  


78 

Avtomatlashtirilmagan korxonalarda ishchilarning salmog‘i o‘sishi 

ishlab chiqarish xodimlari tarkibi yaxshilanganligidan darak beradi. 

 

4.1 jadval 



Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik 

 

Haqiqatda, 

% da 

Xodimlar 

toifasi 

O‘tgan 

davr 

uchun 

xodimlar 

soni 

Reja 

bo‘yicha 

xodimlar 

soni 

Hisobot 

davridagi 

xodimlar 

soni 

Rejaga 

nisbatan 

O‘tgan 

davrga 

nisbatan 

Asosiy faoliyat 

xodimlari 

874 784  759 96,8 86,8 

Ulardan:       

Ishchilar 649 

524 601 

114,7 


92,6 

Xizmatchilar  

172 

120 


118 

98,3 


68,6 

Rahbarlar va 

mutaxassislar 

53 40  40 100,0 

75,4 

 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot murakkablashuvi, avtomatlash-



tirilgan uchastka va sexlar joriy qilinishi mutaxassislar ulushi ortishini 

talab qiladi. Boshqaruvni takomillashtirish, orgtexnikadan foydalanish 

bilan xizmatchilar ulushini kamaytirish ta’minlanadi. 

 

4.2-jadval 



Mehnat resurslari tarkibi tahlili 

 

Xodimlar tarkibi 

Salmog‘ining 

o‘zgarishi, ± 

o‘tgan yil 

uchun 

reja haqiqatda

Xodimlar toifasi 

kishi % kishi

% kishi



rejaga 



nisbatan 

o‘tgan 

yilga 

nisbatan 

Asosiy faoliyat 

xodimlari, jami 

874 100 784 100 759 100 



jumladan: 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ishchilar 



 

649  74,2  524 79,6 601 79,2

-0,4 

+5,0 


Xizmatchilar  

172  19,7  120 15,3 118 15,5

+0,2 

-4,2 


Rahbarlar va 

mutaxassislar 

53  6,1  40 5,1 40 5,3  +0,2 

-0,8 


 

4.2-jadval ma’lumotlari asosiy faoliyat xodimlari tarkibida oldingi 

va hisobot davrida tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. 

Rejaga nisbatan ishchilar salmog‘ining kamayishi xizmatchilar, 

rahbarlar va mutaxassislar salmog‘i ortishi bilan bir vaqtda sodir 


79 

bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan esa aksincha, ishchilar salmog‘i ortgani 

holda boshqa toifadagi xodimlarning salmog‘i kamayishi sodir bo‘lgan. 

Bu korxona boshqaruvi tarkibidagi o‘zgarishlar bilan shartlangan 

bo‘lishi mumkin.  

Mutaxassislar soni kamayishi zarur malakali mutaxassislar mavjud 

emasligi natijasi hisoblanadi. 

Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga ko‘ra,  ishchilar,  asosiy – 

bevosita asosiy mahsulot tayyorlash bilan band va qo‘shimcha – 

qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha turlari 

bilan band – toifaga ajratiladi. Bunday bo‘linish ishchilar sonini tahlil 

qilish va mehnat unumdorligini yuksaltirishning zaxiralarini aniqlashda 

jiddiy ahamiyatga ega. Biroq yillik va joriy statistik hisobotda bunday 

ma’lumotlar keltirilmaydi. Bu turli korxonalarda guruhlashning bir 

xilligini o‘rnatish qiyinligi bilan, ba’zan esa asosiy va qo‘shimcha 

toifaga kiritiladigan kasblar ro‘yxati mavjud emasligi bilan izohlanadi.  

Asosiy toifaga bevosita korxona mahsulotini ishlab chiqaruvchi 

ishchilar, qo‘shimcha toifaga ishlab chiqarish uchun zaruriy sharoit-

larni ta’minlovchi ishchilar va qo‘shimcha sexlar ishchilari (ta’mirlash-

mexanik, instrumental, transport, energetik va hokazo) kiritiladi. 

Ishlab chiqarish talablariga nafaqat xodimlarning umumiy soni, 

balki uning sifat tarkibi ham mutanosibligi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu xodimlarning jinsi, yoshi, staji, kasbi, tarif razryadi va to‘lov tizimi 

bo‘yicha taqsimlanishi haqida statistik hisobot ma’lumotlarini 

o‘rganish yo‘li bilan tekshiriladi. Korxonalarda ba’zan malakasi kam 

xodimlar mavjud bo‘lgan holda yetakchi kasb xodimari yetishmaydi. 

Statistik hisobot, shuningdek, mehnat resurslarini birlamchi hisobga 

olish ma’lumotlari asosida ishchilarni malaka razryadlari bo‘yicha 

guruhlash amalga oshiriladi, har bir razryaddagi ishchilar sonining 

o‘rtacha tortilgani sifatida o‘rtacha tarif razryadi hisoblab chiqarilib, 

reja hamda o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.  


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling