Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti audit kafedrasi


Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish metodlari


Download 68.92 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi68.92 Kb.
#1510765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit Kurs ishi Raxmatov Farid

5. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish metodlari
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi: asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi; xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari. Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor: taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi; boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi; bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak. Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga qo’shiladi. Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi: a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda yozma majburiyat oladi; b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor qilishi lozim. Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart: a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama qilish; b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash; v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish; g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish; d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining sifatini nazorat qilish. Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni talab etadigan boshqa bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli so’rovlar qilishi mumkin. Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi. Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim. So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bo’lgan muddat ko’rsatiladi. Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yo’llashi lozim. Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim. Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi lozim. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar ham qo’shiladi. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar bo’ladi. Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechadi.

Xulosa
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim. Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M.M.Тo’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan: «audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir». Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan: Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. (3) Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan. O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan. Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3). shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir». Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi. Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi. O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


Download 68.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling