Toshkent moliya instituti «iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi makroiqtisodiyot fani topshirdi: Yuldashev Z


Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari


Download 85.94 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1360503
1   2   3
Bog'liq
mmakro

Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari

  • Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qoʻshilishini tushunmoq kerak:
  • 1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;

    2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega

Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari


Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi koʻrinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.

Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi

  • Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon boʻladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol koʻrinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi oʻziga xos boʻlgan xususiyatga ega boʻlib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablagʻlari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga boʻlinadi va koʻp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha boʻlinmalari bevosita yoki bilvosita bogʻlangandir

Davlat byudjetining nazorat funksiyasi

  • Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi. Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda boʻysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, oʻz navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling