Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Muomala xarajatlari rejasining bajarilishi tahlili


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Muomala xarajatlari rejasining bajarilishi tahlili

 

ming so‘mda  



Ko‘rsatkichlar 

Reja 

Haqiqatda  Farqi 

Bajarilishi, % 

Tovar aylanmasi 

490050 

480225 


-9825 

98,0 


Muomala xarajatlari 

125534,48

126267,2 

732,68 


100,6 

Muomala xarajatlarining 

o‘rtacha darajasi (%da) 

25,6 


26,3 

0,7 


102,6 

355 

Ta’sir etuvchi omillarning hisobi: 

1. Tovar aylanmasi o‘zgarishining ta’siri =-9825*25,6/100 = -

2516,84 ming so‘m. 

2. Muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasi o‘zgarishining ta’siri 

= 0,7*480225/100 = 3249,52 ming so‘m. 

Ikkala omilning ta’siri yig’indisi = (-2516,84)+ 3249,52 = +732,68 

ming so‘mga muomala xarajatlari o‘sgan. Bu o‘sish tovar aylanmasi 

rejasining atigi 98% bajarilishi, ya’ni 9825 ming so‘mga 

bajarilmaganligi muomala xarajatlarini 2516,84 ming so‘mga 

kamaytiradi. Ammo muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasining 

0,7% ga o‘sishi ularni 3249,52 ming so‘mga ko‘payishiga olib keldi. 



 

 

Nazorat savollari 

 

1. Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida savdo tashkilotlarining 

tutgan o‘rni qanday? 

2. Savdo tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning xususiyatlari 

nimalardan iborat? 

3. Savdo tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning vazifalari nimalardan 

iborat? 

4. Tovar aylanmasi deganda nimani tushunasiz?  

5. Chakana tovar aylanmasining umumiy hajmda va tovar 

guruhlari bo‘yicha bajarilishini tahlil qilish tartibini tushuntirib bering. 

6. Tovar balansi nimani ifodalaydi? 

7. Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir 

etadi? 

8. Savdo tashkilotlarining muomala xarajatlari tarkibiga nimalar 



kiradi? 

9. Muomala xarajatlari rejasining bajarilishini tahlil qilish tartibini 

tushuntirib bering. 

10. Muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasi qanday aniqlanadi? 

11. Muomala xarajatlarining o‘zgarishiga omillar ta’siri qanday 

aniqlanadi? 



356 

 

 

 

 

XVI bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA MODDIY VA 

MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH TAHLILI 

 

16.1. Qurilish obyektlarini ishga tushirish  

rejasining bajarilishi tahlili 

 

Respublikamiz mustaqillikka erishishining dastlabki kunlaridanoq 

qurilish ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishga hamda uni taraqqiy 

ettirishga hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berib kelinmoqda. 

Hozirgi kunda respublikamiz hududida kapital qurilish dasturlari 

keng tarzda amalga oshirilmoqda. Kapital qo‘yilmalar o‘zida yangi 

Asosiy vositalarni barpo etish, faoliyat ko‘rsatayotganlarni 

rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan 

xarajatlarni mujassamlashtiradi. 

Bugungi raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida qurilish tashkilotlarini 

samarali boshqarish maqsadida zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga 

oshirishda iqtisodiy tahlil ularning murakkab xo‘jalik faoliyatiga 

obyektiv baho berishga zamin yaratadi. 

Iqtisodiy tahlilni o‘tkazish jarayonida buyurtmachi tashkilot asosiy 

fond va noishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan obyektlarga kapital 

qo‘yilmalarni amalga oshirish borasidagi xususiyatlarini, shuningdek 

pudratchining qurilish va montaj ishlari borasidagi xo‘jalik faoliyati 

xususiyalarini e’tiborga olish zarur hisoblanadi. Buyurtmachi kapital 

qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni 

taqsimlovchi bo‘lib hisoblanadi. Uning o‘zi titul ro‘yxatini 

shakllantiruvchi, ya’ni qurilishi lozim bo‘lgan kapital qurilishlar 

smetalarini tuzuvchi bo‘lib hisoblanadi. 

Buyurtmachi qurilishni o‘z vaqtida loyiha-smeta hujjatlari

jihozlar, ayrim turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlaydi hamda 

qurilish-montaj ishlarini tizimli nazorat va texnik tekshiruvlarni amalga 

oshiradi. Shuningdek, davlat komissiyalari tomonidan tasdiqlangan 

aktlarga muvofiq bajarilgan ishlarga haq to‘lash va tugallangan 

obyektlarni qabul qilish bilan shug‘ullanadi.  



357 

Buyurtmachi, pudratchi va kapital qurilish faoliyati tahlilining 

umumiy masalalari kapital qo‘yilmalarni hududiy joylashtirish, 

tarmoqdagi o‘rni (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), yo‘nalishlari 

(yangi obyektlar va amaldagi obyektlarni rekonstruksiyalash), 

mulkchilik shakllari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha 

turkumlashtirishdan iborat. 

Yirik hududiy qurilish birlashmalarini tashkil etish barcha ish 

bajaruvchilarni boshqarishni, ratsional ixtisoslashuv va ishlab 

chiqarishning konsentratsiyalashuvini, mehnat va moddiy resurslarni 

boshqarish, topshirilgan dasturga to‘g‘ri keladigan quvvatlarni optimal 

ravishda shakllantirishni ta’minlash borasida progressiv shakli bo‘lib 

hisoblanadi. 

Qurilish tashkilotining barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari – mahsulot 

tannarxi, foyda, rentabellik va moliyaviy holat ko‘rsatkichlari bevosita 

qurilish-montaj ishlari hajmi va sifati bo‘yicha ishlab chiqarish 

dasturining bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qurilish 

tashkilotlari faoliyati tahlili, odatda, qurilish ishlari hajmi va 

obyektlarni foydalanishga topshirishni o‘rganishdan boshlanadi. 

Qurilish xo‘jalik faoliyatini tahlil qilinganda ushbu ishlab chiqarish 

mahsulotlarining xususiyatlariga to‘liqroq ahamiyat berish lozim. 

Ularga: qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, obyektlar qurilishining 

bosqichlari yoki navbatlari hamda maqsadli foydalanish uchun 

bitkazilganlari kiritiladi. Qurilishning tugallangan obyekti bo‘lib 

alohida loyiha va smeta tuzilgan hamda tasdiqlangan binolar, 

inshootlar yoki sanoat-xo‘jalik kompleksi (zavod, fabrika) hisoblanadi. 

Foydalanishga topshiriladigan obyektlarning natural o‘lchov 

birliklari, ularning quvvati hamda qiymatdagi ifodasi ularning 

smetasida aks etadi. Ishlab chiqarish quvatlarini va qurilish 

obyektlarini, kapital qo‘yilma rejalari bajarilishini tahlil etishda analitik 

jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir buyurtmachi 

bo‘ycha analitik jadvallar tuziladi, ularda natural va qiymat 

ko‘rsatkichlarida reja bo‘yicha hamda haqiqatdagi ma’lumotlarning 

rejaga nisbatan farqi va rejaning bajarilish ko‘rsatkichlari aks ettiriladi. 

Tahlil jarayonida biznes reja bo‘yicha tasdiqlangan barcha 

obyektlar foydalanish uchun vaqtida topshirilganligi, qaysi obyektlar

ishlab chiqarish quvvatlari, majmualari, Asosiy vositalar nima uchun 

reja bo‘yicha ishga tushirilmaganligi sabablari aniqlanib ular bo‘yicha 

dalolatnomalar tuzilmaganligi aniqlanadi. Haqiqatda ishga tushirilgan 


358 

ishlab chiqarish quvvatlarining natura va qiymat ko‘rsatkichlari loyiha 

va biznes reja ma’lumotlariga mos kelishi aniqlanadi. Tahlil jarayonida 

obyektlarning ishga tushirilishi natijasida loyihalashtirilgan 

unumdorlikka yoki darajaga erishilganligiga alohida e’tibor beriladi. 

Chunki loyiha quvvatiga qanchalik tez erishilsa, obyektning 

samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.  

Qurilish jarayonida tahlilni amalga oshirishda ishga tushirish 

grafiklari bo‘yicha hamda dastlabki hisobot ma’lumolaridan ham to‘liq 

foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Shu ma’lumotlar yordamida 

obyektlar qurilishining me’yoriy muddatlari bilan rejalashtirilgan 

muddatlari hamda ishga tushirish, ulardan foydalanish holatlari to‘liq 

tahlil etiladi. Obyektning ishga tushirilishini rejalashtirilgan muddati 

biznes rejada, me’yoriy muddati esa obyektning loyihasida o‘z aksini 

topadi. Obyektlarning haqiqatda ishga tushirilish muddati qurilayotgan 

obyekt bo‘yicha xarajatlarini buxgalteriya hisobotida hisobga olingan 

davridan toki shu obyektni ishga topshirilishi bo‘yicha 

dalolatnomalarni tuziladigan muddatdan iborat bo‘ladi. Shu muddatlar 

qanchalik bir biriga mos kelsa, ularga sarflangan kapital qo‘yilmalar 

shunchalik samarali hisoblanadi.  

Qurilish va qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatlarini kompleks 

tahlil etishning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

•  Qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy va ilmiy-texnikaviy 

darajasining o‘zgarishini tadqiq etish. 

•  Qurilish ishlari hajmi va ularni buyurtmachilarga topshirish 

dinamikasi va reja bajarilishi darajasini baholash. 

•  Qurilish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari, texnologik 

jihozlar va buyurtmachining fondlari hamda ajratilgan limitlariga mos 

keluvchi moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tekshirish. 

•  Asosiy vositalarni va ishlab chiqarish quvvatlarini hajmi, qiymat 

va natural ko‘rinishida, ishlar muddati va turlari bo‘yicha 

foydalanishga topshirish rejasining bajarilishiga baho berish. 

•  Kapital qo‘yilmalar hajmi, tarkibi va manbalari bo‘yicha 

rejasining bajarilishini aniqlash. 

•  Qurilish-montaj ishlari hajmi o‘zgarishiga omillar ta’sirini 

aniqlash. 

•  Qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish darajasini 

hamda qurilish ishlarining mexanizatsiyalashtirilganligiga baho berish. 



359 

•  Qurilish tashkilotlarining foyda va rentabelligi rejalarining 

bajarilishiga baho berish. 

•  Tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi, tarkibi va 

kompleksliligini baholash. 

•  Qurilish tashkilotlarining moliyaviy holatiga baho berish. 

•  Qurilish-montaj ishlari hajmini oshirish bo‘yicha mavjud 

rezervlarni aniqlash va ularni o‘zlashtirish yuzasidan chora-tadbirlar 

ishlab chiqish. 

Qurilish tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning axborot manbalariga 

quyidagilar kiradi: qurilish tashkilotining biznes rejasi, pudrat va 

subpudrat shartnomalari, loyiha-smeta hujjatlari, alohida ishlarni 

bajarish reja-grafiklari, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari 

va ma’lumotnomalar, bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnali, qabul 

qilish komissiyalarining dalolatnomalari va hokazo. 

 

16.1-chizma. Qurilish tashkilotlarida iqtisodiy tahlil obyekti  

 

Qurilish tashkilotlari mahsuloti hajmi natura, mehnat va qiymat 



o‘lchovlarida aniqlanadi. 

Natura o‘lchovi bajarilgan ishning fizik hajmini ko‘rsatadi, ish 

turiga ko‘ra, turli o‘lchov birliklarida aks ettiriladi(m

2

, m



3

 va hokazo). 

Mehnat o‘lchovi qurilish-montaj ishi hajmini umumiy tavsiflashda 

qo‘llaniladi. Ish hajmini to‘liq qurilish tashkiloti yoki qurilish 

uchastkalari bo‘yicha norma-soatlarda aks ettirish mumkin. 

Qurilish-montaj ishlari hajmining asosiy o‘lchov birligi-qiymat 

o‘lchovi hisoblanadi. Qiymat o‘lchovi turli ko‘rinishdagi va turdagi 

bajarilgan qurilish-montaj ishlarini shartnomaviy yoki taqqoslama 

narxlarda qurilish obyektlari bo‘yicha, komplekslari bo‘yicha, 


360 

bosqichlari bo‘yicha, buyurtmachilar bo‘yicha umumlashgan o‘lchovda 

baholash imkonini beradi.  

Qurilish-montaj ishlari hajmining tahlili uning oxirgi bir necha yillik 

ko‘rsatkichlari dinamikasini taqqoslama narxlarda o‘rganishdan 

boshlanadi. Qurilish mahsulotining o‘sish surati bazisli va zanjirli 

usullarda hisoblanadi. Qurilish tashkiloti faoliyatining barqarorligiga, 

ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yuzasidan ish faolligiga, 

buyurtmalar portfelini shakllantirilishiga hamda qurilish ishlari bo‘yicha 

shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishiga baho beriladi. 

Qurilish tashkilotlarida hisobot davrida ishlab chiqarish dasturining 

bajarilishini baholash qurilish-montaj ishlarining haqiqiy hajmini 

qurilish tashkiloti, qurilish uchastkalari va qurilish obyektlari bo‘yicha 

reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi.  

16.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1-qurilish bo‘limida 

ombor va maktab binosining qurilishidagi rejadan og‘ishishlar bu 

bo‘limda qurilish-montaj ishlarining 96,4 foizga bajarilishiga olib 

kelgan Qurilish obyektlari bo‘yicha reja bajarilishining turli darajadaligi 

tashkiliy ishlardagi mavjud kamchiliklardan dalolat beradi. Tahlil 

jarayonida reja bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi 

omillar aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar 

belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni natijasiga subpudrat 

tashkilotlari bajaradigan ishlar ulushining ta’siri ham aniqlanishi kerak. 

Ko‘p hollarda alohida qurilish obyektlari bo‘yicha rejalarning o‘z 

vaqtida bajarilmasligiga buyurtmachining aybi bilan moliyalashtirish-

dagi uzilishlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Pudrat shartnomalarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida 

alohida buyurtmachilar va yo‘nalishlar bo‘yicha rejalarning bajarilishi 

tahlil etiladi: sanoat binolari, madaniy-maishiy binolar, uy-joy binolari 

qurilishlari bo‘yicha va hokazo. 

Shuningdek, qurilish-montaj ishlarining tuzilmasi ham tahlil 

qilinadi. Binolar qurilishidagi material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond 

sig‘imi bo‘yicha farqlanishlar hamda bajariladigan ish turlari qurilish 

ishlari qiymatiga, tannarxiga, foydasiga va boshqa iqtisodiy 

ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.  

Nisbatan qimmat turuvchi qurilish obyektlari va ish turlarining 

jami mahsulotdagi ulushining ortishi qiymat ifodasida qurilish 

mahsuloti hajmining ortishiga olib keladi va aksincha. Ushbu omilning 

qurilish ishlari hajmiga ta’sirini aniqlash uchun nisbiy farqlar usulidan 

foydalaniladi.  



361 

 

 

16.1-jadval 

Qurilish-montaj ishlari re

jasi bajarilishi tahlili 

 

Bajarilgan ishlar hajmi, 

mlnso‘m 



 Ko‘rsatk

ichlar 

reja haqiqatda 

Mutloq farq 

Rejaning 

bajarilishi, % 

Bosh pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan 



quril

ish ishlari qiymati 

104000 109600 

5600 


105,4 

 



Subpudrat shartnom

asi bo‘yicha bajarilgan 

quril

ish-m


ontaj ishlari hajm

27200 28960 



1760 

106,5 


O‘z kuchi bilan bajarilgan quril

ish m

ontaj ishlari 



hajm

i, ju


mladan 

76800 80640 

3840 

105,0 


3.1 1-qurilish 

bo‘lim


id

a 28640 


27616 

-1024 


96,4 

a Bolalar 

bog‘chasi 

4000 


4000 

100,0 



b Turar-joy 

uyi 


8960 

9600 


640 

107,1 


c Om

bor 


binosi 

5760 


4480 

-1280 


77,8 

d Maktab 

 

9920 


9536 

-384 


96,1 

3.2 2-qurilish 

bo‘lim

ida 


48160 

53024 


4864 

110,1 


a Konserva 

zavodi 


8000 

8800 


800 

110,0 


b Mol 

ferm


asi 

16000 


17280 

1280 


108,0 

c Turar-joy 

kom

pleksi 


24160 

26944 


2784 

111,5 


 

362 

Buning uchun dastlab qurilish-montaj ishlari hajmi bo‘yicha 

qiymat ifodasida reja bajarilishi koeffitsiyenti aniqlanadi: 

80640


1,05.

76800


q

K

=

=



 

Endi qurilish-montaj ishlari bo‘yicha sarflangan norma-soatlar 

bo‘yicha reja bajarilishi koeffitsiyentini aniqlaymiz: 

242050


1,03.

235000


t

K

=

=



 

Ushbu koeffitsiyentlar o‘rtasidagi farqni qurilish-montaj ishla-

rining rejadagi qiymatiga ko‘paytirish orqali tarkibiy o‘zgarishlar hi-

sobiga qurilish montaj-ishlari qiymati qanchaga o‘zgarganligi aniq-

lanadi: 

(

)



. ‘

1,05 1,03 76800 1536 mln. so‘m.



tar o zg

V

Δ

=



=



 

 

Qurilish me’yorlari va qoidalariga amal qilinishi qurilish-montaj 

ishlarining sifatini baholash mezoni bo‘lib hisoblanadi. 

Qurilish ishlari sifati quyidagi ichki va tashqi omillarga bog‘liq: 

1.  Loyiha-smeta hujjatlarining sifati. 

2.  Bajariladigan ishlarning sanoatlashganlik darajasi 

(foydalaniladigan konstruksiya, detal va qismlarning zavodlarda ishlab 

chiqarilganligi yaroqsiz mahsulotlarning kamayishiga imkon yaratadi). 

3.  Qurilish ishlarida texnik va texnologik shartlarga qat’iy amal 

qilinishi. 

4.  Foydalaniladigan materiallar sifati. 

5.  Ishchi va muhandis-texnik xodimlarning malakasi. 

6.  Mehnatni tashkil etish darajasi. 

7.  Ishlab chiqarish maromiyligi va hokazo. 



 

 

16.2. Qurilishda mehnat resurslaridan, mashina, mexanizm va 

boshqa asosiy vositalardan foydalanish tahlili 

 

Qurilish-montaj ishlari hajmiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. 

Ish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

1. Mehnat omillari (qurilish tashkilotlarining mehnat resurslari 

bilan ta’minlanishi va mehnat unumdorligi). 


363 

2. Mehnat qurollari (qurilishni mashina, mexanizmlar bilan ta’min-

lanishi va ulardan samarali foydalanish). 

3. Mehnat predmetlari (qurilishni qurilish materiallari bilan 

ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish). 

Qurilish tashkilotlarida ham sanoat va boshqa tarmoqlardagi 

singari tahlilninig dastlabki bosqichida qurilish tashkilotlarining 

mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ish vaqti 

fondidan foydalanish, mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlili 

amalga oshiriladi.  

Qurilishda muhim mehnat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib mehnat 

unumdorligi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilar: 

1.  Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi. 

2.  Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi.  

3.  Bir kunda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi. 

Ish unumi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun quyidagi jadval 

tuziladi: 

 

16.2-jadval 

Qurilish tashkilotida mehnat unumdorligi  

ko‘rsatkichlari tahlili 

 

Farqi 

Ko‘rsatkichlar 

O‘lchov 

birligi 

Reja 

bo‘yicha

Haqi-

qatda  Mutloq % 

Qurilish-montaj ishlari hajmi 

(Smeta qiymatida tugallanmagan 

ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishini 

hisobga olgan holda) (o‘z kuchi 

bilan bajarilgan) 

mln so‘m

76800 


80640 

3840 


5,00 

Qurilish-montaj ishlaridagi 

xodimlarning o‘rtacha soni 

kishi 350 338 -12 

-3,43

Shu jumladan, ishchilar 



kishi 

286 


280 

-6 


-2,10

Ishchilar tomonidan ishlangan jami 

kishi-kunlari 

kishi 


kunlari 

68640 66080 -2560 -3,73

Bitta ishchiga bir yilda to‘g‘ri 

keladigan o‘rtacha ish kunlari (4:3) 

kun 240 

236 -4 


-1,67

Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish 

hajmi (1:2) 

mln so‘m


219,43 

238,58  19,15 

8,73 

Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan 



o‘rtacha ish unumi (1:3) 

mln so‘m


268,53 

288,00  19,47 

7,25 

Bir ishchini o‘rtacha bir ish kuniga 



to‘g‘ri keladigan ish unumi (1:4) 

mln so‘m


1,12 

1,22 


0,10 

9,07 


Ishchilarning jami xodimlardagi 

ulushi (3x100:2) 

% 81,71 

82,84 


1,13 

1,38 


364 

16.2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, hisobot 

davridagi bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumi rejaga nisbatan 19,15 

mln so‘mga yoki 8,73 % ga oshgan. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish 

unumi esa hisobot davrida rejaga nisbatan 19,47 mln so‘mga yoki 7,25 % 

ga o‘sgan. O‘rtacha bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumi bilan, 

o‘rtacha bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish unumining o‘sishi suratini bir 

biridan farq qilishi shundan dalolat beradiki, ishchilar sonining jami 

xodimlar tarkibidagi salmog‘i o‘zgargan. Bir ishchini o‘rtacha bir ish 

kuniga to‘g‘ri keladigan ish unumi rejaga nisbatan 0,10 mln so‘mga yoki 

9,07 % ga oshgan. O‘rtacha bitta ishchiga hamda bir ish kuniga to‘g‘ri 

keladigan ish unumlari o‘sish suratlari farqi (107,25%;109,07%) bo‘lishi 

shundan dalolat beradiki ish kunlari bo‘yicha yo‘qotishlar bo‘lgan. 

Ma’lumki, har bitta ishchi rejaga nisbatan o‘rtacha 4 kun kam 

ishlagan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, qurilish-montaj ishlari 

hisobot yilida rejaga nisbatan 3840 mln so‘mga, ya’ni 5 % ga ortgan. 

Ish hajmini bajarilishiga 2 omil ta’sir ko‘rsatgan. Ta’sir ko‘rsatuvchi 

omillar farqini topish usulida quyidagicha aniqlanadi. 

1.  Qurilish-montaj ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar sonining 

o‘zgarishi.(Ekstensiv omil)-12*219,43= - 2633,14 mln so‘m. 

2.  Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumini o‘zgarishi ( intensiv 

omil) 19,15 x 338 = + 6473,14 mln so‘m. Ikkita omilning yig‘indisi 

-2633,14+6473,14= +3840 mln so‘m ish hajmi bo‘yicha umumiy 

farqini beradi. 

Endi yuqorida qayd qilingan omillarni zanjirli bog‘lanish usulida 

aniqlaymiz, uning uchun quyidagi jadvalni tuzamiz. 



 

16.3-jadval 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling