Fosforli o'G'itlarning eng muhim xususiyatlari reja


Download 35.21 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1483730
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FOSFORLI O\'G\'ITLARNING ENG MUHIM XUSUSIYATLARI


FOSFORLI O'G'ITLARNING ENG MUHIM XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. O’simliklarning fosfor manbalari

  2. Tuproq tomonidan yutiladigan almashinuvchi fosfatkislota anionlari

  3. Tuproqdagi fosforning o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi

  4. Tuproqdagi fosforning о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tabiiy sharoitda о‘simliklar uchun asosiy manba bu ortofosfat kislotaning tuzlari hisoblanadi. Lekin piro-va umuman polifosfatlar gidrolizdan sо‘ng hamma ekinlar tomonidan о‘zlashtirilishi aniqlangan. Metafosfatlar gidrolizsiz ham о‘zlashtirilishi mumkin, lekin ularning asosiy qismi gidrolizga duch keladi, chunki odatda ular polimer masalan, (KRO3)p holatda uchraydi.
Uch asosli kislota bо‘lganligi uchun ortofosfat kislota uch xil anionga dissotsiatsiyalanishi mumkin. N2RO4-, NRO42- va RO43-. Kuchsiz nordon muhitda asosan birinchi xil anion kо‘proq uchraydi, lekin ikkinchi xili ham mavjud bо‘ladi, uchinchi xili amaliy jihatda о‘simliklarning oziqlanishida ishtirok etmaydi
Tuproq eritmasi RN 5 (chimli- podzol tuproqlar) dan, 7 (qora tuproqlar) gacha о‘simliklar ixtiyorida kо‘proq N2RO4- va kamroq miqdorda NRO4-2 bо‘ladi. Tuproqda faqat ortofosfat kislotasining tuzlari, lekin zamonaviy murakkab о‘g‘itlar va meta va polifosfat kislotalarining tuzlari ham uchrashi mumkin.
Lekin ba’zi ekinlar borki, ular fosforni faqat uch almashingan kalsiy fosfat yoki xatto tarkib jihatidan yana ham murakkabroq va eruvchanligi yanada kamroq bо‘lgan tabiiy fosforitlarning tarkibidan ham о‘zlashtira olar ekan. Ular jumlasiga grechixa, lyupin (bо‘rikallik), xantal (gorchitsa), nо‘xat, qashqar beda (donnik), esparset va nasha kiradi, ular biroz kamroq bо‘lsada, lekin har xolda fosforitlar tarkibidagi fosforni о‘zlashtira oladilar. Bu о‘simliklarning qiyin eriydigan fosfatlarni о‘zlashtirish qobiliyati bо‘lishi ularning ildizlaridan chiqariladigan ajratmalarining nordonligidadir.
Bо‘rikallik (lyupin) ning ildiz tuklari yuzasiga tegib turadigan eritma pardasini rN 4-5 ga tengligi, xuddi shuningdek bedaning ildiz atrofi zonasini rN 7-6 ga teng ekanligi oldindan ma’lum. Shu kо‘rsatkichlarga asosan nima uchun bо‘rikallik fosforitni eritishi, beda esa erita olmasligini tushuntirish mumkin. Lekin ildizning ichidagi xujayra shirasini reaksiyasi о‘simlikning fosforitni eritish qobiliyati bilan korrelyatsiyada bо‘lmaydi, binobarin kо‘p qishloq xujalik ekinlari uchun xujayra shirasining rN 5-7 oralig‘ida ya’ni neytral nuqtaga yaqin bо‘ladi. Xujayra shirasining о‘ta nordan reaksiyasi otquloq, begoniya va rovoch о‘simliklariga xos. Ularda xujayra shirasining rN 1,2 -1,5 gacha bо‘ladi
F.V.Chirikov qiyin eriydigan fosfatlar hisobiga oziqlanuvchi va bu qobiliyati bо‘lmagan о‘simliklarning gullash bosqichida bu jarayonga SaO va R2O5 ning nisbatan ta’siriga e’tibor beradi. Natija, shuni kо‘rsatadiki, bо‘rikallakda bu kо‘rsatkich 1,3 dan baland, donli о‘simliklarda esa 1,3 dan past. Shunday qilib, birinchi xil о‘simliklar tomonidan tashqi eritmadan kalsiyni jadal ravishda yо‘qotilishi, fosforitdagi fosfat kislota qoldig‘ini eritmaga о‘tishiga sababchi bо‘lishi, bu narsa esa ekinning fosforit uni hisobiga fosfat ioni bilan tо‘liq ta’minlashini kо‘rsatadi.
Ikkinchi xil kalsiyni kam yutuvchi о‘simliklar tashqi eritmadagi kalsiyni yо‘qota olmaydi va oqibatda fosforitning erishi tо‘xtab qoladi, natijada bu ekinlar, fosforitlar va umuman qiyin eruvchi fosfatlar evaziga о‘z talabini qondira olmaydi. Lekin bu qonuniyatda mustasnolik mavjud. Masalan, uzun tolali zig‘ir SaO va R2O5 ning nisbati 1,8 bо‘lganda ham, yoshi о‘tgan sari bu kо‘rsatgich yanada oshganda ham fosforit tarkibidagi fosforni о‘zlashtira olmaydi.
Demak SaO va R2O5 ning kulidagi nisbatini fosforning sitin eriydigan manbalari evaziga oziqlanishini ifodalovchi yagona sharoit deb bо‘lmaydi. Bunda tashqi muhit sharoiti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular jumlasiga о‘g‘it uchun qulay bо‘lgan sharoit aniqrog‘i, uning fiziologik nordonligi va tuproqning potensial nordonligi sharoitlari kiradi. Yana о‘zlashtirish qobiliyatini yuzaga chiqaradigan sharoit uch valentli kationlar va fosforit kislotaning о‘rta asosiy tuzlari xisoblanadi, ular nordon tuproqlarda fosforitlarning asosiy ulushini (A va boshqalar) tashkil qiladi.
О‘simliklarning fosforli ochiqish simptomlarini tashqi kо‘rinishi, barglar bazan oqish va tо‘q sarig‘sh rangli dog‘larga ega bо‘lishi (oqsil sintezini tо‘xtab qolishi yoki shakarlarning tо‘planishidan guvoxlik beradi) bilan kuzatiladi. Odatda fosfor yetishmasligi sharoitida barglar maydalashib yubqa bо‘lib rivojlanadi, ularning chekkalari tepaga qarab buraladi (kartoshka). Ularning rangi meyor chegarasida fosfor bilan oziqlangan о‘simliklarga nisbatan tо‘q rangda bо‘ladi. Tamakining fosforli ochiqishi sharoitida barglar poyaga nisbatan tо‘g‘ri burchak hosil qilib joylashadi, plastinkasi gо‘yo chо‘zilganday bо‘ladi, uzunroq va torroq bо‘lib qoladi.
Fosfor tanqisligi sharoitida ekinlarning о‘sishi tо‘xtab qoladi, hosilning pishib yetilishi kechikadi. Shuni ham qayd etish joyizki, fosforning oshiqchaligi uning о‘simlik tomonidan о‘zlashtirilishini yomonlashtiradi, chunki bu holatda fosfatlarning kо‘p qismi mineral shakilda ayniqsa vegetativ organlarda (urug‘larda 90% gacha fosfatlar organik moddalar tarkibida) bо‘ladi. Fosfor oshiqcha bо‘lganda о‘simlik yaxshi xosil xajmidagi maxsulotlarni tо‘plab ulgurmay tez pishadi.
Fosfor donda va umuman xosilning tovar mahsulotida somon va umuman boshqa tovar bо‘lmagan massaga nisbatan ancha kо‘p bо‘ladi. Bu qonuniyatdan kartoshka mustasnodir. О‘simliklar, tuproq va о‘g‘itlardan fosforning miqdorini fosfor (v) oksid orqali ifodalash qabul qilingan. Fosforning о‘simliklarda sodir bо‘ladigan hayotiy jarayonlarga ta’siri xilma-xildir. Yaxshi fosforli oziqlantirish qishloq xо‘jalik ekinlarini hosilini oshiribgina qolmay balki uning sifatini ham yaxshilaydi. g‘allasimonlarda umumiy xajmdagi donning miqdori oshadi, don kraxmalga, ba’zan esa oqsilga ham boy bо‘lib qoladi. Meva va ildiz mevalarda karbon suvlarning miqdori oshadi. Maxsuloti yigirish uchun ishlatiladigan ekinlarning bо‘yi uzunroq, poyasi mustaxkamroq bо‘lib qoladi.

Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling