Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


eng muhim sabablari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

11.5-chizma. Mulkni sotish yoki uni ijaraga berish  

holatida boshqaruv qarorlari mazmuni 

Pul mablag‘lari taqchilligi sabablari 

Ichki 

Tashqi 

1. Savdo hajmi pasayishi 

1.1. Bir yoki bir nechta yirik xaridorlarni 

yo‘qotish 

1.2. Mahsulot assortimentini 

boshqarishdagi kamchiliklar 

2.Moliyani boshqarishdagi kamchiliklar 

2.1.Kuchsiz moliyaviy rejalashtirish 

2.2.Moliyaviy xizmat mavjud emasligi 

2.3. Boshqaruv hisobining mavjud emasligi 

2.4.Xarajatlarni yetarlicha nazorat 

qilinmasligi 

2.5. Boshqaruv kadrlarining past malakasi 

1.To‘lovsizlik inqirozi 

2. To‘lov aylanmasida naqdsiz hisob-

kitoblarning yuqori ulushi, barter, o‘zaro 

hisoblashish va boshqalar 

3. Tovar bozorining ayrim segmentlaridagi 

kuchli raqobat  

4. Energiya tashuvchilar va transport 

xizmatlari uchun narxning muntazam 

o‘sishi 


5. Tovar ishlab chiqaruvchilarga yuqori 

soliq yuklamasi 

6. Qarz mablag‘lari (bank kreditlari)ning 

yuqori qiymati  

7. Boshqa sabablar 

Boshqaruv qarorlari 

Mulkni sotish 

Aktivlarga egalik qilishdan foyda 

va xarajatlarni baholash 

Mulk (aktivlar) sotilgan holatda 

ehtimoliy qo’shimcha (muqobil) 

xarajatlarni baholash  

Mulkni sotishning soliqqa oid 

jihatlarini ko’rib chiqish 



Mulkni ijaraga berish

 

Ijaraning real shartlari va undan 



ehtimoliy daromadni baholash 

Mulkni ijaraga berishdan xarajatlar 

va ehtimoliy tijorat riskini 

o‘rganish 

Ijara munosabatlarining soliqqa oid 

jihatlarini baholash 



289 

Shuni ham nazarda tutish kerakki, mulkni sotish pul mablag‘lari-

ning bir martalik oqimini, ijara esa muayyan muddat davomida 

muntazam oqimini ta’minlaydi. 

Avvalo, naqd pulning potensial oqimini qanday aktivlar keltirishga 

qodir ekanligini aniqlash zarur. Buning uchun korxona tasarrufidagi 

mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu mulkning 

real bozor qiymatini aniqlash uchun, vaqtinchalik yoki butunlay 

uzoqlashtirish haqida to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun zarur sanaladi. 

Mulkni baholash daromad, xarajat yoki bozor (qiyosiy) yondashuvi 

asosida amalga oshiriladi. Inventarizatsiya natijalari ishlab 

chiqarishning moddiy-texnik bazasini aniqlashga imkon bergani holda 

foydalanilmayotgan asosiy vositalar (jumladan ortiqcha uskunalar 

zaxirasi) ni sotish imkoniyatini ham belgilab beradi. Aktivlarni 

uzoqlashtirish usuli haqida qaror qabul qilishda xarajatlarning quyidagi 

turlarini va ularga bog‘liq pul oqimlarini e’tiborga olish maqsadga 

muvofiq: 

1)  ixtiyoriy holatda ham bartaraf etiladigan xarajatlar (masalan, 

mashinalar, uskunalar va transport vositalarining xizmat ko‘rsatish 

qiymati); 

2)  ixtiyoriy holatda ham qoladigan xarajatlar (xodimlar 

mehnatiga haq to‘lash); 

3)  mulkni tasarruf etish bo‘yicha aniq harakatlar bilan bog‘liq 

xarajatlar (masalan, ijaraga berilayotgan aktivlar sug‘urtasi bo‘yicha). 

 

 

Nazorat savollari 



 

1. Korxonada naqd pul harakatini tavsiflang.  

2. Asosiy belgilari bo‘yicha tashkilotlarning pul oqimlarini 

tasniflang. 

3. Pul mablag‘lari kirimini ayting. 

4. Pul mablag‘lari chiqimini ayting. 

5. Pul mablag‘lari kirimi tahlili qanday amalga oshiriladi? 

6. Pul mablag‘lari chiqimini tahlil qilish metodikasini aytib bering. 

7. Bilvosita usulda pul mablag‘lari harakati tahlili qanday olib 

boriladi? 

8. Pul mablag‘lari taqchilligining asosiy oqibatlari nimalarda 

namoyon bo‘ladi? 



290 

 

 

 

 

XII bob. XUSUSIY KAPITAL TAHLILI 

 

12.1. Xususiy kapital tahlilining mazmuni va vazifalari 

 

Jami bo‘naklangan (kiritilgan) kapital shakllanish manbalariga 



bog‘liq ravishda ikki tarkibiy qism bilan ifodalanishi mumkin: o‘z va 

qarz mablag‘lari. 



Xususiy kapital (mablag‘lar)

 xo‘jalik subyektining aktivlari va 

majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida aks ettiradi. Balans passivi 

tarkibini tahlil qilish ushbu manbalarning turlari, tarkibi va o‘ziga 

xosliklarini belgilashga imkon beradi. 

 

 



12.1-chizma. Balans passivi tarkibi 

 

Mulkdorlarning yoki ustav kapitali ko‘rinishidagi ishtirokchi-



larning mablag‘lari, taqsimlanmagan foyda va o‘z mablag‘lari fondlari; 

qarz mablag‘lar, bank va boshqa investorlardan olingan ssuda va 

qarzlar; vaqtinchalik jalb qilingan mablag‘lar – kreditorlar resurslari 

o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.  



Uzoq muddatli 

moliyaviy 

majburiyatlar 

O‘z mablag‘lari 

manbalari  

Doimiy 

permanent  

kapital  

Qisqa muddatli 

moliyaviy 

majburiyatlar 

O‘z kapitali 

Qarz  

kapitali  

O‘zgaruvchan 

kapital 

291 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



12.2-chizma. Tashkilotning xususiy kapitali tarkibi 

 

Foydalanish muddatiga ko‘ra kapital uzoq muddatli (permanent) 



va qisqa muddatli bo‘ladi. 

Mablag‘larning manbalari tarkibi, uning ijobiy yoki salbiy 

dinamikasi sabablari har bir tashkilotda turlicha bo‘lishi mumkin. 

Ularni tahlil qilish tashkilotning moliyaviy holatini aniqlashda muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Xususiy kapital tahlilini o‘tkazishda hal qilinishi lozim bo‘lgan 

asosiy vazifalar sirasiga quyidagilar kiritiladi: 

•  o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalarini aniqlash va 

tashkilotning moliyaviy holatiga dinamikasi ta’sirini baholash; 

•  xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligiga baho berish; 

•  xususiy kapital tarkibi va tarkibini o‘rganish; 

•  xususiy kapitalning o‘zgarishi sabablarini o‘rganish; 



Tashkilotning 

xususiy kapitali  

Yuridik va jismoniy 

shaxslarning boshqa 

badallari

Tashkilot 

tomonidan 

to‘plangan 

Qo‘shimcha 

kapital 

Badallar va 

xayriyalar 

Maqsadli 

moliyalashtirish 

Taqsimlan-

magan foyda 

To‘plangan 

foyda 

Aksiyadorlik 



jamiyati 

aksiyalariga 

Ustav 

kapitali  



Zaxira 

kapital 


Mulkdor 

tomonidan berilgan 

kapital

Jamg‘arma 



fondlari 

292 

•  xususiy kapitalni to‘ldirish zaxiralarini belgilash. 

O‘z mablag‘larining shakllanish manbalari quyidagilar 

hisoblanadi: 

•  ustav kapitali – ishtirokchilarning aksiyalari va ulushli 

badallarini sotishdan olingan mablag‘lar; 

•  korxona tomonidan to‘plangan zaxiralar; 

•  yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa badallari (maqsadli 

moliyalashtirish xayriya, xayriya badallari va boshqalar). 

 

 

12.2. Xususiy kapitalning o‘zgarish sabablari tahlili 

 

Ustav kapitali tashkilotning ustav faoliyatini ta’minlash uchun 

mulkdorlar tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar miqdorini o‘zida aks 

ettiradi: 

•  davlat tashkiloti uchun – to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan 

tashkilotga davlat tomonidan biriktirilgan mulkning qiymat bahosi; 

•  mas’uliyati cheklangan jamiyat uchun – mulkdorlarning 

ulushlari miqdori; 

•  aksiyadorlik jamiyati uchun – barcha turdagi aksiyalarning 

umumiy nominal qiymati; 

•  ishlab chiqarish kooperativi uchun – faoliyat yuritish uchun 

ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan mulkning qiymat bahosi; 

•  ijara tashkilot uchun – uning mulkdorlari ulushlari miqdori; 

•  mustaqil balans ajratilgan boshqa shakldagi tashkilotlar uchun – 

to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan tashkilotga uning mulkdorlari 

tomonidan biriktirilgan mulkning qiymat bahosi. 

Tashkilotni tashkil qilishda uning ustav kapitaliga ulushlar sifatida 

pul mablag‘lari, moddiy aktivlar namoyon bo‘ladi. Ustav kapitali 

mablag‘larni birlamchi investitsiyalashda shakllanadi. Uning miqdori 

tashkilotni ro‘yxatga olishda e’lon qilinadi, ustav kapitali miqdoriga 

ixtiyoriy tuzatish kiritishga (qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi, 

aksiyalarning nominal qiymatini pasaytirish, qo‘shimcha ulush kiritish, 

yangi ishtirokchini qabul qilish, foydaning bir qismini qo‘shib olish va 

boshqalar) esa amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda 

tutilgan tartibda, moliya organlaridan majburiy ro‘yxatga o‘tgan holda 

yo‘l qo‘yiladi.  


293 

Ustav kapitalini shakllantirish mablag‘larning qo‘shimcha manbasi 

–emissiya daromadi yuzaga kelishi bilan birga kuzatilishi mumkin. 

Aksiyalarni birlamchi emissiya qilish jarayonida ular nominaldan 

yuqori narxda sotilgan holatda ushbu manba vujudga keladi. Ushbu 

summa olinganda ular qo‘shimcha kapital hisobiga yoziladi.  

Jamiyat faoliyat yuritishi jarayonida ustav kapitali o‘zgarishi 

mumkin. Foydaning o‘sishi yoki ta’sischilarning qo‘shimcha ulushlari 

hisobida u ortishi, foyda kamayganda esa – qisqarishi mumkin. Ustav 

kapitalini o‘zgaritirish faqatgina ko‘pchilikning oddiy ovozi bilan 

umumiy yig‘in qarori asosida amalga oshiriladi va qayta ro‘yxatdan 

o‘tkazishni talab qiladi. Ustav kapitalining ortishi boshlang‘ich e’lon 

qilingan miqdori to‘liq to‘langandan so‘nggina amalga oshirilishi 

mumkin. Bunda agar aksiyadorlik jamiyati moliya yili yakuni bo‘yicha 

zararga ega bo‘lsa, u holda navbatdagi emissiya hisobiga mablag‘larni 

jalb qila olmaydi.  

Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini yangi aksiyalar chiqarish 

yo‘li bilan oshirishi mumkin. Umumiy yig‘in tomonidan oldingi 

emissiya natijalari, oldinroq chiqarilgan aksiyalarning haqiqatda 

sotilishi va sotilmaganlari qaytarilishini taqozo etuvchi ustav kapitaliga 

o‘zgartirishlar kiritilishi tasdiqlangandan keyingina qo‘shimcha 

aksiyalar chiqarish mumkin.  

Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilganda aksiyadorlar ularni sotib 

olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.  

Ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini o‘zgartirish 

(denominatsiya) yo‘li bilan ham oshirilishi mumkin. Bu holatda 

aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan aksiyalar seriyalari va 

barcha toifalari, shuningdek, ustav kapitalini oshirish haqida qaror 

qabul qilingunga qadar chiqarilgan optsionlar va konvertirlanadigan 

obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlar ham teng nisbatda o‘zgartiriladi.  

Bundan tashqari, ustav kapitalini oshirish quyidagi hollarda sodir 

bo‘lishi mumkin: konvertirlanadigan obligatsiyalarni aksiyalarga 

ayirboshlash natijasida; sho‘ba jamiyatlarda bo‘lgan, shuningdek, 

zaxira fonddagi aksiyalarni qaytarish natijasida; qo‘shimcha aksiyalar 

chiqarish yo‘li bilan yoki chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini 

oshirish yordamida asosiy vositalarni qayta baholash oqibatida.  

Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining kamayishi aksiyalarning 

nominal qiymati pasayishi yoki ularning bir qismini qaytarish 

natijasida sodir bo‘ladi. Bunda faqatgina aksiyadorlik jamiyati 


294 

balansida bo‘lgan, jumladan shu maqsadda aksiyadorlardan sotib 

olingan aksiyalar qaytarilishi mumkin. 

Ustav kapitali xususiy aksiyalarni pul to‘lab qaytarib olish, 

shuningdek, aksiyadorlarni chetlatish va ularga badallarni qaytarish 

yordamida, obuna miqdorini aksiyalarning haqiqatda to‘langan 

qiymatigacha qisqartirish yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. Aksiyalar 

sho‘ba jamiyatlarga o‘tkazilganda, shuningdek, aksiyalarning bir qismi 

zaxira fondga yo‘naltirilganda ham ustav kapitali kamayadi.  

Foyda – zaxira kapitali (fondi) ni shakllantirishning asosiy 

manbayi bo‘lib, ko‘zda tutilmagan yo‘qotish va ehtimoliy zararlarni 

qoplash uchun mo‘ljallangan, ya’ni bu fond o‘z tabiatiga ko‘ra sug‘urta 

hisoblanadi. 

Zaxira fondini shakllantirish tartibi shu turdagi korxonalar 

faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, shuningdek, uning 

ta’sis hujjatlari asosida belgilanadi. 

Tashkilotning mablag‘lar manbayi sifatida qo‘shimcha kapital

odatda, asosiy vositalar va boshqa moddiy qimmatliklarni qayta 

baholash natijasida hosil bo‘ladi. Undan iste’mol maqsadlarida 

foydalanish me’yoriy hujjatlarga ko‘ra taqiqlanadi. 



Investitsiyalangan kapital

 oddiy va imtiyozli aksiyalarning 

nominal qiymati, shuningdek, qo‘shimcha to‘langan kapital 

(aksiyalarning nominaldan yuqori qiymati) ni o‘z ichiga oladi. Bunga 

odatda beg‘araz olingan qimmatliklar ham kiritiladi. 

To‘plangan kapital 

sof  foyda taqsimlanishi natijasida yuzaga 

keluvchilar sifatida namoyon bo‘ladi (zaxira kapital, jamg‘arma fondi, 

taqsimlanmagan foyda, boshqa o‘xshash moddalar). 

Moliyaviy tahlil uchun xususiy kapital miqdorini asoslash jiddiy 

masala hisoblanadi, chunki uni aniqlash borasida turli yondashuvlar 

kapital rentabelligi va tarkibini turlicha baholashga, o‘z navbatida, 

korxonaning moliyaviy holati turlicha talqin qilinishiga olib keladi. 

Bo‘naklangan kapitalning ikkinchi qismi – qarz mablag‘larining 

farqli xususiyati shundaki, korxonalar ularni pul mablag‘larini 

kelgusida qaytarish yoki berilgan mulk qiymatini to‘lash va odatda, 

berilgan mulkdan vaqtincha foydalanganlik uchun foizlar to‘lash sharti 

bilan boshqa tashkilotlardan yoki tashqi jismoniy shaxslardan oladi. 

 

 

 


295 

12.3. Xususiy kapital tarkibi, tuzilishi  

va dinamikasi tahlili 

 

Xususiy kapital jalb qilishning soddaligi, yanada barqaror 

moliyaviy holatni va bankrotlik riski pasayishini ta’minlashi bilan 

tavsiflanadi. Unga zarurat korxonaning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish 

talablari bilan shartlangan. U mustaqillik va qaram bo‘lmaslik asosi 

sanaladi. Xususiy kapitalga xos xususiyat shundan iboratki, u uzoq 

muddatga investitsiya qilinadi va eng katta riskka ega bo‘ladi. 

Kapitalning umumiy miqdorida uning ulushi qancha ko‘p bo‘lsa va 

qarz mablag‘lari ulushi qancha kam bo‘lsa, kreditorlarni zararlardan 

himoyalash ham shuncha mustahkam yo‘lga qo‘yilgan, o‘z navbatida, 

yo‘qotish riski juda kam bo‘ladi.  

Biroq xususiy kapital miqdoran chegaralangan. Bundan tashqari, 

korxona faoliyatini mablag‘larning faqatgina o‘z manbalari hisobiga 

moliyalashtirish uning uchun har doim ham foydali bo‘lmaydi. Buni 

ishlab chiqarish mavsumiy tusga ega bo‘lgan hollarda ayniqsa yaqqol 

kuzatish mumkin. Bunda ayrim davrlarda bankdagi hisobda ulkan 

mablag‘lar to‘planib qoladi, boshqa davrlarda esa ular yetishmaydi. 

Shuni ham nazarda tutish joizki, agar moliyaviy resurslar narxi yuqori 

bo‘lmasa, korxona esa kiritilgan kapitaldan kredit resurslar uchun 

to‘lanadiganga nisbatan yuqoriroq darajada qaytimni ta’minlay olsa, u 

holda qarz mablag‘ jalb qilarkan, o‘z bozor pozitsiyasini kuchaytirishi 

va o‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligini oshirishi mumkin. 

Moliyaviy manbalar tarkibi va tarkibi tahlili ularning dinamikasi 

va ichki tarkibini baholashdan boshlanadi. Bunda uzoq muddatli va 

qisqa muddatli kreditlar hamda qarzlar, kreditorlik qarzi, jumladan 

buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo‘naklar, dividendlar bo‘yicha 

to‘lovlar, boshqa qisqa muddatli passivlar kabi passivlar ko‘rib 

chiqilgan holda qarz mablag‘lar manbalari harakatini tahlil qilishga 

alohida e’tibor qaratiladi. Muddatida qaytarilmagan bank kreditlari va 

qarzlari ulushi va hajmining o‘zgarish tendensiyalari aniqlanadi. 

Ularning mutlaq miqdori va ulushi ortishi tashkilotda jiddiy moliyaviy 

qiyinchiliklar mavjudligidan darak beradi. Keyin esa balans aktivi va 

passivining tuzilmaviy dinamikasi vektorlarini taqqoslash, o‘z va qarz 

manbalar nisbatiga, o‘z navbatida, tashkilotning moliyaviy 

barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash amalga oshiriladi. 


296 

Korxona faoliyatining tashqi va ichki shart-sharoitlari bilan shartlangan 

eng muhim omillar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: 

•   kredit uchun foiz stavkalari va dividendlar stavkalari miqdorlari 

farqi. Agar kredit uchun foiz stavkalari dividend stavkalaridan kam 

bo‘lsa, u holda qarz mablag‘lar ulushini oshirish talab qilinadi. O‘z 

mablag‘lari ulushini dividend stavkasi kredit uchun foiz stavkasidan 

ortq bo‘lganda oshirish maqsadga muvofiq; 

•  Korxona faoliyati torayishi yoki kengayishi, shunga bog‘liq 

ravishda zaruriy tovar-moddiy zaxiralarni hosil qilish uchun qarz 

mablag‘lar jalb qilishga ehtiyoj ortadi yoki kamayadi; 

•   Ortiqcha yoki kam foydalaniladigan eski uskunalar, materiallar, 

tayyor mahsulot, sotish uchun tovarlar to‘planishi, mablag‘larni 

shubhali debitorlik qarzlari vujudga kelishiga jalb qilish, bular ham 

qo‘shimcha qarz mablag‘lari jalb qilinishiga olib keladi

•  faktoring operatsiyalardan foydalanish (debitorlarning qarzlarini 

bankka sotish). 

 

12.1-jadval 

Xususiy kapital tarkibi, tuzilishi va  

dinamikasi tahlili 

 

Mablag‘lar mavjudligi, 

ming so‘m 

Mablag‘lar tarkibi, 



Ko‘rsatkichlar 

boshi 

uchun 

oxiri 

uchun

o‘zgarish

boshi 

uchun

oxiri 

uchun 

o‘zga-

rish 

Ustav kapitali 

1935,1  2218,5

+283,4 


52,2 

47,1 


-5,1 

Qo‘shimcha 

kapital 

79,9 63,5  -16,4  2,2  1,3  -0,9 

Zaxira kapital 

1018,4  1336,8

+318,4 

27,5 


28,5 

+1,0 


Taqsimlanmagan 

foyda 


219,6 145,4  -74,2 

6,0  3,0  -3,0 

Maqsadli 

tushumlar 

309,9 907,4  +597,5  8,3  19,3 +11,0

Pirovard xarajatlar 

va to‘lovlar 

zaxiralari 

137,6 33,7  -103,9  3,8  0,8  -3,0 

Jami 3700,5 

4705,3 +1004,8 

100 


100 

 



 

297 

Tahlil qilinayotgan korxonaning ma’lumotlari o‘z kapitali miqdori 

va tarkibidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi: kapitalning boshqa manbalari 

kamaygan holda zaxira kapitali va maqsadli tushumlar ulushi hamda 

miqdori sezilarli darajada ortgan. Hisobot yili uchun xususiy 

kapitalning umumiy miqdori 1004,8 ming so‘mga yoki 27,1% ga 

oshgan. 

Xususiy kapitalning o‘zgarish omillarini

 «Xususiy kapital 

to‘g‘risida hisobot» nomli 5-hisobot shakli ma’lumotlari, shuningdek, 

ustav, qo‘shilgan va zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, maqsadli 

tushumlar fondi va pirovard xarajat hamda to‘lovlar uchun zaxiralar 

harakatini aks ettiruvchi analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari 

bo‘yicha aniqlash qiyin emas. 

 

12.2-jadval 

Fondlar va boshqa mablag‘lar harakati tahlili 

ming so‘m 

Ko‘rsatkichlar 

Yil 

boshi 

uchun

Yil 

davomida 

kelib 

tushdi 

Hisobot 

yilida 

sarflandi 

Yil 

oxiridagi 

qoldiq 

Ustav kapitali 

1935,1 283,4 

2218,5 



Qo‘shimcha kapital 

79,9 


16,4 


63,5 

Zaxira kapital 

1018,4 318,4 

1336,8 



Taqsimlanmagan foyda: 

O‘tgan yil uchun 

219,6 - 

219,6 


 

Hisobot yili uchun 

145,4 


145,4 


Maqsadli tushumlar 

309,9  597,5 

907,4 


Pirovard xarajatlar va 

to‘lovlar zaxiralari 

137,6 0,1 

104 


33,7 

Jami 3700,5 1344,8 

340 

4705,3 


 

Korxonaning xususiy kapitali yil boshidagi 3700,5 ming so‘mdan 

yil oxirida 4705,3 ming so‘mgacha oshdi, ya’ni 1004,8 ming so‘mga 

yoki 27,1% o‘sish kuzatildi. Jami tushum qilingan mablag‘lar 1344,8 

ming so‘mni, sarf 340 ming so‘mni tashkil qildi. 

 


298 

12.4. Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligi tahlili 

 

Faoliyatning ixtiyoriy sohasidagi biznes pul mablag‘larining 

muayyan miqdori mavjud bo‘lishini taqozo etib, ularning hisobiga 

resurslarning zaruriy miqdori xarid qilinadi, ishlab chiqarish va 

mahsulotlarni sotish tashkil qilinadi. Bunda kapital aylanuvchanligini 

tezlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kapital aylanuvchanligini 

tezlashtirish hisobiga foyda miqdori oshiriladi. Agar ishlab chiqarish va 

mahsulotlarni sotish zarar keltirsa, u holda mablag‘lar 

aylanuvchanligining tezlashishi moliyaviy natijalar yomonlashishi va 

kapitalni “eb qo‘yish”ga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, doiraviy 

aylanmaning barcha bosqichlarida nafaqat kapital harakatini 

tezlashtirishga, balki undan maksimal qaytimga ham intilish lozim. Bu 

1 so‘m kapitalga foyda miqdori ortishi bilan ifodalanadi. Kapital 

daromadliligini oshirishga barcha resurslardan oqilona va tejamli 

foydalanish, ularni ortiqcha sarflashga, doiraviy aylanmaning barcha 

bosqichlarida yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik orqali erishiladi. Natijada 

kapital umumiy summada, ya’ni foyda bilan o‘zining boshlang‘ich 

holatiga qaytadi. 

Shunday qilib, kapitaldan foydalanish samaradorligi uning daro-


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling