Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Moliyaviy barqarorlikning ekspress-tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

Moliyaviy barqarorlikning ekspress-tahlili 

 

Ehtimoliy 

variantlar (N) 

AM

O

Δ

 



UM

O

Δ

 



JAM

Δ

 



Moliyaviy 

barqarorlik turi 

1 + 


Mutlaq 



2 - 



Normal 

3 - 


Beqaror 



4 - 



Inqirozli moliyaviy 

holat 


 

Bu erda “-” to‘lov yetishmasligi; 

“+” - to‘lov ortiqchaligi. 

Korxonaning zaxira va sarf-xarajatlari miqdori hamda ularni 

qoplash bo‘yicha jami manbalarning miqdori haqida ma’lumotlarga 

asoslangan holda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini ta’riflaymiz. 

7.14-jadval ma’lumotlariga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan davrda 

zaxira va sarf-xarajatlarni shakllantirish manbalarining barcha turlari 

1,4 martadan ziyodga oshgan: 

816,2 : 357,8 = 2,28; 2244,3 : 1450,5 = 1,54. 

3201,9 : 2202,1 = 1,45, biroq yil oxirida korxonaning holati 

yomonlashgan va zaxiralarning qoplash manbalari bilan ta’minlan-

ganligida yetishmovchilik kuchaygan. Uch unsurli ko‘rsatkich 

moliyaviy vaziyatni inqirozli sifatida tavsiflaydi.  



180 

7.14-jadval 

Moliyaviy barqarorlik tahlili 

 

Ko‘rsatkichlar 

Shartli belgi 

Yil boshi uchun 

Yil oxiri uchun 

1 2 


O‘z m



ablag‘lari m

anbalari 

O‘MM 

1 105 797 



1 840 236 

Uzoq muddatli aktivlar 

UA 

292 622 


466 521 

O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi 

(1-modda –2-modda) 

O‘AM 


813 175 

1 373 715 

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 

UMKQ 


Zaxira va xarajatlarni shaklla



ntirish uc

hun o‘z va uzoq 

muddatli qarz mablag‘lari mavjudligi 

(3-m


odda + 4-m

odda) 


O‘UM 

813 175 


1 373 715 

Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar 

QKQ 

388 102 


Asosiy m


anbalarni

ng um


um

iy 


m

iqdori (5 -m

odda + 6 -

m

odda) 



JAM 

1 201 277 

1 373 715 

Zaxira va xarajatlar 

1 117 934 



703 501 

O‘z aylanma mablag‘lari ortiq

chaligi (+), etish

m

asligi (-) 



(3-m

odda – 8-m

odda) 

AM

O

Δ



 

- 304 759 

670 214 

Zaxira va xarajatlarni shaklla

ntirish uc

hun o‘z va uzoq 

muddatli qarz mablag‘lari manbalari ortiqchaligi (+), 

etishmasligi (-) (5 

-mo

dda –8 -modda) 



UM

O

Δ



 

- 304 759 

670 214 

Zaxira va xarajatlarni 

shakllantirishning as

osiy 


m

anbalarining um

um

iy m


iqdori ortiqchaligi (+), 

etishmasligi (-) (7 -mo

dda –8-modda) 

JAMΔ

 

83 343 



670 214 

Moliyaviy barqarorlik tu

rining uch komponentli 

ko‘rsatkichi 

=

S

JAM

UM

O

AM

O

Δ

Δ



Δ



 

0,0,


1

 

 



1,1,



181 

“Karvon” MChJning moliyaviy barqarorligini mutloq ko‘rsatkich-

lar asosidagi tahlili natijalari shuni ko‘rsatadiki, korxonada moliyaviy 

holat yil boshida nobarqaror holatda bo‘lib, yil oxiriga kelganda 

mutloq barqaror holatga o‘zgargan. Chunki yil boshida zaxira va 

xarajatlarni qoplashga o‘z va uzoq muddatli qarz manbalari yetarli 

bo‘lgan, yil oxirida esa o‘z manbalari yetarli bo‘lgan. Korxonada yil 

oxirida zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishda  uzoq hamda qisqa 

muddatli majburiyatlardan umuman foydalanilmagan. Korxonada 

mutloq barqarorlik holati uzoq va qisqa muddatli qarzlarni jalb etish 

imkonini ham beradi. Bu korxonaning moliyaviy holatini yanada 

barqarorlashishiga olib keladi. 

Moliyaviy holat barqarorligi quyidagilar asosida tiklanishi 

mumkin: 


 – joriy aktivlarda kapital aylanuvchanligi tezlashishi bilan, buning 

natijasida uning 1 so‘mlik tushumga nisbatan qisqarishi sodir bo‘ladi; 

– zaxira va sarf-xarajatlarning asosli tarzda kamaytirilishi bilan; 

 - o‘z aylanma kapitalning ichki va tashqi manbalar bilan 

to‘ldirilishi. 

 Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari tahlili 

Korxonaning moliyaviy barqarorligi namoyon bo‘lishining ayrim 

jihatlarini tahlil qilish uchun iqtisodiy adabiyotlarda tavsiya qilingan 

korxonaning moliyaviy barqarorligi koeffitsiyentlari tizimidan 

foydalaniladi.  

Mazkur koeffitsiyentlar korxonaning moliyaviy barqarorligini 

baholashni kelgusi detallashtirish, korxona moliyaviy barqarorligining 

asosiy ko‘rsatkichining alohida jihatlarini qo‘shimcha aks ettirish 

uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan.  

Biroq moliyaviy barqarorlik darajasi tahlilga tortiladigan 

ko‘rsatkichlar miqdori haqida iqtisodchi olimlar o‘rtasida yakdil fikr 

mavjud emas. Ba’zan ko‘rsatkichlar tizimiga korxonaning moliyaviy 

barqarorligini baholashga umuman aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar 

ham kiritiladi, masalan, eskirish va asosiy vositalarni yangilash 

koeffitsiyentlari, korxona mulkining real qiymati koeffitsiyenti, 

bankrotlik koeffitsiyenti va boshqalar. Turli mualliflar tomonidan 

korxonaning moliyaviy barqarorligining aynan bir xil ko‘rsatkichlari 

turlicha ta’riflanadi.  

Prof. N.N. Seleznyova, A.F. Ionova moliyaviy barqarorlikni tahlil 

qilish uchun 11 ta ko‘rsatkichni tavsiya qiladi.  



182 

7.15-jadval 

Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari 

 

Darslik

 va o‘quv qo‘llanmalari mualliflari

6

 

T/r Koeffitsiyentlar 

G.V. 

Savitsk

aya 

N.N.Sele

znyova, 

A.F. Ionova 

E.A. 

Akramov 

N.P. 

Lyubushin 

va b. 

V.G. 

Artemen

k

o, 

M.V. 

Bellendir 

A.V. 

Vahobov 

va b. 

  

1 2 









Joriy aktivlarning o‘z



 

aylan


m

a mablag‘lar

bilan ta’m



inlanganligi 

koeffitsiyenti 

+ + 



 





Material zaxiralarning 

o‘z aylan

m



mablag‘lari bilan 



ta’m

inlanganligi 

koeffitsiyenti 

 + 


 

 



 

Xususiy kapitalning 



manyovrlashganligi 

koeffitsiyenti 

+ + 





                                        



        

 

6



 Савицкая

 Г



. Анализ

 производственно

-финансовой

 деятельности

 сельскохозяйственных

 предприятий

, М

.: 


Инфра

. 2003. 


Селезнёва

 Н



., 

Ионо


ва

 А



. Финансовй

 анализ


. М

.: 


Юнити

, 2002. 


Акрамов

 Э



. Анализ

 финансового

 состояния

 предприятия

, Т

., 2000. 



Люб

ушкин


 Н

. и



 др

. Анализ


 финансово

-экономической

 деятельности

 предприятия

, М

.: 


Юнити

, 2001. 


Артеменко

 В



., 

Беллендир

 М



. Финансовый



 анализ

, М


.: 

Дело


 и

 сервис


, 1999. 

Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroxim

ov A.T. Moliyav

iy va bos

hqaru

v tahlili. Darslik. T.: Iqtis



od-Moliy

a, 2013. 600 b. 



183 

4 Doim


iy 

ak

tiv 



indeksi 

 



 

 



 

Qarz mablag‘larni 



uzoq m

ud

datli jalb 



qilish indeksi 

+ + 




6 Eskirish 

koeffitsiyenti 

 



 

 



Mulkning real 



qiym

ati ko


effitsiyenti 

 + 


 



Avtonom



iya 

koeffitsiyenti 

+ + 

 



 



Moliyaviy barqarorlik 

koeffitsiyenti 

+ + 



 



 

10 



Moliyaviy faollik 

koeffitsiyenti 

 + 



 



 

 

11 



Moliyalashtirish 

koeffitsiyenti 

 + 





 

 

12 



Joriy qarz

dorli


koeffitsiyenti 

+  

 

 



 

 

13 



Qarz va x

ususiy 


kapital nisbat 

koeffitsiyenti 

  

 



Mezonlar m



iqdori 

11 





 


184 

Korxonaning moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari sifatida uning 

asosiy ko‘rsatkichiga haqiqatan ham qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib 

xizmat qiladigan va uning alohida jihatlarini aks ettira oladigan 

ko‘rsatkichlarning cheklangan doirasidan foydalanish talab qilinadi. 

Moliyaviy barqarorlikning barcha nisbiy ko‘rsatkichlarini ikki 

guruhga ajratish mumkin: 

Birinchi guruh 

– aylanma mablag‘lar holatini belgilovchi 

ko‘rsatkichlar: 

 - o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; 

 

- moddiy zaxiralarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan 



ta’minlanganlik koeffitsiyenti; 

 - o‘z mablag‘lari manyovrlashganlik koeffitsiyenti. 



Ikkinchi guruh 

– moliyaviy mustaqillik darajasini tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlar: 

 - muxtorlik koeffitsiyenti; 

- o‘z va qarz mablag‘larining nisbat koeffitsiyenti.  

Hisobot davri uchun hisoblab topilgan haqiqatdagi koeffitsiyentlar 

me’yor bilan, ularning oldingi davr uchun qiymatlari bilan, o‘xshash 

korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi va real moliyaviy holat, 

tashkilot faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanadi.  

Moliyaviy barqarorlikning nisbiy ko‘rsatkichlari mazmuni va 

hisoblash usullari quyida keltirilgan:  

1. O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti 

o‘mt

O‘z mablag‘lari manbalari uzoq muddatli aktivlar



K

0,1.


Joriy (aylanma) aktivlar



 

Korxonaning moliyaviy barqarorlik uchun zarur o‘z aylanma 

mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini tavsiflaydi. 

2. Moddiy zaxiralarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlan-

ganlik koeffitsiyenti 

mzt


O‘z aylanma mablag‘lari

K

0,6 0,8.



Moddiy zaxiralar

=



 

Tovar-moddiy zaxiralar qay darajada o‘z manbalari bilan 

qoplanganligi va jalb qilingan qarz mablag‘larga muhtoj emasligini 

ko‘rsatadi. Ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkich darajasi avvalo, 

tashkilotning moddiy zaxiralariga bog‘liq ravishda baholanadi. Agar 

uning miqdori asoslangan talabdan sezilarli darajada yuqori bo‘lsa, u 



185 

holda o‘z aylanma mablag‘lari moddiy zaxiralarning atigi bir qismigina 

qoplay oladi, ya’ni ko‘rsatkich birdan kichik bo‘ladi. Va aksincha, 

faoliyatini uzluksiz amalga oshirish uchun tashkilotda yetarlicha 

moddiy zaxiralar bo‘lmaganda ko‘rsatkich birdan katta bo‘lishi 

mumkin, lekin buni yaxshi moliyaviy holat belgisi sifatida qabul qilish 

mumkin emas.  

3. Xususiy kapital manyovrlashganlik koeffitsiyenti (Km) 

m

O‘z aylanma mablag‘lari



K

.

O‘z mablag‘lari manbalari (balans passivi I bo‘l.480-modda



 

Moliyaviy nuqtayi nazardan tashkilot mablag‘larining o‘z 

manbalari qanchalik mobilligini ko‘rsatadi. K

ning optimal darajasi 



0,5 ga teng. 

Ko‘rib chiqilayotgan koeffitsiyent darajasi tashkilot faoliyati 

xarakteriga bog‘liq bo‘ladi: fond sig‘imli ishlab chiqarishda uning 

normal miqdori material sig‘imlidagilarga nisbatan past bo‘lishi lozim, 

chunki bu holatda o‘z mablag‘larining salmoqli qismi asosiy ishlab 

chiqarish fondlarini qoplash manbayi hisoblanadi. Moliyaviy nuqtayi 

nazardan manevrchanlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, 

tashkilotning moliyaviy holati shunchalik yaxshidir.  

4. Qarz mablag‘larni uzoq muddatli jalb qilish koeffitsiyenti 

qmuj


Uzoq muddatli qarz mablag‘lar

K

.



O‘z mablag‘lari manbalari Uzoq muddatli qarz mablag‘lar

=

+



 

O‘z mablag‘lari bilan bir qatorda ishlab chiqarishni yangilash va 

kengaytirish uchun faoliyatning qanday qismi uzoq muddatli qarz 

mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotganligini ko‘rsatadi. Qarz 

mablag‘lari jalb qilish darajasi bo‘yicha chet el amaliyotida turlicha, 

gohida esa qarama-qarshi fikrlar mavjud. Moliyalashtirishning uzoq 

muddatli manbalarining jami miqdorida xususiy kapital ulushi ancha 

yuqori bo‘lishi lozim, degan fikr ancha keng tarqalgan. Mazkur 

ko‘rsatkichning eng quyi chegarasi ham ko‘rsatiladi - 0,6 (yoki 60%). 

Xususiy kapital ulushi yuqori bo‘lgan korxonaga kreditorlar o‘z 

mablag‘larini bajonidil joylashtiradi, chunki bunday korxona sezilarli 

darajada moliyaviy mustaqillikka ega, o‘z navbatida esa yuqori 

ehtimollik bilan o‘z mablag‘lari hisobiga qarzlarini qaytarishi mumkin. 

Qayd qilish joizki, moliyaviy mustaqil (tashqi investorlar va 

kreditorlardan) kompaniyalar shu so‘zning to‘liq ma’nosida deyarli 


186 

uchramaydi, bundan tashqari, manbalarning u yoki bu tarkibi nuqtayi 

nazaridan moliyaviy mustaqillik talqini turli mamlakatlarda jiddiy 

farqlanishi mumkin. Masalan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 

tashkiloti (Organization for Economic Cooperation and Development, 

OECD) ma’lumotlariga ko‘ra manbalarning umumiy miqdorida jalb 

qilingan mablag‘lar ulushi o‘rtacha olinganda Yaponiyada - 85%, 

GFRda – 64%, AQShda – 55% (Brigxem, Gapenen, T.2, 1047-bet) ni 

tashkil qiladi. Ushbu mamlakatlarda investitsion oqimlar mutlaqo rang-

barang tabiatga ega; masalan, AQShda moliyaviy resurslarning asosiy 

oqimi aholidan kelib tushsa, Yaponiyada – banklardan kelib tushadi. 

Shuning uchun jalb qilingan kapital to‘planganligi koeffitsiyentining 

yuqori qiymati korporatsiyalarga bank tomonidan ishonch darajasi 

yuqoriligi, demakki, uning moliyaviy ishonchliligidan darak beradi.  

5.  Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti: 

mm

Balans passivining  I bo‘limi,  480-modda



K

.

Balans jami, 780-modda



 

Mazkur koeffitsiyent yaqin davrlarda moliyaviy holat o‘zgarishi 

istiqbollaridan darak beradi. Koeffitsiyentning optimal qiymati – 0,6. 

Bu korxonaning o‘z mablag‘lari miqdori moliyalashtirish manbalari 

jami miqdorining 60% ini tashkil qilishini anglatadi.  

Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyentining yuqori darajasi 

tashkilotning barqaror moliyaviy ahvoli, uning moliyaviy manbalari 

maqbul tarkibi va kreditorlar uchun moliyaviy riskning past darajasini 

o‘zida namoyon qiladi. Bunday holat tushkunlik davrlarida ulkan 

yo‘qotishlardan himoya va tashkilotning o‘zi uchun kredit olish 

kafolati bo‘lib xizmat qiladi.  

6. Qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti  

qo‘

Qarz mablag‘lar, 770-modda



K

1.

O‘z mablag‘lar, 480-modda



=

 



Tashkilot faoliyatining qanday qismi o‘z mablag‘lari, qanday qismi 

qarz mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilayotganligini ko‘rsatadi.  

Koeffitsiyent ortishi aylanma mablag‘larga o‘z ehtiyojlarini 

qoplash uchun korxonada mablag‘larning o‘z manbalari yetarli 

emasligidan dalolat beradi. Qarz va o‘z mablag‘lari nisbati 

koeffitsiyenti birdan katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda korxona 



187 

mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha nochorligi haqida xulosa qilish qabul 

qilingan. 

7. Moliyalashtirish koeffitsiyenti  

m

O‘z mablag‘lari manbalari, 480-modda



K

1.

Uzoq muddatli va qisqa muddatli qarz manbalari, 570 730-moddalar



=

+



 

O‘z va jalb qilingan qarz mablag‘lari manbalari nisbatini 

tavsiflashga mo‘ljallangan va o‘z mablag‘lari manbalarining uzoq va 

qisqa muddatli qarz mablag‘lari miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. 

Kapital jalb qilishning ushbu koeffitsiyenti jalb qilingan kapital yoki 

uzoq va qisqa muddatli qarz manbalarning korxona mulkining umumiy 

miqdoriga nisbatini ifodalaydi.  

Sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning moliyaviy 

barqarorligiga bog‘liq va uning moliyaviy holatini tahlil qilish 

amaliyotida keng qo‘llaniladi.  

7.16-jadval ko‘rsatkichlari moliyaviy holat barqarorligini 

tasdiqlaydi. Analitik jadvalda keltirilgan barcha moliyaviy barqarorlik 

koeffitsiyentlari me’yoriy darajadan yuqoriligini ko‘rsatmoqda.  

 

7.16-jadval 

Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari tahlili 

 

Holatiga ko‘ra

T/r 

Ko‘rsatkichlar 

Shartli 

belgi 

yil 

boshi 

uchun

yil 

oxiri 

uchun

O‘zga-

rishlar 

Taklif 

qilinayotgan

me’yorlar 

1 2  3 




1. 


O‘z mablag‘lari bilan 

ta’minlanganlik 

koeffitsiyenti 

Ko‘mt 0,36  0,60  0,25 

>0,1 

2. 


Zaxira va 

xarajatlarning o‘z 

aylanma mablag‘lari 

bilan ta’minlanganligi 

koeffitsiyenti 

Kzxt 


0,73 

1,95 


1,23 

0,6 - 0,8 

3. 

Xususiy kapitalning 



manyovrlashganligi 

koeffitsiyenti 

Km 0,74 0,75  0,01 

>0,1 


4. 

Uzoq muddatli qarz 

mablag‘larni jalb 

qilish koeffitsiyenti 

Kumj -  - 

>0,6 



188 

5. 


Moliyaviy mustaqillik 

koeffitsiyenti 

Kmm 0,43 0,62  0,19 

>0,5 


6. 

Qarz va xususiy 

kapital nisbat 

koeffitsiyenti 

Knqo‘ 1,33  0,62  -0,70 



7. 

Moliyalashtirish 

koeffitsiyenti 

Km 2,85  - 



 



 

Demak, korxonaning moliyaviy barqarorligi korxonaning moliya-

viy holati namoyon bo‘lishining eng muhim shakllaridan biri sifatida 

gavdalanadi va bu ko‘rsatkichni ko‘rsatkichlar tizimi bazasida tahlil 

qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  

 

 

7.11 Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi tahlili 

 

Aylanma mablag‘lar  ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi 

korxonaning ishlab chiqarish fondlarining qiymat ifodasini o‘zida aks 

ettiradi. Ulardan foydalanish darajasining ortishi ishlab chiqarish 

samaradorligini oshirishga imkon yaratadi va bu, eng avvalo, ularning 

aylanuvchanligi tezlashishida namoyon bo‘ladi.  

Ishlab chiqarish va muomala vaqti kamayishi oqibatida 

bo‘naklangan aylanma mablag‘larning maksimal darajada tezkor 

doiraviy aylanmasi fiksirlangan vaqt davrida ishlab chiqarilayotgan 

mahsulot hajmini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, 

aylanuvchanlik tezlashishi korxonaning to‘lov qobiliyati 

mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.  

Aylanma mablag‘lar  aylanuvchanligining iqtisodiy tahlili 

quyidagilarni nazarda tutadi: 

– barcha aylanma mablag‘larning, jumladan alohida iqtisodiy 

elementlar bo‘yicha dinamikasini baholash; 

– aylanuvchanlikning o‘tgan davrdan og‘ishlarini aniqlash; 

– aylanma tezligiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 

– aylanuvchanlikni tezlashtirish zaxiralarini aniqlash. 

Korxonaning moliyaviy holati aktivlarga joylashtirilgan mablag‘lar 

qanchalik tez real pullarga aylanayotganligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.  

Aylanma mablag‘lar  aylanuvchanligi tezlashishi ularga ehtiyojni 

kamaytiradi: xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab 

chiqarish tanavorlari zaxiralari kamroq talab qilinadi, o‘z navbatida, 



189 

ularni saqlash uchun sarf-xarajatlar darajasi pasayishiga olib keladi. Bu 

esa oxir-oqibat rentabellik ortishi va korxonaning moliyaviy holati 

yaxshilanishiga imkon beradi.  

Aylanma vaqti sekinlashishi aylanma mablag‘larning zaruriy 

miqdorini oshirishga va qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib keladi, 

demak, korxonaning moliyaviy holati yomonlashadi.  

Aylanma mablag‘lar  tezligi – ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliya-

tining tashkiliy-texnik darajasining majmuaviy ko‘rsatkichi hisob-

lanadi. Aylanma mablag‘lar  ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini 

ta’minlaydi.  

Mablag‘larning aylanma bo‘lish vaqti davomiyligiga tashqi va 

ichki toifadagi omillar ta’sir qiladi.  

Tashqi toifadagi omillarga korxonaning faoliyat sohasi, tarmoqqa 

oidligi, korxonaning ko‘lami, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va unga 

bog‘liq bo‘lgan korxonaning xo‘jalik yuritishi kabilarni kiritish 

mumkin.  


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling