Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Pul mablag‘lari chiqimi tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Pul mablag‘lari chiqimi tahlili 

 

Jumladan Nisbiy 

miq

d

orlar 

Ko‘rsa

tkich

lar 

Satr 

raqami 

Summa, 

ming so‘m 

oper. 

faol. 

inv. 

faol. 

mol. 

faol. 

soliqqa 

tortish 

jami 

oper. 

faol. 

inv. 

faol. 

mol. 

faol. 

soliqqa 

tortish 

Pul m


ablag‘lari 

yo‘naltir

ild

i – jam


220 7448845 

7146138 

 

39899 



262808 

100 


100 

100 


100 

100 


Jum

ladan, 


Ish va xizm

atlar to‘loviga 

010 1184 

1184 


 

 

 



0,02 

0,02 


 

 

 



Sotib olingan tovarlar 

to‘lov


iga 

020 425355 

425355 

 

 



 

5,71 


5.95 

 

 



 

Xodi


m

larga pul to‘lovlari 

030 

357058 


357058 

 

 



 

4,8 


5.00 

 

 



 

Boshqa pul to‘lovlari 

040 

6362541 


6362541 

 

 



 

85,41 


89,03 

 

 



 

Asosiy vositalar xaridi 

060 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Nom



oddiy aktivlar xaridi 

070 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

qisqa m


uddatli v

a uzoq 


muddatli inv

estitsiy


alar 

xaridi 


080 

 

 



 

   


 

 

 



 

To‘langan f

oizlar 

110 


37438 

 

 



37438 

 

0,50 



 

 

93,83 



 

To‘langan dividendlar 

120 

2461 


 

 

2461 



 

0,03 


 

 

6,17 



 

xususiy aksiyalarni qayta 

sotib olish 

140 


 

 

 



   

 

 



 

 

Kreditlar bo



‘yicha 

to‘lov


lar 

150 


 

 

 



   

 

 



 

 

Darom



ad 

solig‘i 


190 

 

 



 

   


 

 

 



 

Boshqa soliqlar 

200 

262808 


 

 

 



262808 

3,53 


 

 

 



100 

Yil oxirida qolgan pul 

m

ablag‘lari 



240 

14640 


 

 

   



 

 

 



 

 


279 

nomidan operatsiyalarga to‘g‘ri keluvchi hamda pul mablag‘larini 

sarflash bilan bog‘liq kassa va bankdagi hisobdan amalga oshirilgan 

pul mablag‘larining boshqa sarflari aks ettiriladi. 

Korxona «Operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pul tushumlari va 

to‘lovlar» moddasi bo‘yicha (040-modda) «Xarajatlar» grafasida 

to‘langan miqdorni, «Kirimlar» grafasida esa – olingan pul mablag‘lari 

va royaltidan ularning muqobillari, turli xarakterdagi mukofotlar, 

komissiya yig‘imlari va boshqa daromadlar, savdo va dilerlik 

maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha komissiyalar, 

konvertatsiya o‘tkazish uchun bankka komissiyalar va boshqalarni 

ko‘rsatadi.  

Korxonaning faoliyat turlari bo‘yicha sarf-xarajatlarni pul 

tushumlari bilan taqqoslash muhim ahamiyatga ega. 

11.4-jadvalga ko‘ra, hisobot davri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i 

14640 ming so‘mni tashkil qilgan va davr boshi uchun holat – 110970 

ming so‘mga nisbatan kamaygan. Ushbu o‘zgarishga operatsion 

faoliyatdan pul mablag‘lari oqimi (183771 ming so‘m) va investitsion 

faoliyat (4150 ming so‘m) ta’sir qilgan. Biroq moliyaviy faoliyat va 

soliqqa tortish bo‘yicha 36083 ming va 262808 ming so‘m miqdorda 

pul mablag‘lari chiqimi sodir bo‘lgan. 

 

11.4-jadval 

Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari  

Harakati 

 

Ko‘rsatkichlar 

Hisobot davrida 

tushum qilindi 

Hisobot 

davrida 

foydalanildi 

Davr uchun 

o‘zgarishi 

Davr boshi uchun pul 

mablag‘lari qoldig‘i 

- - 


+125610 

Operatsion faoliyat bo‘yicha 

mablag‘lar harakati 

7329909 7146138 +183771 

Investitsion faoliyat bo‘yicha 

mablag‘lar harakati 

4150 - 

+4150 


Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul 

mablag‘lari harakati 

3816 39899 

-36083 


Soliqqa tortish 

262808 -262808 



Pul mablag‘larining jami sof 

o‘zgarishi 

- - 

-110970 


Hisobot davri oxiri uchun pul 

mablag‘lari qoldig‘i 

- - 

+14640 


280 

Tashkilotning pul mablag‘lari harakatidagi salbiy holat mablag‘lar 

chiqimining kirimdan 10970 ming so‘mga ortib ketishi hisoblanadi. 

Moliyaviy barqarorlik uchun aksincha bo‘lishi lozim. Moliyaviy 

barqarorlikning zaruriy sharti sifatida operatsion faoliyat doirasida 

mablag‘lar kirimi va chiqimidagi shunday nisbat gavdalanadiki, bunda 

investitsiyalarni amalga oshirish uchun yetarli darajada moliyaviy 

resurslar ko‘payishi ta’minlanishi lozim. 

Analitik tadqiqotlar natijasida pul mablag‘lari defitsiti sabablari 

borasida oldindan xulosalar chiqarish mumkin. Quyidagilar bunday 

sabablar sirasiga kiritilishi mumkin: 

•  sotish, aktivlar va o‘z kapitalning past rentabelligi; 

•  pul mablag‘larini ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan 

ishlab chiqarishga keragidan ortiqcha jalb qilish; zaxiralarga inflyatsiya 

ta’siri; 

•  mutanosib moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan 

ulkan kapital sarf-xarajatlar; inflyatsiyaning kapital qo‘yilmalarga 

ta’siri; 

•  soliq va yig‘imlar uchun katta to‘lovlar, aksiyadorlarga yuqori 

dividend miqdori; 

•  balans passivida qarz kapital ulushining yuqoriligi, shunga 

bog‘liq ravishda kredit va qarzlardan foydalanish uchun foizlar 

bo‘yicha katta to‘lovlar; 

•  joriy aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentining pasayishi, ya’ni 

korxona aylanmasiga qo‘shimcha pul mablag‘lari jalb qilinishi. 

Umumiy pul oqimi nolga intilishi lozim, chunki faoliyatning bir 

turi bo‘yicha manfiy saldo boshqa turi bo‘yicha musbat saldo hisobiga 

kompensatsiyalanadi. 

 

 

11.5. Pul mablag‘lari harakati tahlili (bilvosita usul) 



 

Pul mablag‘lari oqimini bilvosita usul bilan o‘rganish uchun 

alohida analitik hisobot tayyorlash zarur. Uni ishlab chiqishda 

quyidagilar boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: Buxgalteriya 

balansi (1-shakl); Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 

balansga ilovalar; Bosh daftar; jurnal-orderlar va boshqalar. Pul 

mablag‘lari harakatini bevosita usulda tahlil qilishning asosiy 

kamchiligi (ikkinchi savolni ko‘rib chiqishda qayd qilingani kabi) 



281 

shundaki, u olingan moliyaviy natijalar va tashkilot hisobidagi pul 

mablag‘lari o‘zgarishining o‘zaro aloqasini oydinlashtirmaydi. Pul 

mablag‘lari kirimi miqdori olingan foyda miqdoridan jiddiy suratda 

farqlanadi. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 2-shaklga 

ko‘ra, tahlil qilinayotgan korxona 112,6 mln so‘mlik sof foyda olgan. 

Ayni vaqtda pul mablag‘lari tahlil qilinayotgan davrda 110970 ming 

so‘m qisqargan (11.4-jadvalga qarang) va buning bir nechta sababi bor: 

1. 2-shaklda aks ettiriladigan foyda (zarar) buxgalteriya hisobi ta-

moyillariga mutanosiblikda shakllanadi, unga muvofiq xarajat va 

daromadlar ular hisoblangan hisobot davrida qayd qilinadi (pul 

mablag‘larining real harakatidan qat’iy nazar: 

•  kelgusi davr xarajatlari mavjudligi; 

•   kechiktirilgan,  ya’ni  hisoblangan to‘lovlar mavjudligi, ular 

mahsulot tannarxini oshiradi, pul mablag‘lari real chiqimi esa 

kuzatilmaydi; 

•  joriy va kapital xarajatlar.  

Joriy xarajatlar bevosita tannarxga aloqador, kapital xarajatlar esa 

uzoq vaqt davomida qaytariladi, lekin pul mablag‘larining sezilarli 

chiqimi aynan ular bilan birgalikda sodir bo‘ladi. 

2. Nafaqat foyda, balki qarz mablag‘lar ham pul mablag‘larini 

oshirish manbayi bo‘lishi mumkin. 

3. Uzoq muddatli xarakterdagi aktivlarni sotib olish foydada aks 

ettirilmaydi, ularni sotish esa moliyaviy natijani o‘zgartiradi. 

4.  Moliyaviy natija miqdoriga pul mablag‘lari harakati bilan 

bog‘liq xarajatlar (amortizatsiya) ham ta’sir ko‘rsatadi. 

5. O‘z aylanma kapital tarkibidagi o‘zgarishlar. Joriy aktivlar 

qoldiqlarining ortishi pul mablag‘larining qo‘shimcha chiqimiga, 

qisqarishi esa kirimga olib keladi. TMQ zaxiralarini to‘plovchi 

tashkilotlar faoliyatida pul mablag‘lari chiqib ketishi muqarrar ravishda 

kuzatiladi. Bu zaxiralar ishlab chiqarishga qo‘yilmagunga qadar 

(sotilmaguncha) davom etadi, bunda moliyaviy natija miqdori 

o‘zgarmaydi. 

6. Kreditorlik qarzi mavjudligi tashkilotga hali puli to‘lanmagan 

zaxiralardan foydalanishga imkon beradi. 

Tashkilot rahbariyatini pul mablag‘lari mavjudligi va harakati 

haqida axborotlar bilan ta’minlash buxgalterning vazifalaridan biri 

hisoblanadi. Shuningdek, undan foyda miqdori hamda pul mablag‘lari 

o‘zgarishlaridagi tafovut sabablarini izohlash ham talab qilinadi. Pul 


282 

mablag‘lari harakatini bilvosita usulda tahlil qilish shu maqsadda olib 

boriladi. 

Bilvosita usulda

 moliyaviy natija davr uchun pul mablag‘lari 

o‘zgarishlari miqdorida qator tuzatishlar kiritish yordamida hosil 

qilinadi. Birinchi bosqichda moliyaviy natija va o‘z aylanma kapital 

o‘rtasidagi mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun eskirishni hisoblash 

operatsiyalari va uzoq muddatli aktivlar obyektlarini hisobdan 

chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalarning moliyaviy natijaga ta’siri 

bartaraf etiladi. 

Amortizatsiya ajratmalari uchun eskirishni hisoblash mahsulot 

tannarxiga kiritiladi. Buning natijasida foyda kamayishi pul 

mablag‘lari qisqarishiga olib kelmaganligi uchun pul mablag‘lari real 

miqdorini aniqlash uchun hisoblangan eskirish miqdori 

taqsimlanmagan foydaga qo‘shilishi lozim. 

Asosiy vositalar va boshqa aylanmadan tashqari aktivlarni 

hisobdan chiqarish ularning qoldiq qiymati miqdorida zararni yuzaga 

keltiradi. Bu hisobda qayd qilinadi, keyin esa moliyaviy natija 

kamayishi evaziga hisobdan chiqariladi. Ushbu operatsiya pul 

mablag‘lari miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki mablag‘lar chiqimi 

sezilarli darajada avval – mazkur aktivlarni xarid qilish vaqtida sodir 

bo‘lgan. O‘z navbatida, amortizatsiya qilinmagan qiymat hajmidagi 

zarar miqdori foyda miqdoriga qo‘shilishi lozim.  

Tuzatishning ikkinchi bosqichida o‘z aylanma kapitali va pul 

mablag‘lari o‘zgarishlaridagi mutanosiblik aniqlanadi. 

Bunday tuzatish operatsiyalari jami joriy, investitsion va moliyaviy 

faoliyat bo‘yicha olib boriladi. Ushbu jarayon ancha mehnat talab 

qiladi, lekin tuzatish jadvallari ma’lumotlarida tashkilot rahbarlari va 

investorlar uchun qimmatli boshqaruv axborotlari mavjud bo‘ladi. 

Uning yordamida tashkilot rahbariyati joriy to‘lov qobiliyatini nazorat 

qilishi, qo‘shimcha investitsiyalar imkoniyatini baholashi mumkin.  

Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini hisoblash tartibi 11.5-

jadvalda keltirilgan.  

. Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish natijalariga 

ko‘ra quyidagi savollarga javob olish mumkin: 

1. Pul mablag‘lari qanday hajmda va qaysi manbalardan olingan 

hamda ularni sarflashning asosiy yo‘nalishlari qanday. 

2.  Joriy faoliyat natijasida korxona tushumlarning to‘lovlardan 

ortishini ta’minlashga qobilmi (naqd pul zaxirasi). 


283 

3. Debitorlardan tushumlar hisobiga korxona qisqa muddatli 

majburiyatlarini qaytara oladimi. 

4. Korxona tomonidan olingan sof foyda uning pul mablag‘lariga 

joriy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlimi. 

5. Investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z mablag‘lari 

(sof foyda va amortizatsion ajratmalar) yetarlimi. 

6. Olingan sof foyda va pul mablag‘lari hajmi miqdorlari o‘rtasi-

dagi farq nima bilan izohlanadi. 

 

11.5-jadval 

Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini  

hisoblash tartibi 

 

Ko‘rsatkichlar 

(+) belgisi pul 

mablag‘lari or-

tishi; (-) belgisi 

ularning 

kamayishi

 

Axborot 

manbalari 

1 2 


1. Operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari 

 

 

Sof foyda 



2-shakl 


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 

bo‘yicha hisoblangan eskirish 

1-shakl, Bosh 



daftar 

Zaxiralar qoldig‘i ortishi 

1-shakl, 



Xarid qilingan qimmatliklar bo‘yicha QQS 

ortishi 


- --/--/--/--/--/--

Debitorlardan tushumlar kamayishi 

--/--/--/--/--/--



«Boshqa joriy aktivlar» moddasi bo‘yicha 

qoldiqlar o‘sishi 

- --/--/--/--/--/--

Kreditorlik qarzi ortishi 

1 -shakl 



Daromadlarni to‘lash bo‘yicha 

ishtirokchilarga qarzdorlik ortishi 

+ --/--/--/--/--/--

Kelgusi davr daromadlari ortishi 

--/--/--/--/--/--



Pirovard xarajatlar zaxirasi o‘sishi 

--/--/--/--/--/--



Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar o‘sishi 

--/--/--/--/--/--



Operatsion faoliyat bo‘yicha jami pul 

oqimlari 

 Hisob-kitob 

2. Investitsion faoliyat 

 

 

Nomoddiy aktivlar o‘sishi 



1 -shakl 

Asosiy vositalar xarid qilish 

3 -shakl 



Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi 

o‘sishi 


- --/--/--/--/--/--

Moddiy qimmatliklarga daromadli 

qo‘yilmalar o‘sishi 

- --/--/--/--/--/--



284 

Boshqa aylanmadan tashqari aktivlar o‘sishi 

--/--/--/--/--/--



Investitsion faoliyat bo‘yicha jami pul 

oqimlari 

 Hisob-kitob 

3. Moliyaviy faoliyat 

 

 

Moliyaviy qo‘yilmalar o‘sishi 



1 -shakl 

Uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va 

qarzlar) o‘sishi 

+ 1 

-shakl 


Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar ortishi 

--/--/--/--/--/--



Banklarga qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha 

qarzdorlik ortishi 

+ --/--/--/--/--/--

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha jami pul 

oqimlari 

 

Hisob-kitob 

4. Faoliyatning barcha turlaridan pul 

mablag‘laridagi jami o‘zgarishlar (p 1.12+p 

2.6+p 3.5) 

 

--/--/--/--/--/--

5. Hisobot davri boshi uchun pul mablag‘lari 

qoldig‘i 

 1 

-shakl 


6. Hisobot davri oxiri uchun pul mablag‘lari 

qoldig‘i (p 4 +p 5) 

 Hisob-kitob 

 

 



11.6. Valyuta mablag‘laridan foydalanish tahlili 

 

Mamlakat hududidagi va chet eldagi banklarning chet el valyuta 

hisoblarida pul mablag‘lari mavjudligi va harakati haqida axborotlarni 

umumlashtirish quyidagi hisoblarda amalga oshiriladi: 

5210 «Mamlakat ichidagi valyuta hisoblari»; 

5220 «Chet eldagi valyuta hisoblari». 

Valyuta hisoblari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va 

rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 

me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi. Valyuta hisoblari bo‘yicha 

operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan pul-hisob-

kitob hujjatlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Valyuta 

mablag‘larini tahli qilishda manba sifatida “Chet el valyutasidagi pul 

mablag‘lari harakati haqida ma’lumotnoma” xizmat qilib, unda 

quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi:  

1. Yil boshi uchun qoldiq 

 

 



 

 

- 52700 



2. Valyuta mablag‘lari tushumi – jami   

 

- 2041500 



jumladan: 

2.1. 


Sotishdan 

tushumlar 

    - 

500800 


285 

2.2. 


Konvertatsiyalangan 

    - 


1200450 

2.3. 


Moliyaviy 

faoliyat 

bo‘yicha 

   - 


2.4. 

Boshqa 


manbalari 

     - 


340250 

3. 


Sarflandi 

-jami 


      - 

1974710 


3.1. Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 

 

 



 

 

 



 

 

to‘lovlar 



 

      - 


975300 

3.2. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha to‘lovlar 

 

- 354260 



3.3 

Boshqa 


maqsadlarga     - 

645150 


4. 

Yil 


oxiri 

uchun 


qoldiq     - 

119490. 


Pul mablag‘lari manbalari tarkibida konvertatsiya eng katta so-

lishtirma og‘irlikka ega – 58%, xarajatlar qismida esa yetkazib beruv-

chilar va pudratchilarga to‘lovlar – 49%. Pul mablag‘larining sof kirimi 

– 66790 AQSh dollari (2041500 – 1974710). Valyuta operatsiyalari 

samaradorligi tahlili “valyutaviy o‘zini moliyalashtirish” va 

“valyutaviy o‘zini qoplash” tushunchalari bilan bog‘langan. Valyutaviy 

o‘zini moliyalashtirish mohiyati shunda ifodalanadiki, korxona 

valyutaga tovar (ish, xizmat) larni sotishdan valyutadagi foyda va 

boshqa operatsiyalardan valyuta daromadlari hisobiga, shuningdek, 

valyutaga sotib olingan asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari 

hisobiga joriy va investitsion sarf-xarajatlarini qoplaydi. Valyutaviy 

o‘zini moliyalashtirish valyuta mablag‘larining o‘z manbalari 

miqdorining ularni sarflashdan yuqori bo‘lishi tamoyilidan kelib 

chiqadi. Shuning uchun valyutaviy o‘zini moliyalashtirish tamoyili 

valyutaviy o‘zini qoplash tushunchasi bilan to‘ldiriladi. Valyutaviy 

o‘zini qoplash shuni anglatadiki, korxona valyuta mablag‘lari hisobiga 

valyutada ifodalanuvchi barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi. 

Amaliyotda ushbu tamoyilga rioya qilish korxona bir vaqtning o‘zida 

barcha valyuta mablag‘larini sarflamay, balki ularni pirovard to‘lovlar 

uchun to‘plashini anglatadi. 

Valyuta mablag‘lari harakati balansi quyidagi ko‘rinishga ega: 

Q

db



 + VT – VS – Q

do.


 

Bu yerda,  

Q

db

 – davr boshi uchun valyuta mablag‘lari qoldig‘i; 



VT – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari tushumi; 

VS – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari sarfi; 

Q

do

 – hisob-kitob davri oxirida valyuta mablag‘lari qoldig‘i.  



286 

Valyutaviy o‘zini moliyalashtirishni baholash quyidagi formula 

bo‘yicha aniqlanuvchi maxsus moliyaviy koeffitsiyent yordamida 

amalga oshiriladi: 

.

vo m



F

A

K

K V

+

=



+

  

Bu yerda, 



K

vo‘m

 - valyutaviy o‘zini moliyalashtirish koeffitsiyenti; 

F – valyutadagi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan 

foyda; 


A – valyutaga xarid qilingan asosiy vositalar qiymatiga amortizat-

siya ajratmalari; 

K – valyuta krediti; 

V – banklardan yoki valyuta birjasidan sotib olingan valyuta. 

Ushbu koeffitsiyentning miqdori qancha yuqori bo‘lsa, valyutaviy 

o‘zini moliyalashtirish darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Valyuta-

viy o‘zini qoplash koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:  

.



vo m

db

T

K

Q

VS

=

+



 

Bu yerda,  

K

vo‘q


 – valyutaviy o‘zini qoplash koeffitsiyenti; 

Q

db



 – hisob-kitob davrining boshi uchun valyuta mablag‘lari qoldig‘i; 

T - hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari tushumi; 

VS – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari sarfi (kvartal, yil). 

Valyutaviy o‘zini qoplash koeffitsiyenti korxona tasarrufida mav-

jud valyuta miqdori valyutani sarflash hajmidan necha marta ziyod-

ligini ko‘rsatadi. Kvo‘q>1 valyutaviy o‘zini qoplash shartiga rioya 

qilinayotganidan darak beradi. Kvo‘q<1 korxona tomonidan ushbu 

shartga amal qilinmayotganligini aks ettiradi. 



 

 

11.7. Pul mablag‘lari taqchilligi (ortiqchaligi)ni  

tartibga solish 

 

Pul mablag‘lari taqchilligi ko‘plab korxonalarning to‘lov qobili-

yatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, to‘lovsizlik inqirozini vujudga keltiradi. 

Pul mablag‘lari taqchilligining asosiy oqibatlari quyidagilardan iborat:  

•  xodimlar mehnatiga haq to‘lashda kechikishlar; 


287 

•  yetkazib beruvchilar va davlat byudjet tizimi oldida kreditorlik 

qarzi o‘sishi; 

•  ssuda qarzdorligining umumiy hajmida bank kreditlari bo‘yicha 

muddati o‘tgan qarzdorlik ulushining ortishi; 

•  aktivlar likvidligi pasayishi

•  material va energetik resurslar bilan ta’minlashdagi uzilishlar 

tufayli ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi ortishi.  

Ixtiyoriy korxonaning byudjet taqchilligini tugatish haqidagi 

masalani hal qilishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan birinchi jihat – 

bu debitorlik va kreditorlik qarzini boshqarishni yaxshilashdir. Naqd 

pul inkassatsiyasi – sotilgan mahsulotlar uchun pul mablag‘lari olish 

jarayoni hisoblanadi. 

Inkassatsiya koeffitsiyenti (K



ink

) muayyan davr uchun sotishdan 

qachon va qancha miqdorda pul mablag‘lari tushumi kutilayotganligini 

aniqlashga imkon beradi. 

ink

oraliqda  



o‘zgarishi

K

.



 oydagi sotishlar

n

Dq

t

=

 



Bu yerda, Dq – debitorlik qarzi; 

n – mahsulot jo‘natishning birinchi oyi; 

t – 1, 2, 3 va keyingi oylar. 

Kreditorlik qarzini boshqarish uning aylanuvchanligini oshirishga 

yo‘naltirilgan (qaytarish muddatini qisqartirish). Aksariyat korxonalar 

hozirda kuchli naqd pul (likvid mablag‘lar) etishmovchiligini boshidan 

kechirmoqda. Ushbu etishmovchilikning ilk alomatlari quyidagilar 

hisoblanadi:  

1.  Sof aylanma kapitalning manfiy qiymati (joriy aktivlar < qisqa 

muddatli majburiyatlar). 

2.  Manfiy pul oqimi (davr uchun pul mablag‘lari kirimi chiqimi-

ga nisbatan kam). 

Korxonaning pul oqimlari (pul mablag‘lari kirimi yoki chiqimi) ga 

bevosita ta’sir qiluvchi mulkni sotish yoki uni ijaraga berishdan iborat 

boshqaruv qarorlari variantlarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu qarorlar 

mazmuni 11.5-chizmada keltirilgan.  

 


288 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



11.4-chizma. Pul mablag‘lari yetishmovchiligining  


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling