Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

4.3. Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili 

 

Xodimlar soni, tarkibi va malakasi tahlili mehnat resurslari harakatini 

o‘rganish bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lib, u turli sabablarga bog‘liq 

bo‘lishi mumkin. Masalan, qarilik bo‘yicha nafaqaga chiqish, o‘qish 

uchun, xizmat safari, yuqori lavozimga ko‘tarilish, boshqa korxonaga 

ishga o‘tish, ishlar va shartnoma muddati tugashi bilan bog‘liq ravishda 



80 

o‘zgarishi mumkin. Shular bilan bir qatorda, xodimlarni ularning o‘z 

xohishiga ko‘ra, mehnat intizomini buzganligi uchun, malaka talablariga 

javob bermasligi uchun bo‘shatish, ya’ni xodimlar qo‘nimsizligi ham 

xodimlar tarkibi va mehnat unumdorligining salbiy o‘zgarishiga, ish 

vaqtidan to‘liq foydalanmasligiga sabab bo‘ladi.  

Mehnat resurslari harakatini tavsiflash uchun quyidagi 

ko‘rsatkichlar dinamikasi hisoblanadi va tahlil qilinadi: 

– xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi koeffitsiyenti (Kiq): 

Ishga qabul qilingan xodimlar soni

;

Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni



iq

=

 

– ishdan ketish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti (Kk): 



Ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni

;

Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni



b

=

 

– qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (Kq): 



 O‘z xohishiga ko‘ra va mehnat intizomini buzganligi uchun 

ishdan bo‘shatilgan xodimlar soni

;

Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni



q

=

 

– kadrlar doimiyligi koeffitsiyenti (Kkd): 



Yil davomida ishlagan xodimlar soni

.

Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni



kd

=

 

Tahlil etilayotgan korxonada mehnat resurslari harakati tahlili 



quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: 

 

4.3-jadval 

Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili 

 

№ 

Ko‘rsatkichlar O‘tgan 

yil 

Hisobot 

yili 

1. 


Ro‘yxat bo‘yicha ishchilar soni 

649 


601 

2. 


Ishga qabul qilinganlar soni 

118 


109 

3. 


Ishdan bo‘shatilganlar soni 

163 


155 

 

Jumladan : 



 

 

3 a 



O‘z xohishiga ko‘ra 

53 


45 

3 b 


Ishga kelmaganligi va boshqa mehnat intizomi 

buzilishlari uchun bo‘shatilganlar  

87 80 

3 v 


O‘qishga kirganligi, pensiyaga chiqqanligi bilan 

bog‘liq tarzda 

23 30 

4. 


Ishga qabul qilish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti 

0,182 


0,181 

5. 


Ishdan bo‘shatishlar bo‘yicha aylanma 

koeffitsiyenti 

0,251 0,258 

6. 


Xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 

0,216 


0,208 

81 

Ma’lumotlar ko‘rsatadiki, hisobot davri uchun o‘z xohishiga ko‘ra, 

ishga sababsiz kelmaganligi va boshqa mehnat intizomini buzganligi 

uchun ishdan bo‘shatilganlar soni 125 tani tashkil qiladi (45+80), o‘z 

navbatida, xodimlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti 0,208% ni tashkil 

qiladi. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 0,216%ga teng edi . 

Xodimlar qo‘nimsizligi yil davomida yangi xodimlarni ishga qabul 

qilish va tayyorlashga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Yangi qabul qilingan 

xodimlar, odatda, ishlab chiqarishning rejalashtirilgan darajasiga 

darhol erisha olmaydi, ularning yangi joyga moslashishi, ish joyi va 

operatsiyalarni o‘zlashtirishi davridagi mehnat unumdorligi doimiy 

xodimlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ishchi xodimlarni 

mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni oldindan ko‘zda tutish 

uchun o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashlarning aniq sabablarini 

bilish lozim. Statistik hisobotda ushbu sabablar keltirilmaydi, joriy 

hisobda ham bunday ma’lumotlar mavjud emas. Ularni ijtimoiy 

tadqiqotlar o‘tkazish asosida aniqlash mumkin. Tadqiqot ma’lumotlari 

bo‘yicha qo‘nimsizlikning asosiy sabablari quyidagicha: mehnat 

turidan qoniqmaslik, sharoitlar yomonligi, oylik mehnat haqi kamligi, 

ushbu kasbda o‘sish imkoniyati mavjud emasligi, ish vaqtining 

uzunligi va boshqalar.  

Tahlil yakunida korxona xodimlarini ijtimoiy himoyalash 

darajasini oshirish, ularning mehnat, ijtimoiy-madaniy, uy-joy-maishiy 

shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlar 

ishlab chiqiladi. Ular kelgusi yil uchun ijtimoiy taraqqiyot rejasi va 

jamoaviy shartnoma ishlab chiqishda hisobga olinadi.  

 

4.4. Ish vaqtidan foydalanish tahlili 

 

Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, mehnat jamoasining har bir 



a’zosiga mahsulotlar ishlab chiqishning ortishi, shuningdek, mehnat 

resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim shartlaridan biri ish 

vaqtidan tejamkor va samarali foydalanish hisoblanadi. Ish vaqti qay 

darajada to‘liq va oqilona foydalanilayotganligiga mehnat 

samaradorligi, barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish bog‘liq 

bo‘ladi. Shuning uchun ish vaqtidan foydalanish tahlili korxonadagi 

analitik ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Ish vaqtidan foydalanish tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: ish 

vaqtidan yo‘qotishlarni va undan unumsiz foydalanishni aniqlash. 


82 

Tahlil uchun asosiy ma’lumotlar manbasi 1-mehnat statistik 

hisobot shakli bo‘lib, unda ish vaqtidan foydalanishni tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar majud bo‘ladi: yil uchun ishlab berilgan kishi-kun va 

kishi-soatlarning umumiy miqdori.  

Ish vaqtidan foydalanish tahlili metodikasini ko‘rib chiqishdan 

oldin qisqacha tarzda ishlab berilgan vaqtni hisobga olishning amaldagi 

tartibi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ishlab berilgan kishi-kuni va kishi-

soatlarning haqiqatdagi miqdori haqida ma’lumotlar tabel hisobi 

ma’lumotlari bo‘yicha olinadi. Tabel hisobining hozirgi tashkiliy shakli 

ishlab berilgan kishi-kuni va kishi-soatlarning haqiqatdagi miqdori 

haqida ishonchli ma’lumot bera olmaydi.  

Xodimning ish vaqti fondini rejalashtirishda quyidagi 

ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: ish vaqtining kalendar fondi, u barcha 

smenalarda uzrli va uzrsiz kishi-kunilarning umumiy soni bilan 

o‘lchanadi;  ish vaqtining nominal fondi, buni hisoblashda kalendar 

bo‘yicha kunlarning umumiy sonidan bayram va dam olish kunlari 

chiqarib tashlanadi; ish vaqtining maksimal fondi, buni hisoblashda 

nominal fondni hisoblashda qabul qilingan kunlar soni navbatdagi 

ta’tillar davomiyligiga kamaytiriladi (kunlarda). 

Ish vaqti fondini kishi-soatlarda rejalashtirishda xodimlarning 

ayrim guruhlarida ish kuni davomiyligi qisqartirilganligini hisobga 

olish zarur. Qisqartirilgan ish kuniga ega xodimlar guruhiga, masalan, 

tungi smena ishchilari, o‘smirlar, og‘ir va zararli ishlar bilan bandlar, 

emizikli onalar va boshqalar kiritiladi.  

Ish kuning o‘rtacha davomiyligi xodimlarning u yoki bu 

guruhining ish kuni davomiyligining umumiy hisobdagi ushbu 

guruhlarning ulushiga o‘rtacha tortilgani sifatida aniqlanadi. 

Masalan, agar 500 kishi 8 soatdan, 300 kishi 7 soatdan, 100 kishi 6 

soatdan ishlasa, u holda ish kunining o‘rtacha davomiyligi 7,44 soatni 

tashkil qiladi.  

.

100



300

500


6

*

100



7

*

300



8

*

500



+

+

+



+

 

Shunday qilib, haqiqatdagi ish vaqtining o‘rtacha davomiyligi 



muayyan darajada mehnat resurslari tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.  

Ish vaqtidan foydalanish tahlilida haqiqatda ishlab berilgan kishi-

kuni va kishi-soatlarni rejadagi hisobot yili va o‘tgan yil ma’lumotlari 

bilan taqqoslash orqali ish vaqti yo‘qotishlari aniqlanadi.  



83 

Ish vaqti fondi

  (IVF) xodimlar soni, bir xodim tomonidan yil 

uchun ishlab berilgan kunlarning o‘rtacha miqdori, ish kunining 

o‘rtacha davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha 

tasvirlash mumkin: 

IVF = XS*K*D 

4.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, o‘tgan yil bilan taqqos-

laganda ish vaqtidagi umumiy yo‘qotish 37,01 ming kishi-soatga teng 

bo‘lsa, reja bilan qiyoslanganda 42,16 ming kishi-soatga ortiq bo‘ldi. 

 

4.4- jadval 

Ish vaqtidan foydalanish tahlili 

 

Og‘ish, 

(+,-) 

№ Ko‘rsatkichlar 

O‘tgan 

yil 

Hisobot 

yil uchun

reja 

Hisobot yil 

uchun 

haqiqatda 

o‘tgan 

yildan 

rejadan

1. 


Xodimlarning o‘rtacha 

soni(XS) 

974 936  952  -22 16 

2. 


Bir xodimning bir 

yilda ishlagan kunlari 

soni (K) 

264 260  258  -6  -2 

3. 

Bir xodimning bir 



yilda ishlagan ish 

soatlari (S) 

2030,16 2028,00  2038,20 

8,04  10,20 

4. 

Ish kunining o‘rtacha 



davomiyligi (D) 

7,69 7,8  7,9  0,21 

0,10 

5. 


Ish vaqti fondi (IVF) 

ming kishi-soat 

1977,38 1898,21  1940,37  -37,01  42,16 

 

Ish vaqti fondi o‘zgarishi quyidagi omillar ta’siri hisobiga sodir 



bo‘lgan: 

a) xodimlar soni 

∆IVF

XS

=



(

)

1



0

0

0



*

*

=



XC

XC

К

Д

-

(952-974)*264*7,69= -44,663 ming 



kishi-soat; 

b) bir yilda bir xodimning ish kunlari soni (ish vaqtining butun 

kunlik yo‘qotishlari) 

∆IVF


K

 = 


1

1

0



0

*(

) *



ХС

К

К

Д

-

=



952*(258-264)*7,69 = - 43,925 

ming kishi-soat; 

v) ish kuni davomiyligi (smena ichida ish vaqti yo‘qotishlari) 

∆IVF


D

 = 


1

1

1



0

*

*(



)

ХС К

Д

Д

-

=



 952*258*(7,9-7,69)= + 51,579 

ming kishi-soat. 



84 

Bizning misolimizda 88,588 ming kishi-soat (44,663+43,925) ish 

vaqti yo‘qotilishi xodimlar soni qisqarishi va yil uchun bir xodim 

uchun ish kunlari soni kamayishi hisobiga yuzaga kelgan. Ish vaqtining 

umumiy yo‘qotishi ish kuni davomiyligi uzaytirilishi hisobiga qisman 

qoplangan. 

Ish vaqti yo‘qotilishini o‘rgangandan so‘ng ish vaqtining unumsiz 

sarflanishi aniqlanadi. 

Ish vaqtining unumsiz sarflanishi yaroqsiz mahsulotlar tayyorlash, 

ularni tuzatish oqibatida ish vaqtini yo‘qotish, shuningdek, texnologik 

jarayondan chetlashish (ish vaqtining qo‘shimcha sarfi) bilan bog‘liq 

ish vaqti sarfidan yuzaga keladi. Ish vaqtining unumsiz sarflanishi 

yaroqsiz mahsulotdan yo‘qotishlar haqida ma’lumotlarga asosan 

hisoblanadi.  

 

4.5. Mehnat unumdorligi tahlili 

 

Mehnatdan foydalanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi 

– mehnat unumdorligi bo‘lib, uning darajasi bir xodim uchun ishlab 

chiqarilgan mahsulot ko‘rsatkichi va vaqt birligida ishlab chiqarilgan 

mahsulot ko‘rsatkichi bilan ifodalanishi mumkin.  

Mehnatdan foydalanish samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarni 

tavsiflaydi: 

- mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati; 

- mehnat unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot o‘sishi ulushi; 

- bazis yilga nisbatan jonli mehnat tejami (yil hisobida xodimlar); 

- mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod; 

- mehnat unumdorligining o‘sish sur’atining o‘rtacha oylik mehnat 

haqi o‘sishiga nisbati. 

Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasiga korxona 

faoliyatining ko‘plab ko‘rsatkichlari, jumladan mehnat ko‘rsatkichlari: 

mahsulot ishlab chiqarish, xodimlar soni, mehnat haqi fondi, tannarx 

va boshqalar bog‘liq bo‘ladi.  

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlilining asosiy yo‘nalishi 

nafaqat reja qanday bajarilganligini aniqlashdan iborat, balki o‘sish 

dinamikasini aniqlash, rejani bajarmaslik yoki ortig‘i bilan bajarish 

sabablarini oydinlashtirish: mexanizatsiya vositalaridan foydalanish, 

asosiy va qo‘shimcha ishlarga qo‘l mehnatini jalb qilish, smena ichida 

va kunlab ish vaqti yo‘qotilishi mavjudligi, ishlab chiqarish me’yorlari 


85 

tarkibi va ularning texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligini 

aniqlash ham uning vazifasiga kiradi. Tahlilda korxona, sexlar, 

uchastkalar va alohida ish joylarida mavjud mehnat unumdorligini 

oshirish zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy 

chora-tadbirlarni qayd qilish zarur. 

Korxonalarda mehnat unumdorligini hisobga olish va tahlil qilish 

uchun bir xodimning o‘rtacha ishlab chiqarish ko‘rsatkichidan foyda-

laniladi. Bunda ishlab chiqarishni aniqlashning uchta usuli farqlanadi: 

qiymat, natural va mehnat. Bir xodim uchun o‘zgarmas narxlarda mah-

sulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichi mufassal ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Mehnat unumdorligining mazkur ko‘rsatkichi kamchiliklardan xoli 

emas – xomashyo va materiallar narxi darajasiga bog‘liqligi, mahsu-

lotlar assortimenti, narxlar asoslanganligi va boshqalar. Narxlar 

o‘zgarmasligiga rioya qilish mehnat unumdorligi darajasini o‘lchash 

to‘g‘riligini ta’minlaydi, chunki aksincha holatda ko‘rsatkichlar qiymat 

omili ta’sirida buzib ko‘rsatiladi. Assortimentga kelsak, yo‘l qo‘yilgan 

o‘zgarishlar mehnat unumdorligi darajasida aks ettiriladi, chunki 

mahsulotlarning har bir turi buyumlashgan, mehnatdan tashqari ushbu 

ishlab chiqarishga o‘tkazilgan va yana ushbu ishlab chiqarishda 

sarflangan jonli mehnatni o‘z ichiga oladi.  

 

Qiymat ifodasida mahsulot 



Mehnat unumdorligining 

ishlab chiqarish hajmi

.

qiymat ko‘rsatkichi



Xodimlarning o‘rtacha ro'yxat soni 

=

 



 

Qator tarmoqlarda ishlab chiqarishni umumiy qiymat ko‘rsatkichi 

bilan birgalikda uni natural ifodada o‘lchash mumkin – dona, tonna, 

metr va boshqa ko‘rsatkichlarda.  

Tonna, kg, dona va metrda 

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan

ifodalanadigan mahsulot hajmi

=

.



mehnat unumdorligi 

Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni

 

Ishlab chiqarishning natural o‘lchovlari kon sanoati va bir turdagi 



mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishdarda qo‘llanildi. Bir 

turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning bir necha 

markasi yoki navi shartli-natural birliklarda o‘lchanishi mumkin. 

Domna sexlarda mahsulot shartli ravishda qayta ishlangan chugun 

hisobidagi og‘irlikka, marten sexlarida – oddiy uglerodli po‘latga, 

sement zavodlarida – shartli portlandtsementga keltiriladi va hokazo. 



86 

Buning uchun mutanosib ayirboshlash koeffitsiyentlari qo‘llaniladi. 

Ishlab chiqarishni bunday o‘lchash aniq va obyektiv tuyulsa-da, lekin 

bir turdagi mahsulot bo‘lsa ham (masalan, ko‘mir yonuvchanligi) turli 

sifati tufayli mehnat unumdorligining haqiqiy darajasini aks ettirmaydi. 

Shuningdek, bir turdagi korxonalarda mehnat sarfi bir xil emasligi 

uchun undan qiyosiy tahlilda foydalanib bo‘lmaydi. 

Ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo‘llaniladigan o‘lchovlarning 

uchinchi turi mehnat o‘lchovidir. 

Mehnat unumdorligi 

Mahsulot ishlab chiqarishga vaqt sarfi 

.

(mehnat)



Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

=

 



Mehnat o‘lchovi real mehnat sarflarini yanada to‘liq aniqlash 

imkonini beradi. Mehnat o‘lchovlari sex, uchastka bo‘yicha 

xodimlarning ishlab chiqarishini alohida operatsiyalarja yoki smena 

uchun har bir xodimga, turli-tuman mahsulot ishlab chiqarishda oy 

uchun hisoblashda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni aniqlash uchun 

me’yorlashtirilgan ish vaqti – norma-soatdan foydalaniladi. O‘zgarmas 

(barqaror) me’yorlarda norma-soatlarda o‘lchangan ishlab chiqarish 

ishlab chiqarishning alohida uchastkalarida mehnat unumdorligi 

o‘zgarishini yetarlicha to‘liq tavsiflaydi. Umuman korxona bo‘yicha 

mehnat unumdorligini baholash uchun, mahsuldorlik ko‘rsatkichi 

o‘sishini tahlil qilishda norma-soatlarda o‘lchangan ishlab chiqarish, 

odatda, qo‘llanilmaydi. Axir ko‘plab korxonalarda ishlab chiqarish 

me’yorlari faqatgina baylashib ishlovchilar mehnat sarfini o‘ziga 

qamrab oladi va vaqtincha ishlovchilar, ustiga-ustak boshqa toifadagi 

xodimlar mehnat sarfini tavsiflamaydi.  

Mehnat unumdorligi darajasini baholash uchun umumlashtiruvchi, 

xususiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi: 

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: 

– o‘rtacha yillik xodim uchun mahsulot ishlab chiqarish  

Mahsulot hajmi 

                 (  

        ); 

              Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni 

 - bir ishchi uchun mahsulot ishlab chiqarish 

Mahsulot hajmi 

          ( 

             ); 

Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni 

 


87 

 -bir kishi-kuni uchun mahsulot ishlab chiqarish  

Mahsulot hajmi 

                                                                      ; 

Ishlangan kishi-kunilarning umumiy soni 

- bir kishi-soat uchun mahsulot ishlab chiqarish;  

Mahsulot hajmi 

Ishlangan kishi-kunlarning umumiy soni 

Tahlil jarayonida ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasini, ularning dara-

jasi bo‘yicha rejaning bajarilishini o‘rganish, qiyosiy tahlil o‘tkazish va 

ularning o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur.  

Mehnat unumdorligining eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi – bir 

xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ya’ni uning yillik 

ishlab chiqarishi (MU

x

). Uning miqdori nafaqat o‘rtacha kunlik (KI) va 



o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishga (SI), balki xodimlarning umumiy 

sonida ishchilarning ulushi (I

ul

), yil uchun bir ishchi tomonidan 



ishlangan kunlar miqdoriga (K) va ish kuni davomiyligiga (D) bog‘liq 

(4.1-chizma). 

O‘rtacha soatlik ishlab chiqarish qancha yuqori bo‘lsa, ish 

vaqtining smena ichida va butun kun davomida yo‘qotilishi qancha 

kam bo‘lsa, yilda bir ishchining o‘rtacha ishlab chiqarishi shuncha ko‘p 

bo‘ladi. 

Bunda bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ishlab 

chiqarishni quyidagi omillar ko‘paytmasi ko‘rinishida tasvirlash 

mumkin: 

 

MU



x

 = I


ul

 * K * D * SI. 

 

O‘z navbatida, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishini 



quyidagi omillar ko‘paytmasi ko‘rinishida tasvirlanadi:  

 

MU



i

 =K * D * SI. 

 

Bundan MU



x

 = I


ul

 * MU


i

Mazkur omillar ta’sirini hisoblash determinatsiyalangan omilli 



tahlil usullarining biri bilan bajariladi.  

 


88 

 

 



 

4.1-chizma. Mehnat unumdorligi omilli tizimining  

tarkibiy-mantiqiy modeli 

 

4.5-jadval 

Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi tahlili 

 

Hisobot yili 



Og‘ish (+,-) 

№ Ko‘rsatkichlar 

O‘tgan 

yil 

reja haq. 

o‘tgan 

yildan 

rejadan 

Taqqoslama ulgurji 



narxlarda mahsulot 

(ish, xizmat) hajmi 

(ming so‘mda) 

251222 266669 315642

64420 48973 

Korxona 



xodimlarining 

o‘rtacha soni 

1233 1114 1161 

-72 


47 

Ishchilarning o‘rtacha 



soni 

974 936 952  -22 

16 

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan 



o‘rtacha yillik mahsulot 

xodimlarning umumiy 

sonida ishchilarning 

ulushi (I

ul



Bir ishchiga to‘g‘ri 



keladigan o‘rtacha yillik 

yil uchun bir ishchi tomonidan 

ishlangan kunlar miqdori (K) 

Ishchining o‘rtacha soatlik 

ishlab chiqarishi (SI) 

Ish kunining o‘rtacha 

davomiyligi, soat (D) 

ishlab 


chiqarish-

ning 


mexaniza-

tsiyalashish 

darajasi 

Ishchilar 

malakasi 

Ishchilarning 

mehnat staji 

va yoshi 

Texnika, 

texnologiya 

va ishlab 

chiqarishni 

Tabiiy-

iqlim 


sharoitlari 

89 

Xodimlarning umu-



miy sonida ishchilar-

ning ulushi 

(3-qator *100: 2 -

qator.) 


78,99 84,02 82,00  3,00 

-2,02 


Bir ishchiga to‘g‘ri 

keladigan o‘rtacha 

yillik mahsulot (ming 

so‘mda) 

257,93 284,90 331,56  73,63 

46,65 



Bir xodimga to‘g‘ri 



keladigan o‘rtacha 

yillik mahsulot (ming 

so‘mda) 

203,75 239,38 271,87  68,12 

32,49 



Bir xodimga to‘g‘ri 



keladigan o‘rtacha 

yillik mahsulotning 

rejadan og‘ishi (ming 

so‘mda) 


X X X  X  32,49 

 Jumladan: 

 

 

 



 

 



Xodimlarning umu-

miy sonida 

ishchilarning ulushi 

o‘zgarishi hisobiga 

(-2,02*284,9:100) 

X X X  X  -5,76 

Bir ishchiga to‘g‘ri 



keladigan o‘rtacha 

yillik mahsulot 

o‘zgarishi hisobiga 

(+46,65*82:100) 

X X X  X  38,26 

 

Bizning misolimizda bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik 



mahsulot rejaga nisbatan 32,49 ming so‘mga oshgan. Bu o‘zgarish 

ishchilar ulushining rejadan 2,02 % kamayishi hamda bir ishchiga 

to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 46,65 ming so‘mga 

ortishi oqibatida sodir bo‘ldi. Ishchilar ulushining rejadan 2,02 % 

kamayishi mehnat unumdorligining 5,76 ming so‘mga qisqarishiga olib 

keldi. Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi 46,65 ming 

so‘mga o‘sishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik 

mahsulotning 38,26 ming so‘mga oshishiga sabab bo‘ldi.  

Korxonani to‘liq baholash va mehnat unumdorligini oshirish 

zaxiralarini aniqlash uchun umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan 

birga  mehnat unumdorligi darajasining xususiy ko‘rsatkichlari: ish 

vaqti birligi uchun olingan mahsulotlar miqdori haqida yoki i-turdagi 



90 

mahsulot birligini ishlab chiqarishga bevosita mehnat xarajatlari haqida 

ma’lumotlarni ham tahlil qilish zarur. Dastlabkisi mahsulot ishlab 

chiqarish hajmini bevosita mehnat xarajatlariga bo‘lish orqali, 

ikkinchisi – bevosita mehnat xarajatlarini (kishi-soatlarda) mahsulot 

ishlab chiqarish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 

Mehnat unumdorligi darajasi ustidan tezkor nazorat qilish uchun 

yil davomida alohida turdagi ishlar yoki ishlab chiqarish jarayonlari 

bo‘yicha uning darajasining qo‘shimcha ko‘rsatkichlaridan 

foydalaniladi: bajarilgan ish birligiga mehnat sarfi yoki ish vaqti birligi 

uchun bajarilgan ishlar miqdori. 

 

 



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling