Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

 

Nazorat savollari 

 

1. Debitorlik va kreditorlik qarzi axborot manbalarini sanab bering. 

2. Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlilining ahamiyati qanday? 

3. Debitorlik va kreditorlik qarzi tarkibi, tuzilishi, dinamikasi 

bo‘yicha tahlil qay tarzda amalga oshiriladi? 

4. Debitorlik qarzi holati tahlili qanday o‘tkaziladi? 

5. Kreditorlik qarzi aylanuvchanligi tahlil metodikasini tavsiflang. 


243 

6. Debitorlik qarzi ortishi sabablarini ayting. 

7. Quyidagi ma’lumotlar asosida debitorlik qarzi tarkibi va 

harakatlanishini tahlil qiling. 

 

Yil boshi uchun 

qoldiq 

Yil oxiri uchun 

qoldiq 

Ko‘rsatkichlar 

nomi 

summa, 

ming so‘m 

salmog‘i,



summa, 

ming so‘m 

salmog‘i,



O‘zgarishi, ming 

so‘m 

O‘sish sur’ati, % 

A 1 









1. Debitorlik qarzi 

- jami 

61352 100 63174 100 



 

 

1.1. Qisqa 



muddatli 

61151  62731  

   

1.1.1 jumladan 



muddati o‘tgan 

18602  20405  

   

1.1.1.1. ulardan 



muddati 3 oydan 

ortiq 


15775  19110  

   


1.2. 

Uzoq 


muddatli 

201  443     

1.2.1. jumladan 

muddati o‘tgan 

- - - -  - 

1.2.1.1. ulardan 



muddati 3 oydan 

ortiq 


- - - -  - 

 



8. Oldingi jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda debitorlik 

qarzi aylanuvchanligi ko‘rsatkichini aniqlang. Sof tushum, ming so‘m: 

O‘tgan yil uchun – 99017, hisobot yilida – 106969; 

Joriy aktivlar: o‘tgan yil uchun – 193539, hisobot yilida – 194381. 

 

Ko‘rsatkich nomi 

O‘tgan yil Hisobot yili

O‘zgarishi, +;- 

A 1 



1. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi, 

aylanmalarda 

 

 



 

1.1. jumladan qisqa muddatli 

 

 

 



2. Debitorlik qarzini qaytarish davri, 

kunlar 


 

 

 



2.1. jumladan qisqa muddatli 

 

 



 

3. Joriy aktivlarning umumiy hajmida 

debitorlik qarzi ulushi, % 

 

 



 

 


244 

9. Kreditorlik qarzi tarkibi va harakatlanishini tahlil qiling. 

 

Yil boshi uchun 

qoldiq 

Yil oxiri uchun 

qoldiq 

Ko‘rsatkichning 

nomi 

summa, 

ming 

so‘m 

salmog‘

i,% 

summa, 

ming 

so‘m 

salmog‘

i,% 

Q

oldi



og‘ishi, ming 

so

‘m

O‘sish 

sur’ati

, % 



1 2 3 4 5 

1.Kreditorlik qarzi- 

jami 

112948


100 113562

100     


1.1. Qisqa muddatli  105126

 106487


    

1.1.1. jumladan 

muddati o‘tgan 

18573  31615     

1.1.1.1. ulardan 

muddati 3 oydan 

ortiq 

12303  18312     



1.2. Uzoq muddatli 

7822  7075    

 

1.2.1. jumladan 



muddati o‘tgan 

- - - - - 

1.2.1.1. ulardan 



muddati 3 oydan 

ortiq 


- - - - - 

 



10. Oldingi jadval ma’lumotlari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik 

qarzining qiyosiy tahlilini amalga oshiring. 

 

Ko‘rsatkichlar nomi 

Kreditorlik 

qarzi 

Debitorlik 

qarzi 

O‘sish sur’ati, % 

 

 

Aylanuvchanlik, aylanmalarda 



 

 

Aylanuvchanlik, kunlarda 



 

 

 



245 

 

 

 

 

X bob. ASOSIY VOSITALAR HOLATI VA ULARDAN  

FOYDALANISH TAHLILI 

 

10.1. Asosiy vositalar tahlilining vazifalari,  

asosiy yo‘nalishlari va axborot ta’minoti 

 

Asosiy vositalar – ixtiyoriy ishlab chiqarishning eng muhim omil-



laridan biridir. Ularning holati va samarali foydalanish bevosita kor-

xonalar xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir qiladi. 

Korxonaning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan 

oqilona foydalanish barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshi-

lash, jumladan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, uning tannarxi 

va tayyorlashda sarflanadigan mehnat sig‘imini pasaytirishga imkon 

beradi. 

Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasi kabi ijaraga 

berish uchun ham foydalaniladigan noishlab chiqarish sohasida uzoq 

vaqt davomida (bir yildan ortiq) harakatlanuvchi moddiy aktivlardir. 

Investitsion va tuzilmaviy siyosatning amalga oshirilishi sharofati 

bilan bizning respublikamizda mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini 

ta’minlovchi elektr energetikasi, yoqilg‘i sanoati, qora va rangli 

metallurgiya, kimyoviy va neftkimyo sanoati kabi sanoat tarmoqlari 

jadal rivojlanmoqda. 

Iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash 

bo‘yicha olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar mamlakatda ishlab 

chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va 

kengaytirish bo‘yicha ishlar hali hamon davom etmoqda. Asosiy 

vositalar tahlili bir necha yo‘nalishda olib borilishi mumkin, ularni 

majmuaviy ishlab chiqish esa asosiy vositalar va uzoq muddatli 

investitsiyalarning tarkibi, dinamikasi va foydalanish samaradorligini 

baholashga imkon beradi. 

Tahlil va hal qilinadigan analitik vazifalar yo‘nalishini tanlash 

boshqaruv ehtiyojlari bilan belgilanadi. 



246 

Asosiy vositalarning tuzilmaviy dinamikasi tahlili va investitsiya-

viy tahlil moliyaviy tahlil mazmunini tashkil qiladi. Asosiy vosita-

lardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlatish bo‘yicha 

xarajatlarni baholash boshqaruv tahliliga taalluqli sanaladi, biroq 

tahlilning bu ikki turi o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Uskunalarni 

saqlash va ishlatish bo‘yicha xarajatlar tahlili mahsulot tannarxi 

tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi. 

 

10.1-jadval 

Asosiy vositalar tahlilining asosiy yo‘nalishlari  

va vazifalari 

 

Tahlilning asosiy 

yo‘nalishlari (tematikasi) 

Tahlil vazifalari 

Asosiy vositalarning 

tuzilmaviy dinamikasi 

Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar 

hajmi va tarkibini baholash. Asosiy 

vositalar qiymati o‘zgarishining korxona 

moliyaviy ahvoli va balans tarkibiga ta’siri 

miqdori va xarakterini aniqlash 

Asosiy vositalardan 

foydalanish samaradorligi 

tahlili 

Asosiy vositalar harakati tahlili 

Asosiy vositalardan foydalanish 

samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlili 

Uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili 

Uskunalardan foydalanishni integral 

baholash 

Uskunalarni saqlash va 

ulardan foydalanish 

byo‘icha xarajatlar 

samaradorligi tahlili  

Kapital ta’mir xarajatlari tahlili 

Joriy ta’mir xarajatlari tahlili. Uskunalarni 

ishlatish bo‘yicha xarajatlar, foyda va 

ishlab chiqarish hajmining o‘zaro aloqasi 

tahlili 


Asosiy vositalarga 

investitsiyalar 

samaradorligi tahlili 

Kapital qo‘yilmalar samaradorligini 

baholash. 

Investitsiyalash uchun qarzlar jalb qilish 

samaradorligini baholash 

 

Asosiy vositalar tahlili metodikasi ulardan foydalanishning eng 



yaxshi variantini tanlashga yo‘naltirilgan. Shuning uchun tahlilning 

asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilar tilga olinadi: 

•  asosiy vositalardan foydalanish bo‘yicha qarorlar variantliligi; 


247 

•  istiqbolga yo‘naltirilganligi. 

Tahlil sifati axborotlar ishonchliligi, ya’ni buxgalteriya hisobini 

yo‘lga qo‘yish sifati, asosiy vositalar obyektlari bilan operatsiyalar 

tizimi va ro‘yxatga olish nuqsonsizligi, obyektlarni hisob-malaka 

guruhlariga kiritish aniqligi, inventarizatsion ro‘yxatga olishlar 

ishonchliligi analitik hisob registrlarini ishlab chiqish va yuritish 

mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Tahlilning axborot manbalari: 

•  1-shakl – “Buxgalteriya balansi”; 

•  2-moliya shakli-“Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati 

hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shakli; 

•   

“Ishlab chiqarish quvvatlari balansi”, asosiy vositalar 



hisobining inventar kartochkalari. 

 

 



10.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi 

va dinamikasi tahlili 

 

Asosiy vositalar korxonalar ishlab chiqarish jarayonida ulkan 



ahamiyat kasb etadi, chunki ular jamuljamlikda korxona tayanuvchi va 

korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini baholash mezoni sanaluvchi 

ishlab chiqarish-texnik bazani hosil qiladi. 

Asosiy vositalarning to‘g‘ri buxgalteriya hisobining zaruriy sharti 

– bu ularni baholashning yagona tamoyilidir. Asosiy vositalarni 

baholashning quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi: 

•  boshlang‘ich; 

•  tiklanish; 

•  joriy; 

•  qoldiq; 

•  tugatish. 

Boshlang‘ich qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, d-abzats)

 – to‘lan-

gan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni 

undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish 

bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, 

o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan 

holda asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid 

qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar qiymati. 



248 

Tiklanish qiymati 

belgilangan narx indeksi,  tiklanish qiymati 

aniqlab bo‘lingan  o‘xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o‘zga-

rishlarining yiriklashtirilgan koeffitsiyentlari yordamida aniqlanadi. 

Asosiy vositalar qiymatini ishlab chiqarishning o‘zgargan iqtisodiy va 

texnik shart-sharoitlariga mutanosiblikka keltirish uchun davriy 

ravishda asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi. Tiklanish 

qiymati asosiy vositalarning real miqdorini qoplash uchun zarur asosiy 

vositalar miqdorini aniqlashga imkon beradi. 

Joriy qiymat

  (5-sonli BXMS 3-bandi, e-abzats) – ma’lum 

sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning 

qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, 

mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish 

yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa. 



Qoldiq qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, j-abzats) 

  jamlangan 

amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning 

boshlang‘ich (tiklash) qiymati. 



Tugatish qiymati (5-sonli BXMS 3-bandi, z-abzats) 

  asosiy 

vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni 

chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy 

vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan 

summasi. 

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun asosiy 

vositalarni baholash tamoyillari deyarli bir xil, biroq mulkni qayta 

baholash, rekonstruksiya, mavjud bino yoki inshootlarni qayta 

jihozlash yoki qurib bitkazish jarayonida boshlang‘ich qiymat 

o‘zgarishi mumkin. 

O‘z mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy vositalar ikki guruhga 

ajratiladi: 

•  ishlab chiqarish; 

•  noishlab chiqarish. 

Asosiy vositalar tarkibi va harakati tahlilida hisobot ma’lumotlari 

dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bunda shuni ham nazarda tutish lozimki, 

asosiy vositalarning ishora qilingan ishlab chiqarish xarakteridagi 

ikkala guruhi bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘langan, 

shuning uchun ular eng katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘ladi. 

10.2-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish 

yo‘nalishidagi asosiy vositalarning ulushi yil boshidagi 75% dan yil 



249 

oxirigacha 78% gacha o‘sib, noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 

ulushi mos ravishda pasaygan. 

Asosiy vositalar tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash 

uchun ularning tarkibini tahlil qilish zarur. 

 

10.2-jadval 

Asosiy vositalar tarkibi va dinamikasi tahlili 

 

Yil boshi uchun Yil oxiri uchun O‘zgarishi ( +;- )

Asosiy vositalar 

guruhlari 

summa, mln 

so‘m 

salmog‘i, % 

summa, mln 

so‘m 

salmog‘i, % 

summa, mln 

so‘m 

salmog‘i, % 

Asosiy vositalar 

- jami 

4594,7 100 5759,9 100 +1165,2 +25,3 



jumladan, ishlab 

chiqarish 

3446 75 4493 78 +1047 

+30,3 


Noishlab 

chiqarish 

1148,7 25 1266,9 22 +118,2 +10,3 

 

Asosiy vositalar tarkibi

 tarmoqning o‘ziga xosligi bilan 

belgilanadi va korxonalarning ishlab chiqarish-texnik xususiyatlarini 

aks ettiradi. Fondlar tarkibini tahlil qilishda aktiv va passiv qismlar 

nisbatini aniqlash zarur. Fondlarning aktiv qismi mehnat predmetiga 

bevosita ta’sir qiladi. Passiv qismni ishlab chiqarish jarayonini amalga 

oshirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiruvchi fondlar tashkil 

qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda fondlarning aktiv qismi tarkibi bo‘yicha 

yagona qarash shakllanmagan. Ayrimlar bino va inshootlarni hisobdan 

chiqargan holda barcha fondlarni aktiv qism deb hisoblasa, boshqalar – 

faqatgina mashina va uskunalarni aktiv qism deya e’tirof etadilar. 

Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fondlarning aktiv qismiga 

mashina va uskunalar (ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi mashina va 

uskunalar, o‘lchash va me’yorlash pribor hamda moslamalari, 

laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va 

uskunalar), shuningdek, transport vositalari kiritiladi. Fondlarning 

passiv qismini bino va inshootlar tashkil qiladi. Biroq ayrim sanoat 

tarmoqlarida – elektr energetikasi, neft-kon sanoati, gaz va boshqalarda 



250 

inshootlar fondlarning aktiv qismi tarkibiga kiritiladi. Keyingi hisob-

kitoblarda biz mashina va uskunalar qiymatidan kelib chiqamiz, chunki 

ular mahsulot ishlab chiqarish o‘sishiga, mehnat unumdorligi oshishiga 

bevosita ta’sir qiladi va fond qaytimi dinamikasini belgilab beradi. 

 

10.3-jadval 

Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili 

 

Yil boshi 

uchun 

Yil oxiri 

uchun 

Fond nomi  

summa, 

mln so‘m 

salmog‘i, % 

summa, 

mln so‘m 

salmog‘i, % 

Mutlaq o‘zgarish 

O‘sish sur’ati, % 

A 1 









Bino 491,6 

10,7 

604,7 


10,5 

113,1 


123 

Inshootlar 482,4 

10,5 

512,6 


8,9 

30.2 


106,2

Uzatish qurilmalari 

340 

7,4 


408,9 

7,1 


68,9  120,2

Mashina va uskunalar 

2665 

58 


3456,1 

60 


791,1  129,6

Mebel va ofis jihozlari 

92 



115,2 



23,2  125,2

Kompyuter va hisoblash 

texnikasi 

147 3,2 161,3 2,8 14,3 

109,7


Transport vositalari 

248,1 


5,4 

334,1 


5,8 

86 


134,6

Boshqa asosiy vositalar 

128,6 

2,8 


167 

2,9 


38,4  129,8

Jami  


4594,7  100  5759,9  100  1165,2  125,3

 

Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy 



qiymati 25,3% ga o‘sgan. Ularning tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lgan: 

mashina va uskunalar ulushi yil boshidagi 58% dan yil oxirida 60% 

gacha o‘sib, passiv qism ulushi qisqargan. Bunda mashina va uskunalar 

o‘sishi boshqa asosiy vositalarning o‘sish sur’atini ortda qoldirgan. 

 

 

10.3. Asosiy vositalar harakati tahlili 



 

Asosiy vositalar harakati tahlili quyidagi ko‘rsatkichlar asosida 

amalga oshiriladi – asosiy vositalar kirimi (joriy qilinishi), yangilash, 

hisobdan chiqarish, tugatish, kengaytirish koeffitsiyentlari. Asosiy 



251 

vositalarning texnik holatini tavsiflash uchun yaroqlilik, eskirish va 

almashtirish koeffitsiyentlari hisoblanadi. 

Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun boshlang‘ich axborot manbayi 

moliyaviy hisobot (2-moliya shakli - “Asosiy vositalarning mavjudligi 

va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik 

hisobot shakli) hisoblanadi. Yangilash va tugatish koeffitsiyentlarini 

hisoblash uchun yangi uskuna keltirilishi va eskirgan uskunalar 

tugatilishi haqida birlamchi analitik hisob ma’lumotlari talab qilinadi. 

Ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasini quyida keltirilgan jadval 

ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqamiz. 

 

10.4-jadval 

Asosiy vositalar mavjudligi va harakati balansi 

mln so‘mda 

Ko‘rsatkich 

Yil 

boshida 

mavjud 

Kirim 

qilindi 

Chiqarib 

tashlandi 

Yil 

oxirida 

mavjud 

Boshlang‘ich baholashda 

asosiy vositalar qiymati 

4594,7 1608,1 442,9  5759,9 

jumladan yangilari 

 590 


   

Asosiy vositalar eskirishi 

1581  

 

2496,5 



Asosiy vositalarning 

qoldiq qiymati 

3013,7  

 

3263,4 



 

Asosiy vositalar harakati tahlili uchun quyidagi formulalar 

bo‘yicha yuqorida tilga olingan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz: 

•   Tushum (joriy qilish) koeffitsiyenti Kj: 

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar

;

Davr oxirida asosiy vositalar qiymati



Kj

=

 



1608,1

100 27,9%.

5759,9

Kj

=

×



=

 

•  Yangilash koeffitsiyenti Kya: 



Yangi asosiy vositalar qiymati

;

Davr oxirida asosiy vositalar qiymati



Kya

=

 



 

252 

590


100 10,2%.

5759,9


Kya

=

×



=

 

Yangilash koeffitsiyenti fondlarning barcha qiymati kabi ularning 



aktiv qismi bo‘yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo‘yicha 

hisoblanadi va odatda qator yillar uchun dinamikada ko‘rib chiqiladi. 

Bizning misolimizda yillik yangilanish koeffitsiyenti 10,2% ga teng. 

Uskunalarning yosh tarkibi asosiy vositalarning texnik darajasini ham 

tavsiflaydi. Bu uning ishga yaroqliligi va almashtirish zarurati haqida 

mulohaza qilishga, shuningdek, fond qaytimini oshirishning potensial 

imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun amaldagi 

uskunalar turlari bo‘yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi 

bo‘yicha guruhlanadi va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat 

uchun umumiy o‘rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. 

Bundan tashqari, foydalanilishi fond qaytimining yetarli darajasini 

ta’minlay olmaydigan eskirgan uskunalarning ulushi aniqlanadi. 

Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo‘nalishda 

amalga oshiriladi: 

•  yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish; 

•  amaldagi korxonalar rekonstruksiyasi. 

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning eng muhim 

yo‘nalishlaridan biri – bu birinchi navbatda mamlakatning makroiq-

tisodiy barqarorligini, umuman iqtisodiy o‘sishning lokomotivlariga 

aylanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish, tarmoq va sohalarni jadal 

rivojlantirishga, demografik xususiyatlar, ish bilan bandlik, aholi 

daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun 

o‘ziga xos bo‘lgan o‘ta muhim muammolarni hal qilishni ta’minlashga 

yo‘naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy 

yangilash hisoblanadi. 

Bundan tashqari, investitsiya mablag‘larining aksariyat qismi kor-

xonalar uskunalarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollan-

tirishga yo‘naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli 

mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga zamin yaratadi. 

•  Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsiyenti K



ch

ch



Muomaladan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati

K   =


;

Davr boshida asosiy vositalar qiymati 

 

 


253 

442,9


100 9,6%.

4594,7


ch

K

=

×



=

 

•  Tugatish koeffitsiyenti K



t

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati



.

Davr boshida asosiy vositalar qiymati



t

K

=

 



Hisobot yilida kirim qilingan asosiy vositalar ulushi 27,9% ni tash-

kil qildi, ulardan yangilari 10,2% . Asosiy vositalarni yangilash maq-

sadi – uskunalarni saqlash va ishlatish bo‘yicha xarajatlarni kamay-

tirish, uskunalar turib qolishlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini 

yuksaltirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish. 

•  Almashtirish koeffitsiyenti K



a

Eskirishi natijasida chiqarib tashlangan asosiy 



vositalar qiymati

;

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati



a

K

=

 



442,9

100 27,5%.

1608,1

a

K

=

×



=

 

•  Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsiyenti K



keng

1



.

keng

a

K

K

= −


 

Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar jis-

moniy va ma’naviy eskiradi. Jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya 

hisoblash jarayonida aniqlanadi. Bu jarayon quyidagilar uchun usul 

sifatida bir necha jihatdan ko‘rib chiqilishi mumkin: 

•  asosiy vositalar eskirmagan qismining joriy bahosini aniqlash; 

•  asosiy vositalarga bir martalik xarajatlarni tayyor mahsulotga 

kiritish; 

•  ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilayotgan asosiy vositalarni 

o‘rin almashtirish uchun yoki yangi ishlab chiqarishga qo‘yilmalar 

uchun moliyaviy resurslar jamg‘arish. 

Asosiy vositalar holatini aniqlash uchun mos ravishda asosiy vosi-

talarning eskirgan ulushi yoki ishlatish uchun yaroqli qismi ulushini 

tavsiflovchi eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari hisoblanadi: 

•  Asosiy vositalar eskirish koeffitsiyenti K

e



254 

Asosiy vositalar eskirish qiymati

.

Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati



e

K

=

 



•  Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsiyenti K

ya

Asosiy vositalar qoldiq qiymati 



.

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati



ya

K

=

 



Ushbu ko‘rsatkichlar foizlarda yoki ulush birliklarida o‘lchanadi 

va hisobot davrining boshi uchun ham, oxiri uchun ham hisoblanishi 

mumkin. Ma’lumki, eskirish koeffitsiyentining ortishi korxonalar 

asosiy vositalari holati yomonlashganligini bildiradi. Bunda shuni 

hisobga olish lozimki, eskirish koeffitsiyenti asosiy vositalarning 

haqiqatda eskirishini aks ettirmaydi, yaroqlilik koeffitsiyenti esa 

ularning joriy qiymati, masalan, uskunalar vaqtincha ishlatilmayot-

ganda aniq bahosini bera olmaydi.  

Bu holatda asosiy vositalar jismoniy eskirmaydi, lekin ularning 

eskirishining umumiy miqdori ortadi. Asosiy vositalarning joriy qiymat 

bahosi qator omillar, xususan, konyuktura va talab holatiga bog‘liq 

bo‘ladi, shuning uchun yaroqlilik koeffitsiyenti yordamida olingan 

bahodan farqlanishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirish miqdoriga 

tashkilotda qabul qilingan amortizatsiya hisoblash tizimi eng katta 

ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda mavjud hisob va hisobot tizimida 

eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari asosiy vositalar holatining 

faqatgina shartli bahosini beradi, bu esa ushbu ko‘rsatkichlardan tahlil 

jarayonida qo‘llash imkoniyatini jiddiy ravishda cheklab qo‘yadi. Endi 

esa asosiy vositalarning eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlarini 

aniqlaymiz: 

Ke = 1581 / 4594,7 x 100% = 34,5% - yil boshi uchun; 

Ke = 2496,5 / 5759,9 x 100 % = 43,4% – yil oxiri uchun; 

Kya = 3013,7 / 4594,7 x 100% = 65,5 % - yil boshi uchun; 

Kya = 3263,4 \5759,9 x 100% = 56,6 % - yil oxiri uchun. 

Yaroqlilik koeffitsiyenti bir (yoki 100%) va eskirish koeffitsiyenti 

o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab topilishi mumkin Kya = 1– Ke. 

 

 

 



 

255 


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling