Fosforli o'G'itlarning eng muhim xususiyatlari reja


Tuproq tomonidan yutiladigan almashinuvchi fosfat


Download 35.21 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1483730
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOSFORLI O\'G\'ITLARNING ENG MUHIM XUSUSIYATLARI

Tuproq tomonidan yutiladigan almashinuvchi fosfat
kislota anionlari
Tuproq tarkibiga kirgan loysimon minerallar nordon muhitda fosfat anionlarini kuchliroq adsorbsiyalaydi. Masalan, illit (gidroslyudalar turkumidagi mineral) rN 4,5 bо‘lgan sharoitda har 100 gr tuproqda 9 mgg‘ekv anionlarni adsorbsiyalaydi. Bentonit esa rN-4 bо‘lganda 9,7 mgg‘ekv N2RO4- ni adsorbsiyalaydi. Loysimon minerallarning montmorillonit guruhi kationlarni almashinuv yutishi, (ularga bentonit kiradi), kaolinit guruhidan ustun turadi. Lekin fosfat kislota anionini almashinuvli yutilishida bu narsa kо‘zga tashlanmaydi. Bunday anomal holatning mavjudligini montmorillonit guruhida kо‘rish mumkin, bunday gibsit qatlam har ikkala tomondan kremniy-kislorodli tetraedrlar bilan ajratilgan, kaolinit guruhiga mansub minerallarda esa bu qatlam faqat bir tomondan tetraedrlar bilan qoplangan bо‘ladi.
N2RO4- ionlari loysimon minerallar tomonidan, gibsit qatlamning ON- guruhlari bilan almashingan holda yutilishi mumkin.
Lekin bu anionlarning potensial aniqlovchi anionlar holida adsorbsiyalanishi ham ustun bо‘lishi mumkin. Shuningdek, (RO2(ON)2) tetraedrlarning hosil bо‘lishi imkoniyati ham mavjud deb hisoblanadi, ular loysimon minerallarning yuzasida ushlanib qoladi yoki xatto kremniy-kislorodli tetraedrlari bilan almashinadi. Fosfat ionlarni polutor oksidlar yordamida kimyoviy bog‘lanishi va bu oksidlarning gidroksil guruhlarini almashinuvi kolloidal xolatga N2RO4- ni о‘tishi sodir bо‘ladi, degan faraz ham mavjud.
Shuningdek ilmiy adabiyotda fosfat kislota anionlari tuproqning musbat zaryadlangan kolloid zarrachalariga adsorbsiyalanishidan tashqari, tuproqning amfolitoidlari bilan atsitoidlar tarzida birikma hosil qilishi, bu moddalar ularning izoelektrik nuqtasidan past bо‘lgan rN muhitida musbat zaryadlanishi va о‘zini bazoid sifatida namoyon qilishi mumkinligi qayd etilgan.
Bu holdagi bog‘lanish qizil tuproqlarda namoyon bо‘ladi, lekin fosfatlarning bu hildagi yutilishini kimyoviy yutilish turiga kiritish mumkin.
Tuproqning mineral qismini tashkil qilgan loysimon minerallar fosfat kislota anionlarini ancha qismini yutish qobiliyatiga ega bо‘lgani sababli, tuproqning о‘zi ham bu xildagi almashinuv qobiliyatiga ega bо‘lishi isbot talab qilmaydi. Adsorbsion bog‘langan fosfat kislotani ammoniy ftorid (0,03n) ning xlorid kislotadagi eritmasi (0,1n) bilan siqib chiqarish usulidan foydalanib, A.G.Marnovskiy qator tuproqlarda tuproqqa solingan fosforli о‘g‘itlardan fosfat-ionlarning sezilarli miqdorini almashinuvli adsorbsiyalanishga qodir ekanligini aniqladi. Xatto tuproq bilan uzoq vaqt ta’sirlanishi darajasida bо‘lgan eruvchi fosfatli tuproqlarda ham Dikman va Bray reaktivlari kiritilgan fosfat kislotaning 70% ini о‘zi bilan olib chiqadi, buning ustiga uning 30-75% miqdori almashinuvli adsorbsiyalangan bо‘ladi lekin vaqt о‘tishi bilan kimyoviy bog‘lanish ustun kela boshlaydi.
Radioizotop uslubidan foydalanish katta ahamiyatga ega bо‘ladi V.B.Zamyatin (1954) madaniylashtirilgan chimli-podzol tuproqlarga R32 bilan nishonlangan fosfatni solish izotopli almashinuvni kuchayishiga olib kelishini isbotlaydi.
Bir soatdan keyinroq bu almashinuv 80% kо‘rsatkichida yuz beradi, binobarin tuproqning 25% fosforli birikmalari shu muddat oralig‘ida nishonlanib qoldi va uning 89% almashinuvli yutiluvchi bо‘lib qoldi.
V.M.Klechkovskiy tomonidan neytral qora tuproqdagina emas, balki nordon podzolsimon va qizil tuproqlarda ham tuproqqa solingan fosfat anioni almashinuvli shaklda bо‘ladi va bu ion tuproqni tuzli eritma bilan ishlov berilganda eritmaga siqib chiqarilishi aniqlangan.
I.P.Serdobolskiy tomonidan oddiy toshloq chо‘l qora tuprog‘ida, podzollashgan loychil tuproqlarda fosfat ionning almashinuvli yutilishi mavjudligi isbotlandi, qizil tuproqning bu xususiyati esa juda kuchsiz bо‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan ikki xil tuproqlarda, yutilish tajriba о‘tkazish sharoitiga qarab tuproqqa solingan fosforning 2-3% dan 20-35% ni (199 gr tuproqqa 200 mg gacha chegaradagi meyor bilan tajriba о‘tkazilgan) tashkil qiladi Konsentrlangan eritmalarda yuz beradigan almashinuvli adsorbsiya kuchliroq bо‘lishi qayd qilingan.
Shunday qilib, tuproqlarda fosfat anionlarining almashinuvli yutilishini mavjudligiga shubxa yо‘q. Bu narsa о‘simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bо‘ladi, chunki о‘stiriladigan ekinlar uchun о‘zining о‘zlashtirilish darajasi jihatidan tajribalar kо‘rsatishi bо‘yicha adsorbsiyalangan fosfat kislota ionlari, suvda erigan fosfat miqdoriga yaqinlashadi. Lekin suvda eriydigan fosfatlarning tuproqdagi miqdori juda kam va tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat anionlarining о‘simlik oziqlanishi uchun yutilishi bо‘lmagan sharoitda, ularning yaxshi о‘sishi va yuqori hosil yetishtirishi uchun yetarli bо‘lmas edi. Shuni qayd etish joizki, bikarbonat va organik kislotalar anionlari tuproqning qattiq fazasi tomonidan yutilgan fosfat anionlarini eritmaga oson siqib chiqaradi.
О‘simliklarning tuproq tomonidan adsorbsiyalangan fosfat-ionlar hisobiga oziqlanishi gumon tug‘dirmaydi, chunki doimiy ravishda ildizlar tomonidan (nafas olish tufayli), karbonat angidrid chiqarib turiladi, u suvda erish natijasida Nq va NSO3- ionlarga dissotsiyalanadigan karbonat kislota hosil qiladi va tuproq kolloidlari orqali N2RO4- bilan almashinadi Bundan tashqari о‘simliklarga organik kislotalar (olma, limon va x.k.) ning ekzosmesi xam xosdir.
Tuproqning о‘zida eruvchi gumus moddalarini topish mumkin, ularning tarkibiga gumin va boshqa kislotalar kirib, ular tuproq tomonidan fosfatlarni eritmaga siqib chiqarish orqali yutilishi ham mumkin
Organik kislotalar tuproqda mikroorganizmlar faoliyati tufayli ildiz va о‘simlikning turlicha qoldiqlarini va solingan organik о‘g‘itlarning parchalanishi tufayli ham xosil bо‘lishi mumkin. Demak tuproqda fosfatlarning desorbsiyasini ta’minlovchi agentlar bо‘yicha tanqislik yо‘q, bu narsa ularning о‘simlik tomonidan о‘zlashtirilishiga yaxshi zamin bо‘ladi. Lekin almashinuvchi adsorbsiyalangan fosfat ionlar tuproqda asta-sekin kimyoviy chо‘kma xolatiga о‘tganligi uchun fosforli о‘g‘itlar tuproqqa solinganda ularni о‘simlik tomonidan iloji boricha о‘zlashtirila oladigan (suvda eriydigan almashinuvchi adsorbsiya) xolatida davomli ravishda bо‘lishini ta’minlashni hisobga olgan holda qо‘llash lozim.
Bir yarim oksidlar tomonidan fosfatlarning almashinuvli yutilishi loy minerallarinikiga nisbatan ancha davomsiz hisoblanadi. Bir yarim oksidlarning gidrooksidlarini amorf holatdan kristallik xolatga о‘tishi tufayli ular tomonidan fosfat kislotani adsorbsion bog‘lanishi susayishi va kimyoviy chо‘kindi hosil bо‘lishini kuchayishi kuzatiladi: bu xildagi reaksiya alyuminiy gidrooksidida temir gidrooksidiga nisbatan kuchliroq namoyon bо‘ladi. Eruvchi silikat tuzlari aksincha fosfatlarning xarakatchanligini kuchaytiradi:
K2SiO3 q CaHPO4 q CaSiO3 q K2HRO4
Tabiiyki, о‘simlik fosforga bо‘lgan talabidan kelib chiqqan holda bu xildagi eritmaning miqdorini ancha kо‘p bо‘lishini talab qiladi, lekin aynan bu narsa dala sharoitlarida yetarli bо‘lmaydi. Agar tuproqning ag‘dariladigan qatlamini 1 ga maydonida 3 ming tonna massa bо‘lishini va uning namlik sig‘imini 50% (bu namlikning hammasi ildiz tomonidan о‘zlashtiriladigan holda deb hisoblansa, aslida buncha bо‘lishi mumkin emas) deb qabul qilinsa, R2O5 miqdori 1 litrda 0,03 mg ni tashkil etsa, uning umumiy miqdori tuproqning bunday qatlamida jami 45 kg ni tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, vegetatsiya davrida tuproq namligi о‘zgarmagan xolda saqlanadi va bunda fosforning miqdori -100 marta qayta tiklanadi desak, xar gektar yer bor yо‘g‘i 4,5 kg R2O5 miqdoriga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi.
Shu sababga kо‘ra tashqi eritmadagi R2O5 ning konsentratsiyasi 0,03-0,17 mgg‘l bо‘lganda uning о‘simlikdagi konsentratsiyasi ham ortadi.
Tashqi eritmadan fosforning konsentratsiyasini о‘ta oshiqcha bо‘lishi xam maqsadga muvofiq emas. Suvda о‘stirilgan hollarda sulining 20 kunlik maysalari fosforni о‘zlashtira olmaygina qolmasdan, balki oziqa eritmasidagi uning miqdori 5 mgg‘l R (11,45 mg R2O5) bо‘lganda xatto tashqariga chiqarganligi aniqlandi.
Ma’lumki, qishloq xо‘jalik ekinlari о‘sishning dastlabki bosqichlarida fosfatlarni keyingi bosqichdagiga nisbatan jadalroq yutadi.
О‘simliklar bu moddaning zaxirasini yuzaga keltirib, keyinchalik uni organik moddalarni (konstitusion va zahira) sintezlashda kerak bо‘ladigan fosfat miqdoriga bо‘lgan talabni qoplashga bog‘liq holda organlar о‘rtasida taqsimlaydi.
Arpa bilan о‘tkazilgan fiziologik tajribalar shuni isbotladiki, о‘simlikning 5 xaftalik normal о‘sishidan keyin, hatto fosforni oziqa tarkibidan umuman chiqarib tashlansa ham hosilning miqdori va donning sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi. Donning shakllanishida talab qilinadigan fosfor miqdori vegetativ organlardan reproduktiv organlarga kо‘chishi tufayli qoplangan. Xuddi shunday natija bahorgi bug‘doyda ham kuzatilgan bо‘lib, boshoq xosil bо‘la boshlaganda fosfor oziqasidan maxrum qilish о‘simlikka ziyon yetkazmagan, ammo ildiz tizimi hali nimjon, о‘zlashtirish qobiliyati past sharoitda fosforli oziqlanishga nisbatan о‘simlik juda sezgir bо‘ladi.
Timiryazev nomidagi qishloq xujalik akademiyasining о‘simliklar oziqlanishi va о‘g‘itlar laboratoriyasi xodimlari tomonidan shu narsa aniqlandiki, agar bug‘doy dastlab fosforsiz sharoitda о‘stirilsa, keyinchalik (tо‘planishdan keyin) fosfor bilan oziqlantirilsa (normal fosforli oziqlangan о‘simlikka nisbatan) donning miqdori kamayibgina qolmay, balki undagi oqsilning miqdori keskin kamayadi, somon va don tarkibida anorganik fosfor (foydalanilmay qolgan) ning miqdori esa oshib ketadi. Fosfatlarning yetishmasligi karbonsuvlardan organik kislotalarning hosil bо‘lishini tо‘xtatib qо‘yadi, bu narsa esa ildiz orqali kirib keladigan ammiakli azotning bog‘lanishini tо‘sib qо‘yadi. Demak, fosfor tanqisligi о‘simlik tomonidan azot va boshqa oziqa elementlarini о‘zlashtirilishini susaytiradi.
Rivojlanishning dastlabki bosqichidagi fosfor tanqisligi shunday nomutanosiblikka olib keladiki, uning asoratini keyinchalik fosforli oziqlanishni tо‘liq ta’minlab ham yо‘qotib bо‘lmaydi. Bunga qо‘shimcha, ekinlar о‘z rivojlanishini dastlabki bosqichidagi fosforning yetishmasligi asoratini, keyinchalik bu element bilan oziqlanishni kuchayishiga salbiy ta’siri bilan javob beradi, bu narsa О‘zbekistonda g‘о‘za о‘simligi bilan о‘tkazilgan tajribalarda tо‘liq isbotlangan.
Hatto yirik urug‘li ekinlar (makkajо‘xori, g‘о‘za) ham unib chiqqandan sо‘ng ancha tez fosfor zahiralarini о‘zlashtirib qо‘yadi va agar ekinning ekilishidan oldin uni oson о‘zlashtiriladigan shakldagi о‘g‘it bilan о‘g‘itlanmagan bо‘lsa, bu paytda tuproq va fosfat kislotaning faqat suvda erimaydigan tuzlari qolganligi tufayli maysalar о‘sishini susaytirishi yoki xatto fosfat tanqisligining tashqi belgilarini namoyon qilishi mumkin. g‘о‘za о‘zining urug‘i (chigit) tarkibidagi fosfor zahiralarini, о‘sishning dastlabki 10-20 kunidayoq, makkajо‘xori esa dastlabki ikki xafta ichidayoq sarflab qо‘yadi. Xuddi shu vaqtda ular ba’zan tuproqda о‘zlashtiriladigan fosfatning zahiralari bо‘lishiga qaramay fosfat tanqisligi alomatlarini namoyon qiladi. Urug‘ turgan joyga yaqin masofada tuproqqa о‘g‘it sifatida ekishdan oldin solingan oson о‘zlashtiriladigan nordon fosfat tuzlari bо‘lgan taqdirdagina fosfat tanqisligi simptomlari unchalik ham sezilmaydi. Odatda shunday maqsadni kо‘zlab makkajо‘xori uchun biroz miqdorda granullangan superfosfat makkajо‘xoriga 1 ga ga 7,5-10 kg, g‘allasimonlarga – 15 kg, kartoshkaga- 20 kg solinadi.
Fosforning makkajо‘xori о‘simligi tarkibidagi miqdori 0,3 - 0,35 % ni tashkil qiladi, agar bu miqdor 0,20 % ga tushib qolsa, unda barglar kul rangga kiradi va о‘sishi susayadi shu bilan birga fosfatli tanqislikning yuzaga chiqishiga sabab bо‘ladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida esa makkajо‘xorining pishib yetilishining susayishiga olib keladi.
Shunday qilib, о‘simlikda R2O5 ning yig‘ilishi uning о‘sish muddatiga qarab kamayib boradi.
Suli bilan о‘tkazilgan tajribada tadqiqot о‘simlik pishib yetilgunga qadar davom ettirilgan. Natija shuni kо‘rsatadiki, о‘simlikning yetilishiga qarab borgan sari о‘simlikni fosfor bilan ta’minlashda tuproqning ahamiyati oshib boradi.
Fosforning radioizotoplarini qо‘llash yо‘li bilan о‘tkazilgan tajribalar shuni kо‘rsatadiki, fosforning tashqi muhitdan о‘simlik organizmiga, shuningdek uning о‘simlik ichkarisidagi harakatlanishi juda jadal boradi. Bu tezlik diffuziya va osmos jadalliklaridan 100 mlrd marta ziyod.
Radioizotop uslubi yordamida yutilgan fosforning organ va tо‘qimalarda notekis taqsimlanish qonuniyatlari ham ishonchli tarzda namoyish qilingan. Ildiz va barglarning faol о‘suvchi meristematik tо‘qimalarini xujayralari bо‘linishi tо‘xtab qolgan xujayralar tо‘qimalariga nisbatan uni yuz va xatto ming marta kamroq о‘zlashtiradi.
Rivojlanayotgan о‘simlik yosh barglarni kuchli ravishda fosfor bilan ta’minlaydi, binobarin uning tashqaridan kirishi tо‘xtab qolsa, bu xolatda fosfatlarni eski barglardan yosh barglarga kо‘chib о‘tishi kuchayadi.
Yosh makkajо‘xori о‘simligi dastlabki 10 kun davomida oson о‘zlashtiriladigan fosfatlarni ildizga yaqin turgan tuproq qatlamidagi 1 mm atrofida bо‘lgan qalinlikdangina yuta oladi, keyingi 100 kun davomida esa bu kattalik taxminan 5 mm qalinlikkacha bо‘lgan miqdorni tashkil qiladi. Ma’lumki, о‘simliklar oziqlanishida tuproq eritmasining umumiy konsentratsiyasi muhim ahamiyatga ega bо‘ladi, uning osmotik bosimi oshganda fosforning о‘zlashtirilishi susayadi. О‘simliklarni ammiakli oziqlantirilganda nitrat oziqlantirishga qaraganda ularning tanasida fosforning tо‘planishi ortadi.
Reproduktiv organlar hosil bо‘lishida, ayniqsa ularning pishib yetilishida vegetativ organlar (poya va barglardan-boshoqqa, novda va daraxt poyalaridan mevalariga) dan ularga tomon fosfatlarning jadal harakatlanishi kuzatiladi
Uzun tolali zig‘ir gullash paytida eng kо‘p miqdorda fosforni о‘zlashtiradi. Bug‘doy esa nay о‘rash fazasidan, tuplanishgacha bо‘lgan davrlarda fosforni yaxshi о‘zlashtiradi. g‘о‘za esa 9g‘10 qism fosforni gullagandan keyin yutadi.
Ma’lum ekin tomonidan fosforning yutilishi dinamikasi tо‘g‘risidagi ma’lumotga ega bо‘lish vegetatsiya davomida bu oziqa moddasiga bо‘lgan tanqislikning oldini olish imkonini beradi.
Ma’lum maydonda masalan, 1 gektarda о‘simlik tarkibida bо‘lgan fosforning absolyut miqdori oshib borganligiga qaramay, о‘simlik yoshiga qarab uning foiz miqdori kamayib boradi.
Hosil tarkibida fosforning nisbiy miqdorini kamayishi organik modda massasini tez yig‘ilishidan darak beradi, unda bu oziqa elementining oldin jadal yutilgan va keyinchalik sekinlashgan tarzda yutilgan miqdorlari taqsimlanadi. Lekin bu narsa hosilning jami organik massasiga ya’ni uni tovar va tovar bо‘lmagan qismlariga bir xilda tegishli bо‘ladi.
Yuqorida urug‘ hosil bо‘lish davrida fosforning vegetativ organlaridan reproduktiv organlariga kо‘chishi tо‘g‘risida mulohaza yuritilgan edi. Shuning uchun somondagi kabi urug‘larda pishib yetilish jarayonida fosforning nisbiy miqdori kamayib ketishi kuzatilmaydi .
Shunday qilib fosfor, kaliy kabi hosilning tovar qismida konsentrlanadi, bu narsa fosforli о‘g‘itlarni qо‘llash amaliyotida hisobga olinishi lozim.
Odatda hosilning tovar mahsulotini juda kam qismi xо‘jalikda bevosita foydalaniladi. Tovar bо‘lmagan qismi tо‘laligicha xо‘jalik xududida qolib uning ancha qismi yo yem-xashak, yoki hayvonlar ostiga tо‘sham sifatida foydalaniladi, shuning uchun gо‘ng tarkibida tuproqqa qaytariladi. Lekin gо‘ng hosilning tovar qismi tomonidan olingan azot va fosforni tuproqqa qaytara olmaydi, chunki bu mahsulot xо‘jalikdan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Agar qishloq xо‘jaligini unumli ravishda tashkil qilinishi va tovar mahsulotini tobora oshira borishini nazarda tutilsa, unda har qanday tuproq uchun ertami-kechmi shunday fursat keladiki, bunda hosilni doimiy tarzda oshirish uchun tuproqqa albatta azot va fosforni о‘g‘it sifatida kiritilishiga zarurat tug‘iladi.
Xо‘jalikda fosfor balansini hisobga olish uchun uning tovar mahsuloti bilan hamda chorvachilik uchun ishlatilgan bevosita tovar hisoblanmagan qismi sarfini ham sarhisob qilish lozim. Xо‘jaliklar xududlari ishlab chiqilgan sutning har bir litrida 0,9 g R2O5 bо‘ladi. Yiliga 5000 kg dan sut beradigan 100 ta qora mol tovar mahsuloti bilan tuproqdan shuncha fosfor о‘zlashtiradiki, uni о‘rnini bosish uchun 7 tonnadan kam bо‘lmagan 20% li superfosfat solish lozim bо‘ladi. Hali bu miqdorni uncha tо‘liq deb bо‘lmaydi, chunki dastlabki 2 yilda odatda о‘simlik solingan о‘g‘itdagi fosforning bor yо‘g‘i 25-30% ini о‘zlashtiradi xolos.
Demak, о‘simlik tomonidan tuproqdan о‘zlashtirilgan va chovachilik mahsulotlariga о‘tgan fosforni tо‘liq va uzil-kesil о‘rnini bosish uchun solinadigan о‘g‘itning miqdorini 3-4 barobar kо‘paytirish talab qilinadi.
О‘simliklarning fosfatli oziqlanishini yetarli darajada tutib turish faqat о‘simlikshunoslik talablarigagina mos bо‘lib qolmay, balki chorvachilik talablariga ham mos keladi. Oziqa tarkibida fosfatlarning kam bо‘lishi ularni oziqalik qiymatini pasaytiradi, bu xolatda chorva mollarining ratsioniga fosfat kislotaning mineral tuzlarini qо‘shish lozim bо‘lib qoladi.
Fosforning sarflanishida tuproqdan uning ishqorlanishi natijasida yer osti suvlariga о‘tishi (tuproqdan sezilarli tarzda azot,oltingugurt, kaliy va о‘simlik uchun oziq hisoblangan boshqa elementlardan farqli о‘laroq) kuzatilmaydi.
Kо‘p mamlakatlarda qator о‘n yillar davomida о‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bо‘ldiki, og‘ir tuproqlardan fosfat kislota tuzlarining yuvilib ketishi sodir bо‘lmaydi, lekin yengil tuproqlardan har qalay fosforning biroz tuzlari, yuvilish yо‘li bilan yо‘qoladi. qumoq tuproqlarning haydaladigan qatlamiga doimiy ravishda fosforli о‘g‘itlarni solib turish haydalma qatlam ostida uning miqdorini deyarli oshirmaydi.
О‘simliklar tomonidan fosforning о‘zlashtiriladigan ulishini, (kg miqdorini) hosilning bir sentner tovar qismiga moslab hisoblash qulaydir. Lekin g‘allani somonsiz, ildizmevalarni barglarisiz yetishtirib bо‘lmaganligi uchun, olingan raqamga bir sentner tovar mahsulotga tegishli bо‘lgan uning tovar mahsuloti hisoblanmagan qismidagi fosforni ham qо‘shib hisoblash lozim bо‘ladi..
Shuni qayd etish joizki, bu kо‘rsatkichlar fosforning yig‘ib olingan
Fosforning о‘simlikka ta’siri о‘zining xususiyatlari jihatidan azotning ta’siriga qarama qarshi bо‘ladi. Meyor chegarasida fosforli oziqlanish ekinlarning rivojlanishini biroz tezlashtiradi, bu narsa ularning ertaroq pishib yetishiga sababchi bо‘ladi.
Fosforli о‘g‘itlar ta’sirida о‘simliklarning sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi, shuningdek ularning yotib qolishga nisbatan qarshiligi kuchayadi. Fosforning ta’sirida hosilning sifatini oshishi ham kо‘zga yaqqol tashlanadi. Eng avvalo umumiy xosil ulushini hisoblaganda don ulushi, somon ulushiga nisbatan ustun keladi. Xuddi shunday о‘simlik mahsulotini kimyoviy tarkibi yaxshilanadi; don va moyli ekinlarda oqsil va shakar hamda kraxmalning miqdori oshadi. Tolali ekinlarda о‘zlashtiriladigan fosforning ta’minoti yetarli bо‘lganda tolaning mustahkamligi, uzunligi va pishiqligi yaxshi tomongan о‘zgaradi.
О‘simlikka oshiqcha miqdorda fosforning kirib kelishini salbiy ta’siri, erta kunda pishib yetilishiga ya’ni bu narsa tovar mahsuloti miqdorini kam bо‘lishiga olib kelsa, boshqa tomondan hosil tarkibida sintez uchun ishlatilmagan oshiqcha miqdorda mineral fosfatlarning yig‘ilishiga hamda barglarning erta kunda sо‘lib qolishiga olib keladi.

Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling