Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishiga omillar


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


4.6. Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishiga omillar 

ta’sirini hisoblash 

 

Ishlab chiqarish rejasi bajarilishining keyingi tahlilini bir ishlovchi 

tomonidan ishlab chiqarish bo‘yicha emas, balki bir ishchi tomonidan 

ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiramiz. Buni qator sabablar bilan 

izohlash mumkin: ishchilar – bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar 

bo‘lib, aynan ularning mehnati intensivligi ishlab chiqarish hajmi or-

tishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ishlangan vaqtlar ko‘rsatkichlari 

ishchilar toifasi bo‘yicha mehnat hisobotlarida keltiriladi. Ishchi tomo-

nidan ishlab chiqarish mehnatning ishlab chiqarish quvvati va uning 

intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning ishlab chiqarish quvvati 

darajasi texnik jihozlanganlik bilan belgilanadi. Mehnatning ishlab 

chiqarish quvvati ishning mehnat sig‘imi kamayishi bilan birgalikda 

ortib boradi. Mehnat intensivligi uning vaqt birligidagi miqdori bilan 

o‘lchanadi, darajasi esa ish vaqtidan foydalanishga bog‘liq.  

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 

o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq: 

K – bir yilda bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari miqdori; 

D- ish kunining o‘rtacha davomiyligi; 

SI – ishchining o‘rtacha bir soatlik ishlab chiqarishi. 

Demak, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi yil 

davomida bir ishchi tomonidan ishlangan kunlarning o‘rtacha 

miqdoriga, ish kunining o‘rtacha davomiyligi va ishchining o‘rtacha 

soatlik ishlab chiqarishiga bog‘liq bo‘ladi.  


91 

Omillarni hisoblash uchun zanjirli o‘rin almashtirish usulidan 

foydalanish zarur. 

Hisoblash mexanizmi mohiyati quyidagilardan iborat: bir 

ishchining yillik ishlab chiqarishi yil davomida bir ishchi tomonidan 

ishlangan kunlar miqdorining ish kunining o‘rtacha davomiyligi va 

ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishi ko‘paytmasiga teng. Agar 

ko‘paytmadagi ko‘paytuvchilarni ishora qilingan ketma-ketlikda asta-

sekin o‘rin almashtirsak, har bir omilning ta’sirini aniqlash mumkin.  

Omillar qiymatini o‘rin almashtirishga kirishishdan avval bir 

ishchining yillik ishlagan kunlarining o‘rtacha soni va ish kunining 

o‘rtacha davomiyligini hisoblab chiqish lozim (4.6-jadval) 



 

   

 

 

 

 

 

 

4.6-jadval 

Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi tahlili 

 

Hisobot yili 

Og‘ish (+,-) 

№ Ko‘rsatkichlar 

O‘tgan 

yil 

reja haq. 

o‘tgan 

yildan 

reja-

dan 

Taqqoslama ulgurji narxlarda 



korxonaning mahsulot (ish, 

xizmat) lari hajmi, ming so‘m

251222 266669 315642  64420  48973 

2 Ishchilarning 

o‘rtacha 

soni 


974 936 952  -22  16 

Barcha ishchilar tomonidan 



bir yilda ishlangan kishi-

kunlarning umumiy miqdori, 

ming kishi-kun 

257,14 243,36 245,62  -11,52  2,26 

Barcha ishchilar tomonidan 



bir yilda ishlangan kishi-

soatlarning umumiy miqdori, 

ming kishi-soat 

1977,38 1898,21 1940,37

-37,01  42,16 

Bir ishchi uchun o‘rtacha 



yillik ishlab chiqarish, ming 

so‘m (str.1 : str.2) 

257,93 284,90 331,56  73,63  46,65 

6   Bir ishchining bir yilda 

ishlagan kunlari soni  

(3-modda : 2-modda)  

264 260 258  -6  -2 

7   Ish kunining o‘rtacha 

davomiyligi, soatlarda (4-

modda : 3-modda)  

7,69 7,80 7,90  0,21  0,10 

8   Bir ishchining o‘rtacha 

soatlik ishlab chiqarishi, so‘m

(1-modda : 4-modda)  

127,05 140,48 162,67  35,62  22,19 

 


92 

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bir ishchining o‘rtacha 

yillik ishlab chiqarishi o‘tgan yilga nisbatan 73,63 ming so‘mga, rejaga 

nisbatan esa – na 46,65 ming so‘mga oshgan. Bunda ish vaqtidan 

foydalanish yomonlashgan: har bir ishchi o‘tgan yilga qaraganda 6 

kun, rejaga nisbatan esa – 2 kun kam ishlagan. Ish vaqtidan 

yo‘qotishlar ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga qisman qoplangan. 

Ish vaqtining davomiyligi ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga o‘tgan 

yil bilan taqqoslanganda 0,21 soatga, rejaga nisbatan esa–0,1 soatga 

uzaygan. O‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 35,62 

so‘m, rejaga nisbatan esa – 22,19 so‘mga oshgan.  

Shunga muvofiq, rejadan tashqari o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish 

va ish kuni davomiyligi uzayishi hisobiga ishchilarning o‘rtacha yillik 

ishlab chiqarishi o‘sishi bo‘yicha rejaning bajarilishiga erishilgan.  

Zanjirli o‘rin almashtirish usulida ishlab chiqarish o‘sishiga uchala 

omildan har birining ta’sir miqdorini aniqlash mumkin (4.7-jadval, 

boshlang‘ich ma’lumotlar 4.6-jadvaldan olingan). 

 

   

 

 

 

 

4.7-jadval 

Tartib 

raqami 

O‘zaro ta’sirlashuvchi 

xususiy ko‘rsatkichlar 

hisobl

ash 

o‘rin al

mashtirish 

ish kunl

ari soni 

ish kuni  

avomiyligi 

o‘rtach

a soatlik 

ishlab chiqarish, 

so‘m 

Umuml

ashtiruvchi 

ko‘rsat

k

ich O‘rtacha 

yillik ishlab chiqarish, 

ming som 

Oldingi hisobl

ashdan 

og‘ish, ming so‘m 

Og‘ish 

sabablari 

A B  1  2 





1 reja 


reja 

260 


reja 

7,8 


reja 

140,48 


284,89  

 

2 1 



haqiqat 

258 


reja 

7,8 


reja 

140,48 


282,70 -2,19 

Kunlar 


sonining 

kamayishi 

3 2 

haqiqat 


258 

haqiqat 


7,9 

reja 


140,48 

286,33 3,62 

Ish vaqti 

davomiyli-gi 

ortishi 

Hiso-



bot 

haqiqat 



258 

haqiqat 


7,9 

haqiqat 


162,67 

331,55 45,22 

Soatlik ishlab 

chiqarish 

ortishi 

 

5-ustun bo‘yicha og‘ishlar balansi: -2,19+3,62+45,22=+46,65 



ming so‘m, bu esa haqiqatdagi va rejadagi o‘rtacha yillik ishlab 

chiqarish o‘rtasidagi farqqa teng (331,56 – 284,90). 



93 

Ichki zaxiralarni aniqlash va ularning realizatsiyasi mehnat 

unumdorligi tahlilining vazifalaridan biri hisoblanadi. Bizning 

misolimizda agar korxona ish vaqtining rejalangan fondidan to‘liq 

foydalanganda bir ishchining mehnat unumdorligi 2,19 ming so‘mga 

ortiq bo‘lishi mumkin edi va bu 2084,88 ming so‘mlik miqdorda 

(2,19*952) qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga imkon berar edi. 

Ushbu holatda ish vaqtidan to‘liq foydalanish hisobiga mehnat 

unumdorligi va mahsulot o‘sishini zaxira emas, balki boy berilgan 

imkoniyat deb hisoblash mumkin. Kelgusi tahlillarda soatlik ishlab 

chiqarishning bu darajada o‘sishiga sabab bo‘lgan va ish vaqtidan 

yo‘qotishlarni yuzaga keltirgan omillarni aniqlash lozim.  

 

 

 



4.2-chizma. Mehnat unumdorligi o‘sishi zaxiralari 

 

Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarfi o‘zgarishi 

nisbatlarining quyidagi variantlarini qo‘llash mumkin, ular ayni vaqtda 

mavjud iqtisodiy shart-sharoitlarda mehnat unumdorligi o‘sishini 

ta’minlash bo‘yicha boshqaruv strategiyasini tanlashda hisobga olinishi 

lozim: 


a) mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfi kamaygan holda 

mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortishi sodir bo‘lmoqda; 

b) mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat sarfiga nisbatan tezroq 

o‘smoqda; 

c) mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmas mehnat sarfi 

sharoitida o‘smoqda; 

d) mehnat sarfi kamaygan holda mahsulot hajmi o‘zgarmasligicha 

qolmoqda; 

Mehnat unumdorligi 

o‘sishi zaxiralarining 

asosiy manbalari  

 

Mahsulot ishlab chiqarish hajmini 



oshirish imkoniyatlaridan foydalanish 

Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va 

avtomatlashtirish, mehnatni tashkil 

qilishni takomillashtirish, mehnat 

intensivligini oshirish va boshqalar 

hisobiga mahsulot ishlab chiqarish uchun 

mehnat sarfini qisqartirish 


94 

e) mahsulot hajmi mehnat sarfiga nisbatan sustroq sur’atda 

kamaymoqda. 

 

 



4.7. Mahsulotning mehnat sig‘imi va soatlik  

ishlab chiqarish tahlili 

 

Mehnat sig‘imi – bu detallar, uzellar, yarimfabrikatlar, mahsulot 

ishlab chiqarish uchun ish vaqti sarfi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni 

texnik takomillashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyot, ishni tashkil 

qilishning ilg‘or usullarini joriy qilish yo‘li bilan erishilgan 

mahsulotning mehnat sig‘imini kamaytirish evaziga mehnat 

unumdorligi o‘sishining yuqori ulushiga erishiladi.  

Mahsulotning mehnat sig‘imi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 

o‘rtasida teskari mutanosiblik mavjud – mehnat sig‘imi kamayganda 

ishlab chiqarish o‘sadi va aksincha.  

Mehnat sig‘imi qisqarishi hisobiga mehnat unumdorligining ortish 

foizi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin: 

.

100


*

100


A

A

Fm

=



 

Bu yerda Fm – mehnat unumdorligining o‘sish foizi; 

A – ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig‘imining kamayish foizi.  

Mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun mehnat sig‘imining 

qisqarishi ishchilarning o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishi miqdoriga 

ham bevosita ta’sir qiladi. Mehnat sig‘imi o‘zgarishining ishchilarning 

mehnat unumdorligiga ta’sirini 1000 so‘mlik mahsulot hisobida 

solishtirma mehnat sig‘imi ko‘rsatkichidan foydalangan holda kuzatish 

mumkin. 

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, 

solishtirma mehnat sig‘imi o‘tgan yilga nisbatan 21,9 % ga (100-

78,10), rejaga nisbatan esa 13,64 % (100 – 86,36) kamaygan. Ushbu 

omil hisobiga asosan soatlik ishlab chiqarish o‘sishi ta’minlangan, u 

esa mehnat sarfi darajasi va me’yorlarning bajarilish darajasiga bog‘liq 

bo‘ladi.  

Mehnat sig‘imi qisqarishi hisobiga soatlik ishlab chiqarishni 15,8 

% (

100*13,64



100 13,64

-

) ga oshirish rejalashtirilgan.  



95 

Haqiqatda soatlik ishlab chiqarish 28,04 % ga, jumladan mehnat 

sig‘imi qisqarishi hisobiga 28,04 % (

100* 21,9

100 21,9

-

) ga o‘sdi. 



Me’yorlarning bajarilish darajasi avvalgidek o‘zgarmasdan qoldi, 

o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish ortishiga esa butunlay mehnat sig‘imi 

qisqarishi evaziga erishildi. 

 

4.8-jadval 



Mehnat sig‘imining mehnat unumdorligiga ta’siri 

 

Hisobot yili 

Ko‘rsatkichning o‘zgarishi 

T/r Ko‘rsatkichlar

O‘tgan 

yil 

reja haq. 

reja 

o‘tgan 

yilga 

nisbatan

haqiqatda 

o‘tgan yilga 

nisbatan 

haqiqatda 

rejaga 

nisbatan 

Mahsulot (ish, 



xizmat) hajmi, 

ming so‘m. 

251222 266669 315642

106,15 


125,64 

118,36 


Ishlangan ki-

shi-soatlarning 

umumiy miq-

dori, ming 

kishi-soat. 

1977,38 1898,21 1940,37

96,00 


98,13 

102,22 


Ming so‘mlik 

mahsulot 

uchun mehnat 

sarfi, soat (2 -

modda : 1 -

modda) 

7,87 7,12 6,15 90,44  78,10 



86,36 

Bir ishchining 



o‘rtacha soatlik 

ishlab chiqa-

rishi , so‘m 

(str.1 : str.2) 

127,05 140,48 162,67

110,58 128,04  115,79 

 

Mehnat sig‘imi kamayishiga ta’sir qiluvchi aniq sabablarni 



belgilash uchun tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi, yetkazib berishlar 

rejasi, ishlab chiqarish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish, bajarilishini 

tekshirish talab qilinadi. Mehnat sig‘imining bunday tahlili mahsulot 

tayyorlashning me’yorlashtirilgan mehnat sig‘imi, norma-soatlarda 

asosiy ishchilar mehnat sarfi bo‘yicha ma’lumotlar asosida olib 

boriladi.  



96 

Bazis, reja va amaldagi hisobot davri me’yorlari bo‘yicha 

me’yorlashtirilgan mehnat sig‘imi o‘zgarishini tahlil qilish mahsulot 

mehnat sig‘imi kamayishi bo‘yicha ishlarni baholashga imkon beradi.  

Norma-soatlarda mehnat sig‘imining qisqarishi turli omillar 

ta’sirida sodir bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: yanada mukammal 

mehnat asboblari paydo bo‘lishini ta’minlovchi ilmiy-texnik taraqqi-

yot, yangi texnik qarorlar, foydalanilayotgan mashina, uskuna va 

instrumentlarning qo‘llanilish sohasini takomillashtirish va kengay-

tirish; mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash bilan 

bog‘liq chora-tadbirlar, ishchilar malakasi ortishi, ilmiy asoslangan ish-

lab chiqarish me’yorlarini joriy qilish va mehnatni me’yorlashtirishni 

tartibga solish; sotib olinadigan yarimfabrikatlar ulushi o‘zgarishi.  

 

 



Nazorat savollari 

 

1. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi miqdoriy 

va sifat parametrlari bo‘yicha qanday tahlil qilinadi?  

2. Ishchilar sonining rejadan mutlaq va nisbiy og‘ishlari nimani 

ko‘rsatadi? 

3. Korxonalarda mehnat resurslari harakatlanishini tavsiflash 

uchun qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi va ularning darajasi 

qanday aniqlanadi? 

4. Ish vaqti fondiga qanday omillar ta’sir qiladi? Butun kunlik va 

smena ichidagi ish vaqti yo‘qotishlari qanday aniqlanadi? 

5. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va 

qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini ayting. Ular qanday hisoblanadi?  

6. Mahsulot strukturasi va assortimentining mehnat unumdorligiga 

ta’siri qanday hisoblanadi?  

7. Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishiga qanday omillar 

ta’sir qiladi? Ular qanday hisoblanadi? 

8. Ishchining soatlik ishlab chiqarishiga mehnat sig‘imining ta’siri 

qanday hisoblanadi?  

9. Ishga qabul qilish, ishdan bo‘shash, xodimlar qo‘nimsizligi 

bo‘yicha aylanma koeffitsiyentlarini hisoblagan holda ishchilar 

harakatlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qiling. 

 

 



97 

Ko‘rsatkichlar Soni, 

kishi 

Ishga qabul qilingan ishchilar soni  

297 

Ishdan bo‘shatilgan ishchilar soni 



329 

Jumladan:  

- shartnoma muddati va ish tugashi munosabati bilan boshqa 

korxona, qurilish va tashkilotlarga o‘tkazilgan 

21 

- o‘qishga kirganligi, harbiy xizmatga chaqirilganligi, pensiyaga 



chiqqanligi munosabati bilan 

103 


- o‘z xohishiga ko‘ra 

100 


- sababsiz ishga kelmaganligi va boshqa mehnat intizomidagi 

qoidabuzarliklar uchun  

105 

Ro‘yxat bo‘yicha ishchilar soni  



1337 

 

10.   Mehnat  unumdorligi  dinamikasi va rejasining bajarilishini 



tahlil qiling. 

 

Ko‘rsat- 



kichlar 

O‘tgan 

yil 

Reja Haqiqat

O‘tgan 

yilga 

nisbatan 

reja, % 

da 

O‘tgan 

yilga 

nisbatan 

haqiqat, 

% da 

Rejaning 

bajari-

lishi, % 

A 1 


4 5 



Mahsulot hajmi, 

ming so‘m 

338360 357000 363860

 

 

 



Ishlab chiqarish 

xodimlarining 

o‘rtacha soni 

1897 1878  1870 

 

 

 



Jumladan 

ishchilar 

1359 1320  1337 

 

 



 

Ishlab chiqarish 

xodimlarining 

umumiy sonida 

ishchilarning 

ulushi 


? ?  ? 

 

 



 

O‘rtacha yillik 

ishlab chiqarish, 

ming so‘m: 

 

 

 



 

 

 



a) bir xodimning 



 

 



 

b) bir ishchining 





 

 

 



98 

11.  Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha bir ishchining o‘rtacha yillik 

ishlab chiqarishi rejasidan og‘ishga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblang. 

 

Og‘ish (+,-) 



№ Ko‘rsatkichlar  Reja 

Hisobot 

summa % 

da 

1  Mahsulot hajmi, ming so‘m 

357000 

363860 


 

 



Barcha ishchilar tomonidan bir 

yilda ishlangan kishi-kunlarning 

umumiy miqdori, ming kishi-kun 

306240 304836   

 



Barcha ishchilar tomonidan bir 



yilda ishlangan kishi-soatlarning 

umumiy miqdori, ming kishi-soat 

2388672 2362479

 

 



4 Ishchilarning 

o‘rtacha 

soni, kishi 

1320 


1337 

 

 



Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab 

chiqarishi 

 

 



 

 



Bir ishchining bir yilda ish kunlari 

soni 


 

 

 



 

Ish kunining o‘rtacha davomiyligi, 



soatlarda 

 

 



 

 



Bir ishchining o‘rtacha soatlik 

ishlab chiqarishi , so‘m 

 

 

 



 

 

12.  Foizlar farqi usulida mehnat resurslaridan foydalanishni tav-



siflovchi omillarning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini hisob-

lang (tahlil uchun 11-topshiriqdagi jadval ma’lumotlaridan foyda-

laning). 

t/r Ko‘rsatkichlar 

Reja 

bajarilishi, 



Ko‘rsatkich 

darajalari 

farqi, % 

Mahsulot 

ishlab 

chiqarish 

hajmiga 

ta’siri, 

ming so‘m 

Omillar 

nomi 

Ishchilarning 



o‘rtacha soni 

 

 



 

 



Ishlangan kishi-

kunlarning 

umumiy miqdori 

 

 



 

 



Ishlangan kishi-

soatlarning 

umumiy miqdori 

 

 



 

 

4 Mahsulot 



hajmi   

 

 



 

 

99 

 

  

 

 

V bob. MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK 

VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI TAHLILI 

 

5.1. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik hamda 

ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining vazifalari  

va axborot ta’minoti 

 

Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmet-

larining uzluksiz doiraviy aylanishini o‘zida aks ettiradi. Buning 

natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab 

chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari 

sifatida yana uning tarkibiga qo‘shiladi.  

Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari 

bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish 

jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi. 

Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi: xomashyo va 

materiallar, qo‘shimcha materiallar, yonilg‘i va energiya, ta’mir uchun 

ehtiyot qismlar va boshqalar. Moddiy resurslarni iste’mol qilish 

jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o‘zgarishi sodir bo‘ladi, 

shuning uchun xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyadan 

tejamkorlik bilan foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi. 

Material sig‘imi, mehnat sig‘imi, fond sig‘imi, kapital qo‘yilmalar 

darajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o‘rtasida o‘zaro cham-

barchas aloqa mavjud. Boshlang‘ich materiallarning material sig‘imi 

kamayganda chiqindilar kamayishi hisobiga jonli mehnat tejamkorligi 

vujudga keladi, mahsulot tayyorlash mehnat sig‘imi kamayadi. 

Ayni vaqtda material sig‘imining kamayishi bir xil dastgohda bir 

xil miqdordagi materillardan foydalangan holda vaqt birligida ko‘proq 

miqdorda tayyor mahsulot olishga imkon beradi. Bu esa mehnat 

unumdorligi, fond qaytimi ortishiga, fond sig‘imi kamayishiga olib 

keladi. O‘z navbatida, muayyan hajmdagi mahsulot yaratish uchun 

fond sig‘imini kamaytirish korxonalarda kapital qo‘yilmalar hajmini 

nisbatan qisqarishini keltirib chiqaradi.  


100 

Mahsulotlar tannarxini kamaytirgan holda moddiy resurslardan 

oqilona foydalanish rentabellik va foyda o‘sishi omili sanaladi. Lekin 

moddiy resurslardan tejamli foydalanish faqatgina ishlab chiqarish 

samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar oshishiga olib 

kelmaydi. Mavjud texnologik tizimlarda inson ehtiyojlarini qondirish 

uchun ishlab chiqarish hajmining o‘sishi shunga olib keldiki, tabiiy 

resurslarning tugash sur’ati va atrof-muhitning ifloslanish darajasi yo‘l 

qo‘yib bo‘lmaydigan chegaraga yetib qoldi

2

.  



Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yirik mutaxassislar E. fon 

Vaytszekker, Eymari B. Lovins, L. Xanter Lovins texnologik tizimlarning 

rivojlanish tendensiyalari tahlili asosida quyidagi xulosaga keldilar:  

Resurslar mahsuldorligini to‘rt karra oshirish mumkin va shunday 

qilish lozim. Boshqacha aytganda, tabiiy resurslarni qayta ishlash 

hisobiga olinayotgan boyliklar to‘rt karra oshishi darkor. Shuning 

evaziga biz ikki hissa yaxshi yashab, ikki hissa kamroq sarflashimiz 

mumkin bo‘ladi

3



Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash 



variantlarini izlash tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi. 

Moddiy resurslar tahlilining asosiy bosqichlari: 

– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash; 

– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining moddiy 

sarflar miqdoriga ta’sirini baholash; 

– korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish; 

– materiallarni sarflash me’yorlari asoslanganligini tahlil qilish; 

– moddiy resurslarga optimal ehtiyojni asoslash.  

Moddiy resurslar tahlili uchun axborot manbalari sifatida moddiy 

resurslar mavjudligi va ulardan foydalanish haqida va ishlab chiqarish 

xarajatlari haqida statistik hisobot, ta’minot bo‘limining tezkor 

ma’lumotlari, moddiy resurslar kirimi, sarfi va qoldig‘i haqida analitik 

buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot 

rejalari, xomashyo va materiallar yetkazib berish shartnomalari kabilar 

xizmat qiladi.  

 

                                                 



2

 Иноземцев В.Л. За пределами экономического общества. М.: Academia- Наука, 1998. 

C. 578. 

3

Мидоуз  Донелла,  Мидоуз  Денис,  Рандерс  Й.  За  пределами  допустимого:  глобальная 



катастрофа  или  стабильное  будущее?  Новая  постиндустриальная  волна  на  Западе. 

Антология / Под ред. В.Л. Иноземцева. М.: Academia, 1999. C.600. 



101 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling