Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Ko‘rsatkichlar Bazis 

yil 

Hisobot 

yili 

Og‘ish, 

(+ -) 

O‘zgarish 

sur’ati 

Mahsulot (ish, xizmat) 

hajmi, mln so‘m 

2300 2470,6   

 

Asosiy ishlab chiqarish 



fondlarining o‘rtacha yillik 

qiymati, mln so‘m 

1821,2 1867,6 

 

 



Fond qaytimi 

 

 



 

 

Fond sig‘imi 



 

 

 



 

 

16.



 

Quyidagilarni hisoblagan holda asosiy vositalar tahlilini amalga 

oshiring: 

•   Kirim koeffitsiyenti (Kk); 

•  Yangilash koeffitsiyenti (Kya); 

•  Hisobdan chiqarish koeffitsiyenti (Kh); 

•  Tugatish koeffitsiyenti (Klik); 

•  Almashtirish koeffitsiyenti (Ka); 

•  Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsiyenti (Kk); 

•   Eskirish koeffitsiyenti (Ke). Xulosa yozing. 

 

 


267 

Ko‘rsatkichlar 

Yil 

boshida 

mavjud 

Kirim 

qilindi 

Chiqarib 

tashlandi 

Yil oxirida 

mavjud 

Boshlang‘ich 

baholashda asosiy 

vositalar qiymati 

2966 1670,2  9.2 

4627 


jumladan yangilari 

 

1231,6 



 

 

Asosiy vositalar 



eskirishi 

889,8  


  956,8 

Asosiy vositalarning 

qoldiq qiymati 

2076,2  


  3670,2 

 


268 

 

 

 

 

 

XI bob. PUL MABLAG‘LARI HARAKATI TAHLILI 

 

11.1. Pul mablag‘lari harakati tahlilining  

mazmuni va vazifalari 

 

Ixtiyoriy biznes ishlab chiqarish uchun resurslar (yoki qayta sotish 



uchun tovarlar)ga aylantiriladigan muayyan miqdordagi pul mablag‘i-

dan boshlanadi. Keyin aylanma kapital ishlab chiqarish shaklidan tovar 

shaklga, sotish bosqichida esa pul shakliga o‘tadi. Aylanma kapital 

doiraviy aylanmasi asosiy xo‘jalik operatsiyalari bilan bevosita bog‘liq: 

˗  xaridlar xomashyo, materiallar, tovarlar va kreditorlik qarzi 

ortishiga olib keladi; 

˗  ishlab chiqarish debitorlik qarzi o‘sishi, kassa hamda hisob 

raqamidagi pul mablag‘lari ortishiga olib keladi. 

Ushbu operatsiyalar ko‘p marta takrorlanadi, pul tushumlari va pul 

to‘lovlari bilan birga kuzatiladi. Shunday qilib, pul mablag‘lari harakati 

xomashyo, materiallar uchun pul to‘lash va tayyor mahsulotni 

sotishdan pul tushumi o‘rtasidagi davrni o‘zida qamrab oladi. Quyida-

gilar uning davomiyligiga ta’sir qiladi: korxonaning yetkazib beruv-

chilar tomonidan kreditlanish davri, korxonaning xaridorlar tomonidan 

kreditlanish davri, zaxira uchun xomashyo va materiallar topish davri, 

ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni omborlarda saqlash davri. 

Korxonalar faoliyat natijalarini baholash uchun quyidagi uch 

ko‘rsatkich muhim ahamiyat kasb etadi: 

1. Mahsulotlar sotishdan tushum. 

2. Foyda. 

3. Pul mablag‘lari oqimi. 

Ushbu ko‘rsatkichlarning mutlaq miqdori va ularning yil davomida 

o‘zgarish dinamikasi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflaydi. 

Biroq bozor sharoitida korxona uchun faoliyatning boshqa turlaridan 

topilayotgan pul mablag‘lari oqimi ham muhim o‘rin tutadi. Pul 

mablag‘lari tushumi to‘lovlardan ortib ketgan holatda korxona joriy va 

istiqbolda rivojlanishi uchun zaruriy raqobat ustunligiga ega bo‘ladi. 


269 

Korxona ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ikki holatni majburiy 

ravishda e’tiborga olishi lozim: 

1. Bir tomondan, joriy to‘lov qobiliyatini saqlab turish uchun 

yetarlicha hajmda pul mablag‘lari mavjud bo‘lishi zarur. 

2.  


Boshqa tomondan, ushbu mablag‘larni joylashtirishdan 

qo‘shimcha foyda olish imkoniyati doimo mavjud. 

Iqtisodiyotda pul mablag‘lari ancha cheklangan resurs hisoblanadi, 

shuning uchun korxonai muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning pul 

mablag‘larini samarali boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.  

 

 



 

 

11.1-chizma. Korxonada naqd pul harakati 

 

Pul oqimlarini boshqarish quyidagi zaruratlar nuqtayi nazaridan 



korxona uchun ayniqsa muhim sanaladi: 

•  balans likvidligini tartibga solish; 

•  aylanma aktivlarni optimallashtirish (pul mablag‘lariga qisqa 

muddatli ehtiyojlarni baholash, material-ishlab chiqarish zaxiralari va 

debitorlik qarzini boshqarish); 

•  kapital sarf-xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalarini 

vaqt bo‘yicha parametrlarini rejalashtirish

•  joriy xarajatlarni boshqarish, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot 

(ish, xizmat) larni sotish jarayonida ularni optimallashtirish; 

•  iqtisodiy o‘sish prognozi. 



 

Aylanmadan 

tashqari aktivlar 

O‘z kapital 

Pul mablag‘lari 

Moddiy- 


ishlab chiqarish 

zaxiralari 

Kredit va 

qarzlar


Debitorlik 

qarzi 


Kreditorlik 

qarzi 


270 

11.2. Pul oqimlari tasnifi 

 

Pul mablag‘lari harakati tahlili bevosita va bilvosita usullar asosida 



amalga oshiriladi. Ularning o‘rtasidagi farq shundan iboratki, joriy 

faoliyat natijasida olingan pul mablag‘lari oqimi miqdorini aniqlash 

ketma-ketligi turlicha bo‘ladi: 

•   bevosita  usul  pul mablag‘lari kelib tushishi (mahsulot, ish va 

xizmatlarni sotishdan tushum, olingan avanslar va boshqalar) va chiqib 

ketishini (yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish, olingan qisqa 

muddatli ssuda va qarzlarni qaytarish va boshqalar) hisoblashga 

asoslanadi, ya’ni boshlang‘ich element tushum hisoblanadi; 

•   bilvosita  usul pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq 

operatsiyalar identifikatsiyasi va hisobiga, kelgusida sof foydaga 

tuzatish kiritishga asoslanadi, ya’ni hisoblashning boshlang‘ich 

elementi foyda hisoblanadi

Pul mablag‘lari harakatini bevosita usulda tahlil qilish buxgalteriya 

hisobi schyotlaridagi pul mablag‘lari harakatini batafsil yoritadi, joriy 

majburiyatlar bilan hisoblashishlar bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek, 

investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun mablag‘lar yetarliligiga 

nisbatan tegishli xulosalar qilishga imkon beradi. Biroq tashkilotlar 

hisobidagi pul miqdori o‘zgarishlari va moliyaviy natijaning o‘zaro 

aloqasini bevosita usul yoritolmaydi. Shu maqsadda pul mablag‘lari 

harakatini tahlil qilish bilvosita usulda ham amalga oshiriladi. Uning 

mohiyati sof foyda miqdorini pul mablag‘lari miqdoriga 

o‘zgartirishdan iborat. Bunda har bir tashkilot faoliyatida xarajat va 

daromadlarning alohida, miqdoriga ko‘ra ko‘pincha salmoqli turlari 

mavjudligidan kelib chiqiladi. Ular pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir 

qilmagan holda tashkilot foydasini ko‘paytiradi yoki kamaytiradi. 

Shuning uchun tahlil jarayonida sof foyda miqdoriga shunday tuzatish 

kiritiladiki, bunda pul mablag‘lari chiqib ketishi bilan bog‘liq 

bo‘lmagan xarajatlar moddalari hamda pul mablag‘lari tushumi bilan 

birga kuzatilmaydigan daromad moddalari sof foyda miqdoriga ta’sir 

qilmasligi lozim. 

Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati tahlili 4-shakl 

“Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” ma’lumotlari bo‘yicha olib boriladi.  

Ushbu hisobot shakli uch bo‘limdan iborat: 

1. Operatsion faoliyat. 

2. Investitsion faoliyat. 


271 

3. Moliyaviy faoliyat. 



Joriy (operatsion) faoliyat

 doirasida pul mablag‘lari tushumi 

mahsulot sotishdan tushumlar olish, ishlar bajarish va xizmat 

ko‘rsatish, shuningdek, xaridorlar va buyurtmachilardan avanslar bilan, 

sarflanishi – yetkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-

lashishlar bo‘yicha to‘lovlar, mehnat haqi berish, ijtimoiy sug‘urta va 

ta’minot fondlariga ajratmalar, byudjet bilan o‘zaro hisoblashishlarga 

bog‘liq. Joriy faoliyat jarayonida tashkilotlar olingan kreditlar va 

qarzlar bo‘yicha foizlar to‘lashi mumkin.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11.1-chizma. Joriy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati 

Joriy (operatsion)  

faoliyat 

Pul mablag‘lari  

chiqimi 

Yetkazib beruvchilar va 

pudratchilar bilan hisoblashish 

Xodimlar mehnatiga haq 

to‘lash 

Byudjetga ajratmalar va 

byudjetdan tashqari fondlarga 

badallar 

Hisobdor miqdorlar to‘lovi 

Foizlar to‘lovi bilan birga 

qisqa muddatli kredit va 

qarzlarni qaytarish 

Qisqa muddatli moliyaviy 

qo‘yilmalar 

Boshqa to‘lovlar 

Pul mablag‘lari  

kirimi 

Joriy davrda mahsulotlar 

sotishdan pul tushumi 

Hisobot davrida debitorlik 

qarzi qaytarilishidan 

tushumlar 

Xaridorlar va buyurt-

machilardan olingan avanslar 

Maqsadli moliyalashtirish  

va tushumlar 

Olingan qisqa muddatli  

kredit va qarzlar 

Boshqa tushumlar 

 


272 

Investitsion faoliyat 

uzoq muddatli aktivlar tushumi va sotilishi, 

investitsiyalardan daromadlar va xarajatlar (kapital qo‘yilmalar) bilan 

bog‘liq pul mablag‘lari tushumi va ulardan foydalanishni o‘z ichiga 

oladi. Amortizatsiya ajratmalari va sof foyda shaklidagi joriy 

faoliyatdan tushumlar, investitsion faoliyatning o‘zidan olingan 

daromadlar, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari hisobiga 

tushumlar (aksiyalar va korporativ obligatsiyalar emissiyasi, uzoq 

muddatli kreditlar va qarzlar) kabilar korxonaning investitsion faoliyati 

uchun pul mablag‘lari manbalari bo‘lishi mumkin. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11.2-chizma. Investitsion faoliyat bo‘yicha  

pul mablag‘lari harakati 

 

Investitsion 



 

faoliyat 

Pul mablag‘lari 

 

chiqimi 

Asosiy vositalar va nomoddiy 

aktivlarni sotib olish 

Kapital qo‘yilmalar 

Uzoq muddatli moliyaviy 

qo‘yilmalar 

Pudratchilarga avanslar berish 

 

Obyektlar qurilishida ulushli 



ishtirok uchun to‘lovlar 

 

Boshqa to‘lovlar 



 

Pul mablag‘lari  

kirimi

 

Asosiy vositalar va nomoddiy 



aktivlarni sotish 

Byudjetdan ajratmalar va 

boshqa uzoq muddatli 

xarakterdagi maqsadli 

moliyalashtirish 

Olingan uzoq muddatli kredit 

va qarzlar 

Uzoq muddatli moliyaviy 

qo‘yilmalarning qaytarilishi 

Uzoq muddatli moliyaviy 

qo‘yilmalar bo‘yicha 

dividendlar va foizlar 

Boshqa tushumlar 


273 

Korxona uchun qulay iqtisodiy vaziyatda u ishlab chiqarishni 

kengaytirish va modernizatsiya qilishga intiladi. Shuning uchun 

investitsion faoliyat umuman olganda pul mablag‘larining vaqtincha 

chiqib ketishiga olib keladi.  

•  Tashkilotlarning moliyaviy faoliyati uzoq muddatli va qisqa 

muddatli kredit va qarzlar, byudjetdan ajratmalar olish oqibatida 

mablag‘lar tushumi hamda oldinroq olingan kredit va qarzlar bo‘yicha 

qarzdorlikni tugatish, dividendlar, foizlar to‘lovi ko‘rinishida 

mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq. Barqaror ishlayotgan korxonalarda 

joriy faoliyatdan vujudga kelgan pul oqimlari investitsion va moliyaviy 

faoliyatga, masalan, kapital aktivlar sotib olish, qisqa muddatli va uzoq 

muddatli kredit va qarzlarni qaytarishga, dividendlar to‘lashga va 

boshqalarga yo‘naltirilishi mumkin.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11.3-chizma. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul  

mablag‘lari harakati 

 

Moliyaviy faoliyat 



Pul mablag‘lari kirimi 

Qisqa muddatli kredit va 

qarzlar 

Qisqa muddatli qimmatli 

qog‘oz-larni emissiya qilishdan 

tushumlar 

Qisqa muddatli xarakterdagi 

byudjet va boshqa moliyalash-

tirish 

Qisqa muddatli moliyaviy 



qo‘yilmalar bo‘yicha 

dividendlar va foizlar 

Boshqa tushumlar 

Pul mablag‘lari chiqimi 

Avanslar berish 

Qisqa muddatli moliyaviy 

qo‘yilmalarga 

3. Olingan qisqa muddatli 

kredit va qarzlar bo‘yicha 

foiz to‘lovlariga 

4. Qisqa muddatli kredit va 

qarzlarni qaytarish 

5.Boshqa to‘lovlar 



274 

Aksariyat korxonalarda joriy faoliyat ko‘pincha investitsion va 

moliyaviy faoliyat hisobidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa ularning 

beqaror iqtisodiy muhitda ham yashab qolishini ta’minlaydi. Pul 

oqimlarini samarali boshqarish uchun quyidagilarni bilish zarur: 

•  muayyan vaqt (oy, chorak) uchun ularning miqdori qanday; 

•  ularning asosiy elementlari qanaqa

qanday faoliyat turlari pul mablag‘lari oqimining asosiy qismini 

vujudga keltirmoqda. 

 

 



11.3. Pul mablag‘lari kirimi tahlili 

 

Majburiyatlar qaytarilishini ta’minlovchi pul mablag‘lari kirimi 

korxona moliyaviy farovonligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 

Pul mablag‘larining bunday minimal zaruriy zaxirasi mavjud emasligi 

korxonada jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar borligidan darak beradi. Pul 

mablag‘larining haddan ziyod miqdori esa, birinchidan, inflyatsiya va 

pulning qadrsizlanishi bilan, ikkinchidan, ularni foydali joylashtirish va 

qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini boy berish bilan bog‘liq 

ravishda korxona zarar ko‘rayotganligini anglatadi. Shunga monand 

tarzda korxonalarda pul mablag‘larini boshqarish oqilonaligini 

baholash zarurati yuzaga keladi. 

Bunday tahlilning turli usullari mavjud. Xususan, joriy 

majburiyatlar hajmi o‘sgan holda korxonaning joriy aktivlari tarkibida 

pul mablag‘lari ulushining qisqarish tendensiyasi moliyaviy 

qiyinchiliklar paydo bo‘lishining o‘ziga xos barometri hisoblanadi. 

Shuning uchun pul mablag‘lari va shoshilinch muddatli majburiyatlar 

(muddati joriy oyda tugaydigan) nisbatini har oyda tahlil qilish 

korxonalarda pul mablag‘lari ortiqchaligi (etishmasligi) haqida 

yetarlicha to‘liq tasavvur berishi mumkin. Pul mablag‘lari yetarliligini 

baholashdagi boshqa usul aylanma davri  davomiyligini aniqlashdan 

iboratBuning uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: 

 Pul mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i

Davr davomiyligi 

Aylanma davri = 

.

Davr uchun aylanma



×

×

 



275 

Davr davomiyligi quyidagilarni tashkil qiladi: 360 kun – 

ko‘rsatkich qiymatini bir yil uchun hisoblaganda;  

90 kun – chorak uchun hisoblaganda; 30 kun – oy uchun. 

Hisoblash uchun pul mablag‘lari schyotlari (5000 «Kassa», 5100 

«Hisob schyoti», 5200 «Valyuta schyoti», 5500 «Banklardagi maxsus 

schyotlar» va b.) bo‘yicha davr (ko‘pincha oy) boshi hamda oxiri 

uchun qoldiqlar miqdori haqida ichki hisob ma’lumotlari jalb qilinadi. 

Buning uchun quyidagi formula ishlatiladi:  

1\2


2

3

n\2



Qd + Qd + Qd  + &..+ Qd  

Pul mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i =

.

n-1


 

Bu yerda, Qd n – n oy boshi uchun qoldiq; 

n – davrdagi oylar miqdori. 

Tahlil jarayonida butun davr uchun to‘liq hajmda pul mablag‘lari 

kirimini baholash zarur. Shuning uchun korxona tushumi pul 

mablag‘lari schyotlarining debet aylanmasi bo‘yicha manbalaridan 

qat’iy nazar ko‘rib chiqiladi. Pul mablag‘lari schyotlarining debet 

bo‘yicha aylanmalari jami miqdori pul mablag‘lari kirimining umumiy 

miqdori hisoblanadi. Ushbu jami miqdordan ichki aylanma miqdorini, 

ya’ni xuddi shu schyotlarning kreditidan debetiga kirim qilingan 

mablag‘lar miqdorini (masalan, limitdan ortiqcha pul mablag‘lari 

qoldig‘ini kassadan hisob raqamga o‘tkazish yoki hisob raqamdan 

kassaga naqd pul olish) chiqarib tashlash zarur. Agar debet 

aylanmalarga ichki aylanmalar miqdori bo‘yicha tuzatish kiritilmasa, 

bu ikki marta hisoblashga va yakuniy ko‘rsatkich buzib ko‘rsatilishiga 

olib keladi. Hisbot davri mobaynida pul mablag‘lari aylanmasi 

tebranishini, hisob raqamiga pul tushgan vaqtdan to ularning chiqib 

ketish vaqtigacha muddatni ko‘rsatuvchi quyidagi jadval tuziladi. 



 

11.1-jadval 

Korxona pul mbalag‘lari aylanmasi davomiyligining  

oylar bo‘yicha o‘zgarishi 

 

Oy 



Pul mablag‘lari 

qoldig‘i, ming 

so‘m 

Oylik aylanma, 

ming so‘m 

Aylanma davri, 

kunlar 

Yanvar 12734 

140448 

2,72 


Fevral 13102 

180302 


2,18 

Mart 8689 

148100 

1,76 


va hokazo 

 

 



 

276 

11.1-jadvaldan ko‘rinadiki, yil davomida pul mablag‘larining 

aylanma davri 1,76 dan 2,72 kungacha chegarada tebranadi. Boshqacha 

aytganda, hisob raqamiga pul tushgan vaqtdan to ularning chiqib ketish 

vaqtigacha o‘rtacha ko‘pi bilan ikki kun o‘tgan. Bu korxonada 

mablag‘lar yetishmasligi yaqqol namoyon bo‘layotganligidan darak 

beradi. Bu esa kreditorlik qarzi salmoqli bo‘lgan holatda ancha xatarli 

vaziyat sanaladi. To‘lovlar bo‘yicha ixtiyoriy jiddiy kechikish 

korxonani moliyaviy barqaror holatdan chiqarib tashlashi mumkin. 

Endi esa pul mablag‘lari kirimini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun «Pul 

oqimlari to‘g‘risida hisobot» nomli 4-hisobot shaklini faoliyat turlari 

bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi tarkibining nisbiy ko‘rsatkichlarini 

hisoblash bilan to‘ldirish talab qilinadi.  

 

11.2-jadval 



Pul mablag‘lari kirimi tahlili 

 

Jumladan Nisbiy 



miqdorlar 

Ko‘rsatkich 

nomi 

Satr raqami 

Summa, 

ming 

so‘m 

op. faol. 

inv. faol. 

mol. faol. 

jami 

op. faol. 

inv. faol. 

mol. faol. 

A 1 















Yil boshi uchun 

pul mablag‘lari 

qoldig‘i 

230 

125610            



Kirim qilingan 

pul mablag‘lari 

jami 

220 7337875 7329909 4150 3816



100  100 100 100 

Jumladan, 

Mahsulot so-

tishdan tushum 

010 3206056 3206056

 

  43,69 43,74   



 

Xodimlardan 

tushumlar 

030 


208 208   

0,01 


0,01 

  

Boshqa pul 



tushumlari 

040 4123645 4123645

 

  56,19 56,25   



 

Nomoddiy 

aktivlarni 

sotishdan 

tushumlar 

070 4150 

  4150

  0,06   100  



Olingan 

foizlar 


110 

941   


941 

0,01 


 

 

24,66



Olingan 

dividendlar 

120 2875 

 

 2875 0,04     75,34



 

277 

Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, pul kirimlarining umumiy 

miqdori 7337875 ming so‘mni tashkil qilgan. Ularning 99,89 foizi 

(43,69+0,01+56,19) operatsion faoliyatga, atigi 0,11 foizi investitsion 

va moliyaviy faoliyatga to‘g‘ri keladi. Hisobot davri uchun kirim 

qilingan barcha pul mablag‘lari miqdorida eng katta solishtirma 

og‘irlikka boshqa pul tushumlari – 56,19% va ish, tovar va xizmatlarni 

sotishdan tushumlar – 43,69% ega bo‘ldi. 



 

 

11.4. Pul mablag‘lari chiqimi tahlili 

 

Pul mablag‘lari chiqimi tahlilida quyidagi savollarga javob topish 

zarur: 

• aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilmay-



dimi; 

• joriy aktivlar aylanuvchanligi sekinlashmaganmi; 

• zaxiralar va debitorlik qarzlarining mutlaq qiymati o‘smayap-

timi; 


• qo‘shimcha pul oqimlarini talab qiluvchi tovarlar sotish hajmida 

keskin ortish kuzatilmaganmi; 

• sof foydani taqsimlash bo‘yicha tavsiya qilingan me’yordan ko‘p 

darajada aksiyadorlarga ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilmaganmi; 

• davlatning byudjet tizimiga soliqlar va byudjetdan tashqari 

fondlarga badallar o‘z vaqtida to‘langanmi; 

• mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar oldida davomiy 

qarzdorlik yuzaga kelmaganmi.  

Pul mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari orasida quyidagilar asosiy 

ulushga ega bo‘ladi: boshqa pul to‘lovlari (85,41%); tovar va xizmatlar 

uchun yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar (5,73%); xodimlar 

mehnatiga haq to‘lash (4,8%); boshqa soliqlar (3,53%); qimmatli 

qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar va foizlar to‘lovi (0,53%). «Xodimlarga 

va ular nomidan pul to‘lovlari» 020-modda bo‘yicha ishchi-xodimlarga 

to‘langan miqdor (mehnat haqi, mukofotlar shaklida), shuningdek, 

pensiya fondi, bandlik fondi, shaxsiy sug‘urta fondlariga to‘langan 

mablag‘lar miqdori, byudjetga daromad solig‘i bo‘yicha to‘lovlar, 

kasaba uyushmasiga ajratmalar, uy-joy fondiga alimentlar to‘lovi, 

xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun to‘lovlar, xodimlarga xizmat 

ko‘rsatuvchi korxonalarga to‘lovlar, xodimlar bilan va ularning 



278 

11.3-jadval

  

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling