Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

232 

 

 

 

 

IX bob. DEBITORLIK VA KREDITORLIK  

QARZI TAHLILI 

 

9.1. Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlili  

mazmuni va vazifalari 

 

Debitorlik va kreditorlik qarzi sotib olingan tovar-moddiy qimmat-



liklar, xizmatlar va boshqa xo‘jalik operatsiyalari uchun hisob-kitob-

larni amalga oshirish jarayonida korxornalar o‘rtasida vujudga keladi. 

Korxonaning yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘z vaqtida 

hisoblashishi uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jiddiy ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Debitorlik qarzi 

korxona aylanmasidan mablag‘larni chiqarish va 

ulardan boshqa korxonalar foydalanishini anglatadi. Kreditorlik qarzi 

korxona tomonidan o‘z xo‘jalik aylanmasiga boshqa korxona va 

tashkilotlarning mablag‘lari jalb qilinishini anglatadi. Debitorlik 

qarzini boshqarish san’ati uning umumiy miqdorini optimallashtirish 

va o‘z vaqtida inkassatsiyasini ta’minlashdan iborat. 

Debitorlik qarzi va uning joriy aktivlarda ulushi keskin ortishi 

korxonaning xaridorlarga nisbatan oqibati o‘ylanmagan kredit 

siyosatidan, sotish hajmi ortganligidan yoki xaridorlarning bir qismi 

to‘lovga qobil emasligi va bankrotligidan guvohlik beradi. Debitorlik 

qarzi, bir tomondan, hisoblashishlarni tezlashtirish evaziga, boshqa 

tomondan – xaridorlarga jo‘natishni qisqartirish evaziga kamayishi 

mumkin. O‘z navbatida, debitorlik qarzining o‘sishi har doim ham 

salbiy, kamayishi esa ijobiy baholanavermaydi. 

Tahlilda muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelish sabablarini 

batafsil o‘rganish zarur. Muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi 

moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki korxonada ishlab 

chiqarish zaxiralarini xarid qilish, mehnat haqi to‘lash va boshqalar 

uchun moliyaviy resurslar yetishmasligi yuzaga keladi. Bundan 

tashqari, mablag‘larning debitorlik qarzida “o‘lik pullarga aylanishi” 

kapital aylanuvchanligi sekinlashishiga olib keladi. Muddati o‘tgan 

debitorlik qarzi qarzlar qaytarilmasligi va foyda kamayishi riski 

o‘sganligini ham anglatadi. 



233 

Tahlil vazifalari quyidagilardan iborat: 

– moliyaviy-hisob-kitob intizomi natijasida yuzaga kelgan qarz-

dorlikni aniqlash. Ushbu qarzdorlik miqdori, yuzaga kelish sabablarini 

aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida 

bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish 

zarur; 

– Amaldagi hisob-kitoblarning ayrim shakllariga xos xususiyatlar 



tufayli yuzaga keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori va 

dinamikasini aniqlash; 

– to‘lov intizomini mustahkamlash, yetkazib beruvchilar va 

xaridorlar bilan o‘z vaqtida hisoblashishlarni amalga oshirish bo‘yicha 

korxona tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni oydinlashtirish. 

Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlili buxgalteriya balansi va ichki 

hisob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. 

 

 

9.2. Debitorlik va kreditorlik qarzi tarkibi  

va dinamikasi tahlili 

 

O‘z aylanma mablag‘lar immobilizatsiya ayniqsa foydasiz bo‘lib 

qolgan inflyatsiya davrida debitorlik qarzi tahlili muhim ahamiyat kasb 

etadi. Mazkur tahlil debitorlik qarzining mutlaq va nisbiy miqdorlarini 

ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Yil uchun debitorlik va kreditorlik qarzi 

hajmidagi o‘zgarishlar umumiy ko‘rinishda balans aktivlari va 

passivlarining gorizontal va vertikal tahlili ma’lumotlari bilan 

tavsiflanishi mumkin (9.1-jadval). 

Tahlil qilinayotgan korxonaning debitorlik qarzi bir yilda 261,6% 

ga o‘sdi va yil oxirida 1844,7 mln so‘mni tashkil qildi. Korxona mulki 

tarkibida debitorlik qarzi ulushi bir yilda 9,1% dan 17,5% gacha o‘sdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun kreditorlik qarzining ulushi 28,4% 

dan 32,7% gacha ortdi. 

Tahlil qilinayotgan korxonada debitorlik qarzi o‘sishi iste’mol-

chilarning to‘lovga noqobilligi bilan shartlangan. Debitorlik va 

kreditorlik qarzi taqqoslanuvchanligiga oid masala ham ancha dolzarb 

sanaladi. Aksariyat analitiklar fikricha, agar kreditorlik qarzi debitorlik 

qarzidan yuqori bo‘lsa, u holda korxona mablag‘lardan oqilona 

foydalanmoqda, ya’ni vaqtincha aylanmaga jalb qilayotgan mablag‘lari 

miqdori aylanmadan chiqarayotgan mablag‘laridan ko‘p.  



234 

9.1-jadval 

Debitorlik-kreditorlik qarzi tarkibi, 

tuzilishi va dinamikasining tahlili 

 

Summa, 

mlnso‘m 

Salmog‘i,

 % 

O‘zgarish 

Debitorlar Kreditorlar 

yil boshi 

uchun 

yil oxiri 

uchun 

yil 

boshi 

uchun 

yil 

oxiri 

uchun

summa, 

mln so‘m

salmo-

g‘i, % 

1 2 






Xaridorlar va buyurtmachilar 

qarzdorligi 

Yetkazib beruvchilar va 

pudratchilarga 

qarzdorlik  

1802,8 2876,2

81,9 

83,3 


+1073,4 

+1,4 


Sho‘ba va qaram xo‘jalik 

jamiyatlar qarzdorligi 

Sho‘ba va qaram 

xo‘jalik jamiyatlardan 

qarzdorlik  

23,2 6,6 

1,0 

0,2 


-16,6 

-0,8 


Xodimlarga berilgan badallar 

Soliqla


r va majburiy 

to‘lovlar bo‘yicha 

muddati kechikkan 

majburiya

tlar 

  

 



 

 

 



Yetkazib beruvchilar va 

pudratchilarga berilgan 

bo‘naklar 

Olingan bo‘naklar 

17,5 

44,6 


0,8 

1,3 


+27,1 

+0,5 


235 

 

Byudjetga soliq va yig‘imlar 



bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari 

Byudjetga to‘lovlar 

bo‘yicha qarzdorlik 

89,4 163,2 

4,2 

4,7 


+73,8 

+0,5 


Davlat maqsadli fondlari va 

sug‘urta bo‘yicha bo‘nak 

to‘lov

lari 


Sug‘urta bo‘yicha 

qarzdorlik  

28,2 43,3 

1,3 


1,3 

+15,1 


Ustav kapitaliga ulushlar 

bo‘yicha muassislar qarzdorligi 

Davlat maqsadli 

fondlariga to‘lovlar 

bo‘yicha qarzdorlik  

11,4 65,8 

0,5 


1,9 

+54,4 


+1,4 

Boshqa operatsiyalar bo‘yicha 

xodimlar qarzdorligi 

Muassisla

rdan 

qarzdorlik  



  

 

 



 

 

Boshqa debitorlik qarzlari 



Mehnat haqi bo‘yicha 

qarzdorlik  

49,8 21,1 

2,2 


0,6 

-28,7 


-1,6 

Jami debitorlar 

Boshqa kreditorlik 

qarzlari 

177,3 231,9 

8,1 


6,7 

+54,6 


-1,4 

Jami joriy

 kreditorlik 

qarzlari 

2199,6 3452,7

100 


100 

+1253,1 


Passiv saldosi 

Aktiv saldosi 







Balans Balans 

2199,6 3452,7



+1253,1 





236 

Buxgalterlar bunga salbiy munosabat bildiradilar, chunki 

korxonaning kreditorlik qarzi debitorlik qarzi holatidan qat’iy nazar 

qaytarilishi majburiydir. Xalqaro hisob-analitik amaliyotda debitorlik 

va kreditorlik qarzini taqqoslashga doimo e’tibor qaratiladi. 

Bizning misolimizda kreditorlik qarzi debitorlik qarzidan tahlil 

davri boshi uchun 1494,5 mlnso‘mga, oxiri uchun 1608,0 mln so‘mga 

oshib ketgan, ya’ni korxona qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini 

jalb qilgan. Debitorlik qarzining asosiy ulushi 45,5% xaridorlar va 

buyurtmachilarga to‘g‘ri keladi. Yil boshida bu 320,7 mln so‘mni 

tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxirida 27,2 mlnso‘mga kamaygan va umumiy 

debitorlik qarzida 15,9% ni tashkil qilgan. 

Hisobot davrida mutlaq miqdorda ham, nisbiy miqdorda ham 

avans to‘lovlari keskin o‘sgan. Shu bilan birga, boshqa debitorlar 

bo‘yicha qarzdorlik ulushi ham o‘sgan – 5,3% dan 18,1% gacha (mos 

ravishda 37 dan 333,8 mln so‘mgacha). 

Kreditorlik qarzi tarkibida yetkazib beruvchilar va pudratchilardan 

qarzdorlikning ulushi 81,9% dan 83,3% gacha oshgan. Ixtiyoriy 

tashkilotning majburiyatlari tarkibida “muddatli” (tashkilot xodimlari 

oldida qarzdorlik, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik) va “oddiy” 

(davlat byudjetdan tashqari fondlar oldida qarzdorlik, boshqa 

kreditorlardan olingan avanslar, yetkazib beruvchilardan qarzdorlik) 

qarzdorlikni shartli ravishda ajratish mumkin. 

Bundan kelib chiqqan holda qayd qilish mumkinki, yil boshida 

tashkilotning majburiyatlari tarkibida muddatli qarzdorlik ulushi 6,3% 

ni tashkil qilgan [(89,4+49,8):2199,6], yil oxirida esa ushbu miqdor 

biroz pasayib, 5,3% ga teng bo‘lgan [(163,2+21,1):3452,7]. 

 

 

9.3. Debitorlik qarzi holatining tahlili  

 

Tahlil vazifasi muddati o‘tgan debitorlik qarzi miqdorini aniqlash, 

dinamikasini baholash va uning paydo bo‘lishi yoki o‘sishi sabablarini 

aniqlashdan iborat. Debitorlar bilan hisoblashishlar holatining tashqi 

tahlili 1-shakl-“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlariga asoslanadi. Ichki 

tahlil uchun debitorlar bilan hisoblashishlar haqida axborotlarni 

umumlashtirishga mo‘ljallangan analitik hisob yuritish ma’lumotlari 

jalb qilinadi. 



237 

Debitorlik qarzi holati tahlili uning umumiy hajmi dinamikasini 

baholashdan boshlanadi va alohida moddalar kesimida davom 

ettiriladi: joriy aktivlarda debitorlik qarzi ulushi aniqlanadi, uning 

tarkibi tahlil qilinadi; to‘lovi yil davomida amalga oshirilishi 

kutilayotgan debitorlik qarzlarining ulushi aniqlanadi; ushbu 

ko‘rsatkichning dinamikasi baholanadi va shubhali qarzdorlik 

dinamikasini baholash maqsadida debitorlik qarzining sifat holati 

tahlili amalga oshiriladi. 

Shubhali debitorlik qarzi mavjudligi xaridorlar bilan hisob-

kitoblarda muddatni uzaytirish bo‘yicha tashkilotning nomaqbul 

siyosatidan darak beradi, kreditor korxonaning o‘zida to‘lov 

qobiliyatsizligi vujudga kelishiga real tahdid hosil qiladi va uning 

balansi likvidligini kuchsizlantiradi. Shubhali debitorlik qarzi balans 

aktivining boshqa moddalari: «Xaridorlar va buyurtmachilar 

qarzdorligi» va «Boshqa debitorlik qarzlari» bo‘yicha ham o‘ziga xos 

ahamiyat kasb etishi mumkin. 

«Boshqa joriy aktivlar» moddasi balansdan o‘rnatilgan tartibda 

hisobdan chiqarilmagan tovar-moddiy qimmatliklar buzilishidan 

yo‘qotishlar va etishmovchilikni o‘z ichiga olishi mumkin. Shubhali 

debitorlik qarzi yuzaga kelishining aniq sabablarini topish uchun 

buxgalteriya hisobining operativ ma’lumotlari asosida debitorlar va 

paydo bo‘lish muddatlari bo‘yicha uning miqdorini ichki tahlildan 

o‘tkazish talab qilinadi. 

Debitorlik qarzi tahlili jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlar 

hisoblanadi: 

1. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti K

dq

 (aylanmalar): 

K

dq



=

.

MST



Dq

 

Bu yerda, MST – mahsulot sotishdan tushumlar; 

 

Dq

 – o‘rtacha debitorlik qarzi. 

Debitorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti korxonalar 

tomonidan taqdim etilayotgan tijorat krediti kengayishi yoki 

qisqarishini ko‘rsatadi. Agar hisoblashda sotishdan tushumlar 

koeffitsiyentlari mulk huquqi o‘tishi bo‘yicha hisoblansa, u holda 

koeffitsiyent ortishi kreditga sotish qisqarishini anglatadi, uning 

kamayishi esa taqdim etilayotgan kredit hajmi ortishidan darak beradi. 

2. Debitorlik qarzini qaytarish muddati (kunlar): 


238 

D

dqq



=

.

T



Кdq

 

Bu yerda, T – davr uzunligi, kunlar. 



Ushbu ko‘rsatkich quyidagi usulda hisoblanishi mumkin: 

Debitorlik qarzi = 

 

Ds

MST

·360 (kunlarda) 

Bunda qaytarish davri qancha uzun bo‘lsa, uning qaytarilmaslik 

riski shuncha yuqori bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichni yuridik va jismoniy 

shaxslar, mahsulotlarning turlari, hisob-kitob shartlari, ya’ni bitim 

tuzish shartlari bo‘yicha ko‘rib chiqish talab qilinadi. 

Tashkilotlarga jo‘natilmasdan yetkazib beruvchilarga materiallar 

uchun oldindan to‘lash oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 

yashirin debitorlik qarzi analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha 

hisoblashishlar holatini tahlil qilish va baholash asosida aniqlanadi. 

Tahlil o‘tkazish jarayonida joriy aktivlarning umumiy hajmida 

debitorlik qarzi ulushi (3) va debitorlik qarzi tarkibida shubhali 

debitorlik qarzi ulushini (4) hisoblash maqsadga muvofiq bo‘ladi. (4) 

ko‘rsatkich debitorlik qarzi “sifati”ni tavsiflaydi. Uning o‘sishga 

moyillik tendensiyasi likvidlik pasayganligidan darak beradi. 

 

3. Joriy aktivlarning umumiy hajmida debitorlik qarzi ulushi: 



*100%.

Dq

Udq

=

 



Bu yerda, JA – joriy aktivlar. 

Ushbu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, tashkilot mulkiy tarkibi 

shunchalik kam darajada mobillashgan bo‘ladi. 

4. Debitorlik qarzi tarkibida shubhali debitorlik qarzi ulushi: 

*100 %.

ShQ

Ushdq

Dq

=

 



ShQ – shubhali qarzdorlik. 

Ushbu ko‘rsatkich debitorlik qarzi sifatini tavsiflaydi. Uning 

o‘sishga moyillik tendensiyasi likvidlik pasayganligidan darak beradi. 

Debitorlik qarzi aylanuvchanligi tahlilini oldingi hisobot davrlariga 

taqqoslagan holda olib borish talab qilinadi (9.2-jadval). 


239 

9.2-jadval 

Debitorlik qarzi aylanuvchanligi tahlili 

 

Ko‘rsatkich nomi 

Shartli belgi  O‘tgan yil Hisobot yili 

O‘zgarishi, +,- 

1. Debitorlik qarzi 

aylanuvchanligi 

koeffitsiyenti 

Kdq 6,4 3,5 

-2,9 


1.1. jumladan qisqa 

muddatli 

 6,2 

3,7  -2,5 



2. Debitorlik qarzini 

qaytarish muddati 

Dpdq 56,2 102,8 

+46,6 


2.1. Jumladan qisqa 

muddatli 

 58,0 

97,2  +39,2 



3. Joriy aktivlarning 

umumiy hajmida 

debitorlik qarzi 

ulushi, % 

Udq 16,0 27,7 

+11,7 


4. Joriy aktivlarning 

umumiy hajmida 

xaridor va 

buyurtmachilarning 

debitorlik qarzi 

ulushi, % 

 7,2 

4,4  -2,8 



5. Debitorlik qarzi 

tarkibida shubhali 

qarzdorlik ulushi, % 

Ushdq 5,2  7,0 

+1,8 

 

9.2-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, debitorlar bilan 

hisoblashishlar holati tashkilotda o‘tgan yilga nisbatan biroz 

yomonlashgan. Bu qisman uzoq muddatli debitorlik qarzi o‘sishi 

tufayli ham sodir bo‘lgan. Debitorlik qarzini qaytarishning o‘rtacha 

muddati 46,6 kunga cho‘zilib, 102,8 kunga teng bo‘lgan. Hisobot yilida 

qisqa muddatli debitorlik qarzi holati o‘tgan yilga nisbatan 39,2 kunga 

sekinlashgan. Qarzdorlik sifati pasayganligiga ham alohida e’tibor 

qaratish talab qilinadi. Shubhali debitorlik qarzi ulushi o‘tgan yilga 

nisbatan 1,8 punktga o‘sib, debitorlik qarzlarining umumiy hajmida 

7,0% ni tashkil qilgan. Agar debitorlik qarzi ulushi 27,7% ni, xaridorlar 

va buyurtmachilar qarzdorligi ulushi tashkilotning joriy aktivlari 

umumiy hajmining 4,4% ini tashkil qilganligi e’tiborga olinsa, 

debitorlik qarzi holati tufayli umumiy joriy aktivlar likvidligi 

pasayganligi haqida xulosa qilish mumkin. 


240 

Tahlil natijalarini umumlashtirish uchun ichki hisob ma’lumotlari 

bo‘yicha yig‘ma jadval tuzish mumkin bo‘lib, unda debitorlik qarzi 

paydo bo‘lish muddatlari bo‘yicha tasniflanadi. 



 

9.3-jadval 

Debitorlik qarzi holati tahlili 

mln so‘m 

Jumladan muddatlari bo‘yicha 

Debitorlik qarzi 

turi 

Yil boshi uchun 

Yil oxiri uchun 

1 oygacha 

1 - 3 oygacha 

3 - 6 oygacha 

6 - 12 oygacha 

12 oydan ziyod 

A 1 











Xaridorlar va 

buyurtmachilar bilan 

hisoblashishlar 

320,7 293,5  73  126  59 

29 


6,5 

Berilgan bo‘naklar 

103 552,9 510 0  0 

42,9 0 


Boshqa debitorlar 

281,4 998,3  340  10 

648,3  0 

Jami debitorlik qarzi  705,1  1844,7 923 



136 

707,3  71,9 

6,5 

Debitorlik qarzining 



umumiy miqdoriga 

% da 


- 100 

50,0 


7,4 

38,3 


3,9 

0,4 


 

Bunday jadvalning har oyda tuzilishi buxgalterga turli debitorlar 

bilan hisoblashishlarning aniq manzarasini tasavvur qilish, muddati 

o‘tgan qarzdorlikni aniqlashga imkon beradi. 9.3-jadval ma’lumot-

laridan ko‘rinib turibdiki, debitorlik qarzining asosiy qismini 1 oygacha 

muddatli qarzlar tashkil qiladi. qarzlarning umumiy miqdorida uning 

ulushi 50,0% ga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda tashkilotdan 779,2 mln 

so‘m (707,3+71,9) miqdorda yetarlicha katta muddatli qarzdorlik 

mavjud. Yaqin vaqtlarda ushbu qarzlarni undirib olish bo‘yicha barcha 

sa’y-harakatlarni qo‘llash lozim, chunki buni kechiktirish tashkilotning 

moliyaviy natijalari pasayishiga olib kelishi mumkin. 

Debitorlik qarzining keltirilgan tahliliga asosan xulosa qilish 

mumkinki, tashkilot debitorlar bilan muayyan muammolarga ega va bu 

muammolar hisobot yilida ham o‘tgan yilga nisbatan kamaymagan. 

 


241 

9.4. Kreditorlik qarzi holati tahlili 

 

Kreditorlik qarzi korxonalar o‘rtasida hisoblashishlarning mavjud 



tizimi oqibatida yuzaga kelib, bunda bir korxonaning boshqasiga qarzi 

muayyan davr tugashi bo‘yicha qaytariladi. Masalan, xaridorga 

jo‘natilgan tovar-moddiy qimmatliklar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar 

uchun hisob-kitob hujjatlari qimmatliklar olingandan so‘ng yoki 

xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng to‘lanadi. Kreditorlik qarzi shunday 

holatlarda ham yuzaga keladiki, bunda korxona dastlab o‘zining 

hisobida qarzdorlik (mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar oldida, 

byudjet oldida va boshqalar) yuzaga kelganligini aks ettiradi, muayyan 

vaqt tugashi bilan ushbu qarzdorlikni qaytaradi ( mehnat haqi to‘laydi, 

hisob raqamidan byudjetga pul o‘tkazadi va boshqalar. 

Bundan tashqari, kreditorlik qarzi korxona tomonidan o‘z to‘lov 

majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibati hisoblanadi. 

Kreditorlik qarzining tahlil metodikasi ham debitorlik qarzi 

tahliliga o‘xshash bo‘ladi. 

Tahlil jarayonida tahlil davrida qarzdorlikning aylanmalari sonini 

tavsiflovchi kreditorlik qarzi aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari 

hisoblanadi va dinamikada baholanadi. 

.

MST



Kkq

Kq

=

 



Bu yerda, 

Kkq – kreditorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti; 

MST – mahsulot sotishdan tushumlar; 

Kz – o‘rtacha kreditorlik qarzi. 

Tahlil xulosasida quyidagilar kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 

kreditorlik qarzi taqqoslanadi: 

– o‘sish sur’ati, %; 

– aylanuvchanlik, aylanmalarda; 

– aylanuvchanlik, kunlarda. 

Debitorlik va kreditorlik qarzi holatini taqqoslash quyidagi 

xulosalarni chiqarishga imkon beradi: tashkilotda kreditorlik qarzi 

miqdori ustunlik qiladi, lekin uning o‘sish sur’ati debitorlik qarzi o‘sish 

sur’atiga nisbatan kamroq. Buning sababi – kreditorlik qarzi aylanmasi 

debitorlik qarziga nisbatan pastroq tezlikka egaligidadir. 



 

242 

9.4-jadval 

Debitorlik va kreditorlik qarzining qiyosiy tahlili 

 

Ko‘rsatkich nomi 

Kreditorlik qarzi  Debitorlik qarzi

O‘sish sur’ati, % 

157 

261 


Aylanuvchanlik, 

aylanmalarda  

1,9 3,5 

Aylanuvchanlik, kunlarda 

189,4 

102,8 


 

Tahlil natijalari bo‘yicha an’anaviy ravishda quyidagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi: 

•  kreditorlik qarzi va debitorlik qarzi nisbati ustidan kuzatib 

borish. Debitorlik qarzining sezilarli darajada ortishi tashkilotning 

moliyaviy barqarorligiga tahdid soladi, yuzaga kelayotgan kreditorlik 

qarzlarini qaytarish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini 

jalb qilishni zarur qilib qo‘yadi; 

•   muddati o‘tgan qarzdorliklar bo‘yicha hisoblashishlar holatini 

nazorat qilish; 

•   inflyatsiya  sharoitida  ixtiyoriy muddatni uzaytirish korxona 

aslida bajarilgan ishlar qiymatini bir qisminigina olishiga olib 

kelganligi uchun avans to‘lovlari tizimini kengaytirish zarur. Debitorlik 

va kreditorlik qarzlarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan turlarini o‘z 

vaqtida aniqlash ularga quyidagilarni kiritish mumkin: yetkazib 

beruvchilar, byudjet va boshqalar oldida muddati o‘tgan qarzdorlik; 

e’tirozlar bo‘yicha kreditorlik qarzi; e’tirozlarga ega yetkazib 

beruvchilar va xaridorlar; moddiy zararni qoplash hisob-kitoblari 

bo‘yicha qarzdorlik; «Boshqa debitorlar» moddasi bo‘yicha qarzdorlik. 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling