Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


10.4. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini  

baholash ko‘rsatkichlari 

 

Asosiy vositalarni yangilash tezligi korxonalarning ishlab chiqa-



rish, investitsion va innovatsion faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy 

vositalarni muomaladan chiqarishning optimal muddatlari ilg‘or 

texnikalardan foydalanish asosida kengaytirilgan ishlab chiqarishni 

rag‘batlantirishga imkon beradi. 

Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy 

tavsiflashda  fond qaytimi, fond sig‘imi, fondlar rentabelligi, 



mahsulotlar o‘sishining bir so‘miga to‘g‘ri keladigan solishtirma 

kapital qo‘yilmalar 

kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shuningdek, 

mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi 

nisbiy iqtisod (qo‘shimcha ehtiyoj)

 ham hisoblanadi. 

Tahlil jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar 

dinamikasi, ularning darajasi bo‘yicha reja bajarilishi o‘rganiladi, 

korxonalarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Asosiy vositalardan 

foydalanish samaradorligini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida 

fond qaytimi ko‘rsatkichi barcha asosiy vositalar, ishlab chiqarish 

yo‘nalishidagi fondlar, ularning aktiv qismi (mashina va uskunalar) 

bo‘yicha aniqlanadi. 

Fond qaytimi 

– asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‘m (1000 

so‘m)iga to‘g‘ri keladigan bir yilda (yoki boshqa davr) ishlab 

chiqarilgan mahsulot hajmidir. Uni quyidagi formula bilan ifodalash 

mumkin: 

.

q



f

Q

F

A

=

 



Bu yerda, F

q

 – fond qaytimi; 



Q – ulgurji narxlardagi mahsulotlar (ish, xizmat) hajmi; 

A

f



 – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati. 

Fond qaytimini hisoblashda shuni nazarda tutish talab qilinadiki, 

asosiy vositalar qiymatida xususiy va ijaraga olingan mablag‘lar 

hisobga olinadi, konservatsiyadagi, shuningdek, boshqa korxonalarga 

ijaraga berilgan asosiy vositalar hisobga olinmaydi. 

Fond qaytimi dinamikasini baholashda boshlang‘ich ma’lumotlar 

taqqoslama ko‘rinishga keltiriladi. Mahsulot hajmini ulgurji narxlar va 


256 

strukturaviy o‘zgarishlar o‘zgarishiga, asosiy mablag‘lar qiymatini esa 

qayta baholash koeffitsiyentiga tuzatish talab qilinadi. 

Ayrim iqtisodchilar fond qaytimini sotilgan mahsulotlar, foyda, 

shuningdek, natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib 

chiqqan holda aniqlashni taklif qiladilar. 

Natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda 

aniqlangan fond qaytimi ko‘rsatkichi asosiy ishlab chiqarish 

fondlaridan foydalanish samaradorligini to‘g‘riroq aks ettiradi. Biroq 

bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 

korxonalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichning qo‘llanilish doirasi 

chegaralangan. Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fond qaytimi qiymat 

ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Fond qaytimini hisoblash uchun 

sotilgan mahsulotlar ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq 

emas, chunki qator yillar uchun dinamikada bu ko‘rsatkich hajmni 

turlicha bahoda aks ettiradi. Fond qaytimini korxona foydasi bo‘yicha 

ham hisoblash mumkin. 

Asosiy faoliyat bo‘yicha foyda

.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha 



yillik qiymati

r

F

=

 



Mablag‘lardan samarali foydalanishning boshqa ko‘rsatkichi fond 

sig‘imi

 hisoblanib, u asosiy vositalar o‘rtacha qiymatini mahsulot 

ishlab chiqarish hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (fond qaytimiga 

teskari ko‘rsatkich) :  

.

f

s

A

F

Q

=

 



Fond sig‘imini dinamikada hisoblash va baholash o‘ziga xos 

alohida o‘rin tutadi. Fond sig‘imining o‘zgarishi mahsulot hajmining 

bir so‘miga asosiy vositalar qiymati o‘sishi yoki kamayishini ko‘rsatadi 

va asosiy vositalarda mablag‘larni nisbatan tejab qolish yoki ortiqcha 

sarflash miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. 

Asosiy vositalarni nisbatan tejab qolish (ortiqcha sarflash) miqdori 

quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

Tn ( Af) = ( Fs

–Fs


0

) x Q


1

Bu yerda, 



Fs

,Fs



0

 – haqiqatdagi va bazis davrdagi fond sig‘imi; 



257 

Q – haqiqatdagi mahsulot hajmi. 

Asosiy vositalar qiymatining o‘sish sur’ati bilan mahsulot ishlab 

chiqarish o‘sish sur’atining nisbati fond sig‘imining chegaraviy 

ko‘rsatkichini, ya’ni mahsuotlarning 1% o‘sishiga asosiy vositalar 

o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Agar fond sig‘imining chegaraviy 

ko‘rsatkichi birdan kam bo‘lsa, asosiy vositalardan foydalanish 

samaradorligi ortadi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 

koeffitsiyenti o‘sgan hisoblanadi. 

Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi 

keyingi ko‘rsatkich fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi hisoblanib, 

fond qiymatining xodimlar soniga nisbati sifatida hisoblanadi. 

Fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi xodimlarning umumiy soni 

bo‘yicha ham, asosiy ishlab chiqarish xodimlarining soni hisobida ham 

aniqlanishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini 

taqqoslash xodimlar soni tarkibidagi o‘zgarishlarni ularning o‘zgarmas 

miqdorida asosiy vositalar bilan ta’minlanganligiga ta’siri haqida 

mulohaza qilishga imkon beradi. 

Fond qaytimi, fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligi 

ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuzatish uchun fond qaytimi 

formulasini hosil qilish lozim (surat va maxraj xodimlar soniga 

bo‘linadi): 

.

u

q

qur

Q

M

Xs

F

Av

F

Xs

=

=



 

Bu yerda, 

Q – mahsulot (ish, xizmat) hajmi; 

Av – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati; 

Xs – xodimlar soni; 

M

u



 – mehnat unumdorligi; 

F

qur



 – fond bilan qurollanganlik. 

Shunday qilib, fond qaytimini mehnat unumdorligining fond bilan 

qurollanganlikka bo‘linmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. O‘z 

navbatida, fond qaytimi mehnat unumdorligiga to‘g‘ri proportsional, 

fond bilan qurollanganlikka esa teskari proporsional bo‘ladi. Fond 

qaytimini oshirish uchun mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati uning 



258 

fond bilan qurollanganlik bo‘yicha o‘sish sur’atini ortda qoldirishi 

zarur. 

 

 



10.5. Fond qaytimining omilli tahlili 

 

Tahlilda fond qaytimining haqiqatdagi ko‘rsatkichi oldingi davrlar 



ma’lumotlari, loyihaviy ko‘rsatkichlar, boshqa korxonalarning fond 

qaytimi bilan taqqoslanadi. Fond qaytimi darajasini taqqoslash 

tahlilning boshlanishi, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni 

aniqlash va o‘lchash uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi. Quyidagilar 

fond qaytimi ortishiga xizmat qiladi: 

•  ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ilg‘or 

texnologiyalardan foydalanish, joriy uskunalarni modernizatsiyalash; 

•  uskunalarni ishlatish vaqtini ko‘paytirish; 

•  uskunalar ishlash intensivligini oshirish, jumladan xomashyo va 

materiallar sifatining texnologik jarayon talablariga muvofiqligini 

ta’minlash va ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirish yo‘li 

bilan; 


•  asosiy vositalarning faol qismi ulushini oshirish. 

10.1-chizmadan ko‘rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining fond qaytimi ko‘p jihatdan uskunalarning ishlash tarkibi 

va vaqtidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. 

Tuzilmaning fond qaytimiga ta’siri shu bilan bog‘liqki, asosiy 

ishlab chiqarish fondlarining turli toifalari ishlab chiqarish jarayonida 

birdek faol ishtirok etmaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond 

qaytimini hisoblashda ishchi mashinalar va uskunalar ajratib 

ko‘rsatiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari, jumladan mashina va 

uskunalar qiymatining bir so‘miga fond unumi o‘sish sur’atlarini 

taqqoslash asosiy vositalar tarkibi o‘zgarishining ulardan foydalanish 

samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadi. 

10.5-jadvalda ko‘rib chiqilayotgan davr uchun asosiy ishlab 

chiqarish fondlari, jumladan mashina va uskunalardan oldingi davrga 

nisbatan yomon foydalanilgan. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining 

fond qaytimi o‘tgan yilgi 1594,8 so‘mdan hisobot yilida 1457,6 

so‘mgacha, mos ravishda mashina va uskunalar 2062,1 so‘mdan 

1894,8 so‘mgacha kamaygan. 

 


259 

 

 



 

10.1-chizma. Fond qaytimi darajasini belgilab  

beruvchi omillar 

 

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining  

fond qaytimi 

Asosiy fondlar faol 

qismining fond qaytimi 

Asosiy fondlar faol qismi 

ulushining o‘zgarishi 

Uskunalar 

tuzilmasi 

o‘zgarishi 

Uskunalar 

ishlash vaqtining 

o‘zgarishi 

Uskunalar ishlab 

chiqarishi 

o‘zgarishi 

Kun bo‘yi to‘xtab qolishlar 

Smenalik koeffitsiyenti 

Smena ichidagi turib qolishlar  

Yangi uskunalarni 

o‘zlashtirish 

Ijtimoiy omillar 

Texnologiyalarni va ishlab 

chiqarishni tashkil etishni 

takomillashtirish bo‘yicha 

ITI chora-tadbirlarini joriy 

qilish 

260 

 

 

10.5- jadval 

Fond qaytimi tahlili 

 



 Ko

‘r

sa

tkic

hla



O‘t

gan 

yil 

Hisob

ot 

yili 

Og‘i

sh 

(+;-) 

Hisobot yilida o‘tgan 

yilga nis

b

atan %

 da 

 A 




Taqqosl



ama ul

gurji narxl

arda m

ahsulot ( 



ish, xi

zm

at) haj



m

i  


5495,7 6548,9 

+1053,2 


119,1 

Asosiy ishlab chiqaris



h fondlari o‘rtacha 

yillik qiymati  

3446 4493 

+1047 


130,4 

Jumladan, mashina va uskunala



r 2665 

3456,1 


+791,1 

129,7 


Asosiy ishlab chiqaris

h fondlari qiymatida 

mashina va uskunalar ulushi, % 

(satr3:satr2x100) 

77,33 76,92 

-0,41 

99,5 


Ishl


ab chiqari

sh fondl


ari qi

ym

atini



ng ming 

so‘miga mahsulot

 hajmi (st

r1:str2)x100 

so‘m 

1594,8 1457,6 



-137,2 

91,4 


Mashina va uskunalar 

qiymatining ming 

so‘miga mahsulot

 hajm

i (satr1:satr3)x100 



so‘m 

2062,1 1894,8 

-167,3 

91,9 


261 

Tahlilda asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimiga ta’sir 

qiluvchi omillar hisoblab chiqiladi. 

Bunda fond qaytimi ko‘rsatkichini ikki ko‘paytuvchining 

ko‘paytmasi ko‘rinishida ifodalash talab qilinadi: 

Asosiy  ishlab chiqarish  fondlari fond  qaytimi

Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  umumiy  qiymatida

 mashina  va uskunalarning ulushi*

*Mashina va  uskunalarning fond  qaytimi.

=

=



 

Asosiy vositalar tarkibida mashina va uskunalarning ulushini 

miqdoriy ko‘rsatkich sifatida qabul qilgan holda zanjirli o‘rin 

almashtirish usuli bilan har bir omilning ta’siri hisoblanadi (10.6-

jadval). 

Fond qaytimining 137,2 so‘mga (1457,6 – 1594,8) pasayishi ikki 

omil, uskunalarning ulushi hamda mashina va uskunalar fond qaytimi 

kamayishi ta’sirida sodir bo‘lgan. 

Hisoblashni tekshirish: 1457,6 – 1594,8 = - 8,6 – 128,6 

- 137,2 = - 137,2. 



 

10.6-jadval 

O‘zaro ta’sirlashuvchi 

xususiy ko‘rsatkichlar 

Ketma-ket hisoblar 

fondlar tarkibida 

mashi

n

a va 

uskunal

ar ulushi, 



mashi

n

a va 

uskunal

ar fond 

qaytimi 

Asosiy ishl

ab chi

q

ari

sh 

fondlarini

ng f

ond 

qaytimi 

Oldingi hisobl

ashishl

ar-

dan og‘ish 

Og‘ish sabablari 

1- hisob o‘tgan yili 

O‘tgan 

77,33 


O‘tgan 

2062,1 


O‘tgan 

1594,8 


 

 

Birinchi ko‘rsatkichni 



o‘rin almashtirish 

Hisobot 


76,92 

O‘tgan 


2062,1 

Shartli 


1586,2 

-8,6 


Mashina va 

uskunalar ulushi 

pasayishi 

Ikkinchi ko‘rsatkichni 

o‘rin almashtirish 

Hisobot 


76,92 

Hisobot 


1894,8 

Hisobot 


1457,6 

-128,6


 

Mashina va 

uskunalar fond 

qaytimi 


pasayishi 

262 

10.6. Uskunalardan foydalanish tahlili  

 

Uskunalardan foydalanishni yaxshilash fond qaytimiga katta ta’sir 

ko‘rsatadi. Uskunalardan foydalanish tahlilida, avvalo, korxonaning 

uskunalar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanish to‘liqligini 

tekshirish zarur. 

Jami uskunalar mavjud, o‘rnatilgan va ishlatilayotgan kabi 

turlarga ajratiladi. 

Mavjud

  uskunalarga qayerda bo‘lishi (sexlarda, omborda) va 

qanday ahvolda bo‘lishidan qat’iy nazar korxonada mavjud barcha 

uskunalar kiritiladi. 



O‘rnatilgan uskunalar –

 bu sexlardagi yig‘ilgan va ishlatishga 

tayyorlangan uskunalardir. Shuni ham nazarda tutish lozimki, 

o‘rnatilgan uskunalarning bir qismi zaxirada, konservatsiyada, rejadagi 

ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishi mumkin. 

Ishlatilayotgan uskunalar – 

bu  ishlatish vaqtidan qat’iy nazar 

hisobot davrida haqiqatda ishlatilayotgan barcha uskunalardir. 

Uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish ikki yo‘l bilan 

ta’minlanadi: 

•  ekstensiv (vaqt bo‘yicha); 

•  intensiv ( quvvati bo‘yicha). 

Uskunalarning ekstensiv yuklama darajasini tavsiflash uchun uni 

ishlatish vaqtining balansi o‘rganiladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

•  kalendar vaqt fondi – uskunalarni ishlatishning maksimal 

mumkin bo‘lgan vaqti (hisobot davridagi kalendar kunlar soni 24 

soatga va o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdoriga ko‘paytiriladi); 

•  rejim vaqt fondi – (o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdori hisobot 

davridagi kalendar kunlar soniga va smenalilik koeffitsiyenti hisobga 

olingan holda kunlik ish soati miqdoriga ko‘paytiriladi); 

•   rejaviy fond – reja bo‘yicha uskunani ishlatish uskunaning 

rejaviy ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishga oid rejimli vaqtidan 

farq qiladi; 

•   ishlangan vaqtning haqiqatdagi fondi. 

Haqiqatdagi va rejadagi kalendar vaqt fondini taqqoslash uskunani 

ishga tushirish bo‘yicha rejaning muddat va miqdor bo‘yicha bajarilish 

darajasini; kalendar va rejim vaqt fondini taqqoslash – smenalilik 

koeffitsiyentini oshirish hisobiga uskunalardan yaxshiroq foydalanish 


263 

imkoniyatini, rejim va rejaviy vaqt fondini taqqoslash – ta’mirlashga 

vaqt sarfini qisqartirish hisobiga yuzaga keladigan vaqt zaxiralarini 

aniqlashga imkon beradi. 

Uskunalarni ishlatish vaqtidan foydalanishni tavsiflash uchun 

quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: 

•  kalendar vaqt fondi – K k.f. = Tf : Tk; 

•  rejim vaqt fondi – K r.f. = Tf : Tr; 

•  rejaviy vaqt fondi – K p.f. = Tf : Tp; 

•   kalendar fondda turib qolishlarning ulushi : Ud.pr = PR : Tk. 

Bu yerda, 

Tf, Tp, Tr, Tk – mos ravishda uskunalar ish vaqtining haqiqatdagi 

va rejaviy, rejim va kalendar fondlari; 

PR – uskunalarning turib qolishlari. 

Bir martalik tekshiruv ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan korxonaning 

birinchi sexida vaqt bo‘yicha uskunalardan foydalanish quyidagi 

ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: 

 

10.6-jadval 

Vaqt bo‘yicha uskunalardan foydalanishni tahlili 

 

Ko‘rsatkichlar Reja 

Hisobot 

Rejadan og‘ish 

(+,-) 

Mahsulot hajmi, ming so‘m 

10823 

10853 


+30 

Uskunalarni ish vaqti fondi, 

dastgoh-soatlar 

421321 419699 

-1622 

1 dastgoh-soat uchun 



mahsulot ishlab chiqarish, 

so‘m 


25,69 25,86 

+0,17 


 

Ushbu ko‘rsatkichlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: 

•  uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti  

419699 : 421321 = 0,9962 

•  uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyenti  

25,86 : 25,69 = 1,007 

•  uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti 

0,9962 x 1,007 = 1,003. 



264 

Hisoblashlar ko‘rsatadiki, sexda mahsulot ishlab chiqarishni 

ko‘paytirishning sezilarli zaxiralari mavjud – rejaviy vaqt fondi 99,62 

% ga foydalanilgan. To‘g‘ri, ish vaqtidan yo‘qotishlar 1 dastgoh-soatga 

mahsulot ishlab chiqarish ortishi bilan qisman qoplangan va bu 

ko‘rsatkich rejadan 0,66% yuqori bo‘lgan. Buning natijasida mahsulot 

ishlab chiqarish rejasi 100,27% ga bajarilgan. 

 

 



Nazorat savollari 

 

1. Asosiy vositalar tahlili qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi? 

2. Asosiy vositalar harakatini tavsiflovchi koeffitsiyentlarni sanab 

bering. 


3. Asosiy vositalarning texnik holatini qanday ko‘rsatkichlar 

tavsiflaydi? 

4. Asosiy vositalar dinamikasini baholashda qanday ko‘rsatkichlar 

qo‘llaniladi? 

5. Asosiy vositalar foydalanish samaradorligi tahlili metodikasini 

bayon qiling? 

6. Asosiy vositalar fond qaytimi ko‘rsatkichini hisoblash va tahlil 

qilishning iqtisodiy ma’nosi nimadan iborat? 

7. Asosiy vositalar fond sig‘imi ko‘rsatkichini tahlil qilish qanday 

iqtisodiy ma’noga ega? 

8. Asosiy vositalar fond qaytimi o‘sishining asosiy omillarini 

tavsiflang. Ularning qaysilari ustuvor ahamiyat kasb etadi? 

9. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish tahlili metodikasini 

tushuntirib bering. 

10.  Asosiy vositalarni ishga tushirish koeffitsiyentini (K

i

hisoblashda qanday formula qo‘llanilishini aniqlang: 



A) 

Yangi asosiy vositalar qiymati

;

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



i

K

=

 



B) 

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati 

;

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati



i

K

=

 



V) 

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati 

;

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati 



i

K

=

 



265 

G) 


Yangi asosiy vositalar qiymati 

.

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati 



i

K

=

 



11.  Yangilash koeffitsiyentini (K

ya

) hisoblash uchun qanday 

formuladan foydalaniladi? 

A) 


Yangi asosiy vositalar qiymati

;

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati



ya

K

=

 



B) 

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati

;

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati



ya

K

=

 



V) 

Yangi asosiy vositalar qiymati

;

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



ya

K

=

 



G) 

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati

.

 Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



ya

K

=

 



12. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish koeffitsiyentini (K

h

hisoblash uchun qanday formuladan foydalaniladi? 



A) 

Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati 

;

 Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



h

K

=

 



B) 

Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati 

;

 Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



h

K

=

 



V) 

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati 

;

Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati



h

K

=

 



G) 

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati 

.

Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati



h

K

=

 



13. Tugatish (K

t

) koeffitsiyentini hisoblash uchun qanday formu-

ladan foydalaniladi? 

A) 


Tugatilgan asosiy vositalar qiymati 

;

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati



t

K

=

 



B) 

Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati 

;

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati



t

K

=

 



V) 

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati 

;

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati



t

K

=

 



G) 

Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati 

.

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati



t

K

=

 



266 

14. Asosiy vositalar yaroqliligi (Kya) koeffitsiyentini hisoblash 

uchun qanday formuladan foydalaniladi? 

A) 


Asosiy vositalar qoldiq qiymati  

;

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati



ya

K

=

 



B) 

Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish miqdori 

;

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati



ya

K

=

 



V) 

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati  

;

Asosiy vositalar qoldiq qiymati



ya

K

=

 



G) 

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 

.

Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish miqdori



ya

K

=

 



15. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi 

ko‘rsatkichlarini hisoblang, tahlil qiling hamda xulosalarni shakl-

lantiring. 

 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling