Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


 

 

Bu yerda,  

SF – korxonaning sof foydasi;  

A – balans aktivlarining o‘rtacha qiymati. 

Agar ko‘paytiruvchi kiritgan holda aktivlar rentabelligi formulasini 

o‘zgartirsak: 

Mahsulot sotishdan tushum 

Mahsulot sotishdan tushum



MST

MST

 



u holda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

Ra

100%



.

s

ay

СФ

МСТ

R

K

МСТ

А



=

×

×



=

×





 

Formula sotish rentabelligi (Rs) va aktivlar aylanuvchanligi 

koeffitsiyenti (Kay) dan aktivlar rentabelligini aks ettiradi. 

Shunday qilib, “Dyupon de Nemur” firmasida ishlab chiqilgan 

mashhur formulaga kelamiz. Dyuponning ushbu formulasi aktivlar 

rentabelligiga qanday omillar eng ko‘p darajada ta’sir qilayotganligini 

aniqlashga imkon beradi. Formula mablag‘lar rentabelligini oshirish 

yo‘llariga ishora qiladi:  

•  mahsulotlarning kam foydaliligida aktivlar va ularning 

elementlari aylanuvchanligini tezlashtirishga intilish zarur; 

•  korxonaning sust ishbilarmon faolligi mahsulot ishlab 

chiqarish xarajatlarini pasaytirish yoki mahsulot narxini oshirish yo‘li 

bilan, ya’ni mahsulot rentabelligini oshirish bilan kompensatsiyalanishi 

mumkin. 


8.7-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonaning aktivlar rentabelligi 

darajasi o‘tgan davrga nisbatan 0,653 punktga oshgan. 

1.  Aktivlar aylanuvchanligini tezlashtirish hisobiga aktivlar 

rentabelligi o‘zgarishini aniqlaymiz: +0,034 x 0,705 = +0,024% . 

2.  Sotish hajmi rentabelligi oshishi hisobiga aktivlar rentabelligi 

o‘zgarishini hisoblaymiz: +1,014 x 0,621 = +0,629% . 

Aktivlar rentabelligi umumiy o‘zgarishining omillar ta’siri 

miqdoriga mutanosibligini tekshiramiz: 

 +0,653 = +0,024 + 0,629 

+0,653 = +0,653. 



222 

8.7-jadval 

Korxona aktivlari rentabelligi tahlili 

 

Haqiqatda 

№ Ko‘rsatkich 

Shartli 

belgi 

o‘tgan 

yil 

hisobot 

yili 

O‘zgarishi

1  Sof foyda 

mln so‘m 

32,1 


112,6 

+80,5 


Mahsulot sotishdan sof 

tushum 

- 4547,8 6548,9 



+2001,1 

Balans aktivlarining o‘rtacha 



qiymati 

- 7744,5 10543,7 

+2799,2 

Balans aktivlarining 



aylanuvchanlik koeffitsiyenti 

koeffitsiyent 0,587 0,621  +0,034 

Sotish hajmi rentabelligi (1 



so‘mlik sotilgan mahsulotdan 

foyda) 


tiyin 0,705 

1,719 +1,014 

Korxona aktivlari rentabelligi 



(satr 4 x satr 5) 

% 0,414 


1,067 

+0,653 


  

Ishlab chiqarish rentabelligi tahlili 

Ishlab chiqarish rentabelligi sof foydaning ishlab chiqarish fondlari 

o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanib, uning tarkibiga 

asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag‘lar 

kiritiladi. 

Ishlab chiqarish rentabelligi ko‘rsatkichi olingan sof foydani ishlab 

chiqarish fondlari miqdori bilan bog‘lagan holda joylashtirilgan 

mablag‘larning iqtisodiy unumini tavsiflaydi.  

Sof foyda 2-shakl moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha olina-

di, ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati esa 3-shakl 

buxgalteriya balansi ma’lumotlari bo‘yicha hisoblash yo‘li bilan 

aniqlanadi. 

Ishlab chiqarish (ishlab chiqarish fondlari) rentabelligining 

umumiy darajasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

100.

i

SF

R

Af

Mo

=

×



+

 

Bu yerda, 



SF – korxonaning sof foydasi; 

Af – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati; 

Mo – moddiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i. 


223 

Omilli tahlil metodologiyasi ko‘rsatkichning boshlang‘ich formu-

lasini ishlab chiqarish intensifikatsiyasi va rentabellik darajasini 

ifodalovchi xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishning barcha sifat 

tavsiflari bo‘yicha ajratishni nazarda tutadi (qarang. Selezneva N.N., 

Ionova A.F., Finansoviy analiz – Yuniti, M. 2003). 

Ishlab chiqarish (ishlab chiqarish fondlari) rentabelligining omilli 

modelini quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin: 

  

100.


i

SF

MST

R

Af

Mo

MST

MST

=

×



+

 

Bu yerda, 



SF

MST

– tilgan mahsulotning bir so‘mi uchun foyda (mahsulot 

rentabelligi); 

Af

MST

– mahsulot fond sig‘imi;  



Mo

MST

– aylanma mablag‘larni mustahkamlash koeffitsiyenti. 

 

Shunday qilib, analitik hisoblar amaliyotida rentabellik darajasi 



omillari sifatida sotilgan mahsulotlarning bir so‘miga mahsulot (foyda) 

rentabelligi, mahsulot fond sig‘imi va moddiy aylanma mablag‘larni 

mustahkamlash koeffitsiyenti namoyon bo‘ladi. 

Sotishning 1 so‘midan foyda

.

Fond sig‘imi koeffisiyenti +Milliy aylanma mablag‘larni 



mustahkamlash koeffisiyenti

 

Shunday ko‘rinishda keltirilgan ishlab chiqarish rentabelligi ko‘r-



satkichi iqtisodiy omillar bo‘yicha rentabellikni yanada chuqurroq tah-

lil qilishga imkon beradi. Xususan, o‘zgartirilgan formuladan ishlab 

chiqarish rentabelligi sotilgan mahsulotlar rentabelligiga to‘g‘ri propor-

sional ekanligi, mahsulotlar fond sig‘imi va moddiy aylanma mablag‘-

larni mustahkamlash darajasiga teskari proporsional ekanligi kelib 

chiqadi. 



224 

 

 

8.8-jadval  

Ishlab chiqarish rentabelligi tahlili

 

 





 Ko‘rsatk

ichlar 

O‘lchov 

birligi 

O‘tgan yil

 

uchun 

Hisobot yili 

uchun 

Og‘ish (+,-) 

Sof foyda 



m

ln so‘m


 

32,1 


112,6 

+80,5 


mahsulot sotishdan sof tush

um m

ln 


so‘m

 

4547,8 



6548,9 

+2001,1 


Asosiy ishlab chiqarish fondlarining 

o‘rtacha yillik qiym

ati 


m

ln so‘m


 

4200 


4700 

+500 


Material


 aylanma m

ablag‘larning o‘rtacha 

qoldi

g‘i 


m

ln so‘m


 

3150 


4100,6 

+950,6 


Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik 

qiym

ati (satr 3 +satr4) 



m

ln so‘m


 

7350 


8800,6 

+1450,6 


Mahsulot fond sig‘imi koeffitsi

yenti 

(satr3:satr2) 



tiyin. 92,35 

71,76 


-20,59 

Material



 aylanma m

ablag‘larni 

m

ustahkam


lash koeffitsi

yenti (str 4:str2) 

tiyin. 69,26 

62,61 


-6,65 

Sotilgan mahsulotning bir so‘m



idan 

olingan foyda (satr1:satr2) 

tiyin. 0,7 

1,72 


+1,02 

Ishlab chiqarish rentabellik darajasi 



(satr1:satr5 x 100) 

% 0,43 


1,28 

+0,85 


225 

Hisobot davri uchun ishlab chiqarish rentabellik darajasi 1,28 % ni 

tashkil qildi, o‘tgan yil uchun esa – 0,43% , ya’ni rentabellik 0,85 

punktga oshgan. Rentabellik darajasi o‘zgarishiga ta’sir qilgan omillar 

quyidagi hisoblashlar orqali aniqlanadi (zanjirli o‘rin almashtirish 

usulida):  

1.  Sotilgan mahsulotlarning bir so‘mida foyda ulushining ortishi 

ishlab chiqarish rentabellik darajasining 0,63 punktga o‘sishiga olib 

keldi.  

 1,72 : (92,35 +69,26) x 100 = 1,06; 

 1,06 – 0,43 = +0,63. 

2.  Fond sig‘imining pasayishi, ya’ni asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining fond sig‘imi ortishi rentabellikning 0,16 punktga 

ko‘payishiga olib keldi.  

1,72 : (71,76 + 69,26) x 100 = 1,22; 

1,22 – 1,06 = +0,16. 

3.  Moddiy aylanma mablag‘larini mustahkamlash koeffitsiyenti 

ko‘payishi, ya’ni ularning aylanuvchanligi tezlashishi rentabellikning 

0,016 punktga ko‘payishiga olib keldi. 

1,28 – 1,22 = +0,06. 

Shunday qilib, uchta omil ta’siri natijasida og‘ish: +0,63 +0,16 

+0,06 = +0,85 ni tashkil qiladi, bu o‘tgan yildagi ishlab chiqarish 

rentabelligining umumiy og‘ishiga mos keladi. 

Tahlilning keyingi bosqichi sotilgan mahsulotlarning (sotish 

rentabelligi) umumiy rentabelligiga alohida mahsulotlar rentabelligi 

ta’sirini baholash hisoblanadi. Bunday tahlil alohida mahsulotlar ishlab 

chiqarish va sotishning sotilgan mahsulotlarning vujudga kelgan tarkibi 

sharoitida umumiy rentabellikka ta’sirini baholash, shuningdek, sotish 

tarkibi oqilonaligini baholashga imkon beradi. 

Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 

1.  Sotishning umumiy hajmida mahsulotlarning har bir turi ulushi 

aniqlanadi. 

2.  Mahsulotlarning alohida turlari rentabelligining individual 

ko‘rsatkichlari hisoblanadi. 

3.  Individual rentabellikni sotishning umumiy hajmida mah-

sulotlar ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan barcha sotilgan mahsulotlar 

uchun o‘rtacha darajaga alohida mahsulotlar rentabelligining ta’siri 

aniqlanadi. 



226 

4.  Hisobot davri va bazis davr rentabelligi o‘rtasidagi farqni 

hisobot davridagi mahsulotlar ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan ishlab 

chiqarilayotgan mahsulotlarning individual rentabelligi o‘zgarishi bilan 

bog‘liq ta’sir aniqlanadi. 

5.  Bazis davr rentabelligini hisobot davri va bazis davrdagi 

mahsulotlarning ulushi farqiga ko‘paytirish yo‘li bilan tuzilmaviy omil 

ta’siri aniqlanadi. 

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bunday tahlil uchun axborot 

bazasi hisoblanadi, lekin uni mahsulotlar turlari bo‘yicha xarajatlarning 

analitik hisobi sharoitidagina qo‘llash mumkin. Sotish rentabelligi 

tahlil 8.9-jadval asosida shartli misolda amalga oshirilgan. 



 

8.9-jadval 

Alohida buyumlar rentabelligining sotish  

rentabelligiga ta’sirini hisoblash 

 

Rentabellik 

Umumiy sotish 

hajmidagi ulushi 

Sotish rentabelligiga 

ta’siri 

Mahsulot turi 

o‘tgan yil

 

hisobot yili 

og‘ish 

o‘tgan yil

 

hisobot yili 

og‘ish 

sotish tarkibi 

(gr1xgr6) 

mahsulot  rentabel-

ligi (gr3xgr5) 

omillarning umumiy 

ta’siri (gr

7+gr8) 

x 1 2 3 4 5 6 7 8 9 

A 10,5 13 +2,5 0,36 0,30 

-0,06 


-0,63 

+0,75 


+0,12 

B 8,3 7,1 -1,2 

0,28 

0,28 -  - 



-0,336 

-0,336 


C 7,8 3,4 -4,4 

0,27 


0,22 

-0,05 


-0,39 

-0,968 


-1,358 

D  31,1 21,5 -9,6 0,09 0,20 +0,11 +3,421 

-1,92 

+1,501


Jami 11.009 10.936 -0,073  1,00  1,00 - 

+2,401 


-2,474 

-0,073 


 

Jadvaldan ko‘rinib turganidek, D mahsulotning ulushi o‘sishi 

sotish rentabelligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni 3.421 punktga oshirgan. 

Ushbu omil va A mahsulot rentabelligining 0,75% ga oshishi sotish 

rentabelligi o‘sishiga zamin yaratgan. Biroq boshqa barcha omillarning 

salbiy ta’siri (boshqa turdagi mahsulotlar bo‘yicha ulush va rentabellik 

pasayishi) umumiy rentabellikni 0,073 punktga kamaytirgan. 

 


227 

Keltirilgan tahlil ma’lumotlari asosida xulosa qilish mumkinki, 

korxona sotish tarkibida A va D mahsulot ulushini oshirishdan, mos 

ravishda talab pasayishi kuzatilayotgan kamroq rentabelli B va C 

mahsulotlar ulushini kamaytirishdan manfaatdor. 

Mahsulotlar rentabelligini oshirishning asosiy yo‘llari 

quyidagilardan iborat:  

•   mahsulot birligiga yoki bir so‘miga xarajatlarni pasaytirish; 

•   

tannarxni shakllantiruvchi ishlab chiqarish resurslaridan 



foydalanishni yaxshilash (mahsulotlarning fond sig‘imi, material 

sig‘imi, amortizatsiya sig‘imini pasaytirish yoki ularga teskari 

ko‘rsatkichlar, ya’ni fond qaytimi, material unumi va boshqalarni 

oshirish); 

•   sotish hajmining o‘sishi; 

•   sifati yaxshilanishi bilan birga kuzatiladigan mahsulot narxi 

o‘sishi. 

 

 

8.9. Sof foyda taqsimlanishi va undan foydalanish tahlili 

 

Korxonaning faoliyat samaradorligi nafaqat olinayotgan foyda 



miqdoriga, balki uni taqsimlash xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. 

Sof foydani taqsimlash va undan foydalanish tahlilining asosiy 

vazifasi rejaga nisbatan va dinamikada hisobot davri uchun foydani 

taqsimlashda yuzaga kelgan tendensiyalar va proporsiyalarni 

aniqlashdan iborat. Tahlil natijalariga ko‘ra foydani taqsimlash va 

undan yanada oqilona foydalanish proporsiyalari o‘zgarishlari bo‘yicha 

tavsiyalar ishlab chiqiladi. Har bir korxonada byudjetga soliq to‘lovlari 

to‘langandan so‘ng qolgan foydani taqsimlash tartibi va hosil 

qilinadigan fondlar ro‘yxati ta’sis hujjatlari asosida belgilanadi. Sof 

foydadan zaxira, jamg‘arma, iste’mol, ijtimoiy soha fondlari 

shakllantiriladi. 

Foydani taqsimlash va undan foydalanish tahlili quyidagi tartibda 

amalga oshiriladi: 

•  Reja va bazis davrga nisbatan foydadan foydalanishning har bir 

yo‘nalishi bo‘yicha mablag‘lar miqdori va ulushi o‘zgarishlariga baho 

beriladi; 

•  Fondlarni shakllantirishning omilli tahlili amalga oshiriladi


228 

 

 



 

8.3-chizma. Sof foydani taqsimlash 

 

•  Maxsus fondlar harakati tahlili amalga oshiriladi; 

•  Iqtisodiy potensial samaradorligiga muvofiq jamg‘arma va 

iste’mol fondlaridan foydalanish samaradorligi baholanadi. 

Foyda taqsimoti tahlilida korxonaning dividend siyosatiga 

alohida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lib, u nafaqat kapital tarkibiga, balki 

xo‘jalik yurituvchi subyektning investitsiyaviy jozibadorligiga ham 

Sof foyda 

Xayriya maqsadlari uchun 

ajratmalar 

Jarima sanktsiyalari to‘lovi 

Maqsadli kreditni qaytarish 

Zaxira fondni shakllantirish va 

foydalanish 

Maxsus fondlar 

Jamg‘arma 

fondlari 

Dividendlar to‘lash 

fondlari 

Iste’mol fondi 

Hosil qilingan 

jamg‘arma fondi 

 

Foydalanilgan 

jamg‘arma fondi 

Ijtimoiy soha 

fondi 

Moddiy 

rag‘batlan-tirish 

fondi 


229 

ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Yetarlicha yuqori bo‘lgan dividend to‘lovlari – 

korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganligi va unga kapital 

joylashtirish foydali ekanligining alomatlaridan biridir. Lekin agar 

bunda foydaning kichik ulushi ishlab chiqarishni yangilash va 

kengaytirishga yo‘naltirilayotgan bo‘lsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. 

Tahlil jarayonida dividend to‘lovlari, aksiyalar kursi, bir necha 

yillar uchun bir aksiyaga sof foyda dinamikasi o‘rganiladi, ularning 

o‘sish yoki kamayish sur’atlari aniqlanadi va korxonaning dividend 

siyosatiga tuzatishlar kiritiladi. Tahlil korxonaning bozor barqarorligini 

mustahkamlash va korxona mulkdorlari daromadlarini oshirish 

maqsadida foydani taqsimlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha 

aniq tavsiyalar ishlab chiqilishi bilan yakunlanadi. 

 

 

Nazorat savollari 

 

1. Foyda tahlili qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi? 

2. Foydaning asosiy ko‘rsatkichlari va ularning o‘sish tartibini 

tavsiflang. 

3. Foyda tarkibi, tuzilishi va dinamikasi qanday ahamiyat kasb 

etadi? 


4. Mahsulotlarni sotishdan yalpi foydaga qanday omillar ta’sir 

qiladi? 


5. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda miqdori o‘zgarishiga 

omillar ta’sirini hisoblash metodikasini bayon qiling. 

6. Davr xarajatlari tahlili qanday amalga oshiriladi? 

7. Moliyaviy daromadlar va xarajatlar tahlili qanday amalga 

oshiriladi? 

8. Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash 

metodikasini tavsiflang. 

9. Omilli model va korxona aktivlari rentabelligi darajasi, ishlab 

chiqarish va xususiy kapital o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash 

metodikasini ta’riflang.  

10.   Foydani taqsimlash va undan foydalanish tahlili qanday 

amalga oshiriladi? 

11.   Foydani oshirish zaxiralarining asosiy manbalarini ayting. 

12.  Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida mahsulot 

sotishdan foyda tahlilini bajaring. Quyidagilarga sotishdan foyda ta’sir 


230 

miqdorini hisoblang: sotish hajmi, sotish tarkibi, tannarx va chiqish 

narxlari. 

 

Ko‘rsatkichlar Reja 



Haq. Og‘ish 

Bajarilishi, 

%

Mahsulot sotishdan tushum 

45120  46300   

  

2. Sotilgan mahsulot tannarxi 

35350  34320   

  

3. Mahsulot sotishdan yalpi foyda  9770 

11980   

  

 

13. Foyda ta’simlanishi tahlilini bajaring hamda xulosa yozing. 



 

O‘tgan yil 

Hisobot yili 

Og‘ish 

Ko‘rsatkichlar 

summa, 

ming so‘m 

salmog‘i,% 

summa, 

ming so‘m 

salmog‘i,% 

Bajarilishi, % 

summa, 

ming so‘m 

salmog‘i,% 

Sof foyda 

16220

 

16590



 

 

 



  

Jamg‘arma fondi 

6450

 

6500 



 

 

 



  

Ijtimoiy soha fondi  

7600

 

7700 



 

 

 



  

Iste’mol fondi 

1600

 

1700 



 

 

 



  

Iqtisodiy sanksiyalar 

12 

 

10 



 

 

 



  

Boshqalar 

558  680        

 

 



14.  Mahsulotlarning alohida turlari rentabelligining omilli tahlilini 

bajaring hamda xulosa yozing. 

 

Narxi, so‘m 

Tannarx, 

so‘m 

Rentabellik, % 

Rentabellik 

o‘zgarishi 

jumladan 

hisobiga 

Mahsulot turi 

o‘tgan 

yili 

hisobot 

yili 

o‘tgan 

yili 

hisobot 

yili 

o‘tgan 

yili 

shartli 

daraja 

hisobot 

yili 

umumiy 

narx tannarx

A 3900 4200 20000 

22000  

   


     

B 3000 3500 2500 2750  

   

     


V 4500 5000 3750 4000  

   


     

G 17500 


20000 

15200 


19000  

   


     

 

15.  Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish 



rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarni ( sotilgan mahsulotning 1 

231 

so‘midan foyda, mahsulotlar fond sig‘imi va aylanma mablag‘larni 

mustahkamlash koeffitsiyenti) hisoblang. 

 

Ko‘rsatkichlar 



O‘tgan yil 

uchun 

Hisobot yili 

uchun 

Og‘ish

Sof foyda, ming so‘m 

820 

1635 


 

Mahsulot sotishdan sof tushum, 

ming so‘m 

12596 27138   

Asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining o‘rtacha qiymati, ming 

so‘m  

403615 437141   



Material aylanma mablag‘larning 

o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m 

30560 40193   

Ishlab chiqarish fondlarining 

o‘rtacha yillik qiymati,  

ming so‘m 

 

 

 



Fond sig‘imi koeffitsiyenti 

 

 



 

Aylanma mablag‘larni 

mustahkamlash koeffitsiyenti 

 

 



 

Sotilgan mahsulotning bir so‘midan 

foyda 

 

 



 

Ishlab chiqarish rentabelligi, % 

 

 

 



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling