Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti 5230100 – Iqtisodiyot


Respublikaning qazilma boyliklari


Download 146.76 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi146.76 Kb.
#1625389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy boylik kurs ishi

2.2 Respublikaning qazilma boyliklari


O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib(2.1-chizma), ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi.

2.1-chizma. Foydali qazilma turlari2
Faqatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda.
O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash.
Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan glinozem, ya'ni alyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga chidamli g`isht kabi materiallar olinadi.
O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda.
Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand viloyatlari hududida ham topildi.
Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud.
O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi.
Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi.
Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor.

Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.


O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan.
O`zbekistonda topilgan Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zahirasi taxminan 100 mln. tonnaga teng. Bularni qayta ishlash uchun hozir Qizilqum fosforit kombinati ko`rilmoqda. Bundan tashqari Markaziy Qizilqumning Qoraxat va Shimoliy Jetitov fosforit konlarida juda katta miqdorda xom ashyo mavjudligi aniqlandi. Bu zahiralarining xo`jalik oborotiga jalb qilinishi respublikada juda ko`p miqdorda fosfat o`gitlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Keyingi paytlarda Toshkent viloyatining Qayrag`ochsoy hududida topilgan barit koni ham diqqatga sazovor. Bu konning o`zlashtirilishi chuqur quduqlarni parmalashda foydalaniladigan va hozirgacha chetdan sotib olinayotgan baritni o`zimizdan olib ishlatish imkoniyatini beradi.
Aytilganlardan tashqari O`zbekistonda juda katta tuz konlari mavjud. Qashqadaryodagi tubakat va Surxondaryodagi Xo`jaikon kaliy tuzlari konida respublikamiz hayoti uchun hali 100 yildan ko`pga yetadigan xom ashyo mavjud.
Aniqlagan 5 ta tosh tuzi Koni-Xo`jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqkal'a konlarida taxminan 90 mlrd. tonna xom ashyo bor. Qo`ng`irotda kimyoviy usulda kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishidan Borsakelmas konining tuzlarini qayta ishlash ko`zda tutilmoqda.
Bulardan tashqari respublika hududida 32 ta ma'danli shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo`lib, shulardan 12 tasi bazasida shifoxona va kurortlar qurilgan, 9 tasidan olinayotgan suv zavodda qadoqlanmoqda.
O`zbekiston yer osti qazilma boyliklariga boy mamlakat bo`lgani holda bu boyliklardan unumli foydalanish va atrof muhitning sofligini saqlash hozircha talab darajasida emas. Shu kunda respublikada 16 ta tog`-kon korxonalari ishlab turibdi. Ulardan xar yili chiqayotgan 60 mln. tonnagacha chiqindilarni saqlashga 10 ming gektar yer ketmoqda. Buning ustiga otvalga tashlangan kon chiqindilari biosferani ifloslamoqda. Aniqlanishicha shamolning tezligi sekundiga 5 metr bo`lganida 1 kv. metr maydondan sutkasiga 70 kg. chang zarralari havoga ko`tariladi.
Respublikadagi minerallarniing barcha konlari ochiq-karyer usulida ishlatilmoqda. Ularni har bir portlatishda havoga 250 tonnagacha chang hamda 10 ming m. kubgacha zararli gazlar chiqadi va shamol yo`nalishi bo`ylab 10-15 km. masofagacha tarqaladi. Chang tarqalishi ayniqsa marmar va granit konlaridagi toshlarni kesishda juda ko`p bo`ladi.
Masalaning yana bir kamchilik tomoni tog`-kon ishlarida yo`l qo`yilayotgan nobudgarchilikda. Shargun ko`mir konidan olinayotgan xom ashyoning 25% tog` jinslariga aralashib atrof muhitga chiqib ketadi. Angren ko`mir konidan chiqadigan kaolinning 10-15% ishlab chiqarishga yo`naltirilib, qolgan qismi tog` jinslariga aralashib chiqarib tashlanmoqda. Bunday holdan ham iqtisodiyot ham tabiiy muhit zarar ko`rmoqda.
Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi.
O’zbekiston Hududida katta ahamiyatga ega bo’lgan oltin, mis, rux, volfram, molibden, flyuorit, shuningdek, alyuminiy va magniy rudalari, nodir metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli va boshk tabiiy tuz qatlamlari, kaolin, o’tga chidamli xom ashyolar, bentonit, marmar va boshqa bezak toshlari, uncha qimmatli bo’lmagan baʼzi pardoz ishlov toshlari topilgan. Yokili resurslari bo’yicha esa ko’mir, neft, tabiiy gaz konlari ochilgan.
O’zbekistonda mineral xom ashyo bazasi mavjudligi so’ngi 20-25 yil mobaynida respublika xalq xo’jaligining muhim tarmoklarini, ayniqsa, gaz, neft, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo’lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez surʼatlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi
Respulikada topilgan konlar asosida Olmaliq, tog’-kon metallurgiya kombinati, Аngren kimyo-metallurgiya va Ko’ytosh ruda boshqarmalari, Muruntov tog’-metallurgiya kompleksi, gaz, neft bentonit, biryuza, grafit chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shu kungacha respulika hammasi bo’lib 90 xil sanoat miqyosidagi va 450 ta istiqboldagi tog’-kon sanoati korxonalari, gaz va neft korxonalari, shaxtalar, karerlar, yirik suv inshootlari ishlab turibdi. Qattik foydali qazilmalar ishlab chiqarishning yillik hajmi 100 million tonnani tashkil etadi. 2003 yilda 49 milliard kubometr tabiiy gaz, 7,6 million tonna neft qazib chiqarildi. Sutkasiga 2500 ming kubometr yer osti suvlari olinmoqda. Konlarning foydalanishga topshirilishi baʼzi tumanlar iqtisodiyotini o’zgartirib yubordi. Аyrim tog’-sanoat komplekslari bunyod etildi (Olmalik- Аngren, Muruntov-Zarafshon).
Аngren, Olmalik, Zarafshon shaharlari esa yerlarning sanoat jihatidan o’zgartirilishiga asosiy omil bo’ldi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan milliy boylik manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, ko’rg’oshin, rux, ko’mir va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlabgina qolmay, Xatto ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi.
Аyni vaqtda volfram ishlab chiqaruvchi korxonalar xom ashyo manbalari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan. Qo’ytosh va Ingichka ruda boshqarmalari, Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati shular jumlasidandir. Respublikada chiqarilishi mumkin bo’lgan nometal mineral xom ashyolarning tashib keltirilishi jiddiy iqtisodiy chiqimlarga hamda transport balansining asosiz ravishda kuchayishiga olib keldi. O’zbekistonda aniqlangan baʼzi bir nometall mineral xom ashyo konlari (Sho’rtan gaz kompleksi, Ustyurt soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati) mavjudligiga qaramay, Har yili 500 ming tonna fosforit, 280 ming tonna kaliyli o’git, 408 ming tonna osh tuzi, 87 ming tonna kvarts qumlari, 127 ming tonna betonit gillari hamda ohak, barit, asbest, kaolin kontsentrat, dala shpati, talk, grafit, mineral pigmentlar, natriy sulfat, oltingugurt va hokazolar Ukraina, Qozog’iston, Rossiyadan tashib keltirilar edi. Kelajakda respublikaning nometall mineral xom ashyolari asosiy turlariga, ulardan qilinadigan buyumlarga talabi bir necha bor oshdi. Аgar ularni respublikada ishlab chiqarish kengaytirilmasa tashqaridan tashib kelish lozim bo’ladi va katta sarf-xarajat qilinadi.
Shuning uchun respublikada geologik qidiruv ishlarining istiqbolini aniq belgilab, ularni tez surʼatlarda amalga oshirish lozim. Bu faqat respublikamiz talabinigina qondirmay, balki foydali qazilmalarning ko’p turlarini yaqin uzoq chet davlatlarga yuborish va imkoniyatlarini ham beradi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Milliy boylik har qanday iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo’lib, unda mamlakatning ichki resurslariga tayanishi asos bo’ladi. Bu bo’yicha ko’proq bilimga ega bo’lish, undan qanday foydalanish, kelajak avlodga yetkazish va albatta hisobini yuritish kerakligini ko’rsatmoqda.
Qisqacha xulosalar Milliy boylik jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg’arilgan moddiy neʼmatlar mujassami. Bu koʼrsatkich mamlakat iqtisodiy qudratining eng muhim koʼrsatkichlaridan biridir. Milliy boylik tarkibiga avlodlar tomonidan yaratilgan neʼmatlar kiritiladi.
Milliy boylik tarkibini hisoblash metodikasida ayrim kamchiliklar mavjud, yaʼni milliy boylik aniqlanadigan baholar har doim ham bozor baholariga to’gri kelmaydi; milliy boylik tarkibiga chet elda yaratilgan neʼmatlar kiritilmaydi va chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan neʼmatlar ayirib tashlanmaydi, shuningdek, unga oltin zaxiralari, ilmiy salohiyatlar qo’shilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi qazilma boyliklarga boy mamalakatlar sarasiga kiritadi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha kimyoviy elementlar mavjud.
Ulardan oqilona foydalanish esa jamiyat manfaatiga, uning rivoji hamda istiqbolli kelajagini belgilash uchun muhim resurslardan biri hisoblanadi. Zamonaviy hayotda iqtisodiyotni modernizatsiyalash yo’li bilan, mamlakat imkoniyatlarni oshirish ustidan samarali ishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi.



Download 146.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling