Sherikchilik shartnomasi. Qarz bilan bog’liq moliyalashtirish. Qo’shimcha vositalar orkali moliyalashtirish
Download 45.5 Kb.
|
Mavlonov Rustambek Mavlon o\'g\'li. docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo kelishuvi
- Muzoraba; Muzoraba
- Ikki tomon (yer egasi va dehqon) o’rtasida muzora’a bitimi kuchga kirishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim
Mavzu: Islom Moliyasida moliyalashtirish shakllari Reja: Sherikchilik shartnomasi. Qarz bilan bog’liq moliyalashtirish. Qo’shimcha vositalar orkali moliyalashtirish. Islomiy moliyalashtirish shakllari: Sherikchilik shartnomasi “ulushli moliyalashtirish”– muzoraba, mushoraka; Savdo kelishuvi “qarz bilan bog’liq moliyalashtirish”; murobaha, ijara, istisno, salam. Qo’shimcha vositalar orkali moliyalashtirish:qarzi hasan “foizsiz qarz”, agentlik to’lovlari “vakolat, ju’la”, sukuk “kapitalni maqsadli qimmatbaho qog’ozlarga yo’naltirish”. Sherikchilik shartnomasi: (Muzoraba),Muzoraba; Muzoraba – arabcha “ziroat” so’zidan olingan bo’lib, lug’atda “o’stirish” degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa “ziroatda sherikchilik qilish” ma’nosida qo’llaniladi. Shariat nuqtayi nazariga ko’ra, Muzoraba – hosilni muayyan nisbatda bo’lib olish uchun tuzilgan shartnomadir. Muzoraba yer egasi va dehqon (muzore) o’rtasida tuziladi. Faqihlar, jumladan, hanafiy va shofe’iy mazhabi vakillari, imom Abu Yusuf va imom Muhammadlar muzora’a shartnomasi joiz, deyishgan. Ikki tomon (yer egasi va dehqon) o’rtasida muzora’a bitimi kuchga kirishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: Yer – ekin ekish uchun yaroqli bo’lishi kerak. Muzora’a shartmomasidan ko’zlangan maqsad – halol foyda olish. Yer dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo’lmasa, foyda o’rniga zarar ko’rilishi mumkin. Shartnoma tuzuvchi tomonlar ozod, balog’atga yetgan, aqli-hushi joyida bo’lishi, bir so’z bilan aytganda, mukallaf (ya’ni shariy ibodatlar farz bo’lgan inson) bo’lishi kerak. Shartnoma muddati kelishilishi. Odatda, shartnomaning amal qilish muddati hosil pishib-yetilishi uchun ketadigan vaqtni inobatga olgan holda belgilanadi, undan kam bo’lmasligi lozim. Urug’ / ko’chat qaysi tomondan berilishini kelishib olish. Urug’ yer egasi tomonidan ham, dehqon tomonidan ham taqdim etilishi mumkin. Urug’/ko’chatning navi va unga bog’liq boshqa o’ziga xos jihatlar ham kelishib olinishi lozim. Chunki hosilning qancha olinishi aksar hollarda urug’/ko’chatning naviga bevosita bog’liq bo’ladi. Urug’/ko’chat navi aytilmasa, bu keyinchalik tomonlar o’rtasida nizo chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Hosil qanday nisbatda bo’linishini oldindan kelishib olish shart. Bu ham kelajakda ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan omillardan biri, shu sabab ish boshida ulushlar aniq ifodalanishi kerak. Hosil taqsimotida bir tomon “men falon tonna hosil olaman, undan ortgani senga” deyishi yoki “bir gektardan chiqqan mahsulot meniki, qolgan bir gektardan chiqqani seniki” deyishi joiz emas. Balki kelishuv umumiy hosilning ma’lum ulushi (to’rtdan bir, beshdan uch kabi) yoki muayyan foizi (80% ga 20 % kabi) ko’rinishida bo’lsa, to’g’ri bo’ladi. Shartnoma kuchga kirgan vaqtda dehqon yerdan foydalana olishi lozim. Yer egasi boshqa birov bilan shartnoma tuzib qo’ymagan bo’lishi yoki yerga biror ekin ekilgan bo’lishi kabi to’siqlar mavjud bo’lmasligi lozim. Hosil taqsimotga loyiq narsa bo’lishi kerak. Mahsulotning poyasini bir tomon, mevasini boshqa tomon olishi yoki bug’doyning donini bir sherik, somonini esa ikkinchi sherik olishi kabi holatlar ham joiz emas. Buning o’rniga tomonlar umumiy hosilni hisoblab chiqarishlari, so’ng uni avvaldan kelishilgan nisbatda bo’lib olishlari kerak. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling