Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Ichki omillar 

– korxonaning narx siyosati, aktivlar tarkibi, zaxira-

larni baholash metodikasi.  

Aylanuvchanlikni aniqlash uchun qator ko‘rsatkichlardan 

foydalaniladi: aylanma mablag‘lar  aylanuvchanligi koeffitsiyenti, u 

tahlil davri davomida korxonaning aylanma mablag‘lari bajargan 

aylanmalar miqdorini o‘zida aks ettiradi; kunlarda aylanuvchanlik, 

ya’ni korxonaning aylanma mablag‘lari to‘liq aylanmani amalga 

oshiradigan davr davomiyligi (kunlarda).  

Aylanma mablag‘lar  aylanuvchanligi koeffitsiyenti (K

a

) mahsulot 



sotish hajmining aylanma mablag‘larning  o‘rtacha qoldig‘iga nisbati 

sifatida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 

.



a



S

К

O Q

=

 



Bu yerda, Ka – aylanuvchanlik koeffitsiyenti; 

S – mahsulot sotishdan tushum; 

O‘Q – aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i. 

Aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i vaqtning turli paytlarida 

ko‘rsatkichning qiymatlari jami bo‘yicha hisoblanadigan o‘rtacha 

xronologik moment qatori sifatida ta’riflanadi:  

1

2

1/ 2 ‘



.......... 1/ 2 ‘

.

1



n

O Q

O Q

O Q

O Q

n

+

+



+

=



 

190 

Bu yerda, 

‘  

O Q

– aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i; 

n – oylar soni. 

Aylanuvchanlik koeffitsiyentining o‘sishi aylanma mablag‘lardan 

foydalanish samaradorligi ortayotganligidan guvohlik beradi.  

Aylanuvchanlik koeffitsiyenti ayni vaqtda tahlil davri uchun 

aylanma mablag‘lar aylanmasi sonini ko‘rsatadi va tahlil davrining 

kunlari miqdorini kunlarda ifodalangan bir aylanma davomiyligiga 

bo‘lish yo‘li bilan hisoblanishi mumkin (

X

): 


.

D

X

Ko

=

 



Bu yerda, 

X

 - kunlarda ifodalangan bir aylanma davomiyligi; 

 D – tadqiq qilinayotgan kunlar soni (yil – 360 kun, chorak – 90, 

oy – 30 kun). 

Kunlarda aylanuvchanlik ( 

X

) yoki bir aylanish davri quyidagi 

formula bo‘yicha aniqlanadi: 

‘ *


.

O q D

X

P

=

 



Aylanmadagi mablag‘lar yuklama koeffitsiyenti mahsulot 

sotishdan tushumlarning bir so‘miga bo‘naklangan aylanma mablag‘lar 

miqdorini tavsiflaydi: 

.



yuk

O Q

К

Р

=

 



Bu yerda K

yuk


 – aylanmadagi mablag‘lar yuklama koeffitsiyenti

tiyin. 


Yuklama koeffitsiyenti qancha kam bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan 

shunchalik samarali foydalanilmoqda.  

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, joriy yildagi aylanma 

mablag‘lar aylanuvchanligi o‘tgan davrga nisbatan 19,5 kunga 

tezlashgan. O‘tgan davr uchun aylanma mablag‘lar o‘rtacha 3,28 marta 

aylangan bo‘lsa, hisobot davri uchun 4 martaga to‘g‘ri keladi. 

Aylanuvchanlik tezlashishi aylanma kapitalga ehtiyoj kamayishi, 

mahsulot hajmi o‘sishiga, demakki, olinadigan foyda ortishiga imkon 

beradi.  

Aylanuvchanlik sekinlashuvi korxonaning xo‘jalik faoliyatini 

loaqal o‘tgan yilgi darajada davom ettirish uchun qo‘shimcha 

mablag‘lar jalb qilinishini talab qiladi.  



191 

 

   

 

 

 

 

 

7.17-jadval 

“Karvon” MChJda aylanma mablag‘lar  

aylanuvchanligi tahlili 

Ko‘rsatkichlar 

Shartli 

belgi 

O‘tgan 

davr 

Hisobot 

davri 

Og‘ish 

1.Sotishdan tushum  

7478805 10051984 2573179



2. Aylanma mablag‘larining o‘rtacha 

qoldig‘i  



CO

 

2281206 2522207 241001 



3.Aylanuvchanlik koeffitsiyenti (1-

modda : 2-modda) 

Ko 3,28 3,99 0,71 

4. Aylanuvchanlik, kunlarda  

(str.2*360 : str.1) 

X

 

109,81 90,33 -19,48 



5. Aylanma mablag‘larining 

mustahkamlash koeffitsiyenti  

(2-modda : 1-modda), tiyin 

Kzs 0,31 0,25 -0,05 



 

Aylanma mablag‘larni aylanmadan chiqarib olish (jalb qilish) 

quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:  

1

0



1

(



)*

.

kun



O Q

X

X

T

D

=



-

 

Bu erda 



1

0

,



 

X X

– aylanma mablag‘larning bir aylanmasi 

davomiyligi (kunlarda); 

1kun


T

 - sotishdan bir kunlik tushum. 

10051984

(90,33 109,81) *



543877, 2.

360


O Q

Δ

=



= −


 

Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi tezlashishi natijasida xo‘jalik 

aylanmasida 543877,2 ming so‘mlik aylanma mablag‘lar bo‘shashligi 

kuzatilgan. 

Aylanma mablag‘larning bir iqtisodiy funksional shakldan (ular-

ning bosqichlari) boshqasiga o‘tish tezligini baholashga imkon 

beruvchi aylanma mablag‘larning alohida elementlari aylanuvchan-

ligining xususiy ko‘rsatkichlarini hisoblash ham tahlil uchun muayyan 

qiziqish uyg‘otadi.  

 

Nazorat savollari 

 

1. Korxonaning moliyaviy holati, deganda nima tushuniladi va 

uning tahlili ahamiyati nimaning hisobiga ortadi? 


192 

2. Moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari 

nimalardan iborat? 

3. Moliyaviy holat tahlili uchun qanday usullar qo‘llaniladi? 

4. Buxgalteriya hisoboti, jumladan namunaviy shakllari 

bo‘limlarining tarkibi va mazmuni qanday?  

5. Korxonaning mulki holati tahlili ahamiyati, obyektlari va 

metodikasini bayon qiling. 

6. Moliyaviy mustaqillik nima, uni tavsiflovchi mutlaq va nisbiy 

ko‘rsatkichlar tizimi va ularni hisoblash metodikasi qanday?  

7. To‘lov qobiliyati va likvidlik nima, ularning farqi nimadan 

iborat? Ular qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi va ushbu 

ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi qanday? 

8.  


Aylanma kapital (aylanma mablag‘lar) dan foydalanish 

samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi? 

9. Aylanma kapitalning xususiy ko‘rsatkichlari aylanuvchanligini 

hisoblash metodikasi qanday? 

10.  Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish 

yo‘llari nimalardan iborat? 

11.  Keltirilgan balans asosida quyidalarni aniqlang:  

 - o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi; 

 

- korxona mablag‘lari manbalari mavjudligi va tarkibidagi 



o‘zgarishlar; 

- korxona aktivlari mavjudligi va strukturasidagi o‘zgarishlar; 

- aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi va intensivligi 

ko‘rsatkichlari; 

- moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari; 

- likvidlik koeffitsiyentlari. 

Tahlil natijalari bo‘yicha xulosa chiqaring.  

 

1 yanvar uchun korxona balansi

 

 

Summa, ming 

so‘m 

Summa, ming 

so‘m 

Aktiv 

1.01.16 1.01.17 

Passiv 

1.01.16 1.01.17 

I. Uzoq muddatli 

aktivlar 

 

 

I. O‘z mablag‘lari 

manbalari 

 

 



Asosiy vositalar 

81997 


83749 Ustav 

kapitali 

75480 87480 

Nomaterial aktivlar 

 

 

Qo‘shimcha kapital  5670 



5670 

Uzoq muddatli 

investitsiyalar 

2752 4715 Zaxira 

kapitali 

71260 66754 



193 

Kapital qo‘yilmalar  5473 

1019 

Xarid qilingan 



xususiy aksiyalar 

 

 



Uzoq muddatli 

debitorlik qarzi 

 

 

Taqsimlanmagan 



foyda 

23853 30039 

Uzoq muddatli 

muddati uzaytirilgan 

xarajatlar 

  Maqsadli 

tushumlar 

2975 8029 

I bo‘lim bo‘yicha 

jami 


90222 89483 

Pirovard xarajatlar 

zaxirasi 

 

 



II. Joriy aktivlar 

 

 



I bo‘lim bo‘yicha 

jami 


179238 197972 

Tovar-moddiy 

zaxiralar – jami 

85735 114998 II. Majburiyatlar 

 

 

Kelgusi davr 



xarajatlari 

22435 328 

Uzoq muddatli 

majburiyatlar 

7210 10367 

Muddati kechikkan 

xarajatlar 

- 24921 


Joriy 

majburiyatlar 

93863 134284 

Debitorlar – jami 

77937 

98905 


Jumladan: joriy 

kreditorlik qarzi 

74621 134284 

Ulardan: muddati 

o‘tgan 

4088 2310 



jumladan: yetkazib 

beruvchilar va 

pudratchilar 

417 17306 

Boshqa debitorlik 

qarzlari 

10761 24950 

Sho‘ba va qaram 

jamiyatlar 

7883 - 


Pul mablag‘lari 

3982 


13988 

Boshqa muddati 

uzaytirilgan 

majburiyatlar 

544 2444 

Qisqa muddatli 

investitsiyalar 

  Olingan 

bo‘naklar 

12780 26256 

Boshqa joriy 

aktivlar 

 

 

To‘lovlar bo‘yicha 



qarzdorlik 

15111 23662 

II bo‘lim bo‘yicha 

jami 


190089 253140 

To‘lanadigan 

qarzdorlik 

29842 48615 

 

 

 



Boshqa kreditorlik 

qarzlari 

8044 16001 

 

 



 

II bo‘lim bo‘yicha 

jami 

101073 144651 



Balans aktivi 

bo‘yicha jami (I+ II) 

280311 342623 

Balans passivi 

bo‘yicha jami (I+II) 

280311 342623 

 

Ma’lumotnoma: 



 

   


 1.01.16 uchun 

1.01.17 uchun 

uzoq muddatli kredit va qarzlar 

 7210 


  10367 

qisqa muddatli kredit va qarzlar   

19242  

 



 

194 

 

 

 

 

VIII bob. KORXONA FAOLIYATINING MOLIYAVIY 

NATIJALARI TAHLILI 

 

8.1. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari tahlilining  

mazmuni va vazifalari 

 

Korxonalar faoliyatini baholash uchun qo‘llaniladigan ko‘rsat-



kichlar tizimida foyda muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarilayotgan 

mahsulot hajmi o‘sishi, assortiment kengayishi va yangilanishi 

hisobiga bo‘lgani kabi, tannarxni kamaytirish hisobiga jamg‘ar-

malarning muntazam ortib borishi korxonalar rahbarlari manfaatlariga 

mos keladi. 

Foyda korxona faoliyatining turli jihatlari (ishlab chiqarish, 

ta’minot, mahsulot sotish va moliyaviy)ni aks ettiruvchi sifatga oid 

sintetik ko‘rsatkich hisoblanadi. Korxona tomonidan olinadigan foyda 

miqdori sotilgan mahsulot hajmi, uning sifati, assortimenti, tannarx 

darajasi va boshqa omillar bilan bog‘liq. Olingan foyda oz yoki ko‘p 

darajada rentabellik miqdori, o‘z aylanma mablag‘lari holati, 

korxonaning to‘lov qobiliyatini belgilab beradi. 

Foyda – bu korxonaning maxsus tizimli ishlab chiqaradigan re-

sursi, biznes taraqqiyotining yakuniy maqsadi. Ko‘rib chiqilayotgan iq-

tisodiy tushunchaning mohiyati shundaki, foydaning zaruriy darajasi – 

bu: 


•  Korxonaning joriy va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy 

ichki manbayi. 

•  Korxonaning bozor qiymati oshishining asosiy manbayi. 

•  Korxonaning kredit qobiliyati indikatori. 

•  Mulkdorning bosh manfaati, chunki u kapital va biznesni 

yuksaltirish imkoniyatini taqdim etadi. 

•  Barqaror va mustahkam foyda darajasi mavjudligida korxona-

ning raqobatbardoshlik qobiliyati indikatori. 

•  Korxonalarning davlat oldida o‘z majburiyatlarini bajarish kafili, 

jamiyatning ijtimoiy talablarini qondirish manbayi. 



195 

Foydalilikning zaruriy darajasini saqlash bozor iqtisodiyotida 

korxona normal faoliyat yuritishi uchun obyektiv qonuniyat sanaladi. 

Foydaning muntazam ravishda yetishmasligi va uning qoniqarsiz 

dinamikasi biznesning samarasizligi va riskliligi, ya’ni bankrotlikning 

asosiy ichki sabablaridan biri haqida darak beradi. Foydani boshqarish 

uchun foyda shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bo‘yicha 

obyektiv tizimli tahlilni amalga oshirish zarur, bu uni oshirish 

zaxiralarini aniqlashga imkon beradi. Bunday tahlil ichki subyektlarda 

ham, tashqi subyektlarda ham qiziqish uyg‘otadi, chunki foyda o‘sishi 

korxonaning potensial imkoniyatlari o‘sishini belgilab beradi, uning 

ishbilarmon faollik darajasini oshiradi, ta’sischilar daromadlari 

miqdorini oshiradi va korxonaning moliyaviy holatini tavsiflaydi. 

Tahlil uchun asosiy axborot manbayi “Moliyaviy natijalar 

to‘g‘risida hisobot” 2-shakl hisoblanadi. Amaldagi 2-hisobot shakli 

oldingisidan farqlanadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi holatlar bilan bog‘liq: 

1) bozor sharoitida moliyaviy hisobotlardan yangi 

foydalanuvchilar, avvalo, aksiyadorlar, shuningdek, boshqa 

investorlarning paydo bo‘lishi; 

2) korxona menejerlarining yangi axborot so‘rovlari vujudga 

kelishi; 

3) moliyaviy bozorlarning asosiy mezonlari va xo‘jalik boshqaruvi 

talablariga javob beruvchi foyda haqida hisobotning yanada aniqroq 

tarkibini ishlab chiqarish zarurati. 

Moliyaviy natijalar tahlilining vazifalari: 

•  Moliyaviy natijalar rejasi (prognozi) ni baholash. 

•  Moliyaviy natijalar tarkibi va dinamikasini o‘rganish. 

•  Moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi omillar ta’sirini miqdoriy 

o‘lchash. 

•  Moliyaviy natijalarni oshirish zaxiralarini aniqlash. 

•  Korxonani rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda 

moliyaviy natijalarni samaraliroq shakllantirish va undan foydalanish 

bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 

 

 



8.2. Moliyaviy natijalarni shakllantirish va hisoblash 

 

Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari “Moliyaviy natijalar 

to‘g‘risida hisobot” 2-shakl ma’lumotlari bo‘yicha tahlil qilinadi.  


196 

 Moliyaviy natijalar – bu foyda yoki zarar. 



Foyda (zarar) 

– korxonaning jami xarajatlari va jami daromadlari 

o‘rtasidagi farqni anglatadi. 

Foyda - tashkilot faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasidir. Salbiy 

natija zarar deb nomlanadi. 

Korxonada vujudga kelgan har bir foydani tahlil qilish, mavhum 

emas, balki qariyb aniq xarakterga ega bo‘ladi, chunki muassislar, 

aksiyadorlar va ma’muriyat uchun korxona faoliyatini jadallashtirish-

ning eng muhim yo‘nalishlarini tanlashga imkon beradi. 

Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari O‘zbekiston Respub-

likasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori 

bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va 

sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 

tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, quyidagi foyda ko‘rsatkichlari 

bilan tavsiflanadi: 

• Mahsulot sotishdan yalpi foyda – mahsulot sotishdan sof tu-

shum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi ayirma sifatida 

aniqlanadi:  

YaF= SST-SMT. 

• Asosiy faoliyatdan foyda – mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan 

davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va boshqa daromadlar yoki asosiy 

faoliyatdan zararlar qo‘shilgan yoki ayirilgan holda aniqlanadi: 

AFF = YaF-DX+BD-BZ. 

Korxonaning asosiy faoliyati deganda ahsulot (ish, xizmat) larni 

ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxonaning ixtiyoriy faoliyati 

tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, korxonaning asosiy faoliyatiga 

korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moddalar va 

favqulodda moddalar kiritilmaydi, xolos. 



Davr xarajatlari deganda, 

bevosita ishlab chiqarish jarayoni 

bilan  bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va daromadlar tushuniladi: sotish 

bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlar, kelgusida soliqqa tortiladigan 

bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari. 

Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar (xarajatlar) 

Mazkur modda bo‘yicha sotilgan mahsulotlardan daromadlar 

(xarajatlar) bilan birga korxonaning asosiy faoliyatidan daromadlar 

(xarajatlar)ning boshqa turlari aks ettiriladi. 



197 

Ularga quyidagilar kiritiladi: 

1. Qarzdor tomonidan tan olingan yoki undirilgan xo‘jalik shart-

nomalari shartlari buzilganligi uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar 

va boshqa sanksiya turlari, shuningdek, yetkazilgan zararlarni qoplash 

bo‘yicha daromadlar. 

2. Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi. 

3. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq 

bo‘lmagan operatsiyalardan boshqa daromadlar, masalan, korxonalar 

qoshidagi oshxonalardan tushumlar, qo‘shimcha xizmatlardan 

daromadlar. 

4.  Korxonaning asosiy vositasi va boshqa mulkini sotishdan 

daromadlar. 

5. Da’vo muddati tugagan kreditorlik va deponentlik qarzini 

hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar. 

6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (xarajatlar). 



Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar)

, asosiy faoliyatdan 

foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarni qo‘shish, 

xarajatlarni ayirish yo‘li bilan hisoblanadi. 

UF = AFF+MD-MX. 

moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarga quyidagilar kiritiladi: 

•  Olingan royalti va kapital transfertidan daromadlar 

•  O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida 

boshqa korxonalarning faoliyatida ulushli ishtirokdan olingan 

daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda va obligatsiyalar va 

korxonaga tegishli boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar. 

•  Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan daromadlar. 

•  Valyuta hisoblashishlari, shuningdek, chet el valyutasida 

operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqlari. 

•  Qimmatli qog‘ozlar, sho‘ba korxonalar va boshqalarga 

joylashtirilgan mablag‘larni qayta baholashdan foydalar. 

•  Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar. 

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

ga quyidagilar kiritiladi: 

1. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan hisob 

stavkasi doirasidagi yoki undan yuqori bank kreditlari bo‘yicha 

to‘lovlar; yetkazib beruvchilarning kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari 

uchun xarajatlar. 



198 

2. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha foiz to‘lovlari 

uchun xarajatlar. 

3. Manfiy kurs farqlari va chet el valyutasi bilan operatsiyalar 

bo‘yicha zararlar. 

4. Joylashtirilgan mablag‘lar (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba 

korxonalarga va boshqalarga) ni qayta baholashdan zararlar. 

5. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq 

xarajatlar. 

6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. 



Daromad (foyda) solig‘i to‘langunga qadar foyda

, u 


umumxo‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda ( ko‘zda tutilmagan) 

foyda va zararlar saldosining algebraik miqdori sifatida ta’riflanadi. 

STF = UF+FP-FZ. 

Favqulodda zararlar 

– bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida o‘ta 

kamdan-kam hollarda yuzaga keluvchi zarar bo‘lib, ular uchun odatiy 

hisoblanmaydi va korxona tomonidan qabul qilingan boshqaruv 

qarorlari oqibati sifatida qaralmaydi. 

Favqulodda foydalar 

– taxmin qilinmagan, ekstraordinar 

xarakterga ega, korxonaning odatiy faoliyati doirasidan chiquvchi 

voqea yoki operatsiya natijasida vujudga keluvchi va olinishi umuman 

ko‘zda tutilmagan foydalar. 

Hisobot davrining Sof foydasi soliqlar to‘langandan so‘ng korxona 

tasarrufida qoladi, daromad yoki foyda solig‘i hisobdan chiqarilgandan 

so‘ng va yana boshqa qaerdadir hisobga olinmaydigan boshqa soliq va 

to‘lovlar ayirib tashlangandan so‘ng qoladigan soliqlar to‘langunga 

qadar foydani o‘zida aks ettiradi: 

SF = STF-DS-BS. 

Sof foyda miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan 

o‘rnatilgan foyda solig‘i stavkalari va imtiyozlariga bog‘liq bo‘ladi. 

Byudjetga foyda solig‘i to‘langandan so‘ng korxona foydadan 

foydalanish yo‘nalishlarini o‘zi mustaqil belgilaydi, uning asosiy qismi 

esa ta’sis hujjatlariga muvofiq va mulkdorlar istagiga ko‘ra 

taqsimlanadi. 

Iste’mol fondiga ancha salmoqli ajratmalarni korxona tomonidan 

o‘z moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda tanlangan strategiyalarning 

xarakterli jihatlaridan biri sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Korxonaning 

to‘lov qobiliyati pasaygan sharoitlarda foydadan foydalanishning 


199 

ushbu qismiga o‘z mablag‘larining potensial zaxirasi sifatida qarash 

maqsadga muvofiq bo‘lib, iste’mol fondi va jamg‘arma fondi o‘rtasida 

foyda taqsimlanishida nisbat o‘zgarganda aylanma mablag‘larini 

to‘ldirishga yo‘naltirish mumkin. 

 

 



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling