Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


o‘tgan 3 

yilning 

o‘rtachasidan

1  Don 


31,4 32 

35 3  3,6 

2 Paxta 

28,7 29 


30 1  1,3 

3 Kartosh-

ka 

120 125


118 -7  -2 

4 Sabzavot 

210 220

202 


-18  -8 

 

O‘simlikchilik ekinlari hosildorligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 



kartoshka va sabzavot ekinlarining hisobot yiliga haqiqatdagi hosil-

dorligi o‘tgan o‘rtacha 3 yildagi hosildorlikdan pasaygan. Ayniqsa, 

sabzavot ekinlari hosildorligi 8 s/ga ga, kartoshka bo‘yicha 2 s/ga ga, 

rejaga nisbatan esa kartoshka 7 s/ga ga, sabzavot ekinlari 18 s/ga ga 

hosildorlik past bo‘lgan. Iqtisodiy tahlil vazifasi hosildorlikni pasayib 

ketishi sabablarini chuqurroq o‘rganib, uni yaxshilash bo‘yicha 

tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. 

Hosildorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning muhim qismi uni 

oshirish imkoniyatlarini aniqlash sanaladi. Buning uchun o‘rganila-

yotgan har bir ekin turlarining hosildorlik ma’lumotlari tahlil etiladi.  

O‘simlikchilik mahsulot yetishtirishning o‘zgarishiga ta’sir 

etayotgan jami omillarni ekstensiv va intensivga ajratsak, ularning 

ta’sir darajasi ekin maydonining va hosildorlikning o‘zgarishida mujas-

samlashgan. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilda bu omillarning 

ta’sirini o‘rganish uchun mutloq farqlarni ko‘paytirish yoki zanjirli 

bog‘lanish usullarini qo‘llab o‘rganiladi. 

13.4-jadvalda biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda o‘tgan yilga nisbatan 

don hosili jami 45 s ga ko‘paygan. Bunga asosiy sabab don ekilgan 

maydonning 3,4 gektarga kamayganiga qaramasdan hosildorlikning 4 

s/ga ga ortishi, ya’ni intensiv o‘sish hisoblanadi. Paxta bo‘yicha ham 

yalpi hosilga hosildorlik ijobiy, ekin maydoni salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Kartoshka va sabzavot bo‘yicha ekin maydoni ijobiy, hosildorlik salbiy 

ta’sir ko‘rsatgan. 


310 

13.4-jadval  

O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishga ta’sir  

etuvchi sabablar tahlili 

 

O‘tgan yil 

Hisobot yili 

O‘zgarishi 

shu 

jumladan 

№ 

Ekin turlari 

ekin maydoni, ga 

hosildor

lik, s/ga 

yalpi hosil, s 

ekin maydoni, ga 

hosildor

lik, s/ga 

yalpi hosil, s 

jami 

ekin maydoni  

o‘zgarishi hisobiga 

hosildor

lik  

o‘zgarishi hisobiga 

1 Don 

41,3 31 1280 37,9

35 1325


45 -106,4 

151,4


2  Paxta 

55,0 28 1540 52,6

30 1578

38 -67,2 



105,2

Kar-



toshka 

10,1 122 1236 10,3

118 1210 -26 15,0 -41,0 

Sabza



vot 

6,6 216 1417

6,9 202 1395 -22 74,7 -96,7 

 

O‘simlikchilik mahsuloti yetishtirishni tahlil qilishning so‘ngida 

mahsulot hajmini ko‘paytirish bo‘yicha xo‘jalikdagi bor imkoniyatlar 

va rezervlarni aniqlash talab etiladi. Bunday imkoniyatlar: 

- ekin ekish tarkibini oqilona tashkil etish evaziga tabiiy 

hosildorlikni oshirish va pirovard mahsulot hajmini ko‘paytirish; 

- agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazib, mo‘ljallangan 

hosilga erishish natijasida mahsulot hajmini ko‘paytirish hisoblanadi. 



 

 

13.3. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va uning  

o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili 

 

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, u 

qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘y va echkichilik, yilqichilik kabi 

tarmoqlardan tashkil topadi. Chorvachilik mahsulotlari aholini 



311 

kalloriyali oziq-ovqat bilan ta’minlaydi hamda sanoatning ayrim 

tarmoqlari uchun xomashyo manbasi hisoblanadi. Chorvachilik 

mahsulotlari ishlab chiqarishni tahlil etishda quyidagi mavzular 

o‘rganiladi: 

-  chorva mollarining bosh soni va uning harakati tahlili; 

-  mahsuldorlik ko‘rsatkichlari tahlili; 

-  chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan 

omillar tahlili; 

-  chorvachilik mahsulotlari hajmini ko‘paytirish imkoniyatlarini 

hisoblash. 

Chorvachilikda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining 

o‘zgarishiga mollarning soni katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham 

chorva mollarining har bir turi yo‘nalishi bo‘yicha sonining o‘zgarishi 

chuqur tahlil etilishi talab etiladi. 

 

13.5-jadval 

Qoramollar bosh soni harakati tahlili 

 

Yil davomidagi 

harakati 

№ 

Qoramollar 

guruhi 

Yil 

boshidagi 

soni 

kirim chiqim 

Yil oxi-

ridagi 

soni 

O‘zgarishi 

(+;-) 

1  Sog‘in sigirlar 

214 

10 


216 


2  Buqalar 7 





-1 

2 yoshdan 



yuqori buzoq 

va takalar 

83 6 4 85  2 

Boquvdagi 



mollar 

156 80 50 186  30 

Hisobot yili 



tug‘ilgan 

buzoqlar 

0 180 0 180 180 

6  Jami 460 

278 


65 

673 


213 

 

Biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda qoramollar soni 213 boshga 



ko‘paygan. Bunga asosiy sabab hisobot yili tug‘ilgan 180 ta buzoqlar 

hamda semirtirishdagi mollarning soni 30 taga ko‘payganligi ta’sir etgan. 

Mahsuldor buqalar sonining bittaga kamayishi xo‘jalik xodimlarining 

e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki kelgusida zotli buqalarning 

ko‘payishiga bu kamayganlik (-1) salbiy ta’sir etadi. Umuman olganda, 

qoramollar bosh sonining harakatini ijobiy deb qarash kerak. 



312 

Chorva bosh sonini ko‘paytirish va tarkibini yaxshilashda bola 

olish ko‘rsatkichlarini ijobiy hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Buning uchun har 100 bosh sog‘in sigir yoki ona qo‘ylardan o‘rtacha 

olingan buzoqlar va qo‘ylar ma’lumotlari qator yillar ko‘rsatkichlariga 

asoslanib tahlil etiladi. Bunday tahlil chorva mollarining kamayishini 

oldini olish, poda oborotini ijobiy bo‘lishini ta’minlash hamda zotdor 

mollarni ko‘paytirish masalalari qanday hal etilayotganligiga baho 

berish maqsadida o‘tkaziladi. 

 

13.6-jadval 

Chorvachilikda bola olish ko‘rsatkichlari tahlili 

 

Hisobot yili 

O‘zgarishi (+;-) 

№ Ko‘rsatkichlar 

O‘rtacha 

o‘tgan 3 

yilda 

reja haqiqatda 

o‘tgan 

3 yil-

dan 

rejadan 

Har 100 bosh 



sog‘in sigirlar-

dan olingan 

buzoqlar 

87 86  83  -4 

-3 



Har 100 bosh 



ona qo‘ydan 

olingan qo‘zilar 

109 110  92 

-17 


-18 

Har bir bosh 



ona cho‘chqa-

dan o‘rtacha 

olingan bolasi 

12 12  10  -2 

-2 

 

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, chorva mollarining o‘rtacha 



bola olish ko‘rsatkichlari o‘tgan yillarga nisbatan va rejaga nisbatan 

pasaygan. Jumladan, buzoq olish - 4 va - 3 , qo‘zi olish -17 va -18 va 

cho‘chqa bola olish - 2 va - 2 ga. Demak, xo‘jalikda zooveterenariya 

tadbirlarini kuchaytirish talab etiladi. 

Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorva mollarining 

mahsuldorligi muhim ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. 

Mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga bir bosh sigirdan o‘rtacha bir yilda yoki 

bir oyda sog‘ib olingan sut, mollarning sutkalik ortgan vazni, 

qo‘ylardan olingan jun va tovuqlardan olingan tuxum va hokazolar 

hisoblanadi. 



313 

Chorva mollarining mahsuldorligi quyidagi ko‘rsatkichlarga 

bog‘liq: 

-  mollarning zoti; 

-  ratsion asosda boqish; 

-  zooveterenariya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish; 

-  yem-xashak bazasi bilan ta’minlanganlik; 

-  moddiy manfaatdorlik va moddiy qiziqtirishlik; 

-  chorva fermasida yaratilgan shart-sharoit va boshqa omillar. 

 

13.7-jadval 

Chorva mollarining mahsuldorligini o‘rganish 

 

Hisobot yili 



O‘zgarishi (+;-) 

№ 

Mahsuldorlik 

ko‘rsatkichlari 

O‘tgan 3 

yilning 

o‘rtachasi reja haqiqatda

o‘tgan 3 

yilning 

o‘rtachasiga 

nisbatan 

rejaga 

nisbatan

Bir bosh sigir-



dan o‘rtacha 1 

yilda sog‘ib 

olingan sut, kg 

1420 1430

1320 

-100 


-110 

1 bosh ona 



qo‘ydan qirqib 

olingan jun, kg 

2,4 2,4  2,2 

-0,2  -0,2 

Qoramollarning 



sutkalik ortgan 

vazni, gramm 

350 370  330 

-20 


-40 

 

Biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda chorva mollarining mahsuldorlik 



ko‘rsatkichlari o‘tgan yillarga nisbatan va rejada mo‘ljallangan 

ma’lumotlarga nisbatan hisobot yili haqiqatda pasaygan. Masalan, bir 

bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha bir yilda sog‘ib olingan sut o‘tgan 

yillarga nisbatan 100 kg.ga, biznes rejaga nisbatan 110 kg.ga 

kamaygan. Qoramollarning ortgan vazni ham o‘tgan yillarga nisbatan 

20 grammga, rejaga nisbatan 40 grammga kamaygan. Har bir bosh ona 

qo‘ydan jun qirqib olish 0,2 kg.ga kamaygan. Bu ma’lumotlar 

xo‘jalikda chorva mollari mahsuldorligining pasayganligidan dalolat 

bermoqda. Tahlilchining vazifasi chorva mollari mahsuldorligining 

pasayish sabablarini o‘rganishdan iborat. 



314 

Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni xuddi 

o‘simlikchilik kabi intensiv va ekstensiv omillarga ajratish mumkin. 

Ekstensiv omillarga chorva mollarining bosh sonini ko‘paytirish, 

chorva fermalarini kengaytirish, ko‘proq ozuqa tayyorlash kabi yo‘llar 

bilan chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkin 

yoki ortiqcha mablag‘ va boyliklarni sarflab, ko‘proq mahsulot ishlab 

chiqarishga erishiladi. 

Intensiv omil deyilganda, bor mablag‘lar va boyliklardan to‘g‘ri va 

samarali foydalanish evaziga chorva mollarining mahsuldorligini 

oshirish, zotini yaxshilash mahsulotlarning buzilishi, tabiiy kamayish 

normalarini qisqartirish va sifatni yaxshilash hisobiga mahsulotlar 

hajmini ko‘paytirish tushuniladi. 

Iqtisodiy tahlilda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 

hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi barcha sabablarni 

1. Chorva bosh sonining. 

2. Mahsuldorligining o‘zgarishi umumlashtirilib o‘rganiladi. 

Bunday tahlilni bajarishda farqlarni ko‘paytirish yoki zanjirli 

bog‘lanish usullarini qo‘llash orqali omillar ta’siri aniqlanadi. 

Fermer xo‘jaligida jami sut ishlab chiqarish 187,6 sentnerga 

kamaygan. Bunga asosan mahsuldorlikning pasayganligi ta’sir etgan, 

ya’ni har bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha o‘tgan yilga nisbatan 100 

kg.ga pasayganligi jami sut hajmini 216 s.ga kamayishiga sabab 

bo‘lgan. Sog‘in sigirlar sonining 2 boshga ko‘payganligi jami sut 

hajmini 28,4 s.ga ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Ekstensiv va intensiv 

omillar ta’siri 187,6 s.ga teng. 

Qo‘ylardan qirqib olingan jun ham 1,78 s.ga kamaygan. Bunda 

qo‘ylarning bosh sonining kamayishi ham, bir bosh qo‘ydan qirqib 

olingan junning kamayishi ham yalpi mahsulotning kamayishiga olib 

kelgan. Boquvdagi mollarning ortgan vazni 0,0678 s.ga ortgan 

bo‘lishiga qaramasdan mahsuldorlikning kamayishi hisobiga yalpi 

mahsulot 0,0372 s.ga kamaygan. Xo‘jalikda mahsuldorlik 

ko‘rsatkichlarini oshirish choralari ko‘rilmasa, kelgusida mahsulot 

yetishtirish hajmi pasayib ketishi mumkin. 



 

315 

 

 

13.8-jadval 

Chorva mahsulotlarini 

is

hlab chi

q

arish

ga  

ta’sir etuvchi omillarni aniqlash 

 

Bosh soni 

Mahsuldorlik

, k



Yalpi mahsulot, s 

O‘

zg

ar

ishi 

o‘z

garishga ta’siri 

sababi 

Mahsulot 

turlari 

o‘tgan yil 

hisobot 

yili 

o‘tgan yil 

hisobot 

yili 

o‘tgan yil 

hisobot 

yili 

shartli 

jami 

bosh 

soni 

mahsul-

dorlik

 

1.Sut 


214 

216 


1420 

1320 


3038,8

2851,2 


3067,2 

-187,6


28,4 

-216 


2.Jun 

560 


530 

2,4 


2,2 

13,44 


11,66 

12,72 


-1,78 

-0,72 


-1,06 

3.Ortgan vazn

156 

186 


0,35 

0,33 


0,546 

0,6138 


0,651 

0,0678


0,105 

-0,0372 


316 

13.4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va  

unga ta’sir etuvchi omillar tahlili 

 

Fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar quyidagi yo‘na-

lishlar bo‘yicha sotilishi mumkin : 

-  Davlat buyurtmasining bajarilishi hisobiga sotish; 

-  Shartnoma asosida turli tashkilotlarga sotish; 

-  Erkin bozorlarda sotish; 

-  Xorijga eksport qilish uchun sotish; 

-  O‘z ishchi va xizmatchilariga sotish; 

-  Boshqa yo‘nalishlarga sotish. 

Mahsulotlarni sotish ko‘rsatkichlarini tahlil etishda xo‘jalik uchun 

eng qulay va yuqori manfaat keltiruvchi sotish kanallari aniqlanadi 

Bunday tahlilni o‘tkazish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni sotish 

shakli ma’lumotlaridan, shuningdek, moliyaviy hisobotning 2-shakli – 

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi. 

Mahsulot sotish ko‘rsatkichlari tahlilini bajarishda ham qiymat, 

ham natura o‘lchamida ma’lumotlar o‘rganiladi.  



 

13.9-jadval 

Fermer xo‘jaligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini  

sotish hajmining tahlili 

 

2016 yil 

№ Mahsulot 

turi 

reja haqiqatda 

O‘zgarishi 

(+;-) 

Bajarilish 

foizi 

A 1 


2 3  4 5 

1 Mahsulot 

sotishning 

tushumi (2015 yilgi 

haqiqiy bahoda ming 

so‘m) 


148145 

111510 -36635  75,3 

2 Natura 

o‘lchamida 

mahsulot sotilishi 

 

 



 

 

3 Bug‘doy 



23418 

23077 


-341 

98,5 


4 Katoshka  

2900 2885  -15  99,5 

5 Ochiq turdagi 

sabzavot  

12000 10629  -1371  88,6 

6 Paxta  

36500 

34695 


-1805 

95,1 


7 Sut  

2014 2129  115  105,7 

8  Yirik shoxli qora mol 

110 


104 -6 94,5 

9 Pilla  

128 126  -2  98,4 


317 

13.9-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biz o‘rganayotgan xo‘jalikda 

mahsulotlar sotish bo‘yicha tushum rejaga nisbatan 36635 ming 

so‘mga kamaygan. Bunday holat xo‘jalikning yakuniy moliyaviy 

ahvoliga salbiy ta’sir etadi. Natura o‘lchamida mahsulot sotish hajmi 

faqat sutdan tashqari aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha 

rejaning bajarilmaslik foizi -11,4 dan -0,5 gachani tashkil etadi. 

Javaldagi raqamlardan yana shu narsani ko‘rish mumkinki, umumiy 

tushum va natura hisobida mahsulotlar sotish rejasining bajarilmaslik 

foizlari o‘rtasidagi -24,7 (75,3-100) va 11,5 tafovutlar rejaga nisbatan 

sotilayotgan mahsulotlar bahosining pasayib ketganligi sababli 

bo‘lganligini ko‘rsatadi. 

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida muhim o‘rinni paxta, don, pilla, 

jun va qorako‘l teri kabi mahsulotlar e’tiborli sanalgani uchun hamda 

valyuta zaxiralarini to‘ldirishda paxta tolasini sotish zarurligi bu 

mahsulotlar uchun davlat buyurtmasini xo‘jaliklar bo‘yicha tahlil 

etishni taqozo etadi. Bu xususiyatni e’tiborga olib, fermer 

xo‘jaliklariga rejada mo‘ljallangan yalpi paxta yetishtirishning 60% 

miqdorida (donning esa 40 % hajmida) buyurtma joriy etilgan edi. 

Davlat buyurtma foizlari iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi bilan 

turlicha bo‘lishi mumkin. 

Davlat buyurtmalarini bajarilish holatini tahlil qilish uchun 

mahsulotlar sotish hisobot shaklidan foydalanib, jami sotilgan 

mahsulot tarikibida davlat buyurtmasini bajarganlik holati tahlili 

o‘tkaziladi. 

13.10-jadvaldan ko‘rinib turganidek, xo‘jalikda asosiy qishloq 

xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha, jumladan, paxta va pillaning barchasi 

davlat buyurtmasi hisobiga sotilgan. Jami sotilgan donning 96 % davlat 

buyurtmasiga, sutning esa 92,67 % davlatga sotilgan. Davlat 

buyurtmasining mahsulot turlari bo‘yicha bajarilish rejasi birorta 

mahsulot turlari bo‘yicha ham bajarilmagan. Bundan ko‘rinadiki, biz 

o‘rganayotgan xo‘jalikda davlat buyurtmasi umumiy sotish takibida 

muhim o‘rinni egallar ekan. 


318 

13.10-jadval 

Mahsulotlar sotish bo‘yicha davlat buyurtmasining  

bajarilishi tahlili 

 

Jami  

sotilgan, ts 

Shu jumladan, 

davlat 

buyurtmasi 

bo‘yicha, ts 

Davlat 

buyurtma-

sining 

salmog‘i 

№ 

Mahsulot 

turi 

reja 

haqi-

qatda 

reja 

haqi-

qatda 

reja 

haqi-

qatda 

Baja-

rilish 

foizi 

1 Don 


23418 23077 22400

22160 95,65

96,03  98,93 

2 Paxta 


36500 34695 36500

34695  100  100  95,05 

3 Sut 

2014 2129 2000 1973 99,30



92,67 98,65 

4 Pilla 


128 126 128 126 100 100 98,44 

 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini tahlil etish ham muhim 



o‘rin egallaydi, chunki mahsulotlar sifati tushumga ta’sir etadi. 

Sifatning yaxshilanishi foydani o‘stirishning muhim omillaridan 

sanaladi. 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini aniqlashda quyidagi shartlar 

bajarilishi e’tiborga olinadi: 

-  Davlat standart talablariga mos kelishi

-  Tajribadagi foydali elementlarning ulushi; 

-  Ko‘rinishi va estetik zavq berishi; 

-  Ta’mi, hidi va boshqalar. 

Mahsulotlarning turlariga qarab sifatni aniqlash mezonlari 

qo‘llaniladi. Masalan, paxta tolasining mustahkamligi, uzun yoki 

qisqaligiga qarab navlar (1-5 nav). 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilishda mahsulotlar 

sotish hisobot forma ma’lumotlaridan foydalanib, sifat o‘zgarishi 

natijasida sof vazn va qabul qilingan vaznlar o‘rtasidagi tafovutlarni 

olgan holda tushum o‘zgarishlari tahlil etiladi. 

Bunday tahlil natijasi mahsulotlar sotishdan olingan tushumga sifat 

qanday ta’sir qilinganligini aniqlashga imkon beradi. 

13.11-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, davlatga sotilgan 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatining pasayishi natijasida xo‘jalik 

jami 2537,2 ming so‘mlik pul tushumini yo‘qotgan, ayniqsa, paxtaning 

sifati pasayganligi xo‘jalikning taxminan 150,6 mln so‘mlik 

daromadining pasayishiga olib kelgan. 


319 

Faqat sutning yog‘lilik darajasi normadan oshiqcha bo‘lganligi 

daromadning 4104 ming so‘mga o‘sishiga ta’sir etgan. Demak, xo‘jalik 

bo‘yicha mahsulotlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab 

chiqilishi taqozo etilmoqda. 

 

13.11-jadval 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati tahlili 

 

Sotilgan mahsulot 

miqdori, s 

Sifat o‘zgarishi 

natijasida 

№ 

Mahsulot 

turi 

Mahsulot 

sotishdan 

tushum  jismoniy 

vazn 

sof 

haqiqiy 

vazn 

1 s. mahsu-

lotning 

o‘rtacha 

sotish bahosi sentner 

ming 

so‘m 

1  Don 1444832 

22360 

22160 65200 -200 



-13040

2  Paxta 4336875 

35900 

34695 125000 -1205 



-150625

3  Sut 146160 

1973 

2030 


72000 57 

4104 


4  Pilla 33390 

126 


126 

265000 0 0 



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling